“Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (3203-2-son)
12.08.2022
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 12-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3203-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-son “Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 13-dekabrdagi 538-mh-son “Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3203, 2019-yil 13-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 10/19/3203/4155-son);
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 4-mh-son “Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3203-1, 2021-yil 29-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2021-y., 10/21/3203-1/0253-son).
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 12-avgust,
18-mh-son
