48-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga doir asosiy vazifalari
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida (O‘RQ-790-son) · Sana: 17.08.2022 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qutqaruv tuzilmalarining, kuchlar va vositalarning, harbiy boʻlinmalarning, maxsus texnikaning hamda moddiy resurslarning birinchi navbatda tashilishini taʼminlash;
favqulodda vaziyatlardagi evakuatsiya tadbirlari davrida tashishlarni amalga oshirish uchun evakuatsiya poyezdlari, avtotransport vositalari ajratilishini tashkil etish, buzilgan avtomobil yoʻllarini, shuningdek transport infratuzilmasi obyektlarini tiklash.
