Dehqon xoʻjaliklari tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-373-son)
10.09.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini va ichki bozorlarda narxlar barqarorligini taʼminlash hamda agrar sohada aholining tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash orqali ularning daromadlarini oshirish, shuningdek, “Bir hudud — bir mahsulot” tamoyili asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish hamda eksport salohiyatini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-20-son qaroriga muvofiq, fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi past hosilli paxta va gʻalladan qisqartirilgan va aholiga uzoq boʻlmagan hududlardan:
2022-yilda 80 ming gektar ekin maydonlarini;
2023 — 2025-yillarda 120 ming gektar ekin maydonlarini aholiga ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va gʻalladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan yerlardan 2022-yil yakuniga qadar qoʻshimcha 20 ming gektar — umumiy 100 ming gektar ekin maydonlari, 2023-yilda 93 155 gektar ekin maydonlari 1 — 1.13-ilovalarga muvofiq aholiga ochiq elektron tanlov orqali ijaraga beriladi.
Bunda:
a) ekin maydonlari fuqarolarga 30 yil muddatga:
suv taʼminoti yaxshi boʻlgan yerlardan — Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida 0,15 gektardan 1 gektargacha, boshqa viloyatlarda 0,30 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 0,30 gektardan 2 gektargacha boʻlgan oʻlchamlarda;
kam suvli yerlardan — viloyatlarda 0,50 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 0,50 gektardan 2 gektargacha boʻlgan oʻlchamlarda ijaraga beriladi;
b) 2022-2023-yillarda dehqon xoʻjaligi yuritish maqsadida ekin maydonlarini aholiga berish uchun tashkil etiladigan ochiq elektron tanlovda 1 nafar talabgor ishtirok etgan taqdirda, istisno tariqasida, tanlov oʻtkazilgan hisoblanadi;
v) issiqxona tarmogʻi keng rivojlangan tumanlarda dehqon xoʻjaliklariga ajratib berilgan ekin maydonlarida isitish tizimlarini oʻrnatmagan holda yengil konstruksiyali issiqxonalar qurilishiga ruxsat beriladi.
3. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholiga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalari ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berilganda, mazkur xatboshida nazarda tutilayotgan shaxslar yuqoridagi daftarlardan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyoz va preferensiyalar bir yil muddatga saqlab qolinadi;
imtiyoz va preferensiyalarning bir yillik amal qilish muddati dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab hisoblanadi.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Voitov, X. Karimov) va Kadastr agentligi (F. Pulatov) bilan birgalikda:
a) bir oy muddatda 2022-yilda aholiga qoʻshimcha tarzda ochiq elektron tanlov orqali ijaraga beriladigan 20 ming gektar ekin maydonlarining, 2023-yil 1-yanvarga qadar 2023-yilda aholiga ochiq elektron tanlov orqali ijaraga beriladigan 93 155 gektar ekin maydonlarining aholi punktlariga yaqin, suv taʼminoti yaxshi boʻlgan yerlardan tanlanishi va tuman (shahar) hokimliklarining zaxirasiga belgilangan tartibda qaytarilishi va davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Bunda, yer uchastkalariga egalik qilish huquqi yoxud undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqining bekor qilinishi Yer kodeksining 36-moddasida belgilangan hollarda, jumladan yer uchastkasidan oqilona foydalanilmaganda, ushbu qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun hosildorlik darajasi uch yil mobaynida normativdan (kadastr bahosiga koʻra) past boʻlishida ifodalanganda, yer uchastkasidan tuproq unumdorligi pasayishiga, uning kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishiga, ekologik vaziyatning yomonlashuviga olib keladigan usullar bilan foydalanilgan taqdirda, amalga oshiriladi;
b) zaxiraga olingan yer uchastkalarini davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish ishlari tuman (shahar) hokimliklari buyurtmasiga asosan amalga oshirilishini, bunda davlat roʻyxatidan oʻtkazish ishlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishini;
v) davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan ekin maydonlarining suv taʼminoti yaxshi boʻlgan yerlarda — Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida kamida 0,15 gektarga, boshqa hududlarda kamida 0,30 gektarga hamda kam suvli yerlarda kamida 0,5 gektarga teng boʻlgan hajmlarda lotlarga ajratilib, bir oy ichida ochiq elektron tanlovga qoʻyilishini;
g) ekin maydonlarini tanlash va lotlarga ajratish ishlarida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlari yordamchilarining ishtirokini hamda ular tomonidan bildirilgan takliflar inobatga olinishini;
d) yer toʻgʻrisidagi qonunchilik va ijara shartnomasi talablari bajarilmaganda, jumladan ijaraga berilgan yer uchastkasidan oqilona foydalanilmaganda, talabgor tomonidan ochiq elektron tanlov orqali yerning ijara huquqini yutib olish uchun olingan qoʻshimcha majburiyatlar bajarilmaganda, yerga boʻlgan huquq Yer kodeksi va “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan bekor qilinishi haqida dehqon xoʻjaliklari aʼzolari orasida tushuntirish ishlari olib borilishini taʼminlasin.
Mazkur bandda belgilanayotgan topshiriqlar ijrosini oʻz vaqtida taʼminlamagan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimlari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilsin.
5. Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev, Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Voitov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimlari:
2022-yil yakuniga qadar qoʻshimcha 20 ming gektar, 2023-yilda 93 155 gektar ekin maydonlarini ochiq va shaffoflikni taʼminlagan holda dehqonchilik koʻnikmalariga ega boʻlgan, shu jumladan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholiga ajratsin;
mazkur maydonlarga Qishloq xoʻjaligi vazirligi tavsiyasiga asosan, hududlar ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan va eksportbop qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilishini taʼminlasin. Bunda, sabzavot, poliz, dukkakli, moyli va kartoshka ekinlarini intensiv usulda ekishga alohida eʼtibor qaratilsin;
mahsulot yetishtiruvchilarga qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik resurslar, shu jumladan urugʻlik, koʻchat, mineral oʻgʻit va kimyoviy vositalar yetkazib berish, shuningdek, zaruriy agrotexnik xizmatlar koʻrsatish ishlarini tashkil etsin;
agrosanoat klasterlari, tayyorlov, qayta ishlash va eksport qiluvchi korxonalarni jalb qilgan holda yetishtirilgan tayyor mahsulotni xarid qilish, uni qayta ishlash, saqlash, ichki va tashqi bozorlarga yoʻnaltirish choralarini koʻrsin;
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (I. Ergashev) bilan birgalikda ekin maydonlarida zararkunandalar hamda kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida tizimli kuzatuvlarni tashkil etib, dehqon xoʻjaliklariga ekinlarni himoya qilish xizmatlari oʻz vaqtida koʻrsatilishini taʼminlasin;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻish, tashish, saqlash, qayta ishlash va sotishning barcha bosqichlarini qamrab olgan kichik agrologistika markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev, qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov mazkur chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali tashkil etish ustidan doimiy monitoring oʻrnatib, amalga oshirilgan ishlar haqida har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
6. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Voitov) bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori M.M. Ubaydullayev hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 10-sentabr,
PQ-373-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qaroriga 1-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va gʻalladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan yerlar hisobidan fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmlari
T/r Hududlar nomi Jami yer maydoni, gektar shundan, 2022-2023-yillarda 2022-yilda 2023-yilda 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 12 640 6 620 6 020 2. Andijon viloyati 14 470 8 418 6 052 3. Buxoro viloyati 14 124 8 016 6 108 4. Jizzax viloyati 13 936 8 976 4 960 5. Qashqadaryo viloyati 19 794 9 264 10 530 6. Navoiy viloyati 9 530 6 335 3 195 7. Namangan viloyati 17 597 8 541 9 056 8. Samarqand viloyati 16 159 8 573 7 586 9. Surxondaryo viloyati 16 273 7 797 8 476 10. Sirdaryo viloyati 10 360 6 160 4 200 11. Toshkent viloyati 16 546 7 458 9 088 12. Fargʻona viloyati 19 117 7 178 11 939 13. Xorazm viloyati 12 609 6 664 5 945 Jami 193 155 100 000 93 155
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qaroriga 1.1-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlarida fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va gʻalladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan yerlar hisobidan fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmlari
T/r Tumanlar nomi Jami yer maydoni, gektar shundan, 2022 — 2023-yillarda 2022-yilda 2023-yilda 1. Amudaryo 1 515 846 669 2. Beruniy 1 464 824 640 3. Boʻzatov 88 22 66 4. Kegeyli 861 442 419 5. Moʻynoq 255 141 114 6. Nukus 880 371 509 7. Taxtakoʻpir 724 327 397 8. Toʻrtkoʻl 963 510 453 9. Taxiatosh 176 74 102 10. Xoʻjayli 512 166 346 11. Chimboy 755 376 379 12. Shumanay 1 096 695 401 13. Ellikqalʼa 817 473 344 14. Qonlikoʻl 707 325 382 15. Qoraoʻzak 712 355 357 16. Qoʻngʻirot 1 115 673 442 Jami 12 640 6 620 6020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qaroriga 1.2-ILOVA
Andijon viloyati tumanlarida fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va gʻalladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan yerlar hisobidan fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmlari
T/r Tuman (shahar)lar nomi Jami yer maydoni, gektar shundan, 2022-2023-yillarda 2022-yilda 2023-yilda 1. Andijon 973 631 342 2. Asaka 899 660 239 3. Baliqchi 1 436 845 591 4. Boʻston 608 396 212 5. Buloqboshi 662 243 419 6. Jalaquduq 1 303 785 518 7. Izboskan 1 282 822 460 8. Marhamat 981 612 369 9. Oltinkoʻl 810 463 347 10. Paxtaobod 1 185 761 424 11. Ulugʻnor 1 260 410 850 12. Xoʻjaobod 393 247 146 13. Shahrixon 1 277 835 442 14. Qoʻrgʻontepa 1 361 668 693 15. Xonobod sh. 41 41 Jami 14 470 8 418 6052
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qaroriga 1.3-ILOVA
Buxoro viloyati tumanlarida fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va gʻalladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan yerlar hisobidan fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmlari
T/r Tuman (shahar)lar nomi Jami yer maydoni, gektar shundan, 2022 — 2023-yillarda 2022-yilda 2023-yilda 1. Buxoro 1 413 802 611 2. Vobkent 1 415 803 612 3. Jondor 1 390 789 601 4. Kogon 920 522 398 5. Olot 1 179 669 510 6. Peshku 1 301 738 563 7. Romitan 1 361 772 589 8. Shofirkon 1 597 906 691 9. Qorakoʻl 1 512 858 654 10. Qorovulbozor 410 233 177 11. Gʻijduvon 1 589 902 687 12. Buxoro sh. 36 21 15 Jami 14 124 8 016 6108
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qaroriga 1.4-ILOVA
Jizzax viloyati tumanlarida fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va gʻalladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan yerlar hisobidan fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmlari
T/r Tumanlar nomi Jami yer maydoni, gektar shundan, 2022 — 2023-yillarda 2022-yilda 2023-yilda 1. Arnasoy 781 300 481 2. Baxmal 901 797 104 3. Doʻstlik 1 941 1 040 901 4. Zafarobod 1 144 873 271 5. Zomin 1 464 1 040 424 6. Zarbdor 2 053 1 643 410 7. Mirzachoʻl 991 545 446 8. Paxtakor 811 371 440 9. Forish 887 578 309 10. Sh.Rashidov 952 525 427 11. Yangiobod 753 448 305 12. Gʻallaorol 1 258 816 442 Jami 13 936 8 976 4 960
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qaroriga 1.5-ILOVA
Qashqadaryo viloyati tumanlarida fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va gʻalladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan yerlar hisobidan fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmlari
T/r Tumanlar nomi Jami yer maydoni, gektar shundan, 2022 — 2023-yillarda 2022-yilda 2023-yilda 1. Koson 3 554 2 113 1 441 2. Kitob 1 560 620 940 3. Kasbi 1 716 960 756 4. Mirishkor 1 524 820 704 5. Muborak 1 145 551 594 6. Nishon 1 511 858 653 7. Chiroqchi 612 300 312 8. Shahrisabz 1 363 447 916 9. Yakkabogʻ 1 634 642 992 10. Qarshi 1 551 409 1 142 11. Qamashi 1 388 616 772 12. Gʻuzor 1 092 488 604 13. Dehqonobod 133 33 100 14. Koʻkdala 1 011 407 604 Jami 19 794 9 264 10 530
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qaroriga 1.6-ILOVA
Navoiy viloyati tumanlarida fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va gʻalladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan yerlar hisobidan fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmlari
T/r Tumanlar nomi Jami yer maydoni, gektar shundan, 2022 — 2023-yillarda 2022-yilda 2023-yilda 1. Karmana 1 546 1 025 521 2. Konimex 262 197 65 3. Navbahor 2 173 1 440 733 4. Nurota 135 92 43 5. Xatirchi 2 925 1 924 1 001 6. Qiziltepa 2 489 1 657 832 Jami 9 530 6 335 3 195
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qaroriga 1.7-ILOVA
Namangan viloyati tumanlarida fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va gʻalladan qisqartirilgan hamda aholi punktiga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan yerlar hisobidan fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmlari
T/r Tumanlar nomi Jami yer maydoni, gektar shundan, 2022 — 2023-yillarda 2022-yilda 2023-yilda 1. Kosonsoy 1 141 554 587 2. Mingbuloq 2 905 1 580 1 325 3. Namangan 1 378 669 709 4. Norin 1 432 695 737 5. Pop 2 537 1 280 1 257 6. Toʻraqoʻrgʻon 1 073 521 552 7. Uychi 1 461 709 752 8. Uchqoʻrgʻon 2 256 1 095 1 161 9. Chortoq 788 236 552 10. Chust 1 562 637 925 11. Yangiqoʻrgʻon 1 064 565 499 Jami 17 597 8 541 9 056
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qaroriga 1.8-ILOVA
Samarqand viloyati tumanlarida fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va gʻalladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan yerlar hisobidan fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmlari
T/r Tumanlar nomi Jami yer maydoni, gektar shundan, 2022 — 2023-yillarda 2022-yilda 2023-yilda 1. Bulungʻur 1 544 765 779 2. Jomboy 614 423 191 3. Ishtixon 1 013 577 436 4. Kattaqoʻrgʻon 1 446 766 680 5. Narpay 1 439 738 701 6. Nurobod 477 269 208 7. Oqdaryo 756 440 316 8. Payariq 1 939 949 990 9. Pastdargʻom 2 651 1 363 1 288 10. Paxtachi 884 509 375 11. Samarqand 484 281 203 12. Tayloq 625 389 236 13. Urgut 1 804 834 970 14. Qoʻshrabot 486 273 213 Jami 16 159 8 573 7 586
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qaroriga 1.9-ILOVA
Surxondaryo viloyati tumanlarida fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va gʻalladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan yerlar hisobidan fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmlari
T/r Tumanlar nomi Jami yer maydoni, gektar shundan, 2022 — 2023-yillarda 2022-yilda 2023-yilda 1. Angor 938 351 587 2. Bandixon 1 267 739 528 3. Boysun 220 67 153 4. Denov 1 496 627 869 5. Jarqoʻrgʻon 1 273 569 704 6. Muzrabot 1 776 1 079 697 7. Oltinsoy 1 018 466 552 8. Sariosiyo 1 438 910 528 9. Termiz 778 332 446 10. Uzun 742 302 440 11. Sherobod 1 301 504 797 12. Shoʻrchi 1 007 316 691 13. Qiziriq 1 887 1 090 797 14. Qumqoʻrgʻon 1 132 445 687 Jami 16 273 7 797 8 476
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qaroriga 1.10-ILOVA
Sirdaryo viloyati tumanlarida fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va gʻalladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan yerlar hisobidan fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmlari
T/r Tumanlar nomi Jami yer maydoni, gektar shundan, 2022-2023-yillarda 2022-yilda 2023-yilda 1. Boyovut 1 486 873 613 2. Guliston 965 529 436 3. Mirzaobod 1 127 593 534 4. Oqoltin 1 017 640 377 5. Sardoba 1 443 900 543 6. Sayxunobod 1 474 1 072 402 7. Sirdaryo 986 383 603 8. Xovos 1 862 1 170 692 Jami 10 360 6 160 4 200
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qaroriga 1.11-ILOVA
Toshkent viloyati tumanlarida fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va gʻalladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan yerlar hisobidan fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmlari
T/r Tumanlar nomi Jami yer maydoni, gektar shundan, 2022-2023-yillarda 2022-yilda 2023-yilda 1. Bekobod 1942 892 1050 2. Boʻka 1796 716 1080 3. Boʻstonliq 520 320 200 4. Zangiota 446 246 200 5. Ohangaron 1176 676 500 6. Oqqoʻrgʻon 1237 387 850 7. Parkent 778 578 200 8. Piskent 1210 490 720 9. Toshkent 378 228 150 10. Chinoz 1349 499 850 11. Yuqori Chirchiq 870 320 550 12. Yangiyoʻl 1235 535 700 13. Oʻrta Chirchiq 1386 486 900 14. Qibray 653 445 208 15. Quyi Chirchiq 1570 640 930 Jami 16 546 7 458 9 088
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qaroriga 1.12-ILOVA
Fargʻona viloyati tumanlarida fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va gʻalladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan yerlar hisobidan fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmlari
T/r Tuman (shahar)lar nomi Jami yer maydoni, gektar shundan, 2022 — 2023-yillarda 2022-yilda 2023-yilda 1. Bagʻdod 1 155 377 778 2. Beshariq 1 300 465 835 3. Buvayda 1 262 461 801 4. Dangʻara 1 264 429 835 5. Yozyovon 1 153 400 753 6. Oltiariq 1 456 671 785 7. Rishton 1 196 401 795 8. Soʻx 668 440 228 9. Toshloq 1 138 420 718 10. Uchkoʻprik 1 206 400 806 11. Fargʻona 1 290 520 770 12. Furqat 940 316 624 13. Oʻzbekiston 1 270 390 880 14. Quva 1 324 436 888 15. Qoʻshtepa 1 265 466 799 16. Fargʻona sh. 437 260 177 17. Quvasoy sh. 793 326 467 Jami 19 117 7 178 11 939
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qaroriga 1.13-ILOVA
Xorazm viloyati tumanlarida fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va gʻalladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan yerlar hisobidan fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmlari
T/r Tumanlar nomi Jami yer maydoni, gektar shundan, 2022 — 2023-yillarda 2022-yilda 2023-yilda 1. Bogʻot 1 255 784 471 2. Gurlan 1 412 675 737 3. Tuproqqalʼa 1 500 799 701 4. Urganch 1 286 631 655 5. Hazorasp 1 009 546 463 6. Xiva 883 490 393 7. Xonqa 1 359 724 635 8. Shovot 1 399 742 657 9. Yangiariq 891 499 392 10. Yangibozor 1 070 519 551 11. Qoʻshkoʻpir 545 255 290 Jami 12 609 6 664 5 945
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-20-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi aholi punktiga yaqin hamda suv taʼminoti yaxshi boʻlgan paxta va gʻalladan qisqartirilgan 195 169 gektar ekin maydonlarini zaxiraga qaytarish;
b) zaxiraga qaytarilgan yer maydonlarini dehqon xoʻjaligi tashkil etgan holda sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun fuqarolarga 30 yilga:
suv taʼminoti yaxshi hududlarda Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida 0,15 gektardan 1 gektargacha, boshqa viloyatlarda 0,30 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 0,30 gektardan 2 gektargacha boʻlgan oʻlchamlarda;
kam suvli yerlarda viloyatlarda 0,50 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 0,50 gektardan 2 gektargacha boʻlgan oʻlchamlarda ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin”;
b) 3, 7-bandlar hamda qarorga 1 — 1.13-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan “Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vaqtinchalik tartibning 18-bandi quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Temir daftar” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholiga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalari ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berilganda, mazkur xatboshida nazarda tutilayotgan shaxslar yuqoridagi daftarlardan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyoz va preferensiyalar bir yil muddatga saqlab qolinadi. Bunda, imtiyoz va preferensiyalarning bir yillik amal qilish muddati dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab hisoblanadi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-iyuldagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana), xoʻraki, kishmishbop va sanoatbop tok koʻchatlari hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 17 va 26-bandlardagi “maxsus 22626 hisobvaraqlariga” soʻzlari “asosiy hisobvaraqlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Nizomga 2-ilovadagi sxemaning 5-bosqichi “Tadbirlar” ustunidagi “maxsus 22626-maxsus hisobvaraqlariga” soʻzlari “asosiy hisobvaraqlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarori bilan tasdiqlangan Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamentida:
a) quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va gʻalladan qisqartirilgan aholi punktiga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan ekin maydonlarini aholiga berish uchun 2022-2023-yillarda tashkil etiladigan ochiq elektron tanlovda bir nafar talabgor ishtirok etgan taqdirda, istisno tariqasida, tanlov oʻtkazilgan hisoblanadi”;
b) 27-bandning toʻrtinchi xatboshisi “mazkur lot takroriy tanlovga qoʻyilganda” soʻzlaridan keyin “shuningdek, fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va gʻalladan qisqartirilgan aholi punktiga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan ekin maydonlarini ijaraga olish uchun 2022-2023-yillarda tashkil etiladigan tanlovda” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 44-bandi quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalari ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berilganda, mazkur xatboshida nazarda tutilayotgan xotin-qizlar yuqoridagi daftardan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyoz va preferensiyalar bir yil muddatga saqlab qolinadi. Bunda, imtiyoz va preferensiyalarning bir yillik amal qilish muddati dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab hisoblanadi”.
6. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi “Uzumchilik, bogʻdorchilik, issiqxona xoʻjaliklarini yurituvchi va vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi subyektlarni davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 327-son qarorida:
a) 1-ilova (Yangi intensiv bogʻ va tokzorlarda loyiha asosida tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish, burgʻilangan quduq, shuningdek daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasini qurish va qayta tiklanuvchi, muqobil elektr energiyasi qurilmasini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisida nizom)da:
13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “22626-maxsus hisobvaragʻi” soʻzlari “asosiy hisobvaragʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-bandning birinchi xatboshisidagi “maxsus 22626-hisobvaragʻiga” soʻzlari “asosiy hisobvaragʻiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 2-ilovadagi sxemaning 5-bosqichi “Tadbirlar” ustunidagi “maxsus 22626-hisobvaragʻiga” soʻzlari “asosiy hisobvaragʻiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilova (Uzum koʻchatlarini shpalerga (yogʻoch va boshqa sinuvchan ustunlardan tashqari) koʻtarish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisida nizom)da:
12-bandning ikkinchi xatboshisidagi “22626-maxsus hisobvaragʻi” soʻzlari “asosiy hisobvaragʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-bandning birinchi xatboshisidagi “maxsus 22626-hisobvaraqlariga” soʻzlari “asosiy hisobvaraqlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 2-ilovadagi sxemaning 5-bosqichi “Tadbirlar” ustunidagi “maxsus 22626-hisobvaragʻiga” soʻzlari “asosiy hisobvaragʻiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 3-ilovaning 2-bandidagi “22626-maxsus hisobvaragʻi” soʻzlari “asosiy hisobvaragʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilova (Uzum (mayiz) quritish va qadoqlash liniyalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisida nizom)da:
10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “22626-maxsus hisobvaragʻi” soʻzlari “asosiy hisobvaragʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning birinchi xatboshisidagi “maxsus 22626-hisobvaraqlariga” soʻzlari “asosiy hisobvaraqlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 2-ilovadagi sxemaning 5-bosqichi “Tadbirlar” ustunidagi “maxsus 22626-hisobvaragʻiga” soʻzlari “asosiy hisobvaragʻiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilova (Vinochilik asbob-uskunalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisida nizom)da:
10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “22626-maxsus hisobvaragʻi” soʻzlari “asosiy hisobvaragʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning birinchi xatboshisidagi “maxsus 22626-hisobvaragʻiga” soʻzlari “asosiy hisobvaragʻiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 2-ilovadagi sxemaning 5-bosqichi “Tadbirlar” ustunidagi “maxsus 22626-hisobvaragʻiga” soʻzlari “asosiy hisobvaragʻiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 5-ilovadagi “maxsus hisobvaraq” soʻzlari “asosiy hisobvaraq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 5-ilova (Mahalliy ishlab chiqaruvchi klasterlar tomonidan uzum va meva-rezavorlardan tayyorlangan hamda tabiiy ravishda achitilgan har bir litr tabiiy vino (etil spirti qoʻshilmagan holda) va brendi mahsulotlarini eksport qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisida nizom)da:
12-bandning ikkinchi xatboshisidagi “22626-maxsus hisobvaragʻi” soʻzlari “asosiy hisobvaragʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-bandning birinchi xatboshisidagi “maxsus 22626-hisobvaraqlariga” soʻzlari “asosiy hisobvaraqlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 2-ilovadagi sxemaning 5-bosqichi “Tadbirlar” ustunidagi “maxsus 22626-hisobvaragʻiga” soʻzlari “asosiy hisobvaragʻiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 5-ilovada “maxsus hisobvaraq” soʻzlari “asosiy hisobvaraq” soʻzlari bilan almashtirilsin.
