Respublika isteʼmolchilarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan taʼminlash tizimining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (430-son)
05.08.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika gaz taqsimlash tarmoqlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish sohasida yagona texnik siyosatni samarali amalga oshirish, isteʼmolchilarga tabiiy va suyultirilgan gazni yetkazib berish va sotishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan zamonaviy boshqaruv tizimini yaratish, energiya resurslaridan oqilona foydalanishni yoʻlga qoʻygan holda aholi va tadbirkorlik subyektlarining ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” investitsiya loyihasi doirasida 485,5 million AQSh dollari miqdoridagi investitsiyalarni oʻzlashtirish hisobidan 3,1 million aholi xonadonlariga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlarni oʻrnatish hamda 62 mingta ulgurji isteʼmolchilar obyektlarini modem aloqasi bilan taʼminlash natijasida tabiiy gaz nazorati va hisobini yuritish tizimi toʻliq avtomatlashtirilganligi;
tajriba-sinov loyihasi sifatida Toshkent shahrining Toshkent shahrining Shayxontoxur tumanida “Petro Fiorentini” (Italiya) kompaniyasining 4 ta zamonaviy gaz taqsimlash punkti oʻrnatilib, ularni masofadan boshqaruvchi telemetriya tizimini hamda Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida 154 ta aholi xonadonlariga tabiiy gaz bosimini moslovchi qurilmalar (stabilizator) oʻrnatilganligi;
yer uchastkalarida joylashgan 617 mingdan ziyod aholi xonadonlarining tabiiy gaz taʼminoti uch bosqichli tizimdan ikki bosqichli tizimga oʻtkazilishi natijasida tabiiy gazning texnologik yoʻqotishlari hajmini 4,1 million kub metrgacha qisqartirilganligi;
2019 — 2021-yillarda suyultirilgan gaz taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish va raqamlashtirish orqali mavjud 3,7 million aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz yetkazib berish davriyligi 46 — 50 kundan 30 — 40 kungacha qisqartirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tabiiy gaz taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish va yanada rivojlantirish hamda mavjud quvvatlardan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida quyidagilar:
a) “Hududgaztaʼminot” AJ:
2022-yil oktabr oyida respublika hududlarida yer uchastkalarida joylashgan hamda markaziy issiqlik taʼminotiga ulanmagan koʻp qavatli uylarda “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasi toʻliq joriy etilishi va billing tizimi toʻliq ishga tushirilishi;
jalb qilinayotgan investitsiya mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida Navoiy va Buxoro viloyatlarida hamda Toshkent shahrida markazlashgan issiqlik taʼminotiga ulangan hamda tabiiy gaz isteʼmoli yuqori boʻlmagan 11,5 mingta koʻp qavatli uylarda elektron gaz hisoblagichlar ushbu uylarning kirish qismidagi umumiy gaz quvurlariga oʻrnatilishi;
isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berishni “gaz taqsimlash stansiyasi — tuman (shahar) chegarasi — yirik uchastkalarning kirish qismi — isteʼmolchi” texnologik zanjiri asosida tuman (shahar)lar chegarasidagi quvurlarga 1,8 mingta elektron hisoblagichlarni oʻrnatish va “onlayn” monitoring qilish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizim ishga tushirilishini taʼminlansin.
Mazkur vazifalarning oʻz vaqtida bajarilishiga “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi B. Eshmuratovning shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin;
b) “2022 — 2024-yillarda gaz taʼminoti tizimini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirilishi va uning doirasida:
706,5 mingta xonadonda ikki bosqichli gaz taʼminoti tizimining joriy etilishi va isteʼmolchilarga yetkazib beriladigan tabiiy gaz hajmlari balansini avtomatik ravishda shakllantiruvchi dasturiy taʼminot ishga tushirilishi;
68,1 mingta gaz taqsimlash punkti, 84,3 mingta berkituvchi armaturalar, 7,7 mingta quduqlar, 2,1 mingta elektr himoya qilish qurilmalari, 397 ta bino va inshootlarning elektron topografik xaritasi va atributiv maʼlumotlari shakllantirilishi;
381,3 km yangi gaz quvurlarini qurish, 452,4 km gaz quvurlarini mukammal taʼmirlash va rekonstruksiya qilish, 5,4 mingta gaz taqsimlash punktlarini modernizatsiya qilish, shundan 2,8 mingta yuqori bosimli obyektlarda telemetriya tizimini joriy etish hamda gaz taqsimlash stansiyasining chiqish qismi — gaz taqsimlash tarmoqlarining boshlanish nuqtasiga (boʻlinish chegarasiga) yuqori aniqlikdagi gaz hisoblagichlari oʻrnatilishi;
gaz taqsimlash stansiyalarida oʻrnatilgan va boʻlinish chegaralarida oʻrnatilishi rejalashtirilgan hisoblagichlarni birgalikda nazorat qilish uchun “Oʻztransgaz” AJ hamda “Hududgaztaʼminot” AJning avtomatlashtirilgan “onlayn” monitoring tizimlariga oʻzaro integratsiya qilinishi;
hududiy gaz taʼminoti filiallarining ehtiyojlari uchun 5 ta mobil laboratoriya, 500 ta elektroskuter, 2 ta uchuvchisiz uchish apparati (dron), georadar va masofaviy gaz detektorlari va yer osti gaz quvurlarining texnik holatini va gaz sizib chiqishni aniqlovchi 74 ta uskuna hamda 1 000 ta koʻchma (portativ) gaz analizator xarid qilinishini taʼminlansin.
3. Energetika vazirligi “Hududgaztaʼminot” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-noyabrga qadar loyiha qiymatini optimallashtirgan holda, moliyalashtirish ehtiyoji va manbalarini hamda samarali texnik-texnologik yechimlarni asoslash boʻyicha belgilangan tartibda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Quyidagilar:
2022 — 2024-yillarda respublika hududlaridagi yer uchastkalarida joylashgan aholi xonadonlarining gaz taʼminoti tizimini ikki bosqichli tizimga oʻtkazishning maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
2022-yilda “Hududgaztaʼminot” AJ tizimidagi gaz tarmoqlarining geoaxborot tizimini joriy etish boʻyicha qurilmalarning elektron topografik xaritasi va atributiv maʼlumotlarini shakllantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
2022 — 2024-yillarda “Hududgaztaʼminot” AJning gaz taʼminoti tizimini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlarining maqsadli koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
Gaz taʼminoti tizimidagi xodimlarning xorijiy davlatlar ixtisoslashgan kompaniyalari va markazlarida malakasini oshirish, xalqaro IT sertifikatiga ega boʻlgan xodimlarni tayyorlash hamda korporativ boshqaruv koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Gaz taʼminoti obyektlarini masofadan monitoring qilish, noqonuniy ulanish holatlarini aniqlash hamda texnik koʻrikdan oʻtkazish imkoniyati cheklangan gaz tarmoqlarining doimiy asosda nazoratini taʼminlash maqsadida “Hududgaztaʼminot” AJga respublika hududiga fuqaro aviatsiyasida ishlatiladigan ikkita uchuvchisiz uchish apparatlarini (dron) olib kirish va ulardan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga ruxsat berilsin. Bunda:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi radiochastota spektridan foydalanish sohasiga doir qonunchilik hujjatlariga muvofiq “Hududgaztaʼminot” AJning murojaati asosida radioelektron vositalar bilan jihozlangan uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish uchun ruxsatnomani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin;
Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi tegishli hujjatlar taqdim etilgandan keyin “Hududgaztaʼminot” AJga uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisida xulosa berilishini taʼminlasin;
Mudofaa vazirligi “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish monitoringini va suratga olingan materiallarning belgilangan tartibda nazorat tekshiruvidan oʻtkazilishini tashkil etsin.
6. “Hududgaztaʼminot” AJ mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda isteʼmolchilarni suyultirilgan gaz bilan taʼminlash tizimining samaradorligini oshirish maqsadida:
2022-yilda — qoʻshimcha vagon-sisternalarni jalb etish orqali tashish quvvatlari 3,6 ming tonnagacha oshirilishini, gaz toʻldirish inshootlariga qoʻshimcha 22 ta sigʻim oʻrnatilishini hamda suyultirilgan gazning sifat tahlilini oʻtkazadigan mustaqil kimyo laboratoriyasi jalb qilinishi;
2022 — 2024-yillarda — suyultirilgan gazning oylik fondi bosqichma-bosqich oʻrtacha 56,0 ming tonnaga yetkazilishini, gaz taʼminoti filiallariga qoʻshimcha 69 ming ta maishiy gaz ballonlarini yetkazib berish hamda tashish uchun 31 ta “Isuzu” avtotransport vositalarini jalb etish orqali maishiy gaz ballonlarini tashish quvvatlari oyiga oʻrtacha 1,9 ming tonnaga oshirilishini taʼminlasin.
7. Energetika vazirligi:
bir oy muddatda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Hududgaztaʼminot” AJ bilan birgalikda aholining hayoti, mol-mulki, gaz taʼminoti tashkilotlari obyektlarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida 5-ilovada keltirilgan gaz quvurlari va qurilmalarining belgilangan muhofaza hududlarida joylashgan 2 875 ta obyektni (bino va inshootlar, tomorqa yer uchastkalari, intensiv bogʻlar, issiqxonalar va boshqalar) hamda noqonuniy qurilmalarni belgilangan tartibda xavfsiz hududlarga koʻchirish boʻyicha har bir viloyat kesimida birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasini (keyingi oʻrinlarda — chora-tadbirlar rejasi) ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
har chorak yakunida — chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish natijalari boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
8. “Hududgaztaʼminot” AJ Davlat soliq qoʻmitasi, bilan birgalikda har oy yakuni boʻyicha respublikaning tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi toʻliq joriy etilgan hududlarni tizimli oʻrganishni yoʻlga qoʻysin hamda gaz hajmlari boʻyicha tafovut yuqori boʻlgan hududlar roʻyxatini shakllantirsin.
Shakllantirilgan roʻyxat asosida Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzenergoinspeksiya” va “Hududgaztaʼminot” AJ bilan hamkorlikda tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish va ulardan foydalanish, talon-tarojlikka yoʻl qoʻyish, gaz hisoblagichlarga qasddan shikast yetkazish yoki tashqi taʼsir koʻrsatish holatlarini aniqlash boʻyicha joylarda ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyilsin va aybdorlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar koʻrilishini taʼminlasin.
9. Belgilansinki, mazkur qarorning 2 — 4-bandlarida belgilangan ustuvor vazifalar va chora-tadbirlar “Hududgaztaʼminot” AJning oʻz mablagʻlari hamda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi asosida mahalliy va xalqaro moliya institutlarining kreditlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
10. Energetika vazirligi va “Hududgaztaʼminot” AJ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2023-yil 1-yanvarga qadar respublika hududlaridagi kommunal va maishiy (yuridik) isteʼmolchilarni ularning oʻz mablagʻlari hisobidan masofadan onlayn rejimda avtomatik tarzda oʻchirib-yoqish hamda tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimiga ulanish imkoniyatiga ega boʻlgan elektron gaz hisoblagichlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Bunda “Hududgaztaʼminot” AJ oʻz mablagʻlari hisobidan barcha isteʼmolchilarning elektron gaz hisoblagichlarini tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimiga ulash uchun mobil aloqaga ulanish kartalari bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi oʻrinbosari A.I. Axmedxadjayev va “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi B.B. Eshmuratov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 5-avgust,
430-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 430-son qaroriga 1-ILOVA
2022 — 2024-yillarda respublika hududlaridagi yer uchastkalarida joylashgan aholi xonadonlarining gaz taʼminoti tizimini ikki bosqichli tizimga oʻtkazishning maqsadli koʻrsatkichlari
T/r Hududlar nomi Tabiiy gaz bilan gazlashgan hovli uylar jami shundan: 2022 — 2024-yillarda 2 bosqichli gaz taʼminoti tizimiga oʻtkaziladigan xonadonlar soni shundan: 2 bosqichli gaz taʼminoti tizimiga oʻtkazilgan xonadonlar soni 2022-yil 2023-yil 2024-yil 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 206 885 50 653 52 839 26 420 22 897 3 523 2. Andijon viloyati 177 404 7 983 80 805 40 403 35 016 5 387 3. Buxoro viloyati 220 589 39 478 80 745 40 373 34 990 5 383 4. Jizzax viloyati 114 721 25 813 35 334 17 667 15 311 2 356 5. Qashqadaryo viloyati 114 646 23 927 40 842 20 421 17 698 2 723 6. Navoiy viloyati 83 187 63 981 - - - - 7. Namangan viloyati 130 417 75 339 - - - - 8. Samarqand viloyati 220 299 33 844 76 344 38 172 33 082 5 090 9. Surxondaryo viloyati 85 804 29 685 13 508 6 754 5 853 901 10. Sirdaryo viloyati 80 711 31 623 8 961 4 481 3 883 597 11. Toshkent viloyati 448 621 173 108 61 432 30 716 26 621 4 095 12. Fargʻona viloyati 197 348 27 583 72 907 36 454 31 593 4 860 13. Xorazm viloyati 196 257 30 001 69 235 34 618 30 002 4 616 14. Toshkent shahri 178 287 4 021 113 591 56 796 49 223 7 573 Jami: 2 455 176 617 039 706 543 353 272 306 169 47 103
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 430-son qaroriga 2-ILOVA
2022-yilda “Hududgaztaʼminot” AJ tizimidagi gaz tarmoqlarining geoaxborot tizimini joriy etish boʻyicha qurilmalarning elektron topografik xaritasi va atributiv maʼlumotlarini shakllantirishning maqsadli koʻrsatkichlari
(dona) T/r Hududlar nomi Gaz taʼminoti tizimidagi gaz qurilmalari Topoxaritasi shakllantirilgan gaz qurilmalari 2022-yil prognoz koʻrsatkichlari Gaz taqsimlash punktlari soni Armaturalar soni Quduqlar soni Elektr-kimyo himoya qilish qurilmalari soni Bino va inshoatlar soni Gaz taqsimlash punktlari soni Armaturalar soni Quduqlar soni Elektr-kimyo himoya qilish qurilmalari soni Bino va inshoatlar soni Gaz taqsimlash punktlari soni Armaturalar soni Quduqlar soni Elektr-kimyo himoya qilish qurilmalari soni Bino va inshoatlar soni 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 4 677 7 166 140 153 33 4 677 4 785 100 53 33 450 2 381 40 100 0 2. Andijon viloyati 2 842 3 733 107 112 21 2 842 3 733 107 112 21 0 0 0 0 0 3. Buxoro viloyati 6 731 4 128 95 178 16 4 132 2 682 95 127 16 3 049 1 446 0 51 0 4. Jizzax viloyati 5 008 1 354 114 44 27 5 008 1 354 114 44 27 0 0 0 0 0 5. Qashqadaryo viloyati 4 783 2 192 206 82 70 4 783 2 192 206 82 70 0 0 0 0 0 6. Navoiy viloyati 2 687 7 779 590 6 21 2 687 7 779 590 6 21 0 0 0 0 0 7. Namangan viloyati 1 554 560 257 52 18 1 554 560 257 52 18 0 0 0 0 0 8. Samarqand viloyati 8 148 1 320 477 227 27 3 625 1 320 477 127 27 4 740 0 0 100 0 9. Surxondaryo viloyati 1 855 4 951 16 54 38 1 855 4 951 16 54 38 0 0 0 0 0 10. Sirdaryo viloyati 1 504 2 234 26 0 24 1 504 2 234 26 0 24 0 0 0 0 0 11. Toshkent viloyati 9 034 18 727 2 047 415 32 6 279 4 208 1 180 125 32 3 791 14 519 867 290 0 12. Fargʻona viloyati 8 505 10 298 992 332 27 2 721 2 044 570 112 27 5 696 8 254 422 220 0 13. Xorazm viloyati 7 797 8 793 164 265 28 6 636 4 593 164 265 28 1 497 4 200 0 0 0 14. Toshkent shahri 3 010 11 042 2 500 196 15 1 093 894 786 0 0 1 754 10 148 1 714 196 15 Jami: 68 135 84 277 7 731 2 116 397 49 396 43 329 4 688 1 159 382 18 739 40 948 3 043 957 15
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 430-son qaroriga 3-ILOVA
2022 — 2024-yillarda “Hududgaztaʼminot” AJning gaz taʼminoti tizimini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlarining maqsadli koʻrsatkichlari
T/r Hududlar nomi Gaz quvurlarini mukammal taʼmirlash va rekonstruksiya qilish (km) 2022-yilda yangi gaz quvurlarini qurish (km) Elektr-kimyo himoya qilish qurilmalarini taʼmirlash va oʻrnatish (dona) Foydalanishda boʻlgan gaz taqsimlash punktlarini texnik koʻrikdan (taftish) oʻtkazish (dona) shundan: gaz taqsimlash punktlarini modernizatsiya qilish (dona) shu jumladan: yuqori bosimli gaz taqsimlash punktlarida zamonaviy telemetriya tizimini joriy etish (dona) Jami 2022-yil 2023-yil 2024-yil Jami Jami 2022-yil 2023-yil 2024-yil 2022-yil 2023-yil 2024-yil Jami 2022-yil 2023-yil 2024-yil Jami 2022-yil 2023-yil 2024-yil 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 12,2 4,0 4,0 4,1 58,3 22 5 8 9 4 677 4 510 4 040 312 27 130 155 269 27 100 142 2. Andijon viloyati 27,7 9,1 9,2 9,4 24,3 17 4 7 6 2 842 2 585 2 270 439 16 200 223 158 16 70 72 3. Buxoro viloyati 54,4 17,9 18,1 18,4 85,1 21 8 6 7 6 731 5 109 3 160 212 5 100 107 49 5 15 29 4. Jizzax viloyati 46,5 15,3 15,5 15,8 27,7 21 8 8 5 5 008 4 309 3 457 91 8 41 42 86 8 36 42 5. Qashqadaryo viloyati 26,1 8,6 8,7 8,9 14,6 15 4 5 6 4 783 4 895 4 797 251 15 100 136 170 15 70 85 6. Navoiy viloyati 31,0 10,2 10,3 10,5 16,5 21 7 8 6 2 687 2 847 2 569 241 15 100 126 192 15 80 97 7. Namangan viloyati 15,2 5,0 5,1 5,2 8,0 19 8 5 6 1 554 1 992 1 876 473 3 200 270 26 3 6 17 8. Samarqand viloyati 37,7 12,4 12,5 12,8 16,0 17 1 8 8 8 148 7 665 6 955 806 50 350 406 661 50 250 361 9. Surxondaryo viloyati 16,7 5,5 5,6 5,7 41,9 22 11 5 6 1 855 1 712 1 512 114 8 53 53 100 8 40 52 10. Sirdaryo viloyati 31,6 10,4 10,5 10,7 28,2 16 3 6 7 1 504 1 640 1 589 207 10 80 117 161 10 55 96 11. Toshkent viloyati 57,5 18,9 19,1 19,5 15,8 63 20 21 22 9 034 8 751 7 451 901 20 420 461 208 20 85 103 12. Fargʻona viloyati 12,5 4,1 4,1 4,2 32,1 20 7 6 7 8 505 7 550 6 761 717 15 320 382 175 15 80 80 13. Xorazm viloyati 33,1 10,9 11,0 11,2 7,8 18 7 5 6 7 797 9 523 8 812 546 30 250 266 397 30 120 247 14. Toshkent shahri 50,2 16,5 16,7 17,0 5,0 48 15 16 17 3 010 2 801 2 750 124 8 52 64 124 8 44 72 Jami 452,4 148,8 150,3 153,3 381,3 340 108 114 118 68 135 65 889 57 999 5 434 230 2 396 2 808 2 776 230 1 051 1 495
Izoh: Maqsadli koʻrsatkichlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻlar loyiha-smeta hujjatlariga asosan oʻzgarishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 430-son qaroriga 4-ILOVA
Gaz taʼminoti tizimidagi xodimlarning xorijiy davlatlar ixtisoslashgan kompaniyalari va markazlarida malakasini oshirish, xalqaro IT sertifikatiga ega boʻlgan xodimlarni tayyorlash hamda korporativ boshqaruv koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
№ Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Muddat Masʼul ijrochi Kutilayotgan natija 1. “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida tizimda xalqaro IT-sertifikatga ega xodimlar ulushini oshirish, jumladan Cisco, Coursera, Nuawei, Microsoft va IBM kabi nufuzli tashkilotlarda malaka oshirish kurslarini tashkillashtirish. 1. “IT-Park” oʻquv markazi bilan xalqaro IT-sertifikatlari boʻyicha oʻquv shartnomalarini imzolash; 2022-yil sentabr “Hududgaztaʼminot” AJ (Eshmuratov), “IT-Park” direksiyasi (Ibragimov) Xalqaro IT-sertifikatga ega xodimlar ulushi 10 foizga (15 ta xodim) oshiriladi. 2. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning bilim va malakalarini oshirilishini taʼminlash. Doimiy 2. Soha xodimlarining malaka va koʻnikmasini oshirib, xalqaro standartlar boʻyicha oʻquvini tashkil etish uchun “Nududgaz Konsalting” MChJ qoshida zamonaviy va ilgʻor texnologiyalarga asoslangan “NGT Training center” oʻquv markazini tashkil etish. 1. Oʻquv markaz ustavi, shtat jadvali hamda oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash; 2022-yil oktabr “Hududgaztaʼminot” AJ (Eshmuratov) Tizim xodimlari malakasini doimiy ravishda oshirib borish hamda salohiyatli kadrlarni tarbiyalash uchun zamin yaratiladi. 2. Oʻquv markazini pedagogik mahoratga ega malakali mutaxassis kadrlar bilan taʼminlash; 2022-yil dekabr 3. Kasbiy malaka standartlari doirasida xodimlarni malaka oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha davriy oʻquv rejalarini ishlab chiqish hamda ijrosini taʼminlash. Doimiy 3. Iqtidorli yosh va malakali mutaxassislarni soha boʻyicha mahalliy va xorijiy kompaniyalarda malakasini oshirish, shuningdek seminar va xalqaro tadbirlarda ishtirokini taʼminlash. 1. Xodimlar malakasini oshirish boʻyicha ishlarni tashkillashtirish maqsadida, mutaxassislarni, birinchi navbatda yosh istiqbolli kadrlarni aniqlash. 2022-yil sentabr “Hududgaztaʼminot” AJ (Eshmuratov) Sohada oʻsib kelayotgan yosh avlodni malakali professional ruxda shakllantirilib, tizimda raqobatbardosh kadrlar tayyorlanadi. 2. Mutaxassislar malakasini oshirish chora-tadbirlarini va reja-jadvalini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. Har yili 15-yanvarga qadar 3. Italiya respublikasining ilgʻor kompaniyalarida “Hududgaztaʼminot” AJ mutaxassislari u?un xorijiy stajirovka hamda onlayn seminar-treninglar tashkil etish. Doimiy 4. Sohada raqamlashtirish jarayonlarini yangi bosqichlarga olib chiqish, isteʼmolchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning muloqot madaniyatini oshirish. 1. Isteʼmolchilarga texnik xizmat koʻrsatuvchi yoʻnalish xodimlari hamda “Call centre” operatorlari faoliyatini yanada rivojlantirish, amalga oshirilgan xizmat darajasini baholashda “Call back” uslubini joriy etish. 2022-yil dekabr “Hududgaztaʼminot” AJ (Eshmuratov) Tizim shaffofligini oshirish, inson omilini pasaytirgan holda korrupsiya xavfini oldini olish orqali isteʼmolchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratiladi. 2. Xizmatlar sifati va undan foydalanishda tezkorlikni oshirish maqsadida mobil ilova funksiyalarini yanada soddalashtirish. 2022-yil dekabr 3. Isteʼmolchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning muloqot madaniyatini oshirish kurslarini tashkillashtirish. 2022-yil davomida, keyinchalik doimiy 5. Xodimlarni ragʻbatlantirish darajasini yanada oshirish va mehnatga haq toʻlashning tegishli tizimini joriy etish. Sohaning malakali xodimlarini ragʻbatlantirish, shu jumladan ilmiy unvon, IELTS xalqaro baholash tizimida kamida 6 ball natijaga erishgan hamda mutaxassisligi boʻyicha xalqaro sertifikatlarga ega boʻlgan xodimlariga nisbatan joriy etish choralarini koʻrish. 2022-yil sentabrdan boshlab “Hududgaztaʼminot” AJ (Eshmuratov) Tizim xodimlarining soha va ijtimoiy hayotdagi faolligi oshiriladi va kadrlar qoʻnimsizligini oldini olishga erishiladi. 6. Soha mutaxassislarini korporativ boshqarish koʻnikmalari boʻyicha oʻqitish. Tizimda faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlar uchun zamonaviy korporativ boshqaruv uslublari boʻyicha ishlab chiqarish, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan seminar-treninglar tashkil etish. 2022 yil sentabr — dekabr “Hududgaztaʼminot” AJ (Eshmuratov) Tizimda korporativ hamda texnik madaniyatni oshirish, jumladan mehnat hamda moddiy resurslardan oqilona foydalanish taʼminlanadi. keyinchalik doimiy 7. Jamiyatda faoliyat yuritayotgan oʻrta-maxsus maʼlumotga ega xodimlarni tavsiyanoma asosida oliy taʼlim muassasalarida oʻqishlarini tashkil etishni taʼminlash. Sohada besh yil ish stajiga ega iqtidorli va bilimga chanqoq istiqbolli mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish hamda kelgusida ularni bakalavr darajasini egallashlari uchun tizim tashkilotlarida pedagogik mahoratga ega bakalavr, magistr mutaxassislar yetakchiligida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtixonlariga tayyorlov oʻquv jarayonlarini tashkil etish. Har yili iyul-avgust oylarida “Hududgaztaʼminot” AJ (Eshmuratov) Tizimda oliy maʼlumotli xodimlar qamrovini oshirish va jamoaviy intellektni shakllantirishga erishiladi. 8. Tizimda yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish. 1. Tizimda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, uni oldini olish va har bir noqonuniy xatti-harakatga jazo muqarrarligi yuzasidan tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari bilan uchrashuvlar va tushuntirish ishlarini tashkillashtirish. 2. ISO 37001:2016 korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi doirasida oʻquv seminarlari tashkil etish. 3. Jamiyatning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallari orqali har qanday koʻrinishdagi korrupsion holatlariga murosasiz kurashish doirasida maqola va video-roliklar eʼlon qilib borish. 2022-yil davomida, keyinchalik doimiy asosda “Hududgaztaʼminot” AJ (Eshmuratov) “Huddudgaztaʼminot” AJni korrupsiyadan holi tashkilotga aylantirishga erishiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 430-son qaroriga 5-ILOVA
Respublika boʻyicha gaz quvurlari va qurilmalarining belgilangan muhofaza hududlarida joylashgan turar va noturar obyektlari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
T/r Hududlar nomi Gaz quvurlari va qurilmalarining muhofaza hududida joylashgan jami obyektlar soni shundan: turar joy noturar joy soni obyekt uchun hokimlik qarori va kadastr hujjati mavjudligi soni obyekt uchun hokimlik qarori va kadastr hujjati mavjudligi mavjud (soni) mavjud emas (soni) mavjud (soni) mavjud emas (soni) 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi - - - - - - - 2. Andijon viloyati 226 200 - 200 26 3 23 3. Buxoro viloyati 288 219 - 219 69 - 69 4. Jizzax viloyati 162 88 33 55 74 5 69 5. Qashqadaryo viloyati 180 94 62 32 86 76 10 6. Navoiy viloyati 149 87 - 87 62 - 62 7. Namangan viloyati 264 210 29 181 54 5 49 8. Samarqand viloyati 394 324 324 - 70 70 - 9. Surxondaryo viloyati 31 10 - 10 21 21 - 10. Sirdaryo viloyati 51 31 15 16 20 9 11 11. Toshkent viloyati 484 400 367 33 84 80 4 12. Fargʻona viloyati 179 150 - 150 29 - 29 13. Xorazm viloyati 64 46 - 46 18 - 18 14. Toshkent shahri 403 134 134 - 269 269 - Jami 2 875 1 993 964 1 029 882 538 344
