Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga tavsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (3387-son)
16.09.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 16-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3387]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida”gi va 2019-yil 15-iyuldagi 589-son “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga tavsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq 2022-yil 1-oktabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. SHERMATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 12-sentabr,
233-mh-son
Kelishildi:
Tashqi ishlar vaziri v.b V. NOROV
2022-yil 31-avgust
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2022-yil 1-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2022-yil 12-sentabrdagi 233-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga tavsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Ushbu Nizom axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (bundan buyon matnda Texnopark deb yuritiladi) rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga, ularning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi hamda ularning oʻrinbosarlariga, Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi boʻlgan startap loyihalar taʼsischilariga (ishtirokchilariga) va mutaxassislariga, oliy taʼlim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlgan xorijlik professor-oʻqituvchilariga tavsiya berish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish, tavsiyaning amal qilish muddatini uzaytirish hamda bekor qilish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
“IT-Visa” — axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek, Texnopark rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga, ularning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi hamda ularning oʻrinbosarlariga, Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi boʻlgan startap loyihalar taʼsischilari (ishtirokchilari)ga va mutaxassislariga, oliy taʼlim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlgan xorijlik professor-oʻqituvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan uning muddatini uzaytirish imkoniyati bilan beriladigan, amal qilish muddati uch yilgacha boʻlgan koʻp martalik viza toifasi;
Texnopark direksiyasi (bundan buyon matnda Direksiya deb yuritiladi) — tavsiya berish boʻyicha arizalarni qabul qilish, koʻrib chiqish, tavsiya berish, tavsiyaning muddatini uzaytirish hamda bekor qilishni amalga oshiruvchi tashkilot;
tavsiya — Direksiya tomonidan axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek, Texnopark rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga, ularning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi hamda ularning oʻrinbosarlariga, Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi boʻlgan startap loyihalar taʼsischilari (ishtirokchilari)ga va mutaxassislariga, oliy taʼlim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlgan xorijlik professor-oʻqituvchilariga IT-Card shaklida beriladigan quyidagi hujjatlar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi bilan viza rejimi joriy qilingan mamlakatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlarning fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga “IT-Visa” olish uchun beriladigan tavsiya;
b) Oʻzbekiston Respublikasi vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlarning fuqarolariga “IT-Visa”ga tenglashtiriladigan tavsiyanoma;
ariza beruvchi — tavsiya olish boʻyicha murojaat qiluvchi axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek, Texnopark rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga, ularning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi hamda ularning oʻrinbosarlariga, Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi boʻlgan startap loyihalar taʼsischilari (ishtirokchilari)ga va mutaxassislariga, oliy taʼlim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlgan xorijlik professor-oʻqituvchilari;
veb-portal — tavsiya berish boʻyicha arizalarni qabul qilish va qayta ishlash uchun moʻljallangan veb-sayt (www.it-visa.uz);
Ekspert guruhi — vazirliklar va idoralarning malakali mutaxassislari hamda boshqa mutaxassislardan iborat tarkibda tashkil etiladigan organ;
xorijiy investor — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxsni 30 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda moliyalashtirishni amalga oshiruvchi yoki ushbu yuridik shaxsning ustav fondidagi ulushi miqdori kamida 30 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi xorijiy jismoniy shaxs yoxud xorijiy yuridik shaxsning vakili;
xorijiy mutaxassis — axborot texnologiyalari sohasida oxirgi 12 oyda yillik daromadi 30 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan xorijiy mutaxassis;
Texnopark rezidentining taʼsischisi — Texnopark rezidenti maqomini olgan yuridik shaxsning taʼsischisi (ishtirokchisi) boʻlgan va ushbu yuridik shaxsning ustav fondidagi ulushi miqdori kamida 30 ming AQSH dollarini tashkil etadigan jismoniy shaxs;
Texnopark rezidentining taʼsischisi — Texnopark rezidenti maqomini olgan yuridik shaxsning taʼsischisi (ishtirokchisi) boʻlgan va ushbu yuridik shaxsning ustav fondidagi ulushi miqdori kamida 30 ming AQSH dollarini tashkil etadigan jismoniy shaxs;
startap loyihalarining taʼsischilari (ishtirokchilari) va mutaxassislari — Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi boʻlgan startap loyihalar taʼsischilari (ishtirokchilari) va mutaxassislari;
xorijlik professor-oʻqituvchi — oliy taʼlim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlgan xorijlik professor-oʻqituvchilar.
2. Ariza beruvchilar Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlib turgan yoki xorijiy davlat hududida boʻlgan holda tavsiya olish uchun veb-portal orqali ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
3. Tavsiya:
1) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
xorijiy investorlarga;
xorijiy mutaxassislarga;
Texnopark rezidentlarining taʼsischilariga va rahbarlar xodimlariga;
startap loyihalarining taʼsischilari (ishtirokchilari) va mutaxassislariga;
xorijlik professor-oʻqituvchilarga beriladi.
4. Tavsiyani berish tartibi ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Tavsiya olish uchun ariza berish
5. Ariza beruvchi tavsiya olish uchun ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani veb-portal orqali Direksiyaga yuboradi. Arizaga ariza beruvchi va uning oila aʼzolariga (turmush oʻrtogʻi, ota-onasi, farzandlari) tegishli pasport nusxalari (xorijga chiqish pasporti, ID-karta) va nikoh toʻgʻrisidagi guvohnoma (nikoh tuzilgan boʻlsa) nusxalari, ariza beruvchining fotosurati hamda quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) xorijiy investor:
axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun kiritiladigan investitsiya mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi belgilangan loyiha toʻgʻrisida maʼlumot;
axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun kiritiladigan 30 ming AQSH dollaridan kam boʻlmagan investitsiya miqdori mavjudligini tasdiqlovchi bank koʻchirmasi (maʼlumotnomasi);
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxs tomonidan ariza beruvchi bilan birgalikda investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida xat (iltimosnoma) yoki Oʻzbekiston Respublikasida yuridik shaxs tashkil etilganligini tasdiqlovchi hujjat;
axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun investitsiya kiritishni rejalashtirgan investor kompaniya nomidan ish yurituvchi shaxsning vakolatini tasdiqlovchi qaror nusxasi;
b) xorijiy mutaxassis:
maʼlumotnoma (rezyume);
ariza beruvchining ariza berilgan kundan boshlab bank yoki tegishli vakolatli organ tomonidan berilgan oxirgi 12 oy davomida yillik daromadi 30 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorni tashkil etishini tasdiqlovchi hujjat;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxsning arizachini axborot texnologiyalari sohasida ishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi xat hamda mehnat shartnomasi (fuqarolik-huquqiy shartnoma) nusxalari;
ariza beruvchining axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassisligi va malakasini tasdiqlovchi hujjat (oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida boʻlgan yoki ushbu tillarda rasmiy tarjimaga ega boʻlgan diplom, sertifikat yoki boshqalar).
d) Texnopark rezidentlarining taʼsischisi (ishtirokchisi) va rahbar xodimlari:
maʼlumotnoma (rezyume);
Texnopark rezidenti nomidan oʻz xorijiy taʼsischisiga (ishtirokchisi) va rahbar xodimlariga tavsiya berish uchun yozilgan xati (iltimosnoma);
Texnopark rezidenti maqomini olgan yuridik shaxsning taʼsischisi (ishtirokchisi) boʻlgan va ushbu yuridik shaxsning ustav fondidagi ulushi miqdori kamida 30 ming AQSH dollarini tashkil etadigan tasdiqlovchi maʼlumot;
Texnopark rezidenti rahbar xodimlari ariza berilgan kundan boshlab bank yoki tegishli vakolatli organ tomonidan berilgan oxirgi 12 oy davomida yillik daromadi 30 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorni tashkil etishini tasdiqlovchi hujjat;
ariza beruvchi xorijiy taʼsischisi (ishtirokchisi) yoki rahbar xodimlari boʻlgan Texnopark rezidentining rezidentlik guvohnomasi nusxasi;
Texnopark rezidentida rahbar xodim sifatida saylanganligi/tayinlanganligi haqidagi qaror/buyruq nusxalari;
e) xorijlik professor-oʻqituvchi:
maʼlumotnoma (rezyume);
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxsning arizachini axborot texnologiyalari sohasida professor-oʻqituvchi sifatida ishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi xati (iltimosnoma) hamda mehnat shartnomasi (fuqarolik-huquqiy shartnoma) nusxalari;
ariza beruvchining oliy taʼlim muassasalarining axborot texnologiyalari sohasidagi fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini tasdiqlovchi hujjat (oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida boʻlgan yoki ushbu tillarda rasmiy tarjimasiga ega boʻlgan diplom, sertifikat yoki boshqalar);
f) startap loyihalarining taʼsischilari (ishtirokchilari) va mutaxassislari:
maʼlumotnoma (rezyume);
startap loyihasi nomidan oʻz taʼsischilari (ishtirokchilari) va mutaxassislariga tavsiya berish toʻgʻrisida yozilgan xati (iltimosnoma);
startap loyihasining Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
startap loyihasi mutaxassisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (fuqarolik-huquqiy shartnoma) nusxalari;
ariza beruvchining axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassisligi va malakasini tasdiqlovchi hujjat (zaruratga koʻra, oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida boʻlgan yoki ushbu tillarda rasmiy tarjimasiga ega boʻlgan diplom, sertifikat yoki boshqalar).
6. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. Ariza beruvchi tavsiya olish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqishning istalgan bosqichida qaytarib olishi mumkin.
3-bob. Tavsiya berish uchun arizalarni koʻrib chiqish
8. Tavsiyani berish toʻgʻrisidagi ariza va boshqa hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab oʻttiz kalendar kundan oshmagan muddat ichida Direksiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
9. Direksiya ariza kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq toʻliq va toʻgʻri rasmiylashtirilganligini tekshiradi.
10. Mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan taqdirda, shuningdek arizada notoʻgʻri maʼlumotlar aniqlanganda yoki majburiy maʼlumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda, Direksiya kamchiliklarni koʻrsatgan holda asosli ravishda arizani koʻrib chiqishni rad etadi.
Bunda ariza beruvchi kamchiliklarni bartaraf etgan holda takroran ariza topshirishi mumkin.
11. Direksiyada tavsiya berish va uning amal qilish muddatini uzaytirish yuzasidan xulosalar berish boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqish uchun vazirliklar va idoralarning malakali mutaxassislari hamda boshqa mutaxassislardan iborat besh nafardan kam boʻlmagan tarkibda Ekspert guruhi tashkil etiladi. Ekspert guruhining tarkibi va ish tartibi Direksiya tomonidan belgilanadi, Direksiya rahbarining tegishli oʻrinbosari Ekspert guruhiga raislik qiladi.
12. Direksiya arizani tekshirganidan soʻng bir ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizom va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiqligini koʻrib chiqish uchun Ekspert guruhiga kiritadi.
13. Xorijiy investorning investitsiya kiritgan sohasi hamda xorijlik professor-oʻqituvchi, startap loyihasi mutaxassisi, xorijiy mutaxassisning faoliyati aynan axborot texnologiyalari sohasiga kirishini aniqlash ular tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida Ekspert guruhi tomonidan amalga oshiriladi.
14. Ekspert guruhi tomonidan ariza yigirma kun ichida koʻrib chiqiladi. Arizani koʻrib chiqish natijalariga koʻra Ekspert guruhi tavsiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa beradi.
15. Ekspert guruhi ariza beruvchi bilan suhbat oʻtkazishi mumkin. Suhbat ariza beruvchining xohishiga koʻra bevosita yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib olib boriladi.
16. Ekspert guruhi tomonidan ariza beruvchiga quyidagi hollarda tavsiya berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa beriladi:
ariza beruvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalari buzilganligi aniqlanganda;
ariza beruvchi ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan shaxslar toifasiga kirmasa;
ariza beruvchi ushbu Nizomda belgilangan tavsiya berish uchun talablarga javob bermasa.
17. Ekspert guruhi tomonidan ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan rad etish uchun asoslar aniqlanmagan hollarda, Direksiyaga ariza beruvchiga nisbatan tavsiya berish toʻgʻrisida xulosa kiritiladi.
18. Direksiya tomonidan Ekspert guruhining xulosasi berilgan kundan boshlab mazkur xulosa asosida bir ish kuni ichida tavsiyani berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Direksiya qaror qabul qilingandan kundan boshlab bir ish kuni ichida ariza beruvchining arizasida koʻrsatilgan elektron manzilga yoki ariza beruvchining veb-portaldagi shaxsiy kabinetiga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
19. Direksiya tavsiya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq tavsiyani rasmiylashtiradi.
20. Oʻzbekiston Respublikasi bilan viza rejimi joriy qilingan mamlakatlarning fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan ariza beruvchi xorijda boʻlgan taqdirda, Direksiya ariza beruvchilarga berilgan tavsiya, pasport nusxasi, shuningdek belgilangan namunadagi anketa bilan “IT-visa”ni rasmiylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalariga murojaat qiladi.
21. Ariza beruvchining elektron manziliga yoki veb-portaldagi shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuborilgan kundan boshlab 3 oy mobaynida tavsiyani oʻzi shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tegishli pasport yoki ID-karta) bilan yoki ishonchli vakili ishonchnoma asosida olib ketishi lozim.
Bunda ushbu muddatdan 10 kun oldin Direksiya tomonidan ariza beruvchining elektron manziliga yoki veb-portaldagi shaxsiy kabinetiga tavsiyani olib ketish muddati tugayotganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi.
Ushbu muddat davomida tavsiya olib ketilmagan taqdirda, Direksiya tomonidan tavsiya bekor qilinadi hamda arizachi takroran ariza bilan Direksiyaga murojaat etishi mumkin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi bilan viza rejimi joriy qilingan mamlakatlarning fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan ariza beruvchi Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan taqdirda, uning nomidan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan ish beruvchi, Texnopark rezidenti yoki investitsiya kiritilayotgan yuridik shaxs “IT-visa”ni rasmiylashtirish uchun ichki ishlar organlariga murojaat qiladi.
23. Ariza beruvchiga tavsiya berish rad etilganda, u Direksiyaga rad etish uchun asos boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda tavsiya olish uchun qayta murojaat qilishi mumkin.
24. Tavsiya olish uchun arizalarni koʻrib chiqish, tavsiya berish va uning muddatini uzaytirish bepul amalga oshiriladi.
4-bob. Tavsiyadan foydalanish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va bekor qilish tartibi
25. Tavsiya Ekspert guruhining xulosasi asosida uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.
26. Tavsiya uning egasi va oila aʼzolari (turmush oʻrtogʻi, ota-onasi va farzandlari)ga:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy va taʼlim xizmatlaridan foydalanish hamda amal qilish muddati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtish huquqini beradi;
koʻchmas mulkni sotib olishda qonunchilikda xorijiy fuqarolar uchun belgilangan koʻchmas mulkning cheklangan qiymati tatbiq etilmaydi va Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi.
Bunda, tavsiya egasi va uning oila aʼzolari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi bilan viza rejimi joriy qilingan mamlakatlarning fuqarolari “IT-visa”ni rasmiylashtirib olganidan soʻng mazkur bandda hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega boʻladilar.
27. Tavsiyaning amal qilish muddatini uzaytirish ushbu Nizomda tavsiyani berish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
28. Tavsiyaning amal qilish muddati tavsiyaning egasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilganda hamda quyidagi hollarda muddatidan oldin bekor qilinadi:
a) axborot texnologiyalari sohasida xorijiy investorlar tomonidan tavsiya berilgan sanadan boshlab tavsiya berilgan davr mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxs faoliyatiga kiritilgan investitsiyalar qaytarib olingan taqdirda;
b) axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy mutaxassislar, xorijlik professor-oʻqituvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxs bilan oʻttiz ish kuni mobaynida mehnat shartnomasi (fuqarolik-huquqiy shartnoma) tuzilmaganda yoki tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda;
d) Texnopark rezidentining taʼsischisi (ishtirokchisi) oʻzi taʼsischi (ishtirokchi) boʻlgan Texnopark rezidenti maqomidan mahrum qilinganda yoki ular tarkibidan chiqib ketganda, shuningdek, Texnopark rezidentining rahbar xodimlari bilan mehnat shartnomasi (fuqarolik-huquqiy shartnoma) muddati tugaganda, uzaytirilmaganda yoki bekor qilinganda;
e) startap loyihaning Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi maqomi bekor qilinganda yoki Startap loyihaning taʼsischisi (ishtirokchisi) yuridik shaxs taʼsischilari (ishtirokchi) tarkibidan chiqib ketganda, shuningdek, Startap loyihasining mutaxassislari bilan mehnat shartnomasi (fuqarolik-huquqiy shartnoma) muddati tugaganda, uzaytirilmaganda yoki bekor qilinganda.
29. Agar investitsiya loyihasi amalga oshirilmasa, uning joriy qilinishi olti oydan ortiq muddatga toʻxtatilsa yoki muddatidan oldin bekor qilinsa, ushbu Nizomning 5-bandi “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan yuridik shaxs bu haqda oʻn kun muddat ichida Direksiyani xabardor qilishi kerak.
30. Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy mutaxassis bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma bekor qilinganda, ushbu Nizomning 5-bandi “b” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan yuridik shaxs bu haqda oʻn kun ichida Direksiyani xabardor qilishi kerak.
Mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma bekor qilingan taqdirda, tavsiya egasi oʻttiz kun ichida boshqa ish beruvchi (buyurtmachi) bilan shartnoma tuzishga haqli.
Bunda, tavsiya egasi mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma bekor qilingan kundan boshlab oʻn kun ichida boshqa ish qidirayotganligi haqida Direksiyaga xabar berishi shart.
Tavsiya egasi boshqa ish beruvchi (buyurtmachi) bilan shartnoma tuzgan taqdirda, bu haqda shartnoma tuzilgan kundan boshlab bir kun ichida Direksiyani xabardor qilishi kerak.
301. Tavsiya yoʻqotilgan taqdirda, tavsiya egasi bir oy ichida bu haqda veb-portal orqali yoki bevosita Direksiyaga murojaat etadi.
Bunda Direksiya tomonidan murojaat kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida tavsiya egasiga tavsiya tiklab beriladi.
Direksiya tomonidan veb-portalning yagona elektron reyestriga bir ish kuni davomida tavsiya yoʻqotilganligi va avvalgi tavsiya bekor qilinganligi haqida tegishli yozuvlar kiritiladi.
31. Direksiya ushbu Nizomning 28-bandida nazarda tutilgan tavsiyani bekor qilish asoslari vujudga kelganligi haqida maʼlumot kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida tavsiyani bekor qilish haqida qaror qabul qiladi, bundan mazkur Nizomning 30-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma bekor qilingan tavsiya egasi mazkur Nizomning 30-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan muddat ichida boshqa ish beruvchi (buyurtmachi) bilan shartnoma tuzganligi haqida xabardor qilmagan taqdirda, Direksiya ushbu muddat oʻtgan kundan boshlab besh ish kuni ichida tavsiyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
32. Direksiya tavsiyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun ichida bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligiga maʼlumot yuborishi shart.
5-bob. Tavsiyalarning yagona elektron reyestri
33. Direksiya tomonidan veb-portalda Tavsiyalarning yagona elektron reyestri yuritiladi.
Tavsiyalarning yagona elektron reyestriga maʼlumotlarni kiritish, saqlash, qayta ishlash, uzatish, mazkur reyestrdagi maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
34. Direksiya Tavsiyalarning yagona elektron reyestrini doimiy yuritilishi, kiritilgan maʼlumotlarning yangilab borilishi hamda tavsiyalarning haqiqiyligi va dolzarbligini onlayn tekshirish imkoniyatini taʼminlash boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
35. Tavsiya egalariga xizmat koʻrsatishda tavsiyaning haqiqiyligi va dolzarbligi tavsiyaning QR-kodi (matrik shtrixli kodi) orqali Tavsiyalarning yagona elektron reyestridan tekshiriladi.
36. Tavsiyalarning yagona elektron reyestridagi maʼlumotlar oʻn yil davomida saqlanadi.
6-bob. Yakuniy qoidalar
37. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
38. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga tavsiya berish tartibi toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga tavsiya berish tartibi
SXEMASI
Bosqichlar Subyektlar Chora-tadbirlar Bajarish muddatlari 1-bosqich Ariza beruvchi Arizani veb-portal orqali Direksiyaga tavsiya olish uchun barcha zarur hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi. Zaruratga koʻra 2-bosqich Direksiya 1. Ariza va hujjatlarni qabul qiladi hamda ularning toʻgʻriligi va toʻliqligini tekshiradi. 2. Arizaga notoʻgʻri maʼlumotlar kiritilgan, toʻliq hajmdagi maʼlumotlar koʻrsatilmagan yoki hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda, arizani koʻrib chiqishni rad etadi. bir ish kuni ichida 3. Tavsiya berish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun ariza va boshqa hujjatlarni Ekspert guruhiga yuboradi. bir ish kuni ichida 3-bosqich Ekspert guruhi 1. Tavsiya olish uchun arizalarni koʻrib chiqadi va koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tavsiya berish yoki tavsiya berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qiladi. 2. Zarur hollarda, ariza beruvchi bilan masofadan turib suhbat oʻtkazadi. 20 kun ichida 4-bosqich Direksiya 1. Ekspert guruhining xulosasi asosida tavsiyani berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. 2. Ariza beruvchining arizasida koʻrsatilgan elektron manzilga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi. bir ish kuni ichida 3. Tavsiyani rasmiylashtiradi. bir ish kuni ichida 5-bosqich Direksiya Tavsiyaga ega boʻlgan ariza beruvchi xorijda boʻlgan taqdirda, ariza beruvchilarga berilgan tavsiya, pasport nusxasi, shuningdek belgilangan namunadagi anketa bilan “IT-visa”ni rasmiylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalariga murojaat qiladi. bir ish kuni ichida 6-bosqich Direksiya Ariza beruvchi tavsiyani olish uchun murojaat qilganda, tavsiyani unga shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida taqdim etadi. darhol 7-bosqich Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan ish beruvchi, Texnopark rezidenti yoki investitsiya kiritilayotgan yuridik shaxs Oʻzbekiston Respublikasi bilan viza rejimi joriy qilingan mamlakatlarning fuqarosi boʻlgan ariza beruvchi Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan taqdirda, uning nomidan “IT-visa”ni rasmiylashtirish uchun ichki ishlar organlariga murojaat qiladi. Zaruratga koʻra 8-bosqich Direksiya Tavsiyalarning yagona elektron reyestriga tegishli maʼlumotlarni kiritadi. bir ish kuni ichida
Axborot texnologiyalari sohasida xorijiy investorlar va mutaxassislarga tavsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
ARIZA
Ariza beruvchi haqida maʼlumot1. Familiya, ismi, otasining ismi:2. Tugʻilgan sanasi (kun, oy, yil):3. Jinsi:o Erkako Ayol4. Fuqaroligi:5. Pasport raqami va seriyasi:6. Berilgan sana:7. IT-kartani amal qilish muddati:8. Pasport nusxasi:yuklash9. Bitta rangli fotosurat:yuklash10. Maʼlumotnoma (rezyume)yuklash11. Oʻzbekiston Respublikasidagi yashash manzili (Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan ariza beruvchilar uchun):12. Mobil telefon:13. Qoʻshimcha aloqa raqami:14. Elektron manzil:15. Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishning rejalashtirilgan muddati:16. Oʻzbekiston Respublikasiga qilingan oldingi sayohatlar (sana, maqsad):17. Oxirgi uch yil ichida qaysi davlatlarga tashrif buyurdingiz va undan maqsad?Hamrohlik qilayotgan qarindoshlar haqida maʼlumot (faqat turmush oʻrtogʻi, ota-onalar va farzandlari):Familiya, ismi, otasining ismiQarindoshlilik darajasi:Tugʻilgan sanasiFuqaroligiPasport/tugʻilganlik guvohnomasi nusxasi:yuklash Xorijiy mutaxassis uchun1. Yuridik shaxs boʻlgan ish beruvchining nomi:2. Ariza berilgan kundan boshlab bank yoki tegishli vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan oxirgi 12 oy davomida yillik daromadi 30 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorni tashkil etishini tasdiqlovchi hujjat:yuklash3. Ariza beruvchining axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassisligi, ish tajribasi va malakasini tasdiqlovchi hujjat (diplom, sertifikat yoki boshqa):yuklash4. Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan ish beruvchining ariza beruvchini axborot texnologiyalari sohasida ishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi xati (iltimosnoma):yuklash5. Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan ish beruvchining ariza beruvchini axborot texnologiyalari sohasida xodim sifatida tasdiqlovchi mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma:yuklash6. Iltimosnoma beruvchining familiyasi, ismi, sharifi:7. Iltimosnoma beruvchining lavozimi:8. Iltimosnoma beruvchining aloqa raqami:Xorijiy investor uchun1. Investitsiyalarni qabul qiluvchi korxona nomi2. Investitsion loyihaning nomlanishi:3. Axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun investitsiya loyihasi toʻgʻrisida maʼlumot:4. Axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun taklif etilayotgan investitsiyalar miqdori (30 ming AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda) mavjudligini tasdiqlovchi bank koʻchirmasi (maʼlumotnomasi):yuklash5. Axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun investitsiya kiritishni rejalashtirgan investor kompaniya nomidan ish yurituvchi shaxsning vakolatini tasdiqlovchi qaror nusxasi:yuklash6. Ariza beruvchi bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxs tomonidan xat (iltimosnoma):yuklash7. Iltimosnoma beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi:8. Iltimosnoma beruvchining egallab turgan lavozimi:9. Iltimosnoma beruvchining aloqa raqami:Texnopark rezidentining taʼsischisi uchun1. Texnopark rezidenti boʻlgan korxona nomi:2. Texnopark rezidenti boʻlgan korxona rezidentlik guvohnomasiyuklash3. Ariza beruvchining Texnopark rezidenti ustav fondidagi ulushi miqdori kamida 30 ming AQSH dollarini tashkil etganligini tasdiqlovchi maʼlumot4. Ariza beruvchi taʼsischi (ishtirokchi) boʻlgan Texnopark rezidenti boʻlgan korxona tomonidan xat (iltimosnoma):yuklash5. Iltimosnoma beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi:6. Iltimosnoma beruvchining egallab turgan lavozimi:7. Iltimosnoma beruvchining aloqa raqami:Texnopark rezidenti rahbar xodimi (yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi)1. Texnopark rezidenti boʻlgan korxona nomi:2. Texnopark rezidenti rahbari lavozimiga saylanganligi toʻgʻrisida taʼsischi(lar) (ishtirokchilar) qaroriyuklash3. Texnopark rezidenti rahbari lavozimiga saylanganligi toʻgʻrisida korxona buyrugʻiyuklash4. Texnopark rezidenti rahbar xodimlarining oxirgi 12 oy davomida yillik daromadi 30 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorni tashkil etishini tasdiqlovchi bank yoki tegishli vakolatli organ tomonidan berilgan hujjatyuklash5. Texnopark rezidenti boʻlgan korxona rezidentlik guvohnomasiyuklash6. Texnopark rezidenti boʻlgan korxona tomonidan xat (iltimosnoma):yuklash7. Iltimosnoma beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi:8. Iltimosnoma beruvchining aloqa raqami:Texnopark rezidenti rahbari oʻrinbosari 1. Texnopark rezidenti boʻlgan korxona nomi:2. Texnopark rezidenti rahbari oʻrinbosari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (fuqarolik-huquqiy shartnoma)yuklash3. Texnopark rezidenti boʻlgan korxona rezidentlik guvohnomasiyuklash4.Texnopark rezidenti rahbar oʻrinbosarining oxirgi 12 oy davomida yillik daromadi 30 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorni tashkil etishini tasdiqlovchi bank yoki tegishli vakolatli organ tomonidan berilgan hujjatyuklash5. Texnopark rezidenti boʻlgan korxona tomonidan xat (iltimosnoma):yuklash6. Iltimosnoma beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi:7. Iltimosnoma beruvchining egallab turgan lavozimi:8. Iltimosnoma beruvchining aloqa raqami:Xorijlik professor-oʻqituvchi1. Taʼlim tashkiloti nomi2. Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan ish beruvchining ariza beruvchini axborot texnologiyalari sohasida professor-oʻqituvchi sifatida ishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi mehnat shartnomasi (fuqarolik-huquqiy shartnoma):yuklash3. Ilmiy darajasini tasdiqlovchi diplom va sertifikatyuklash4. Oliy taʼlim tashkiloti tomonidan xat (iltimosnoma):yuklash5. Iltimosnoma beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi:6. Iltimosnoma beruvchining egallab turgan lavozimi:7. Iltimosnoma beruvchining aloqa raqami:Startap loyihasining taʼsischisi (ishtirokchisi)1. Startap loyihani amalga oshiruvchi korxona nomi2. Texnopark rezidenti boʻlgan korxona rezidentlik guvohnomasiyuklash3. Startap loyihasining Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjatyuklash4. Startap loyihani amalga oshiruvchi korxona tomonidan xat (iltimosnoma):yuklash5. Iltimosnoma beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi:6. Iltimosnoma beruvchining egallab turgan lavozimi:7. Iltimosnoma beruvchining aloqa raqami:Startap loyihasining mutaxassisi1. Startap loyihani amalga oshiruvchi korxona nomi2. Startap loyihasi mutaxassisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi;yuklash3. Ariza beruvchining axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassisligi va malakasini tasdiqlovchi hujjat (zaruratga koʻra oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida boʻlgan yoki ushbu tillarda rasmiy tarjimasiga ega boʻlgan diplom, sertifikat yoki boshqalar)yuklash4. Texnopark rezidenti boʻlgan korxona rezidentlik guvohnomasiyuklash5. Startap loyihasining Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjatyuklash6. Startap loyihani amalga oshiruvchi korxona tomonidan xat (iltimosnoma):yuklash7. Iltimosnoma beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi:8. Iltimosnoma beruvchining egallab turgan lavozimi va mehnat shartnomasi:yuklash9. Iltimosnoma beruvchining aloqa raqami:Men xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi qoidalari buzilganligi uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirildim.Men ushbu arizada soʻralgan shaxsiy maʼlumotlarimni arizani koʻrib chiqish uchun taqdim etish majburiy ekanligidan xabardorman va roziman.Menga tegishli va ushbu arizada koʻrsatilgan barcha shaxsiy maʼlumotlar vakolatli organlarga topshirilishi va arizam boʻyicha qaror qabul qilish uchun ular tomonidan qayta ishlanishi haqida xabardorman va roziman.Men arizada bergan barcha maʼlumotlar toʻgʻri va toʻliq ekanligini tasdiqlayman. Notoʻgʻri maʼlumotlar berilgan vizani rad etish yoki bekor qilishga olib kelishi mumkin, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi mumkinligini bilaman.Men berilgan “IT-Visa” yoki “IT-Card” agar uni berish shartlariga rioya qilmasam, bekor qilinishi mumkinligini bilaman.
Ariza bilan birga taqdim etilgan fotosurat quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:
Dolzarbligi (oxirgi 6 oy ichida olingan);
Rangli oq fonda;
Oʻlchami 3,5 x 4,5 sm;
Bosh va yelkalar shunday joylashtirilgan boʻlishi kerakki, yuz fotosuratning 80 foizini egallashi kerak;
Fotosuratda ariza beruvchining yuz qismi toʻliq koʻrinishi kerak;
Koʻzoynak taqadigan arizachida fotosurat quyidagi mezonlarga javob berishi kerak: qoraytirilmagan koʻzoynaklar, ramka koʻzning biron bir qismini qoplamasligi kerak, yorugʻlik aksi boʻlmasligi kerak.
Axborot texnologiyalari sohasida xorijiy investorlar va mutaxassislarga tavsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
TAVSIYA SHAKLI
Tavsiya shaklining tavsifi
Tavsiya plastikdan tayyorlanadi. Tavsiya oʻlchami 54 x 86 mm. Lotin grafikasida oʻzbek, ingliz va rus tillarida yoziladi. Olti xonali seriyali raqamlardan tashkil topadi.
Tavsiya old tomonida “Tavsiya” va “Oʻzbekiston Respublikasi” soʻzlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi, Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi emblemasi, Texnopark logotipi tasviri tushirilgan boʻladi.
Tavsiyaning old tomonida oʻzbek, ingliz va rus tillarida quyidagilar koʻrsatiladi:
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Amal qilish muddati / Srok deystviya / Date of expiry
Seriya raqami / Seriyniy nomer / Serial number.
Tavsiya egasining fotosurati hamda Tavsiya egasi va uning qarindoshlarining maʼlumotlari joylashgan Internet tarmogʻida berilgan Tavsiyalarning yagona elektron reyestriga oʻtish uchun QR-kodi oʻrnatiladi.
Tavsiya orqa tomonida oʻzbek, ingliz va rus tillarida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ushbu hujjat egasi va uning oila aʼzolariga quyidagi huquq va imtiyozlarni beradi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiyot va taʼlim tashkilotlari xizmatlaridan foydalanish;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida tavsiyaning amal qilish muddatida vaqtinchalik roʻyxatga olishni amalga oshirish;
Koʻchmas mulkni sotib olishda qonunchilikda xorijiy fuqarolar uchun belgilangan koʻchmas mulkning cheklangan qiymatini tatbiq etmaslik va Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilmaslik.
Nastoyashiy dokument predostavlyayet sleduyushiye prava i privilegii obladatelyu i chlenam yego semi:
Polzovaniye uslugami meditsinskix i obrazovatelnix organizatsiy na usloviyax predusmotrennix dlya grajdan Respubliki Uzbekistan;
V Ministerstve vnutrennix del Respubliki Uzbekistan osushestvlyat vremennuyu registratsiyu v predelax sroka deystviya rekomendatsii;
Neprimeneniye ustanovlennoy zakonodatelstvom predelnoy stoimosti nedvijimogo imushestva dlya inostrannix grajdan pri pokupke nedvijimogo imushestva i ne trebuyushix nalichiya vida na jitelstvo v Respublike Uzbekistan.
This document gives the following rights and privileges to the owner and his/her family members:
Using the services of medical and educational organizations on the terms provided for citizens of the Republic of Uzbekistan;
Obtain temporary registration within the validity period of the recommendation at the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan;
Not applying the limited value of real estate set by law for foreign citizens when buying real estate and not requiring a residence permit in the Republic of Uzbekistan.
