Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-349-son)
11.08.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi “Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-189-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Sanitar tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasi boshqaruv organining ushbu tashkilotni tugatish haqidagi qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
v) Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi va uning hududiy boʻlinmalari faoliyati quyidagi manbalardan moliyalashtiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari;
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar boʻyicha undirilgan jarimalar hamda chiqindilar joylashtirilganligi uchun undirilgan kompensatsiya toʻlovlarining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Ekologiya jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan miqdoridan qolgan qismi;
davlat unitar korxonalari tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun undirilgan toʻlovlardan ajratmalar;
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
e) Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshirilishi natijasida sanitar tozalash xizmatlari toʻliq xususiy sektorga oʻtgan hududlardagi “Toza hudud” davlat unitar korxonalarining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
j) ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziriga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi va uning hududiy boʻlinmalari tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
8. 2022-2023-yillarda ijtimoiy soha obyektlarini chiqindi konteynerlari bilan qoʻshimcha jihozlash boʻyicha manzilli dastur 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda, chiqindi konteynerlari bilan jihozlash mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hamda Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
10. Chiqindilarni boshqarish tizimini muvofiqlashtirish va aylanma (sirkulyar) iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Chiqindilarni boshqarish tizimini muvofiqlashtirish va aylanma (sirkulyar) iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasiga mazkur sohani rivojlantirishga oid dasturlarga oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
11. Davlat ekologiya qoʻmitasi ikki oy muddatda:
Sanitar tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasini belgilangan tartibda tugatish choralarini koʻrib, uning mol-mulki va boshqa aktivlari Markazga oʻtkazilishini taʼminlasin;
Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi nizomini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Davlat ekologik ekspertiza markazi Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Sayram koʻchasi, 15-uyga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz joylashtirilsin.
13. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi N.N. Oblomuradov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 11-avgust,
PQ-349-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PQ-349-son qaroriga 6-ILOVA
2022-2023-yillarda ijtimoiy soha obyektlarini chiqindi konteynerlari bilan qoʻshimcha jihozlash boʻyicha
MANZILLI DASTUR
(mln soʻm) T/r Hududlar nomi Jami chiqindi konteynerlari Summasi Shundan tashkilotlar kesimida: 2022-yil 2023-yil maktabgacha taʼlim tashkilotlari xalq taʼlimi muassasalari sogʻliqni saqlash muassasalari maktabgacha taʼlim tashkilotlari xalq taʼlimi muassasalari sogʻliqni saqlash muassasalari soni summasi soni summasi soni summasi soni summasi soni summasi soni summasi 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1645,0 7402,5 419,0 1885,5 283,0 1273,5 121,0 544,5 418,0 1881,0 283,0 1273,5 121,0 544,5 2. Andijon viloyati 1481,0 6664,5 453,0 2038,5 129,0 580,5 163,0 733,5 453,0 2038,5 120,0 540,0 163,0 733,5 3. Buxoro viloyati 1135,0 5107,5 200,0 900,0 268,0 1206,0 100,0 450,0 199,0 895,5 268,0 1206,0 100,0 450,0 4. Jizzax viloyati 929,0 4180,5 110,0 495,0 260,0 1170,0 95,0 427,5 109,0 490,5 255,0 1147,5 100,0 450,0 5. Qashqadaryo viloyati 1980,0 8910,0 400,0 1800,0 360,0 1620,0 243,0 1093,5 377,0 1696,5 360,0 1620,0 240,0 1080,0 6. Navoiy viloyati 608,0 2736,0 114,0 513,0 184,0 828,0 12,0 54,0 114,0 513,0 184,0 828,0 7. Namangan viloyati 2005,0 9022,5 600,0 2700,0 280,0 1260,0 123,0 553,5 599,0 2695,5 280,0 1260,0 123,0 553,5 8. Samarqand viloyati 1321,0 5944,5 411,0 1849,5 90,0 405,0 161,0 724,5 411,0 1849,5 87,0 391,5 161,0 724,5 9. Surxondaryo viloyati 1639,0 7375,5 342,0 1539,0 320,0 1440,0 160,0 720,0 341,0 1534,5 320,0 1440,0 156,0 702,0 10. Sirdaryo viloyati 412,0 1854,0 57,0 256,5 100,0 450,0 60,0 270,0 50,0 225,0 94,0 423,0 51,0 229,5 11. Toshkent viloyati 1070,0 4815,0 250,0 1125,0 250,0 1125,0 65,0 292,5 203,0 913,5 250,0 1125,0 52,0 234,0 12. Fargʻona viloyati 2584,0 11628,0 749,0 3370,5 330,0 1485,0 220,0 990,0 740,0 3330,0 330,0 1485,0 215,0 967,5 13. Xorazm viloyati 1342,0 6039,0 315,0 1417,5 273,0 1228,5 94,0 423,0 302,0 1359,0 273,0 1228,5 85,0 382,5 14. Toshkent shahri 716,0 3222,0 143,0 643,5 121,0 544,5 98,0 441,0 143,0 643,5 121,0 544,5 90,0 405,0 Jami 18867,0 84901,5 4563,0 20533,5 3248,0 14616,0 1715,0 7717,5 4459,0 20065,5 3225,0 14512,5 1657,0 7456,5
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PQ-349-son qaroriga 10-ILOVA
Chiqindilarni boshqarish tizimini muvofiqlashtirish va aylanma (sirkulyar) iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi
TARKIBI
A.J. Ramatov—Bosh vazir oʻrinbosari, Komissiya raisiA.A. Abduxakimov—ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, Komissiya raisi oʻrinbosariI.A. Qutbiddinov—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimiSh. T. Toʻxtaboyev—Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosariA.R. Sormonkulov—Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosariI.I. Norqulov—iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosariN.Q. Xolmurodov—investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosariB.T. Abdullayev—ichki ishlar vaziri oʻrinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻiD.K. Adilov—qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosariA.I. Axmedxadjayev—energetika vazirining birinchi oʻrinbosariO.A. Pekos—raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari B.Q. Yusupaliyev—Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi, Bosh davlat sanitariya vrachiLavozimiga koʻra—Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlariS.S. Yuldashev—Bosh vazir kotibiyati masʼul xodimi, Komissiya kotibi
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
