2022-yil avgust oyining ikkinchi va uchinchi oʻn kunligida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi hamda Qonunchilik palatasi majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar toʻgʻrisida (2393-IV-son)
08.08.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. 2022-yil avgust oyining ikkinchi va uchinchi oʻn kunligida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar kalendar rejasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. 2022-yil avgust oyining ikkinchi va uchinchi oʻn kunligida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar kalendar rejasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*1-2 ilovalar berilmagan.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-avgust,
2393-IV-son
