Soliq maslahatiga oid faoliyat toʻgʻrisida (O‘RQ-787-son) · Sana: 04.08.2022 · Amalda
Talabgor malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi ariza bilan Soliq maslahatchilari palatasiga murojaat qilishga haqli.
Malaka imtihonini topshirish uchun ariza berish, mazkur imtihonni oʻtkazish tartibi Soliq maslahatchilari palatasi tomonidan tasdiqlanadi.
Malaka imtihoni Soliq maslahatchilari palatasi tomonidan oʻtkaziladi. Soliq maslahatchilari palatasi test sinovlarini oʻtkazishga ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslarni shartnoma asosida jalb etishi mumkin.
Malaka sertifikatini olishga doir malaka imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgor tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoriga teng boʻlgan yigʻim toʻlanadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-6141486
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 25-modda. Malaka imtihoni oʻtkazilishini tashkil etish Soliq maslahatiga oid faoliyat toʻgʻrisida (O‘RQ-787-son). neolex.uz/uz/laws/law-6141488/25 (lex.uz/docs/-6141486)