14-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishda ishtirok etishi
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida (O‘RQ-790-son) · Sana: 17.08.2022 · Amalda
Nodavlat notijorat tashkilotlari:
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishda ishtirok etishi;
aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etishi;
favqulodda vaziyatlar manbalari hamda ularni bartaraf etish choralari toʻgʻrisida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, shuningdek boshqa tashkilotlardan axborot olishi mumkin.
Nodavlat notijorat tashkilotlari qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
