Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (2406-IV-son) · Sana: 09.08.2022 · Amalda
Qonunchilik palatasiga jinoyat ishining tugatilgani haqida yoki maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan ish yuritish tugatilgani, shuningdek daxlsizlik huquqidan mahrum etilishiga rozilik berilgan deputatga nisbatan jinoyat ishini qoʻzgʻatish rad etilgani haqida xabar tushgan taqdirda Qonunchilik palatasi oʻzining eng yaqin majlisida rozilik berish toʻgʻrisida ilgari qabul qilingan qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida qaror qabul qiladi. Qabul qilingan qaror darhol Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga, shuningdek zarurat boʻlganda, tegishli sudga yuboriladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-6205124
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 235-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (2406-IV-son). neolex.uz/uz/laws/law-6205122/235 (lex.uz/docs/-6205124)