Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlar oylik ish haqiga qoʻshimcha har oylik ustama toʻlanadigan olis va chekka hududlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (510-son)
19.09.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 25-apreldagi PQ-215-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, respublikaning olis va chekka hududlaridagi aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati qamrovini kengaytirish, tibbiyot xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini amaliyotga joriy etish, tibbiyot muassasalarining shifokorlar bilan taʼminlanishini yaxshilash va koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi;
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 25-apreldagi PQ-215-son qarorining 4-bandiga muvofiq:
a) 2022-yil 1-iyuldan boshlab olis va chekka hududlarda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar shifokorlari uchun “Qishloq shifokori” dasturi takomillashtirilishi, bunda ushbu dastur doirasida:
olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga qoʻshimcha 2 million soʻm miqdorida har oylik ustama belgilanishi hamda ularga oʻzi ishlayotgan olis va chekka hududdan ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50 foizgacha qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobaridan oshmagan miqdorda mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan qoplab berilishi;
olis va chekka hududlarda uzluksiz uch yil ishlagan shifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinishi;
2026-yil 1-avgustdan boshlab Soʻx tumani markaziy shifoxonasi va koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasida faoliyat yuritayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga (1,0 stavka hisob-kitobidan) qoʻshimcha 2 million soʻm miqdorida har oylik ustama belgilanganligi;
b) Vazirlar Mahkamasi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda olis va chekka hududlarning yangilangan roʻyxatini tasdiqlash;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4940-son qarorining 2-bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq mazkur qarorda olis va chekka hudud deganda, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 471-son qarori bilan tasdiqlangan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadigan hududlar tushunilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlar oylik ish haqiga qoʻshimcha har oylik ustama toʻlanadigan olis va chekka hududlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda doimiy ravishda bir oʻquv yilida kamida bir marta joylarda tibbiy oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etib, ularni olis va chekka hududlarda joylashgan, shifokorlarga ehtiyoj mavjud boʻlgan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga jalb etish, yosh mutaxassislarga faoliyat yuritish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, uy-joy bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri B.A. Musayev, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 19-sentabr,
510-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-sentabrdagi 510-son qaroriga ILOVA
Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlar oylik ish haqiga qoʻshimcha har oylik ustama toʻlanadigan olis va chekka hududlar roʻyxati
T/rTuman (shahar) nomiOlis va chekka hudud nomi1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi1.Boʻzatov tumaniAspantay OFY2.Koʻksu OFY3.Qoʻngʻirot tumaniQoraqalpogʻiston OFY4.Jaslik OFY5.Qirqqiz OFY6.Suoʻyenli OFY7.Raoʻshan OFY8.Ajiniyaz OFY9.Yelabad PFY10.Xorezm OFY11.Moʻynoq tumaniQazaqdarya OFY12.Qiziljar OFY13.Taxtakoʻpir tumaniXakim ota OFY14.Qostruba OFY15.Qoniratkoʻl OFY16.Beltau OFY17.Mulk OFY18.Toʻrtkoʻl tumaniOq qamish OFY19.Qumbasqan OFY20.Paxtaobod OFY21.Yamboshqala OFY22.Kukcha OFY23.Otaoʻba OFY231. “Miskin” OFY24.Qoraoʻzak tumaniQoybaq OFY25.Amudaryo tumaniNazarxan OFY26.Taxiatosh tumaniSaraykoʻl OFY27.Kegeyli tumaniJalpaq jap OFY28.Kokozek OFY29.Shumanay tumani Birleshik OFY30.Ketenler OFY301.“Diyxanabad” OFY31.Xoʻjayli tumaniQumjiqqin OFY32.Nukus tumaniKerder OFY33.Taqf kol OFY34.Chimboy tumaniQiziloʻzyak OFY341. “Taza jol” OFY35.Qonlikoʻl tumaniQosjap OFY36.Jayxun MFY37.Nukus shahriQaratau MFY371. “Bestobe” OFY38.Ellikqalʼa tumaniChuqurqaq MFY2. Buxoro viloyati39.Shofirkon tumanSharof Rashidov MFY40.Romitan tumanGazli MFY41.Qizil Ravot MFY42.Gʻijduvon tumaniOgʻitma MFY43.Peshkoʻ tumanJongeldi MFY3. Jizzax viloyati44.Yangiobod tumaniSarmich MFY45.Koʻshk�nd MFY46.Forish tumaniGarasha MFY47.Narvon MFY48.Oʻxum MFY49.Darvoza MFY50.Doʻstlik MFY51.Arnasoy tumaniBoʻston MFY52.Gʻallaorol tumaniGulchambar QFI53.Gubdin MFY54.Koʻkbuloq QFY55.Qipchoqsuv MFY56.Jiydali QFY57.Qoʻytosh SHFY58.Oqtosh MFY59.Savruk MFY60.Korizquduq QFY61.Zafarobod tumaniChimqoʻrgʻon QFY62.Zarbdor tumaniOkar MFY63.Baxmal tumaniBaxmal MFY64.Muzbuloq MFY65.Sharof Rashidov tumaniKoʻrpasoy MFY66.Tinchlik MFY4. Qashqadaryo viloyati67.Qarshi tumaniPoshton MFY68.Choʻliboʻston MFY69.Kerayit MFY70.Hilol MFY71.Bogʻobod MFY72.Dehqonobod tumaniBoshchorbogʻ MFY73.Boyqoʻrgʻon MFY74.Oqqishloq MFY75.Tarqopchigʻay MFY76.Duob MFY77.Qamashi tumaniKatta oʻra MFY78.Bogʻobod MFY79.Koson tumaniOlachabob MFY80.Nishon tumaniDoʻstlik MFY81.Qirqquloch MFY82.Kasbi tumaniChoʻlquvar QFY83.Chiroqchi tumani“Mirzatup” MFY84.“Arabbandi” MFY85.“Chambil” MFY86.Koʻkdala tumani“Eski anhor” MFY87.“Shoʻrquduq” MFY88.“Chorvador” MFY89.“Shoʻrbozor” MFY90.“Guliston” MFY91.Shahrisabz tumaniGʻilon MFY92.Miraki MFY93.Sarchashma MFY94.Koʻl MFY95.Hisorak MFY96.Yakkabogʻ tumaniTatar MFY97.Oʻrta MFY98.Mirishkor tumaniGulshanbogʻ MFY99.Navbahor MFY100.Pomuq MFY101.Kitob tumaniKuxsor MFY102.Muborak tumaniSardoba MFY103.Gʻuzor tumaniQorakoʻl MFY104.Eshonquduq MFY5. Navoiy viloyati105.Zarafshon shahriMuruntov MFY106.Daugiztau MFY107.Xatirchi tumaniMaydon MFY108.Mirdosh MFY109.Angidon MFY110.Langar MFY111.Uchquduq tumaniKoʻkpatas OFY112.Altintov OFY113.Uzunquduq OFY114.Bozdun OFY115.Mingbuloq OFY116.Avangard ovuli (“Koʻqayaz” OFY tarkibida)117.Nurota tumaniYangiturmush MFY118.Qadoq MFY119.Sentob MFY120.Temirqovuq MFY121.Qizilcha MFY122.Suvliq MFY123.Kattasoy MFY124.Konimex tumaniQarakata QFY125.Sarjal OFY126.Yangiqazgʻan QFY127.Ushteba OFY128.Boymurat OFY129.Qiziltepa tumaniYangi hayot MFY130.Tomdi tumaniAyaqquduq OFY131.Keregetov OFY132.Koriz OFY133.Suketti OFY134.Tomdibulaq OFY135.Shiyeli OFY6. Namangan viloyati136.Pop tumaniGuliston MFY137.Yuqori Chodakboshi MFY138.Navbahor MFY139.Oltinkon MFY140.Bogʻishamol MFY141.Chorkesar MFY142.Qoʻshminor MFY143.Imon Ota MFY144.Madaniyat MFY145.Yangiqoʻrgʻon tumaniZarbdor MFY146.Mamay MFY147.Sohibkor MFY148.Qayroqi MFY149.Chortoq tumaniHazratishox MFY150.Bogʻiston MFY151.Soz-soy MFY7. Samarqand viloyati152.Nurobod tumaniSazagʻon MFY153.Omondara MFY154.Jom MFY155.Saxoba MFY156.Jarquduq MFY157.Buloqboshi MFY158.Agʻron MFY159.Arabota MFY160.Nurdum MFY161.Oltinsoy MFY162.Boshquduq MFY163.Olgʻa MFY164.Oʻrtabuz MFY165.Lolazor MFY166.Payariq tumaniNakurt MFY167.Gʻallakor MFY168.Kattaqoʻrgʻon tumaniBunyodkor MFY169.Jizmonsoy MFY170.Qoʻshrabot tumaniToz MFY171.Yangi qishloq MFY172.Jonbuloq MFY173.Qoʻshtamgʻali MFY174.Oqchobsoy MFY175.Minishkor MFY176.Chimmos MFY177.Qoratosh MFY178.Doʻstlik MFY179.Qovunchi MFY180.Pangat MFY181.Quvkalla MFY182.Boypurushli MFY183.Yuqorisaroy MFY184.Paxtachi tumaniChashma MFY8. Sirdaryo viloyati185.Sardoba tumaniRovot MFY186.Paxtakor MFY187.Doʻstlik MFY188.Birlik MFY189.Oqoltin tumaniBoʻston MFY190.Sayxunobod tumaniOʻrikzor MFY191.Sirdaryo tumaniTaraqqiyot MFY192.Xovos tumaniBinokor MFY193.Mirzaobod tumaniYoʻldoshobod MFY194.Yangixayot MFY9. Surxondaryo viloyati195.Bandixon tumaniObikor MFY196.Limonzor MFY197.Obod yurt MFY198.Muzrabot tumaniChegarachi MFY199.Fayzabod MFY200.Termiz tumaniGulbaxor MFY201.Oltinsoy tumaniXoʻjaipok MFY202.Shoʻrchi tumaniTamshush MFY203.Qumqoʻrgʻon tumaniTebet MFY204.Xoʻjamulki MFY205.Ariqochgan MFY206.Sherobod tumaniChorbogʻ MFY207.Vandobp MFY208.Uzunsoy MFY209.Gʻurjar-2 MFY210.Qarabogʻ MFY211.Mehnatobod MFY212.Sariosiyo tumaniSangardak MFY213.Subhidam MFY214.Chosh MFY215.Xonjiza MFY216.Maland MFY217.Karsh MFY218.Ehtirom MFY219.Xufar MFY220.Uzun tumaniXursand MFY221.Madaniy turmush MFY222.Toltugay MFY223.Bobotogʻ MFY224.Yangiobod MFY225.Xoʻjakulsin MFY226.Oʻrmonchi MFY227.Oqmachit MFY228.Chagam (Nurli kelajak) MFY229.Zarkamar MFY230.Tomchi MFY231.Pahlavon MFY232.Jiyda buloq MFY233.Boysun tumaniQizilnavr MFY234.Xoʻjaidod MFY235.Dexibola MFY236.Chilonzor MFY237.Oʻrmonchi MFY238.Oʻrta machay MFY239.Munchoq MFY240.Denov tumaniPojur MFY241.Ushor MFY242.Kiyovsuv MFY10. Toshkent viloyati243.Bekobod tumaniUyas MFY244.Nayman MFY245.Dehqonobod MFY246.Achamayli MFY247.Parkent tumaniYangi Sanganak MFY248.Yuqorichirchiq tumaniKursoy MFY249.Boʻka tumaniKoʻkorol MFY250.Istiqlol MFY251.Samarqand MFY252.Yangiqoʻrgʻon MFY253.Ohangaron tumaniYangi hayot MFY254.Ovjazsoy MFY255.Gulobod MFY256.Koʻksaroy MFY257.Chinor MFY258.Chetsuv MFY259.Susam MFY260.Boʻstonliq tumaniQoramozor MFY261.Novobod MFY262.Burchimullo MFY263.Nanay MFY264.Algʻabas MFY265.Bogʻiston MFY266.Dadaboyev MFY267.Yakka tut MFY268.Uzun MFY269.Boladala MFY270.Pskom MFY271.Chimgan MFY272.Piskent tumaniZominovul MFY273.Oqtom MFY274.Angren shahriNishbosh MFY275.Lashkerak MFY276.J�gariston MFY11. Fargʻona viloyati277.Soʻx tumaniYangiariq MFY278.Sarikanda MFY279.Oftobru MFY280.Navobod MFY281.Mulgon MFY282.Demursad MFY283.Zangat MFY284.Qizilqiyoq MFY285.Hushyor MFY286.Sharqobod MFY287.Lenbur MFY288.Tul MFY289.Gʻaznob MFY290.Fargʻona tumaniYordon MFY291.Shohimardon MFY292.Taraqqiyot aholi punkti (Shohimardon MFY tarkibida)293.Rishton tumaniChoʻngʻara MFY12. Xorazm viloyati294.Tuproqqalʼa tumaniTuproqqalʼa maskani MFY295.Sarimay MFY296.Hazorasp MFY297.Nukus MFY
