Ipak yigirish korxonalari uchun sanitariya-gigiyena talablari (0029-22-son SanQvaN)ni tasdiqlash toʻgʻrisida (15-son)
18.07.2022
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYIShTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI XIZMATI
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 12-avgustda hisobga olindi, hisob raqami 102]
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati qaror qiladi:
1. Ipak yigirish korxonalari uchun sanitariya-gigiyena talablari (0029-22-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Oʻzbekistonning ipak yigirish va ipakni qayta ishlash korxonalari uchun sanitariya normalari va qoidalari” (0133-02-son SanQvaN) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan kelishilgan.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq B. YuSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 18-iyul,
15-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2022-yil 18-iyuldagi 15-son qaroriga ILOVA
Ipak yigirish korxonalari uchun sanitariya-gigiyena talablari (0029-22-son SanQvaN)
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (keyingi oʻrinlarda — sanitariya qoidalari) ipak yigirish korxonalari uchun sanitariya-gigiyenik talablarni belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu sanitariya qoidalari barcha ipak yigirish korxonalariga nisbatan tatbiq etiladi.
2. Yangi qurilayotgan ipak yigirish korxonalarini loyihalashtirish, qurish va foydalanishga qabul qilishda ushbu sanitariya qoidalari hamda amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi zarur.
3. Ipak yigirish korxonalarini loyihalashtirish, qurish va foydalanishga qabul qilishda odamlarning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfsiz boʻlgan texnikalar, asbob-uskunalar, dezinfeksiya vositalari, qurilish va pardozlash materiallari va boshqa buyumlar, shuningdek texnologiyalardan foydalanilishi lozim.
2-bob. Ipak yigirish korxonalari hududi, qoʻshimcha bino va xonalarining asosiy rejasiga boʻlgan talablar
4. Ipak yigirish korxonalarini qurish uchun maydon tanlash, bino va inshootlarni joylashtirish, rejalashtirish ShNQ 1.03.01-16 “Korxonalar, binolar va inshootlarni kapital qurilishi, loyiha-smeta hujjatlarining tarkibi, ishlab chiqilishi, maʼqullanishi va tasdiqlanishi tartibi” va SanQvaN 0350-17 “Aholi yashash joyi atmosfera havosini muhofaza qilishning sanitariya normalari va qoidalari” talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Korxonaning hududida sanitar holatni saqlash uchun tozalash texnikalaridan foydalangan holda doimiy ravishda tozalash ishlari amalga oshiriladi.
6. Ipak yigirish korxonalaridagi qoʻshimcha xonalarni loyihalashtirishda ShNQ 2.09.04-09 “Tashkilotlarning maʼmuriy va maishiy binolari” talablari inobatga olinadi.
7. Ipak yigirish korxonalari binolarining devorlari va pollari zaharli moddalarni oʻziga singdirmaydigan, oson yuviladigan materiallar bilan qoplangan boʻlishi kerak.
8. Ipak yigirish korxonalaridagi havoning chang bilan ifloslanish darajasi va mikroiqlimi SanQvaN 0294-11 “Ish joylari havosidagi zararli moddalar ruxsat etilgan miqdorining gigiyena normativlari” va SanQvaN 0324-16 “Ishlab chiqarish korxonalari mikroiqlimining sanitariya-gigiyenik normalari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
3-bob. Isitish va sovutish tizimiga hamda havoning ventilatsiyasiga boʻlgan talablar
9. Ipak yigirish korxonalari uchun isitish va sovutish hamda ventilatsiya tizimini loyihalashtirishda ShNQ 2.04.05-97 “Havoni moʻtadillash, isitish va shamollatish” hamda SanQvaN 0324-16 “Ishlab chiqarish korxonalari mikroiqlimining sanitariya-gigiyenik normalari” talablari hisobga olinadi.
10. Barcha ishlab chiqarish, maʼmuriy-maishiy va qoʻshimcha xonalarda changni samarali bartaraf qiladigan ventilatsiya tizimi boʻlishi kerak (ishchi hudud zonasida ipak changining maksimal miqdori 6,0 mg/m3dan oshmasligi kerak). Ish joyidagi havoning sifatini muntazam ravishda kuzatib borish zarur.
11. Ipak yigirish korxonalarida yilning sovuq davri uchun nisbiy namlik 40 — 60 foiz (maksimal miqdori 75 foiz) va havoning harakatlanish tezligi 0,4 m/sek dan oshmasligi, havo haroratining oʻrtacha miqdori 150S dan 210C gacha boʻlishi kerak. Yilning iliq davrida nisbiy namlik 40 — 60 foizdan, havoning harakatlanish tezligi 0,4 — 0,7 m/sek oshmasligi, havo haroratining oʻrtacha miqdori 210C dan 290C gacha boʻlishi kerak.
Ipak yigirish korxonalaridagi zararli ishlab chiqarish omillari roʻyxati mazkur sanitariya qoidalarining 1-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
4-bob. Yoritilganlik, shovqin va tebranishga, shuningdek shaxsiy himoya vositalariga boʻlgan talablar
12. Sunʼiy yoritilganlik xavfsizlik talablariga javob beradigan boʻlishi kerak. Ish joyi bir tekis yoritilishiga erishish uchun yetarlicha yorituvchanlik yuzasiga ega boʻlgan lampalardan foydalaniladi.
13. Ipak yigirish korxonalarida tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti 1,2 foizni, sunʼiy yoritilganlik darajasi 500 lyuksni tashkil etishi lozim.
14. Ish joydagi shovqin darajasi SanQvaN 0325-16 “Ish joylarida ruxsat etilgan shovqin darajasi boʻyicha sanitariya normalari” talablari, tebranish darajasi esa SanQvaN 0326-16 “Ishchi joylarda umumiy va lokal tebranishlarni sanitariya normalari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
15. Ish joylaridagi texnologik uskunalar shovqinini kamaytirish QMQ 2.01.08-19 “Shovqindan himoya” talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
16. Ipak yigirish korxonalari xodimlari ishlab chiqarish jarayonida quyidagi shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi zarur:
nafas olish aʼzolari uchun shaxsiy himoya vositalari — har xil turdagi mato niqoblar, bintlar, F-45 yoki F-46 tipidagi respiratorlar;
umumiy sanoat ifloslanishidan himoya qilish uchun mato roʻmollar, xalatlar, koʻylaklar, bluzkalar, fartuklar, yubkalar va boshqalar;
eshitish organlari uchun shaxsiy himoya vositalari — quloq suprasini yopib turuvchi quloqchinlar, tashqi eshitish kanali uchun maxsus paxtalar.
17. Mazkur sanitariya qoidalarini ishlab chiquvchilar roʻyxati 2-ilovada keltirilgan.
Ipak yigirish korxonalari uchun sanitariya-gigiyena talablari (0029-22-son SanQvaN) 1-ILOVA
Ipak yigirish korxonalaridagi zararli ishlab chiqarish omillari
roʻyxati
Ishlab chiqarish omillari Kattalik (ruxsat etilgan miqdor yoki daraja) Aniqlash uslubi 1. Ipak changi 6,0 mg/m3 Ish joyi havosidagi chang darajasi elektroaspirator yordamida tarozi orqali (gravimetrik usulda) aniqlanadi. Bunda AFA-V (“V” tipidagi aerozolli filtr analitik) filtrlaridan foydalanish tavsiya qilinadi va namuna olish vaqti kamida 10 daqiqa, havo aspiratsiyasi hajmi kamida 20 l/min boʻlishi kerak. Filtrdan oʻtgan havodagi chang miqdori mg/m3larda hisoblab chiqiladi: X = (K2-K1):V0= mg/m3, yaʼni: X — chang konsentratsiyasi K1 — namuna olinguncha boʻlgan filtr vazni K2 — namuna olingandan keyingi filtr vazni V0 — oʻrtacha sharoitda havo hajmi (havo harorati 20°S, barometrik bosim 760 mm. simob ust.). 2. Shovqin 80 dB Ish joylaridagi shovqin darajasi quyidagi normativ hujjatlar boʻyicha baholanadi: GOST ISO 9612-2016-son “Insonlarga taʼsirini baholash uchun shovqinni oʻlchash” davlatlararo standarti; SanQvaN 0325-16-son “Ish joylarida ruxsat etilgan shovqin darajasi boʻyicha sanitariya normalari” sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari. 3. Umumiy tebranish 92 dB Ish joylarida umumiy tebranish darajalari chastotali tahlil uslubida aniqlanadi, umumiy tebranish integral chastotali usuli orqali oʻtkaziladi, bunda tebranish davomiyligi va tebranish dozasi hisobga olinishi lozim. Tebranishning haqqoniy holatini gigiyenik baholash SanQvaN 0326-16-son “Ishchi joylarda umumiy va lokal tebranishlarni sanitariya normalari” sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq oʻtkaziladi. 4. Mikroiqlim Yilning sovuq davrida havo harorati 15 — 21 °C, nisbiy namlik 40 — 60 foiz, havo harakati 0,4 m/sekunddan kam emas; Yilning iliq davrida havo harorati 21 — 29 °C, nisbiy namlik 40 — 60 foiz, havo harakati 0,4 — 0,7 m/sekund Ish joylaridagi mikroiqlimni gigiyenik baholash SanQvaN 0324-16-son “Ishlab chiqarish korxonalari mikroiqlimining sanitariya-gigiyenik normalari” sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga asosan amalga oshiriladi. Assman aspiratsion psixrometri yordamida havo harorati va nisbiy namlikni oʻlchash, havo harakati tezligi — anemometr yordamida, nurli issiqlik — inspeksion aktinometr yordamida oʻlchanadi. Mikroiqlim sharoitlarini baholash ish boshlanishida, tushlik tanaffusidan oldin va ish kuni oxirida oʻtkaziladi.
Ipak yigirish korxonalari uchun sanitariya-gigiyena talablari (0029-22-son SanQvaN) 2-ILOVA
Ishlab chiquvchilar roʻyxati:
A.B. Iskandarov — SGKK ITI katta ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari boʻyicha (PhD) falsafa doktori Taqrizchilar: D.A. Zaredinov — Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “Gigiyena” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor N.R. Samigova — Toshkent tibbiyot akademiyasi “Kommunal gigiyena va mehnat gigiyenasi” kafedrasi dotsenti, t.f.n. A.U. Sadikov — SGKK ITI bosh ilmiy xodimi, t.f.d., professor
