31-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari toʻplami
Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida (O‘RQ-788-son) · Sana: 08.08.2022 · Amalda
Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari toʻplami uning shaxsga doir maʼlumotlardan va u tomonidan davlat fuqarolik xizmatini oʻtash toʻgʻrisidagi axborotdan iboratdir.
Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari toʻplami davlat organining kadrlar boʻlinmasi tomonidan yuritiladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari toʻplami elektron shaklda yuritiladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari toʻplamiga davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boʻlmagan axborotni kiritish, shuningdek shaxsiy hujjatlar toʻplamidagi axborotni uchinchi shaxslarga davlat fuqarolik xizmatchisining roziligisiz berish taqiqlanadi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.
