Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Namangan viloyati Chust, Pop va Namangan tumanlari ichimlik suv taʼminotini yaxshilash hamda Chust va Mingbuloq tumanlari markazlarida oqova suv tizimlarini qurish” hamda “Oqtosh” va “Poshxurt” yer osti suv manbalaridan suv quvuri qurish yoʻli bilan Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanining suv taʼminotini yaxshilash” loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-342-son)
02.08.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Namangan va Surxondaryo viloyatlarida aholi va tadbirkorlik subyektlarining ichimlik suv va oqova suv tizimi bilan taʼminlanganligi darajasini oshirish, hududlarning sanitariya-epidemiologik hamda ekologik holatini yanada yaxshilash, shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — YETTB) oʻrtasida jami 120,0 million AQSH dollari miqdorida qarz bitimlari imzolanganligi, shu jumladan:
“Namangan viloyati Chust, Pop va Namangan tumanlari ichimlik suv taʼminotini yaxshilash hamda Chust va Mingbuloq tumanlari markazlarida oqova suv tizimlarini qurish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Namangan loyihasi) amalga oshirish uchun 4 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 18 yilda qaytarish sharti bilan 70 million AQSH dollari miqdorida;
“Oqtosh” va “Poshxurt” yer osti suv manbalaridan suv quvuri qurish yoʻli bilan Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanining suv taʼminotini yaxshilash” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Surxondaryo loyihasi) amalga oshirish uchun 4 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 18 yilda qaytarish sharti bilan 50 million AQSH dollari miqdorida qarz ajratilishi koʻzda tutilganligi;
b) Namangan loyihasining umumiy qiymati 84,55 million AQSH dollarini, shu jumladan:
YETTB qarzi — 70 million AQSH dollarini;
loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining ulushi — qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplash va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish hamda YETTB qarzi boʻyicha foizlar va investitsiya davrida majburiyatlar uchun vositachilik haqi koʻrinishida 14,55 million AQSH dollarini tashkil etishi;
v) Namangan loyihasini amalga oshirish davri 4 yilni (2022 — 2026-yillar) tashkil etishi;
g) Surxondaryo loyihasining umumiy qiymati 60,38 million AQSH dollarini, shu jumladan:
YETTB qarzi — 50 million AQSH dollarini;
loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining ulushi — qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplash va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish hamda YETTB qarzi boʻyicha foizlar va investitsiya davrida majburiyatlar uchun vositachilik haqi koʻrinishida 10,38 million AQSH dollarini tashkil etishi;
d) Surxondaryo loyihasini amalga oshirish davri 4 yilni (2022 — 2026-yillar) tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ Namangan loyihasi va Surxondaryo loyihasining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun zarur tashkiliy-texnik tadbirlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishini, YETTBning qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash uchun masʼul ijro etuvchi organ;
Namangan va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda tegishliligi boʻyicha Namangan loyihasi va Surxondaryo loyihasining sifatli amalga oshirilishi, belgilangan koʻrsatkichlarga erishilishi va YETTB qarzlarining qaytarilishi uchun javobgar hisoblanadi.
3. Quyidagilar:
“Namangan viloyati Chust, Pop va Namangan tumanlari ichimlik suv taʼminotini yaxshilash hamda Chust va Mingbuloq tumanlari markazlarida oqova suv tizimlarini qurish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
“Oqtosh” va “Poshxurt” yer osti suv manbalaridan suv quvuri qurish yoʻli bilan Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanining suv taʼminotini yaxshilash” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
“Namangan viloyati Chust, Pop va Namangan tumanlari ichimlik suv taʼminotini yaxshilash hamda Chust va Mingbuloq tumanlari markazlarida oqova suv tizimlarini qurish” loyihasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq;
“Oqtosh” va “Poshxurt” yer osti suv manbalaridan suv quvuri qurish yoʻli bilan Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanining suv taʼminotini yaxshilash” loyihasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali 4-ilovaga muvofiq;
“Namangan viloyati Chust, Pop va Namangan tumanlari ichimlik suv taʼminotini yaxshilash hamda Chust va Mingbuloq tumanlari markazlarida oqova suv tizimlarini qurish” loyihasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarziga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining prognozi 5-ilovaga muvofiq;
“Oqtosh” va “Poshxurt” yer osti suv manbalaridan suv quvuri qurish yoʻli bilan Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanining suv taʼminotini yaxshilash” loyihasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarziga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining prognozi 6-ilovaga muvofiq;
“Namangan suv taʼminoti” MCHJni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 7-ilovaga muvofiq;
“Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Moliya vaziriga “Oʻzsuvtaʼminot” AJ va tegishincha Namangan viloyati hokimligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, “Namangan suv taʼminoti” MCHJ va “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ bilan YETTB qarz mablagʻlarini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlarni imzolash, shuningdek, zarur hollarda, ushbu bitimlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) hisobidan yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar bojxona bojidan ozod qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, Namangan loyihasi va Surxondaryo loyihasini amalga oshirish doirasida:
hosil boʻladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari hisobidan toʻlanadi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
olib kiriladigan tovarlarni bojxona bojidan ozod qilish va qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hamda moliyaviy xarajatlarni respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish Oʻzbekiston Respublikasining Namangan loyihasi va Surxondaryo loyihasini amalga oshirishdagi ulushi deb hisoblanadi.
6. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va YETTB oʻrtasidagi qarz bitimlari hamda Moliya vazirligi bilan “Oʻzsuvtaʼminot” AJ va tegishincha Namangan viloyati hokimligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, “Namangan suv taʼminoti” MCHJ va “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ oʻrtasida YETTB qarz mablagʻlarini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlar, shuningdek, zarur hollarda, ushbu bitimlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha bitimlarga belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
7. “Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi (S. Saifnazarov) zimmasiga “Namangan suv taʼminoti” MCHJ va “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ tomonidan qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlar shartlariga muvofiq YETTB qarzini qaytarish va foizlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar oʻz vaqtida jamlab borilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
8. Namangan loyihasi va Surxondaryo loyihasini muvofiqlashtirish va boshqarish vazifasi “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tarkibidagi YETTB amaldagi loyihalarini amalga oshirish guruhiga yuklansin.
9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarida har bir yil uchun asosiy koʻrsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda Namangan loyihasi va Surxondaryo loyihasi doirasida ajratiladigan mablagʻlarni inobatga olsin.
10. Namangan va Surxondaryo viloyati hokimliklari:
ichimlik va oqova suv quvurlari hamda ichimlik va oqova suv inshootlari qurish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ajratilishini, shuningdek, yer uchastkalari ajratilishi bilan bogʻliq kompensatsiya toʻlovlari toʻlanishini;
joriy yildan boshlab mahalliy budjet parametrlarida YETTB qarzi boʻyicha foizlarni va asosiy qarzni qaytarish uchun tegishincha “Namangan suv taʼminoti” MCHJ va “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ tomonidan ushbu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan oʻz mablagʻlari bilan bir qatorda qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
11. Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi (E.T. Yuldashev) Namangan loyihasi va Surxondaryo loyihasi doirasidagi mablagʻlarning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin hamda har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
12. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.E. Burxanov) Namangan loyihasi va Surxondaryo loyihasi doirasida ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
13. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Adliya vazirligi, Namangan va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning mazmuni va ahamiyatini aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yetkazish, ularga ichimlik va oqova suv tizimi bilan taʼminlanadigan hududlar toʻgʻrisida maʼlumot berib borish hamda qurilish-montaj ishlari ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish choralarini koʻrsin.
14. Quyidagilar:
moliya vaziri T. Ishmetov — YETTB bilan Namangan loyihasi va Surxondaryo loyihasi boʻyicha qarz bitimlariga asosan mablagʻlarni oʻz vaqtida jalb qilishga;
uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sh. Hidoyatov va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi S. Saifnazarov — Namangan loyihasi va Surxondaryo loyihasi boʻyicha mablagʻlarning samarali yoʻnaltirilishiga, qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishini taʼminlashga, obyektlar va ishlab chiqarish quvvatlarini belgilangan muddatlarda ishga tushirishga;
investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosarlari A. Voitov va Sh. Vafayev — Namangan loyihasi va Surxondaryo loyihasi amalga oshirilishini muvofiqlashtirishga, natijadorligini taʼminlashga, tasdiqlangan prognoz parametrlari bajarilishini tizimli muhokama qilib borishga, loyihalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkor hal etib borishga;
Namangan viloyati hokimi Sh. Abdurazakov, Surxondaryo viloyati hokimi T. Bobolov va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi S. Saifnazarov — “Namangan suv taʼminoti” MCHJ va “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”da belgilangan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida bajarishni taʼminlashga, tuzilgan bitim shartlariga muvofiq qarz mablagʻlarini oʻz vaqtida qaytarishga shaxsan masʼul va javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 2-avgust,
PQ-342-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-342-son qaroriga 1-ILOVA
“Namangan viloyati Chust, Pop va Namangan tumanlari ichimlik suv taʼminotini yaxshilash hamda Chust va Mingbuloq tumanlari markazlarida oqova suv tizimlarini qurish” loyihasining
asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari
T/r Xarajatlar kategoriyasining nomi Oʻlchov birligi Hammasi* Moliyalashtirish manbasi, shu jumladan: YETTB qarzi Oʻzbekiston Respublikasi ulushi 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSH doll. ekv. 84 549,07 70 000,00 14 549,07 2. Kapital qoʻyilmalar qiymati, jami ming AQSH doll. ekv. 74 229,07 70 000,00 4 229,07 shu jumladan: 2.1. Qurilish-taʼmirlash ishlari ming AQSH doll. ekv. 41 853,00 41 853,00 2.2. Mashina va uskunalar ming AQSH doll. ekv. 22 447,00 22 447,00 2.3. Loyihani boshqarish va nazorat qilish ming AQSH doll. ekv. 4 700,00 4 700,00 shundan: 2.3.1 Loyihalashtirish va loyihani boshqarish boʻyicha maslahatchining xizmatlari 4 500,00 4 500,00 2.3.2 Loyihani muvofiqlashtirish guruhi xarajatlari 200,00 200,00 2.4 Investitsiya davridagi moliyaviy va boshqa xarajatlar ming AQSH doll. ekv. 4 229,07 4 229,07 2.5 Taqsimlanmagan xarajatlar ming AQSH doll. ekv. 1 000,00 1 000,00 3. Qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplab berish va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish ming AQSH doll. ekv. 10 320,00 10 320,00
* Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan keyin hamda tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalariga koʻra aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-342-son qaroriga 2-ILOVA
“Oqtosh” va “Poshxurt” yer osti suv manbalaridan suv quvuri qurish yoʻli bilan Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanining suv taʼminotini yaxshilash” loyihasining
asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari
T/r Xarajatlar kategoriyasining nomi Oʻlchov birligi Hammasi* Moliyalashtirish manbasi, shu jumladan: YETTB qarzi Oʻzbekiston Respublikasi ulushi 1 Loyihaning umumiy qiymati ming AQSH doll. ekv. 60 383,69 50 000,00 10 383,69 2 Kapital qoʻyilmalar qiymati, jami ming AQSH doll. ekv. 53 408,69 50 000,00 3 408,69 shu jumladan: 2.1. Qurilish-taʼmirlash ishlari ming AQSH doll. ekv. 30 420,00 30 420,00 2.2. Mashina va uskunalar ming AQSH doll. ekv. 13 080,00 13 080,00 2.3. Loyihani boshqarish va nazorat qilish ming AQSH doll. ekv. 3 200,00 3 200,00 shundan: 2.3.1 Loyihalashtirish va loyihani boshqarish boʻyicha maslahatchining xizmatlari ming AQSH doll. ekv 3 000,00 3 000,00 2.3.2 Loyihani muvofiqlashtirish guruhi xarajatlari ming AQSH doll. ekv 200,00 200,00 2.4 Investitsiya davridagi moliyaviy va boshqa xarajatlar ming AQSH doll. ekv. 3 408,69 3 408,69 2.5 Taqsimlanmagan xarajatlar ming AQSH doll. ekv. 3 300,00 3 300,00 3 Qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplab berish va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish ming AQSH doll. ekv. 6 975,00 6 975,00
* Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan keyin hamda tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalariga koʻra aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-342-son qaroriga 3-ILOVA
“Namangan viloyati Chust, Pop va Namangan tumanlari ichimlik suv taʼminotini yaxshilash hamda Chust va Mingbuloq tumanlari markazlarida oqova suv tizimlarini qurish” loyihasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning
PROGNOZ JADVALI
Qarz miqdori 70,0 mln. AQSH dollari Qarz muddati 18 yil Imtiyozli davr 4 yil Foiz stavkasi oʻzgaruvchan foiz stavkasi (LIBOR 6 oylik + 1,0%) Zaxiraga olish uchun vositachilik haqi oʻzlashtirilmagan qarz miqdoridan 0,5 % Bir martalik vositachilik haqi umumiy qarz miqdoridan 1,0 % ming AQSH doll. Toʻlov davri Toʻlanadigan foizlar Zaxiraga olish uchun vositachilik haqi Bir martalik vositachilik haqi Asosiy qarzni qaytarish Jami qaytariladigan mablagʻ 15.04.2022 0,0 175,0 700,0 875,0 15.10.2022 63,1 164,7 227,8 15.04.2023 104,7 157,8 262,4 15.10.2023 288,1 127,8 415,9 15.04.2024 410,0 107,8 517,8 15.10.2024 696,6 60,8 757,4 15.04.2025 882,8 29,5 2 500,0 3 412,3 15.10.2025 939,5 21,0 2 500,0 3 460,5 15.04.2026 985,8 2 500,0 3 485,8 15.10.2026 953,1 2 500,0 3 453,1 15.04.2027 910,0 2 500,0 3 410,0 15.10.2027 876,9 2 500,0 3 376,9 15.04.2028 838,8 2 500,0 3 338,8 15.10.2028 800,6 2 500,0 3 300,6 15.04.2029 758,3 2 500,0 3 258,3 15.10.2029 724,4 2 500,0 3 224,4 15.04.2030 682,5 2 500,0 3 182,5 15.10.2030 648,1 2 500,0 3 148,1 15.04.2031 606,7 2 500,0 3 106,7 15.10.2031 571,9 2 500,0 3 071,9 15.04.2032 533,8 2 500,0 3 033,8 15.10.2032 495,6 2 500,0 2 995,6 15.04.2033 455,0 2 500,0 2 955,0 15.10.2033 419,4 2 500,0 2 919,4 15.04.2034 379,2 2 500,0 2 879,2 15.10.2034 343,1 2 500,0 2 843,1 15.04.2035 303,3 2 500,0 2 803,3 15.10.2035 266,9 2 500,0 2 766,9 15.04.2036 228,8 2 500,0 2 728,8 15.10.2036 190,6 2 500,0 2 690,6 15.04.2037 151,7 2 500,0 2 651,7 15.10.2037 114,4 2 500,0 2 614,4 15.04.2038 75,8 2 500,0 2 575,8 15.10.2038 38,1 2 500,0 2 538,1 Jami: 16 737,6 844,2 700,0 70 000,0 88 281,8
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-342-son qaroriga 4-ILOVA
“Oqtosh” va “Poshxurt” yer osti suv manbalaridan suv quvuri qurish yoʻli bilan Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanining suv taʼminotini yaxshilash” loyihasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning
PROGNOZ JADVALI
Qarz miqdori 50,0 mln. AQSH dollari Qarz muddati 18 yil Imtiyozli davr 4 yil Foiz stavkasi oʻzgaruvchan foiz stavkasi (LIBOR 6 oylik + 1,0%) Zaxiraga olish uchun vositachilik haqi oʻzlashtirilmagan qarz miqdoridan 0,5% Bir martalik vositachilik haqi umumiy qarz miqdoridan 1,0% ming AQSH doll. Toʻlov davri Toʻlanadigan foizlar Zaxiraga olish uchun vositachilik haqi Bir martalik vositachilik haqi Asosiy qarzni qaytarish Jami qaytariladigan mablagʻ 15.04.2022 0,0 125,0 500,00 625,0 15.10.2022 38,1 118,8 156,9 15.04.2023 75,8 112,5 188,3 15.10.2023 261,7 82,1 343,8 15.04.2024 447,2 51,7 498,9 15.10.2024 595,0 27,5 622,4 15.04.2025 738,6 3,3 1 785,7 2 527,6 15.10.2025 725,4 6,1 1 785,7 2 517,2 15.04.2026 704,2 1 785,7 2 489,9 15.10.2026 680,8 1 785,7 2 466,5 15.04.2027 650,0 1 785,7 2 435,7 15.10.2027 626,3 1 785,7 2 412,1 15.04.2028 599,1 1 785,7 2 384,8 15.10.2028 571,9 1 785,7 2 357,6 15.04.2029 541,7 1 785,7 2 327,4 15.10.2029 517,4 1 785,7 2 303,1 15.04.2030 487,5 1 785,7 2 273,2 15.10.2030 462,9 1 785,7 2 248,7 15.04.2031 433,3 1 785,7 2 219,0 15.10.2031 408,5 1 785,7 2 194,2 15.04.2032 381,3 1 785,7 2 167,0 15.10.2032 354,0 1 785,7 2 139,7 15.04.2033 325,0 1 785,7 2 110,7 15.10.2033 299,6 1 785,7 2 085,3 15.04.2034 270,8 1 785,7 2 056,5 15.10.2034 245,1 1 785,7 2 030,8 15.04.2035 216,7 1 785,7 2 002,4 15.10.2035 190,6 1 785,7 1 976,3 15.04.2036 163,4 1 785,7 1 949,1 15.10.2036 136,2 1 785,7 1 921,9 15.04.2037 108,3 1 785,7 1 894,0 15.10.2037 81,7 1 785,7 1 867,4 15.04.2038 54,2 1 785,7 1 839,9 15.10.2038 27,2 1 785,7 1 812,9 Jami: 12 419,5 526,8 500,0 50 000,0 63 446,3
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-342-son qaroriga 5-ILOVA
“Namangan viloyati Chust, Pop va Namangan tumanlari ichimlik suv taʼminotini yaxshilash hamda Chust va Mingbuloq tumanlari markazlarida oqova suv tizimlarini qurish” loyihasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarziga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining
PROGNOZI
Yillar “Namangan suv taʼminoti”MCHJ ulushi Namangan viloyati mahalliy budjetining ulushi 2022-yil 0,0% 100,0% 2023-yil 0,0% 100,0% 2024-yil 0,0% 100,0% 2025-yil 32,1% 67,9% 2026-yil 36,2% 63,8% 2027-yil 45,1% 54,9% 2028-yil 44,6% 55,4% 2029-yil 45,3% 54,7% 2030-yil 45,8% 54,2% 2031-yil 51,3% 48,7% 2032-yil 56,1% 43,9% 2033-yil 61,6% 38,4% 2034-yil 65,8% 34,2% 2035-yil 69,8% 30,2% 2036-yil 74,5% 25,5% 2037-yil 78,9% 21,1% 2038-yil 81,9% 18,1% Jami: 59,2% 40,8%
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-342-son qaroriga 6-ILOVA
“Oqtosh” va “Poshxurt” yer osti suv manbalaridan suv quvuri qurish yoʻli bilan Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanining suv taʼminotini yaxshilash” loyihasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarziga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining
PROGNOZI
Yillar “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ ulushi Surxondaryo viloyati mahalliy budjetining ulushi 2022-yil 0,0% 100,0% 2023-yil 0,0% 100,0% 2024-yil 0,0% 100,0% 2025-yil 19,7% 80,3% 2026-yil 23,3% 76,7% 2027-yil 28,1% 71,9% 2028-yil 33,9% 66,1% 2029-yil 40,6% 59,4% 2030-yil 48,5% 51,5% 2031-yil 57,8% 42,2% 2032-yil 68,6% 31,4% 2033-yil 76,1% 23,9% 2034-yil 88,0% 12,0% 2035-yil 100,0% 0,0% 2036-yil 100,0% 0,0% 2037-yil 100,0% 0,0% 2038-yil 100,0% 0,0% Jami: 58,4% 41,6%
Oʻzbekiston Respublika Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-342-son qaroriga 7-ILOVA
“Namangan suv taʼminoti” MCHJni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiIjro muddatiMasʼul ijrochilar1. Isteʼmolchilar soni va xizmat koʻrsatish hajmlarini oshirish1.Isteʼmolchilar sonini 259 ming nafardan 279 ming nafarga oshirish (qoʻshimcha 20 ming nafar isteʼmolchini qamrab olish) va 4,4 mlrd soʻm qoʻshimcha daromad olish.1. Isteʼmolchilarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish boʻyicha har bir tuman (shahar)da ishchi guruhlar tashkil qilish.2022-yil 15-avgustNamangan viloyati hokimligi, “Namangan suv taʼminoti” MCHJ2. Ichimlik va oqova suv taʼminotiga ulanmagan yoki noqonuniy ulangan isteʼmolchilarni aniqlash.2022-yil 15-sentabr3. Suv taʼminotiga noqonuniy ulangan isteʼmolchilar oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish va ular bilan shartnoma rasmiylashtirish.2022-yil 15-noyabr4. Suv taʼminotiga ulanmagan isteʼmolchilarni suv taʼminotiga ulash va ular bilan shartnomani rasmiylashtirish.2022-yil 15-noyabr2.Onlayn toʻlovlarning tushumdagi ulushini 25 foizdan 50 foizga yetkazish orqali daromadni 5 foizga yoki 5 mlrd soʻmga koʻpaytirish.1. Amaldagi billing tizimida mavjud barcha nosozliklar va kamchiliklarni aniqlash.2022-yil 1-sentabrAxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Namangan suv taʼminoti” MCHJ2. Aniqlangan kamchiliklar asosida billing tizimini takomillashtirish va barcha vazirlik, idoralarning maʼlumotlar bazalariga integratsiya qilish.2022-yil 1-oktabr3. Aholiga toʻlovlarni onlayn amalga oshirish imkoniyatlarini, shuningdek, isteʼmolchilar maʼlumotlari toʻgʻrisida SMS-xabarnomalar joʻnatish tizimini yoʻlga qoʻyish.2022-yil 1-oktabr3.3,8 ming xonadonga ichimlik suv tarmoqlarini ularning uy hoʻjaligigacha olib kirish orqali qoʻshimcha 1,4 mlrd soʻm daromad olish.1. Har bir tuman (shahar)da ichimlik suv tarmoqlari koʻcha boshigacha yetkazib berilgan isteʼmolchilarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish.2022-yil 1-sentabr“Namangan suv taʼminoti” MCHJ, Namangan viloyati hokimligi2. “Namangan suv taʼminoti” MCHJning 7 mlrd soʻm mablagʻlari hisobidan har bir mahallada uy egalari bilan birgalikda ularning xonadonini suv taʼminotiga ulash va aholi hisobidan suv hisoblagichni oʻrnatish choralarini koʻrish.2022-yil 31-dekabr2. Ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish4.Isteʼmolchilarning koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha mavjud 66,5 mlrd soʻm debitor qarzdorligini 6,6 mlrd soʻmga yoki 10 foizga qisqartirish.1. Tuman (shahar) hokimliklari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda aholiga amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berish va toʻlov intizomi boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish.2022-yil 1-sentabrNamangan viloyati hokimligi, tuman (shahar) hokimliklari, Majburiy ijro byurosi, “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ, “Namangan suv taʼminoti” MCHJ2. Qarzdor isteʼmolchilarga ogohlantirish xatlarini yuborgan holda talablarni bajarmagan qarzdorlarni tarmoqdan uzish choralarini koʻrish.2022-yil 1-oktabrgacha3. Qarzdorlik boʻyicha ishlarni tegishliligi boʻyicha fuqarolik va iqtisodiy sudlarga topshirish.2022-yil 1-oktabrgacha4. Sud qarori chiqqan 437 ta ijro varaqalari boʻyicha 349 mln soʻm qarzdorlikni undirish choralarini koʻrish.2022-yil 1-noyabr5. Ijro varaqalari boʻyicha isteʼmolchilar bank hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomalarini qoʻyish.2022-yil 1-oktabrga�a3. Suv yoʻqotishlarini qisqartirish5.Suv hisoblagichi mavjud boʻlmagan 25 ming isteʼmolchilarga suv hisoblagichlarini oʻrnatish choralarini koʻrish orqali isteʼmolchilarning suv hisoblagich bilan taʼminlanganlik darajasini 89 foizdan 98 foizga yetkazish.1. Suv hisoblagichi mavjud boʻlmagan isteʼmolchilar — budjet tashkilotlari va yuridik shaxslarga ogohlantirish xatlarini yuborish.2022-yil 1-sentabr“Namangan suv taʼminoti” MCHJ, Namangan viloyati hokimligi, Moliya vazirligi2. Budjet tashkilotlariga suv hisoblagichlarini xarid qilish va oʻrnatish xarajatlarini ularning smeta xarajatlariga kiritish.2022-yil 1-sentabr3. Aholi oʻrtasida hisoblagich oʻrnatishning qulayliklari toʻgʻrisida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish.2022-yil 1-sentabr4. Suv hisoblagichini oʻrnatish boʻyicha isteʼmolchilar bilan ikki tomonlama shartnomalar tuzish.2022-yil 1-dekabr6.Suv inshootlariga 150 ta suv hisoblagichi oʻrnatish orqali suv yoʻqotishlari hajmini 4 foizga qisqartirish.1. Suv inshootlariga suv hisoblagichlarini oʻrnatish boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish hamda tasdiqlash.2022-yil 1-sentabr“Namangan suv taʼminoti” MCHJ, Namangan viloyati hokimligi2. Suv inshootlariga suv hisoblagichlarini oʻrnatish choralarini koʻrish.2022-yil 31-dekabr3. Inshootlardagi suv hisoblagichlari va billing tizimida hisoblangan koʻrsatkichlar oʻrtasidagi tafovutni aniqlash va ularni bartaraf etish ustidan monitoring olib borish.2022-yil 1-sentabr4. Ichimlik va oqova suv taʼminotiga ulanmagan yoki noqonuniy ulangan isteʼmolchilarni aniqlash hamda ular bilan shartnomalar rasmiylashtirish.2022-yil 1-noyabr7.Dispetcherlik va avariya xizmati faoliyatini takomillashtirish orqali “Namangan suv taʼminoti” MCHJ daromadlarini 5 foizga oshirish.1. Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan 5 ta maxsus texnika xarid qilish choralarini koʻrish.2022-yil 1-noyabrNamangan viloyati hokimligi, Moliya vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Namangan suv taʼminoti” MCHJ2. Respublika budjeti mablagʻlari hisobidan 4 ta maxsus texnika xarid qilish choralarini koʻrish.2022-yil 1-noyabr3. Taʼmirtalab holatdagi 13 ta texnikani taʼmirlash.2022-yil 31-dekabr4. Axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda maxsus texnikalarni GPS tizimiga ulash choralarini koʻrish.2022-yil 31-dekabr5. “1255” qisqa raqamining 24 soat davomida sifatli ishlashini taʼminlash.2022-yil 1-sentabr8.“Namangan suv taʼminoti” MCHJ tomonidan isteʼmol qilinadigan elektr energiyasi hajmlarining aniq hisobini yuritish orqali elektr energiyasi isteʼmolini 3 mln kVtga qisqartirish va 1,5 mlrd soʻm mablagʻni iqtisod qilish.1. Inshootlarga 57 ta elektr energiyasini hisobga olish uskunalarini oʻrnatish boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish hamda tasdiqlash.2022-yil 1-sentabrNamangan viloyati hokimligi, “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Namangan suv taʼminoti” MCHJ2. “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mablagʻlari hisobidan inshootlarga elektr energiyasini hisobga olish uskunalarini oʻrnatish ishlarini yakunlash.2022-yil 1-dekabr3. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tomonidan har bir elektr energiyasini hisobga olish uskunasi boʻyicha elektr energiyasi sarfi maʼlumotlarini onlayn tarzda monitoring qilib borish tizimini yoʻlga qoʻyish.2022-yil 1-dekabr4. Mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik jihozlash9.2022-yil investitsiya, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 33 ming aholini ichimlik suv bilan ilk bor taʼminlash orqali isteʼmolchilar sonini 8 mingtaga koʻpaytirib, qoʻshimcha 1,5 mlrd soʻm daromad olish.1. Investitsiya, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining 33 ta obyekti loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.2022-yil 1-sentabrNamangan viloyati hokimligi, “Namangan suv taʼminoti” MCHJ2. Barcha obyektlar boʻyicha ekspertiza xulosalarini olish ishlarini yakunlash.2022-yil 15-oktabr3. Tender savdolari asosida qurilish-pudrat tashkilotlarini aniqlash.2022-yil 15-noyabr4. 316,2 km ichimlik va oqova suv tarmoqlarini hamda 22 ta inshootni qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini yakunlash va obyektlarni foydalanishga topshirish.2022-yil 31-dekabr5. Isteʼmolchilarni roʻyxatdan oʻtkazib, shartnomalar tuzish.2022-yil 31-dekabr10.Viloyat mahalliy budjeti mablagʻlari hisobiga 47,3 ming aholini ichimlik suv bilan ilk bor taʼminlash orqali korxona isteʼmolchilari sonini 12 mingtaga koʻpaytirib, qoʻshimcha 2,2 mlrd soʻm daromad olish.1. 24,4 mlrd soʻmlik mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan ishlar ishlab chiqish va tasdiqlash.2022-yil 1-sentabrNamangan viloyati hokimligi, “Namangan suv taʼminoti” MCHJ2. 255,6 km ichimlik suv tarmoqlarini qurish, 18 ta inshootni rekonstruksiya qilish, 12 ta suv minorasini oʻrnatish va mavjud 21 ta nasos uskunasini yangilash ishlarini amalga oshirish.2022-yil 31-dekabr3. Isteʼmolchilarni xatlovdan oʻtkazib, shartnomalar tuzish.2022-yil 31-dekabr11.Korxona mablagʻlari hisobiga 14 ming aholini ichimlik suv taʼminotini yaxshilash orqali korxona isteʼmolchilari sonini koʻpaytirish va qoʻshimcha 650 mln soʻm daromad olish.1. Korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan rekonstruksiya ishlari ishlab chiqish va tasdiqlash.2022-yil 1-sentabr“Namangan suv taʼminoti” MCHJ2. Mavjud 12,2 km ichimlik va oqova suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish choralarini koʻrish.2022-yil 31-dekabr3. Inshootlarda mavjud taʼmirtalab 51 ta nasos uskunalarini joriy va mukammal taʼmirlash.2022-yil 31-dekabr4. Isteʼmolchilarni xatlovdan oʻtkazib, shartnomalar tuzish.2022-yil 31-dekabr5. Jamoatchilik nazoratini oʻrnatish12.Suv taʼminoti sohasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha jamoatchilik nazoratini oʻrnatish.1. Tegishliligi boʻyicha xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga aholini ichimlik va oqova suv bilan taʼminlash darajasini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar toʻgʻrisida hisobot berib borish.Har chorakdaNamangan viloyati hokimligi, “Namangan suv taʼminoti” MCHJ2. Xalq deputatlari viloyat Kengashiga aholini ichimlik va oqova suv bilan taʼminlash darajasini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar toʻgʻrisida hisobot berib borish.Har yarim yilda13.Ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflarini qayta koʻrib chiqish orqali isteʼmolchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish hamda korxona majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarishning moliyaviy manbalarini shakllantirish.1. Koʻrsatiladigan xizmatlar tannarxini toʻliq qoplashni nazarda tutuvchi, shuningdek, korxonani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish xarajatlarini inobatga olib ichimlik va oqova suv tariflarini ishlab chiqish.Har yili 1-mayNamangan viloyati hokimligi, Namangan viloyat Moliya boshqarmasi, “Namangan suv taʼminoti” MCHJ, Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi2. Narxlarni (tariflarni) tartibga solish organlaridan ishlab chiqilgan tariflar boʻyicha tegishli xulosalar olish.Har yili 15-may3. Ichimlik va oqova suv tariflarini xalq deputatlari viloyat Kengashiga tasdiqlash uchun kiritish.Har yili 1-iyun6. Vakolatli vazirlik va mahalliy hokimliklar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar14.Isteʼmolchilar sonini va xizmat koʻrsatish hajmlarini oshirish, debitor qarzdorliklarni kamaytirish, suv yoʻqotishlari hajmini qisqartirish hamda mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik jihozlash, shuningdek, toʻlov intizomini mustahkamlash boʻyicha ishlarni tashkil qilish.1. Mazkur “Yoʻl xaritasi”da koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tuman va shaharlar kesimida tegishli hokim tomonidan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanishini taʼminlash.Har yiliNamangan viloyati hokimligi2. Tuman va shaharlar kesimida tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi boʻyicha har chorakda hokimlar tomonidan xalq deputatlari viloyat Kengashiga hisobot berilishini taʼminlash.Har chorakda15.Mahalliy pudratchilarni loyiha doirasida amalga oshiriladigan qurilish ishlariga keng jalb qilish.Mahalliy pudratchilar orasida tegishli trening va seminarlar oʻtkazish.Doimiy ravishdaInvestitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Namangan viloyati hokimligi16.Loyiha boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga hisobot berish.Loyiha boʻyicha ishlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi, ajratilgan mablagʻlar oʻzlashtirilishi hamda mazkur “Yoʻl xaritasi”da koʻzda tutilgan tadbirlar amalga oshirilishi boʻyicha uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri tomonidan Vazirlar Mahkamasiga hisobot berish.Har yiliUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi
Oʻzbekiston Respublika Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-342-son qaroriga 8-ILOVA
“Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiIjro muddatiMasʼul ijrochilar1. Isteʼmolchilar soni va xizmat koʻrsatish hajmlarini oshirish1.Isteʼmolchilar sonini 239 ming nafardan 269 ming nafarga oshirish (qoʻshimcha 30 ming nafar isteʼmolchini qamrab olish) va 2,8 mlrd soʻm qoʻshimcha daromad olish.1. Isteʼmolchilarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish boʻyicha har bir tuman (shahar)da ishchi guruhlar tashkil qilish.2022-yil 15-avgustSurxondaryo viloyati hokimligi, “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ2. Ichimlik va oqova suv taʼminotiga ulanmagan yoki noqonuniy ulangan isteʼmolchilarni aniqlash.2022-yil 15-sentabr3. Suv taʼminotiga noqonuniy ulangan isteʼmolchilar oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish va ular bilan shartnoma rasmiylashtirish.2022-yil 15-noyabr4. Suv taʼminotiga ulanmagan isteʼmolchilarni suv taʼminotiga ulash va ular bilan shartnomani rasmiylashtirish.2022-yil 15-noyabr2.Onlayn toʻlovlarning tushumdagi ulushini 40 foizdan 60 foizga yetkazish orqali daromadni 5 foizga yoki 2,7 mlrd soʻmga koʻpaytirish.1. Amaldagi billing tizimida mavjud barcha nosozliklar va kamchiliklarni aniqlash.2022-yil 1-sentabrAxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ2. Aniqlangan kamchiliklar asosida billing tizimini takomillashtirish va barcha vazirlik, idoralarning maʼlumotlar bazalariga integratsiya qilish.2022-yil 1-oktabr3. Aholiga toʻlovlarni onlayn amalga oshirish imkoniyatlarini, shuningdek, isteʼmolchilar maʼlumotlari toʻgʻrisida SMS-xabarnomalar joʻnatish tizimini yoʻlga qoʻyish.2022-yil 1-oktabr3.37,8 ming xonadonga ichimlik suv tarmoqlarini ularning uy hoʻjaligigacha olib kirish orqali qoʻshimcha 2,4 mlrd soʻm daromad olish.1. Har bir tuman (shahar)da ichimlik suv tarmoqlari koʻcha boshigacha yetkazib berilgan isteʼmolchilarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish.2022-yil 1-sentabr“Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ, Surxondaryo viloyati hokimligi2. “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJning 30 mlrd soʻm mablagʻlari hisobidan har bir mahallada uy egalari bilan birgalikda ularning xonadonini suv taʼminotiga ulash va aholi hisobidan suv hisoblagichni oʻrnatish choralarini koʻrish.2022-yil 31-dekabr2. Ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish4.Isteʼmolchilarning koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha mavjud 40 mlrd soʻm debitor qarzdorligini 4 mlrd soʻmga yoki 10 foizga qisqartirish.1. Tuman (shahar) hokimliklari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda aholiga amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berish va toʻlov intizomi boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish.2022-yil 1-sentabrSurxondaryo viloyati hokimligi, tuman (shahar) hokimliklari, Majburiy ijro byurosi, “Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ, “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ2. Qarzdor isteʼmolchilarga ogohlantirish xatlarini yuborgan holda talablarni bajarmagan qarzdorlarni tarmoqdan uzish choralarini koʻrish.2022-yil 1-oktabrgacha3. Qarzdorlik boʻyicha ishlarni tegishliligi boʻyicha fuqarolik va iqtisodiy sudlarga topshirish.2022-yil 1-oktabrgacha4. Sud qarori chiqqan 437 ta ijro varaqalari boʻyicha 349 mln soʻm qarzdorlikni undirish choralarini koʻrish.2022-yil 1-noyabr5. Ijro varaqalari boʻyicha isteʼmolchilar bank hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomalarini qoʻyish.2022-yil 1-oktabrgacha3. Suv yoʻqotishlarini qisqartirish5.Suv hisoblagichi mavjud boʻlmagan 47,3 ming isteʼmolchilarga, 421 ta budjet tashkiloti va 1 557 ta boshqa yuridik shaxslarga suv hisoblagichlarini oʻrnatish choralarini koʻrish orqali isteʼmolchilarning suv hisoblagich bilan taʼminlanganlik darajasini 40 foizdan 60 foizga yetkazish.1. Suv hisoblagichi mavjud boʻlmagan isteʼmolchilar — budjet tashkilotlari va yuridik shaxslarga ogohlantirish xatlarini yuborish.2022-yil 1-sentabr“Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ, Surxondaryo viloyati hokimligi, Moliya vazirligi2. Budjet tashkilotlariga suv hisoblagichlarini xarid qilish va oʻrnatish xarajatlarini ularning smeta xarajatlariga kiritish.2022-yil 1-sentabr3. Aholi oʻrtasida hisoblagich oʻrnatishning qulayliklari toʻgʻrisida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish.2022-yil 1-sentabr4. Suv hisoblagichini oʻrnatish boʻyicha isteʼmolchilar bilan ikki tomonlama shartnomalar tuzish.2022-yil 1-dekabr6.Suv inshootlariga 220 ta suv hisoblagichi oʻrnatish orqali suv yoʻqotishlari hajmini 4 foizga qisqartirish.1. Suv inshootlariga suv hisoblagichlarini oʻrnatish boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish hamda tasdiqlash.2022-yil 1-sentabr“Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ, Surxondaryo viloyati hokimligi2. Suv inshootlariga suv hisoblagichlarini oʻrnatish choralarini koʻrish.2022-yil 31-dekabr3. Inshootlardagi suv hisoblagichlari va billing tizimida hisoblangan koʻrsatkichlar oʻrtasidagi tafovutni aniqlash va ularni bartaraf etish ustidan monitoring olib borish.2022-yil 1-sentabr4. Ichimlik va oqova suv taʼminotiga ulanmagan yoki noqonuniy ulangan isteʼmolchilarni aniqlash hamda ular bilan shartnomalar rasmiylashtirish.2022-yil 1-noyabr7.Dispetcherlik va avariya xizmati faoliyatini takomillashtirish orqali “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ daromadlarini 5 foizga oshirish.1. Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan 5 ta maxsus texnika xarid qilish choralarini koʻrish.2022-yil 1-noyabrSurxondaryo viloyati hokimligi, Moliya vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ2. Respublika budjeti mablagʻlari hisobidan 4 ta maxsus texnika xarid qilish choralarini koʻrish.2022-yil 1-noyabr3. Taʼmirtalab holatdagi 21 ta texnikani taʼmirlash.2022-yil 31-dekabr4. Axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda maxsus texnikalarni GPS tizimiga ulash choralarini koʻrish.2022-yil 31-dekabr5. “1255” qisqa raqamining 24 soat davomida sifatli ishlashini taʼminlash.2022-yil 1-sentabr8.“Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ tomonidan isteʼmol qilinadigan elektr energiyasi hajmlarining aniq hisobini yuritish orqali elektr energiyasi isteʼmolini 3 mln kVtga qisqartirish va 1,4 mlrd soʻm mablagʻni iqtisod qilish.1. Inshootlarga 138 ta elektr energiyasini hisobga olish uskunalarini oʻrnatish boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish hamda tasdiqlash.2022-yil 1-sentabrSurxondaryo viloyati hokimligi, “Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ2. “Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mablagʻlari hisobidan inshootlarga elektr energiyasini hisobga olish uskunalarini oʻrnatish ishlarini yakunlash.2022-yil 1-dekabr3. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tomonidan har bir elektr energiyasini hisobga olish uskunasi boʻyicha elektr energiyasi sarfi maʼlumotlarini onlayn tarzda monitoring qilib borish tizimini yoʻlga qoʻyish.2022-yil 1-dekabr4. Mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik jihozlash9.2022-yil investitsiya, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 120 ming aholini ichimlik suv bilan ilk bor taʼminlash orqali isteʼmolchilar sonini 30 mingtaga koʻpaytirib, qoʻshimcha 2,5 mlrd soʻm daromad olish.1. Investitsiya, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining 38 ta obyekti loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.2022-yil 1-sentabrSurxondaryo viloyati hokimligi, “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ2. Barcha obyektlar boʻyicha ekspertiza xulosalarini olish ishlarini yakunlash.2022-yil 15-oktabr3. Tender savdolari asosida qurilish-pudrat tashkilotlarini aniqlash.2022-yil 15-noyabr4. 566 km ichimlik va oqova suv tarmoqlarini hamda 55 ta inshootni qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini yakunlash va obyektlarni foydalanishga topshirish.2022-yil 31-dekabr5. Isteʼmolchilarni roʻyxatdan oʻtkazib, shartnomalar tuzish.2022-yil 31-dekabr10.Korxona mablagʻlari hisobiga 12 ming aholini ichimlik suv taʼminotini yaxshilash orqali korxona isteʼmolchilari sonini koʻpaytirish va qoʻshimcha 300 mln soʻm daromad olish.1. Korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan rekonstruksiya ishlari ishlab chiqish va tasdiqlash.2022-yil 1-sentabr“Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ2. Mavjud 18,6 km ichimlik va oqova suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish choralarini koʻrish.2022-yil 31-dekabr3. Inshootlarda Mavjud taʼmirtalab 42 ta nasos uskunasini joriy va mukammal taʼmirlash.2022-yil 31-dekabr4. Isteʼmolchilarni xatlovdan oʻtkazib, shartnomalar tuzish.2022-yil 31-dekabr5. Jamoatchilik nazoratini oʻrnatish11.Suv taʼminoti sohasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha jamoatchilik nazoratini oʻrnatish.1. Tegishliligi boʻyicha xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga aholini ichimlik va oqova suv bilan taʼminlash darajasini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar toʻgʻrisida hisobot berib borish.Har chorakdaSurxondaryo viloyati hokimligi, “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ2. Xalq deputatlari viloyat Kengashiga aholini ichimlik va oqova suv bilan taʼminlash darajasini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar toʻgʻrisida hisobot berib borish.Har yarim yilda12.Ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflarini qayta koʻrib chiqish orqali isteʼmolchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish hamda korxona majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarishning moliyaviy manbalarini shakllantirish.1. Koʻrsatiladigan xizmatlar tannarxini toʻliq qoplashni nazarda tutuvchi, shuningdek, korxonani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish xarajatlarini inobatga olib ichimlik va oqova suv tariflarini ishlab chiqish.Har yili 1-maySurxondaryo viloyati hokimligi, Surxondaryo viloyat Moliya boshqarmasi, “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi2. Narxlarni (tariflarni) tartibga solish organlaridan ishlab chiqilgan tariflar boʻyicha tegishli xulosalar olish.Har yili 15-may3. Ichimlik va oqova suv tariflarini xalq deputatlari viloyat Kengashiga tasdiqlash uchun kiritish.Har yili 1-iyun6. Vakolatli vazirlik va mahalliy hokimliklar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar13.Isteʼmolchilar sonini va xizmat koʻrsatish hajmlarini oshirish, debitor qarzdorliklarni kamaytirish, suv yoʻqotishlari hajmini qisqartirish hamda mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik jihozlash, shuningdek, toʻlov intizomini mustahkamlash boʻyicha ishlarni tashkil qilish.1. Mazkur “Yoʻl xaritasi”da koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tuman va shaharlar kesimida tegishli hokim tomonidan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanishini taʼminlash.Har yiliSurxondaryo viloyati hokimligi2. Tuman va shaharlar kesimida tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi boʻyicha har chorakda hokimlar tomonidan xalq deputatlari viloyat Kengashiga hisobot berilishini taʼminlash.Har chorakda14.Mahalliy pudratchilarni loyiha doirasida amalga oshiriladigan qurilish ishlariga keng jalb qilish.Mahalliy pudratchilar orasida tegishli trening va seminarlar oʻtkazish.Doimiy ravishdaInvestitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Surxondaryo viloyati hokimligi15.Loyiha boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga hisobot berish.Loyiha boʻyicha ishlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi, ajratilgan mablagʻlar oʻzlashtirilishi hamda mazkur “Yoʻl xaritasi”da koʻzda tutilgan tadbirlar amalga oshirilishi boʻyicha uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri tomonidan Vazirlar Mahkamasiga hisobot berish.Har yiliUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi
