Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik, Oʻzbekiston, Dangʻara, Qoʻshtepa, Toshloq, Fargʻona tumanlari va Qoʻqon, Margʻilon, Fargʻona shaharlari chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida (2426-IV-son)
16.08.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 69 va 78-moddalariga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasiga hamda “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 25-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib:
Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik, Oʻzbekiston, Dangʻara, Qoʻshtepa, Toshloq, Fargʻona tumanlari va Qoʻqon, Margʻilon, Fargʻona shaharlari chegaralari oʻzgartirilsin;
Uchkoʻprik tumanidan 424,66 gektar (shundan 179,06 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydoni Qoʻqon shahri tarkibiga;
Oʻzbekiston tumanidan 1 456,0 gektar (shundan 532,9 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydoni Qoʻqon shahri tarkibiga;
Dangʻara tumanidan 814,9 gektar (shundan 327,5 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydoni Qoʻqon shahri tarkibiga;
Qoʻshtepa tumanidan 133,59 gektar (shundan 17,07 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydoni Margʻilon shahri tarkibiga;
Toshloq tumanidan 34,4 gektar yer maydoni Margʻilon shahri tarkibiga;
Fargʻona tumanidan 951,5 gektar (shundan 542,71 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydoni Margʻilon shahri tarkibiga;
Fargʻona tumanidan 811,66 gektar (shundan 73,91 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydoni Fargʻona shahri tarkibiga oʻtkazilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif etilgan Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik, Oʻzbekiston, Dangʻara, Qoʻshtepa, Toshloq, Fargʻona tumanlari va Qoʻqon, Margʻilon, Fargʻona shaharlarining oʻzgartirilayotgan hududlari chegaralarining tavsifi va chizma shakllari tegishincha 1 — 14-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilovalar berilmaydi.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Fargʻona viloyatining Qoʻqon, Margʻilon va Fargʻona shaharlari tarkibiga oʻtkazilayotgan yerlar ularning amaldagi yer fondi toifalari oʻzgartirilmagan holda oʻtkaziladi;
mazkur yerlarni bir toifadan boshqasiga oʻtkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
bunda yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari ular qonunchilikda belgilangan tartibda oʻzgartirilishiga yoki bekor qilinishiga qadar saqlab qolinadi;
Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahri tarkibiga oʻtkazilayotgan Fargʻona viloyatining Dangʻara tumani 15-Katta Ganjirovon saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Dangʻara tuman Kengashining deputati xalq deputatlari Qoʻqon shahar Kengashining deputati hisoblanadi;
Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahri tarkibiga oʻtkazilayotgan Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumani 29-Togʻay saylov okrugidan hamda 30-Mingtut saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Oʻzbekiston tuman Kengashining deputatlari xalq deputatlari Qoʻqon shahar Kengashining deputatlari hisoblanadi;
Fargʻona viloyatining Fargʻona shahri tarkibiga oʻtkazilayotgan Fargʻona viloyatining Fargʻona tumani 16-Chekshoʻra saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Fargʻona tuman Kengashining deputati xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashining deputati hisoblanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qaror yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
5. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 16-avgust,
2426-IV-son
