Patta toʻlovlari miqdorlarini belgilash haqida (152-son)
23.03.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Patta toʻlovlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mollar, buyumlar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini bozorlarda, yarmarkalarda va sotish uchun maxsus ajratilgan boshqa joylarda sotayotgan jismoniy shaxslardan savdo qilinadigan har bir kun uchun undiriladigan patta haqining quyidagi miqdorlari belgilansin:
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari bozorlarda, yarmarkalarda va boshqa maxsus belgilangan joylarda tovarlar, mahsulotlarni sotishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini taʼminlasinlar.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bozorlar, yarmarkalar va boshqa maxsus belgilangan joylarning rivojlanish darajasiga bogʻliq ravishda mahalliy budjetga oʻtkaziladigan mablagʻlar miqdorini belgilasinlar. Bunda patta toʻlovi sifatida kelib tushadigan mablagʻlarning kamida yarmi bozorlar, yarmarkalar va boshqa maxsus belgilangan joylar tasarrufida qoldiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi belgilangan miqdorlarda patta toʻlovlarining toʻgʻri undirilishi va budjetga oʻz vaqtida oʻtkazilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki hafta muddatda patta toʻlovini undirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani ishlab chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklariga, idoralariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yetkazsin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlap va Toshkent shahar hokimliklariga, mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olib, bozorlarda, yarmarkalarda va savdo uchun maxsus belgilangan joylarda patta toʻlovlari miqdorlarini qayta koʻrib chiqish huquqi berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 23-mart,
152-son
