“2157-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-786-son) · Sana: 03.08.2022 · Amalda
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik (bundan ushbu Kodeksning 1757 va 229-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno), jumladan Ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtiriladigan, ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatiga kiritilgan maʼlumotlarni eʼlon qilmaganlik yoki toʻliq eʼlon qilmaganlik, eʼlon qilish muddatlariga va tartibiga rioya etmaganlik yoki maʼlumotlarni buzib koʻrsatganlik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
4) 245-moddaning birinchi qismi “2154” raqamidan keyin “2157” raqami bilan toʻldirilsin;
5) 2451-moddaning matnidagi “1761” raqami chiqarib tashlansin;
6) 2457-moddaning birinchi qismidagi “1761-moddasida (qishloq va suv xoʻjaligiga oid qismi)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
7) quyidagi mazmundagi 24510-modda bilan toʻldirilsin:
