“Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida (SQ-587-IV-son)
04.08.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 15-fevral kuni qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 24-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining mazkur Qonun boʻyicha xulosasida bayon etilgan asoslarga koʻra rad etilsin.
2. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2022-yil 4-avgust,
SQ-587-IV-son
