5-modda. Davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari
Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida (O‘RQ-788-son) · Sana: 08.08.2022 · Amalda
Davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
davlat fuqarolik xizmati tizimining yagonaligi va barqarorligi;
qonuniylik;
adolatlilik;
xalqqa xizmat qilish;
davlat organlarining va mansabdor shaxslarning jamiyat hamda fuqarolar oldida masʼulligi;
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
ochiqlik va shaffoflik;
xolislik, professionallik va kompetentlik;
davlat fuqarolik xizmatiga kirishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarning teng huquqliligi;
davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi.
