7-modda. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga rahbarlik qilish
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida (O‘RQ-790-son) · Sana: 17.08.2022 · Amalda
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga rahbarlik qilish:
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri;
vazirliklarda, idoralarda va tashkilotlarda — ularning rahbarlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda, Toshkent shahrida, tumanlarda, shaharlarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tumanlar, shaharlar hokimlari tomonidan amalga oshiriladi.
