Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-iyuldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisida”gi PF-164-son Farmoniga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi Farmonini tasdiqlash haqida (2295-IV-son)
14.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasi birinchi qismining 19-bandiga va “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-iyuldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisida”gi PF-164-son Farmoniga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi PF-169-sonli Farmoni tasdiqlansin.
2. Ushbu Qoʻshma qaror darhol Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilsin.
3. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 14-iyul,
2295-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2022-yil 14-iyul,
SQ-579-IV-son
