Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisida (PQ-340-son)
01.08.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqimizning ulkan jasorati va matonati bilan 1991-yil 31-avgustda qoʻlga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi koʻp ming yillik tariximizdagi hech qachon unutilmaydigan, qadr-qimmati va ahamiyati yillar, asrlar oʻtgani sayin tobora ortib boradigan buyuk tarixiy voqeadir.
Aynan milliy mustaqillik el-yurtimiz uchun jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin egallab, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish, shu jumladan, hayotning turli soha va tarmoqlarida keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratib, erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning asosiy manbai boʻlib kelmoqda.
Ayniqsa, soʻnggi yillarda, dunyoda koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqiroz, keskin raqobat, turli qarama-qarshilik va ziddiyatlar tufayli yuzaga kelgan gʻoyat ogʻir va murakkab vaziyatda mard va olijanob xalqimizning fidokorona mehnati bilan Yangi Oʻzbekistonni barpo etish va uni jahonga tarannum qilish boʻyicha muhim natijalarni qoʻlga kiritayotganimiz, bu yutuqlar xalqaro jamoatchilik tomonidan eʼtirof etilayotgani, eng asosiysi, vatandoshlarimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi oʻzgarib, ular islohotlar samarasini kundalik hayotida his qilib yashayotganini alohida taʼkidlash zarur.
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, tub islohot jarayonlarini yangi bosqichga koʻtarish, inson huquq va manfaatlari, uning qadri, shaʼni va gʻururini yetakchi oʻringa olib chiqish ustuvor vazifamizga aylangan hozirgi vaqtda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, davlatimizning hududiy yaxlitligi va boʻlinmasligi, sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlash, millatlararo totuvlik, diniy bagʻrikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga intilish koʻp millatli xalqimizni yanada birlashtiradigan, yuksak marralarga safarbar etadigan beqiyos kuchga aylanib bormoqda.
Buyuk istiqlolimizning xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini kamol toptirish, yurtimizni har tomonlama erkin, obod va farovon mamlakatga aylantirishdagi ulkan ahamiyat va mohiyatini hisobga olib hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yilligini munosib kutib olish va ushbu qutlugʻ sanani yuksak darajada nishonlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
“Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Respublika komissiyasi (A. Aripov):
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning samarali bajarilishi hamda Mustaqillik bayramining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda keng nishonlanishini taʼminlasin;
barcha hududlarda aholining keng qatlamlari oʻrtasida Mustaqillik bayramiga bagʻishlab maʼrifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, dolzarb mavzular boʻyicha fikr almashuvlar, madaniy tadbirlarni samarali oʻtkazish maqsadida taniqli ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilar, madaniyat va sanʼat arboblaridan iborat targʻibot guruhlarini tashkil etsin hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borishini yoʻlga qoʻysin;
belgilangan chora-tadbirlar qanday amalga oshirilayotgani yuzasidan har bir hudud, vazirlik va idora rahbarlarining hisobotlarini oʻz yigʻilishlarida muntazam ravishda eshitib borsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga ommaviy tomoshalar boʻyicha yuksak mahorat va tajribaga ega boʻlgan ssenarist va rejissorlar, yozuvchi va shoirlar, kompozitor va baletmeysterlar, sahna rassomlari, isteʼdodli yosh ijrochilar, maqom va baxshichilik sanʼati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etilsin.
4. Joylarda Mustaqillik bayramini yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratilsin:
soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar, xalqimizning hayoti, qalbi va ongida yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlarni taʼsirchan usullarda ifoda etish;
mamlakatimizda turli millat va diniy konfessiya vakillari oʻrtasida ahillik va totuvlik muhitini yanada kuchaytirish, jamiyatda tinch va osoyishta hayotni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyatini chuqur tahlillar, aniq hayotiy misollar yordamida keng jamoatchilikka yetkazish;
bugungi tinch va erkin hayotni qadrlab, shukronalik tuygʻusi bilan yashashga, inson qadrini ulugʻlashga daʼvat etadigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni uyushtirish;
aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilash, yoshlar, xotin-qizlar, keksa avlod vakillari, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga doimiy eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatishga qaratilgan dasturlarimizning ijobiy natijalarini koʻrsatish;
bayram munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi faxriylari, keksa avlod vakillarini qoʻllab-quvvatlash, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda koʻmakka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularga begʻaraz yordam berish bilan bogʻliq xayriya tadbirlarini amalga oshirish.
5. Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov):
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Hojimatov) va Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov) bilan birgalikda bir hafta muddatda Toshkent shahrida Mustaqillik bayramiga bagʻishlab oʻtkaziladigan teatrlashtirilgan konsert tomoshasining dasturi va ssenariysini ishlab chiqsin;
ushbu konsert tomoshasini tajribali ijodkorlar hamda yuqori malakali mutaxassislarni jalb etgan holda, yuksak gʻoyaviy-badiiy saviyada tayyorlash choralarini koʻrsin.
6. Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (O. Oʻsarov), “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi (I. Latipov) tegishli tashkilotlar bilan birgalikda “Eng ulugʻ, eng aziz”, “Ranglar jilosida — ona diyor”, “Vatan uchun yashaylik!” kabi anʼanaviy koʻrik-tanlovlarni yuqori darajada oʻtkazishni taʼminlasin.
7. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — tegishli mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hamda homiylik xayriyalari hisobidan;
Toshkent shahrida — Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda moliyalashtiriladi.
8. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), “Dunyo” axborot agentligi (S. Suyarov), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratxoʻja) va boshqa ommaviy axborot vositalariga Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 1-avgust,
PQ-340-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-avgustdagi PQ-340-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi
tarkibi
1. A.N. Aripov — Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi 2. A.A. Abduvaxitov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari 3. X.M. Sultonov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi 4. A.A. Joʻraboyev — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari 5. A.A. Abduhakimov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri 6. Z.B. Mahkamova — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi 7. J.A. Artikxodjayev — Toshkent shahar hokimi, Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari 8. O.A. Nazarbekov — madaniyat vaziri 9. T.A. Ishmetov — moliya vaziri 10. V.I. Norov — tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi 11. B.N. Kurbanov — mudofaa vaziri 12. P.R. Bobojonov — ichki ishlar vaziri 13. A.H. Qoʻldoshev — favqulodda vaziyatlar vaziri 14. R.M. Djurayev — Milliy gvardiya qoʻmondoni 15. A.V. Shin — maktabgacha taʼlim vaziri 16. A.X. Toshqulov — oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri 17. B.O. Saidov — xalq taʼlimi vaziri 18. B.A. Musayev — sogʻliqni saqlash vaziri 19. Sh.X. Shermatov — axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri 20. N.B. Sayfullayev — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining shuʼba mudiri 21. S. Turdiyev — mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari 22. B.S. Yuldashev — Fanlar akademiyasining prezidenti 23. A.A. Xodjayev — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori 24. R.J. Qurbanov — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi 25. A.Z. Saʼdullayev — Yoshlar ishlari agentligi direktori 26. F.F. Abduxoliqov — Kinematografiya agentligi bosh direktori 27. A.V. Nuridinov — Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi 28. A. Koʻchimov — Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori 29. A.J. Xadjayev — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi 30. M.M. Hojimatov — Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari 31. S.S. Saidov — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi 32. R.A. Abdullayev — Oʻzbekiston Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi raisi 33. Sh. Qudratxoʻja — Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi raisi 34. O.A. Oʻsarov — Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi 35. Lavozimiga koʻra — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari 36. O.N. Qudratov — Vazirlar Mahkamasining kotibiyati mudiri, Respublika komissiyasi kotibi
Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-avgustdagi PQ-340-son qaroriga 2-ILOVA
“Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari
DASTURI
T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Moliyalashtirish manbasi Masʼul ijrochilar I. Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar 1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yillik bayramiga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy komissiyalarini tuzish. 1. Hududiy komissiyalar tarkibini shakllantirish. 2022-yil 10-avgust - Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar 2. Mustaqillik bayramini yuqori saviyada nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. 3. Chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash. 2022-yil avgust-sentabr 2. Tuman va shaharlardagi markaziy koʻchalar, mahallalar, xiyobonlar, madaniyat va istirohat bogʻlari hududini Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining mazmun-mohiyati va ahamiyatini ifoda etuvchi tasviriy targʻibot vositalari va boshqa bezaklar asosida badiiy bezatish. 1. Hududlarni bayramona bezatish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2022-yil avgust Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlar mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, tegishli vazirlik va idoralar 2. Rejada belgilangan ishlarni amalga oshirish. Tasdiqlangan reja asosida 3. Mustaqillik bayrami munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, keksa avlod vakillarini qoʻllab-quvvatlash, “Mehribonlik” va “Muruvvat” uylari tarbiyalanuvchilari, “Saxovat” uylarida yashayotganlar, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Mehr daftari”ga kiritilgan hamda koʻmakka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, taniqli sanʼatkorlar ishtirokida xayriya tadbirlarini amalga oshirish. 1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2022-yil avgust Mahalliy budjet va uning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlar mablagʻlari Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2. Belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2022-yil avgust-sentabr 4. Mustaqillik bayrami munosabati bilan hududlarda arzonlashtirilgan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari, koʻchma savdo doʻkonlarini tashkil etish. 1. Savdo yarmarkalari tashkil etiladigan bozorlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Fermer xoʻjaliklari va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni yarmarkalarga jalb etish. 2022-yil avgust-sentabr - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari II. Ommaviy-madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy va targʻibot-tashviqot tadbirlari 5. Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yilligi bayramiga bagʻishlab oʻtkaziladigan asosiy bayram tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish. 1. Taniqli ssenarist va ijodkorlar ishtirokida asosiy bayram ssenariysi va dasturini ishlab chiqish. 2022-yil 15-avgust Respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Moliya vazirligi 2. Taniqli rejissor, baletmeyster, bastakor, rassom va boshqa ijodkorlar ishtirokida asosiy bayram tadbiriga tayyorgarlik mashgʻulotlarini olib borish. 2022-yil avgust 6. Hududlardagi madaniyat va istirohat bogʻlarida dorbozlar, polvonlar, sirk jamoalari, folklor-etnografik ansambllar, taniqli sanʼatkorlar, estrada xonandalari va baxshilar ishtirokida ommaviy bayram tomoshalarini uyushtirish. 1. Ommaviy bayram tomoshalarining reja-dasturlarini ishlab chiqish. 2022-yil avgust Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, tashkilotchilar mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi 2. Reja-dasturlarda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish. 2022-yil avgust-sentabr 7. Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida Mustaqillik bayramiga bagʻishlangan xalq saylini oʻtkazish. 1. Xalq sayli dasturini ishlab chiqish. 2. Xalq saylini yuqori saviyada oʻtkazish. 2022-yil sentabr Tashkilotchilar mablagʻlari Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi 8. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar qoshidagi badiiy jamoalarning Mustaqillik bayramiga bagʻishlangan tadbirlarda faol ishtirokini taʼminlash. Milliy madaniy markazlarning madaniy dasturlarini tayyorlash va bayram tadbirlarida ularning ishtirokini taʼminlash. 2022-yil avgust-sentabr Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 9. “Mustaqillik — eng ulugʻ va eng aziz neʼmat” mavzusida davlat va jamoat tashkilotlarida “Maʼrifat soati”ni, taʼlim muassasalarida “Mustaqillik darsi”ni oʻtkazish. 1. Maʼruzalar matni, taqdimot va roliklarni tayyorlash. 2. “Maʼrifat soati” va “Mustaqillik darsi”ni belgilangan muddatlarda yuqori saviyada tashkil etish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2022-yil avgust-sentabr - Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, barcha vazirlik va idoralar 10. Mamlakatimiz hududlarida “Yangi Oʻzbekiston — inson qadri va manfaatlari ulugʻlangan yurt” shiori ostida adabiy-maʼrifiy va konsert dasturlari hamda “Maʼnaviyat festivali”ni oʻtkazish. 1. Adabiy-maʼrifiy va konsert dasturlari, festival rejasi hamda ssenariysini ishlab chiqish. 2. Tadbirlarni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2022-yil davomida alohida reja asosida Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar 11. “Eng ulugʻ, eng aziz” anʼanaviy koʻrik-tanlovini oʻtkazish. 1. Tanlov shartlarini ishlab chiqish va taqdim etilgan asarlarni saralash. 2. Gʻoliblarni taqdirlashga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2022-yil avgust Tashkilotchilar mablagʻlari Jurnalistlar uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Kinematografiya agentligi, Badiiy akademiya, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi 12. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari, konsulliklarida Mustaqillik bayramiga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish. 1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Tadbirlarni amalga oshirish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2022-yil sentabr Tashkilotchilar mablagʻlari Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 13. Koʻchalarda joylashgan LED-ekranlar orqali “Mustaqillik bayraming muborak, ona Vatanim!” mavzusidagi ijtimoiy roliklarni keng namoyish etish. 1. Ijtimoiy roliklar namoyish etiladigan LED-ekranlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Mavzuga oid ijtimoiy roliklarni tayyorlash. 3. Ijtimoiy roliklarni LED-ekranlar orqali keng namoyish etish. 2022-yil avgust-sentabr Tashkilotchilar mablagʻlari Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Kinematografiya agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 14. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligi munosabati bilan “Vatan uchun yashaylik!” mavzusida eng yaxshi nasriy, sheʼriy va badiiy publitsistik asarlar tanlovini oʻtkazish. 1. Tanlov shartlarini ishlab chiqish va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish. 2. Tanlovga kelgan asarlarni saralash. 3. Tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimini oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2022-yil avgust Yozuvchilar uyushmasi mablagʻlari Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar 15. Isteʼdodli yosh ijodkorlarni aniqlash va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida anʼanaviy respublika seminarini oʻtkazish. 1. Seminar dasturi va ishtirokchilari roʻyxatini shakllantirish. 2. Seminarni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2022-yil avgust Yozuvchilar uyushmasi mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari Yozuvchilar uyushmasi, Toshkent viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq banki, manfaatdor vazirlik va idoralar 16. 25 nafar isteʼdodli yosh ijodkorning “Birinchi kitobim” loyihasi doirasida chop etilgan kitoblari taqdimotini oʻtkazish. 1. Taqdimot dasturini ishlab chiqish. 2. Taqdimotni oʻtkazish va matbuotda keng yoritish. 2022-yil avgust Yozuvchilar uyushmasi mablagʻlari Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi 17. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligiga bagʻishlangan “Ranglar jilosida — ona diyor” rasmlar koʻrik-tanlovini oʻtkazish. 1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Koʻrik-tanlovni yuqori saviyada oʻtkazish va tadbirni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2022-yil avgust “Ilhom” jamoat fondi Badiiy akademiya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar 18. Badiiy akademiya markaziy koʻrgazmalar zalida taniqli rassomlarning sanʼat asarlari koʻrgazmasini oʻtkazish. 1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2022-yil sentabr - Badiiy akademiya 19. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligiga bagʻishlangan “Milliy kino oyligi”ni oʻtkazish. 1. Tadbirlar rejasi va dasturini ishlab chiqish. 2. “Milliy kino oyligi”ni yuqori saviyada oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2022-yil sentabr Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasi, boshqa manbalar Kinematografiya agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, tegishli vazirlik va idoralar 20. Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga bagʻishlangan “Inson” hujjatli filmini tasvirga olish. 1. Film ssenariysini tayyorlash. 2. Filmni suratga olish. 3. Film taqdimotini oʻtkazish. 2022-yil sentabr Davlat buyurtmasi uchun ajratilgan davlat budjeti mablagʻlari Kinematografiya agentligi 21. Davlat teatrlarida eng sara spektakllar namoyishi va ijodkorlar bilan tomoshabinlar oʻrtasida jonli muloqotlar tashkil etish. 1. Davlat teatrlarida ochiq eshiklar kunini oʻtkazish. 2. Spektakllar namoyishiga aholi ayniqsa, yoshlarni keng jalb etish. 2022-yil 1-sentabr - Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 22. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Oʻzbekiston — umumiy uyimiz” shiori ostida mamlakatimizda yashayotgan millat va elatlarning urf-odat va qadriyatlarini targʻib etishga qaratilgan madaniy tadbir oʻtkazish. 1. Tadbir ssenariysi va dasturini ishlab chiqish. 2. Tadbirni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2022-yil avgust Mahalliy budjet va uning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 23. Madaniyat va istirohat bogʻlari hamda madaniyat markazlarida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yillik bayrami munosabati bilan “Yurtim jilosi” nomli xalq ijodiyoti badiiy havaskorlik jamoalarining konsert-tomosha dasturlarini tashkil etish. 1. Konsert-tomosha dasturlari ssenariysini tayyorlash. 2. Ijodiy jamoalar repertuarlarini shakllantirish. 3. Tadbirlar oʻtkaziladigan joylarni badiiy bezash hamda tadbirlarni tashkil etish. 2022-yil avgust-sentabr Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 24. “Eng namunali tuman”, “Eng namunali shahar”, “Eng namunali vazirlik”, “Eng namunali idora” respublika tanlovlarini oʻtkazish. 1. Tasdiqlangan nizom asosida barcha hududlarda baholash ishlarini tashkil etish. 2. Gʻolib deb topilgan tuman, shahar, vazirlik va idoralarni taqdirlash marosimini oʻtkazish va tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2022-yil avgust-sentabr Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar 25. Ommaviy axborot vositalarida taniqli olimlar, tarixchilar, siyosatchilar, iqtisodchilar, davlat arboblari, xorijiy kompaniya va korxonalar rahbarlari hamda mutaxassislar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining tarixiy ahamiyati, mamlakatimizning rivojlanish istiqbollariga bagʻishlangan “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi”, “Uchinchi Renessans”, “Yangi Oʻzbekiston — inson qadri va manfaatlari ulugʻlangan yurt” mavzularida turkum materiallar tayyorlash, koʻrsatuv va eshittirishlar tashkil etish. Mavzuga bagʻishlangan materiallar, koʻrsatuvlar, eshittirishlar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2022-yil avgust-sentabr Tashkilotchilar mablagʻlari Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Fanlar akademiyasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi 26. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yilligi munosabati bilan aholining keng qatlamlari oʻrtasida taniqli ijodkorlar, maʼnaviyat targʻibotchilari ishtirokida maʼrifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va davra suhbatlari, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar oʻtkazish. 1. Tadbirlar rejasi va dasturini ishlab chiqish. 2. Tadbirlarda taniqli ijodkorlarning ishtirokini taʼminlash choralarini koʻrish. 3. Tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2022-yil avgust-sentabr Tashkilotchilar mablagʻlari Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar 27. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi harbiy orkestrlar tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi madaniyat maskanlari, xiyobonlarda “Istiqlol bayraming muborak boʻlsin, ona diyorim!” mavzusida konsert dasturlari namoyishini tashkil etish. 1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Chora-tadbirlar rejasi asosida konsert dasturlarini oʻtkazish. 2022-yil avgust-sentabr Vazirlik va idoralarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi 28. Oʻzbekiston Respublikasi suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish boʻyicha xizmat majburiyatini bajarish vaqtida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning koʻrsatgan qahramonliklarini keng targʻib etish maqsadida, ular istiqomat qilgan mahallalarda, harbiy qism va muassasalarda, mehnat jamoalarida taniqli adib va olimlar ishtirokida “Qahramonlar nomi barhayot!” mavzusida davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar oʻtkazish. 1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish. 2022-yil avgust-sentabr Tashkilotchilar mablagʻlari Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 29. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yillik bayrami arafasida hududlarda barpo etilgan maʼnaviyat maskanlarining tantanali ochilish marosimlarini tashkil etish. Hududlarda qurilishi yakunlangan maʼnaviyat maskanlarining ochilish marosimlarini tantanali ravishda oʻtkazish va ushbu tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2022-yil avgust-sentabr Tegishli hokimliklarning mablagʻlari Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 30. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yilligi munosabati bilan fuqarolarda istiqlol qadriyatlariga sadoqat ruhini kuchaytirish, ularning ona Vatanimiz tarixiga doir bilimlarini oshirish maqsadida “OYINA.UZ” portalida onlayn viktorina tashkil etish. 1. Onlayn viktorina oʻtkazish tartibini ishlab chiqish. 2. Onlayn viktorina savollarini tuzish va texnik tayyorgarlikni amalga oshirish. 3. “OYINA.UZ” portalining telegram kanali orqali onlayn viktorinani oʻtkazish. 2022-yil avgust Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi 4. Onlayn viktorina gʻoliblarini aniqlash va taqdirlash marosimini tashkil etish. 2022-yil sentabr 31. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligiga bagʻishlangan umumxalq marafonini oʻtkazish. 1. Marafon dasturini ishlab chiqish. 2. Marafonda keng aholi qatlamlarining ishtirokini taʼminlash. 3. Marafonni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2022-yil avgust-sentabr Ijrochilar mablagʻlari Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar 32. Mamlakatimizdagi mobil aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga “Mustaqillik bayramingiz muborak boʻlsin!” degan matndan iborat SMS-tabriklar joʻnatish. - 2022-yil 1-sentabr - Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi III. Yoshlar uchun moʻljallangan tadbirlar 33. Yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ular oʻrtasida folklor sanʼatimizni keng targʻib qilish maqsadida hududlarda Yoshlar festivallarini tashkil etish. 1. Hududlarda Yoshlar festivallari oʻtkaziladigan joylarni aniqlash va tadbirlar dasturini ishlab chiqish. 2022-yil avgust Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlar mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, tegishli vazirlik va idoralar 2. Dasturlarda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. Tasdiqlangan reja asosida 34. Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishini tashkil qilish, shuningdek, isteʼdodli yosh ijodkorlarni kashf etish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida barcha hududlarda “Men nechun sevaman Oʻzbekistonni”, “Ona yurtim — oltin beshigim”, “Yangi Oʻzbekistonning yangi isteʼdodlari”, “Uygʻonish asri yoshlari” kabi mavzularda sheʼriyat kechalari hamda madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish. 1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Tadbirlarni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2022-yil avgust-sentabr Tashkilotchilar mablagʻlari Yozuvchilar uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar 35. Mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchixonalarida oʻzbekistonlik talabalar hamda ular taʼlim oladigan oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari ishtirokida “Mustaqillik kuni” tadbirlarini uyushtirish. 1. Tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha reja-grafiklarni ishlab chiqish. 2. Reja-grafik asosida tadbirlarni tashkil etish. 2022-yil avgust-sentabr Tashkilotchilar mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari Tashqi ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi 36. Mustaqillik bayrami doirasida yosh rejissorlar tomonidan mamlakatimiz teatrlarida sahnalashtirilgan spektakllarning “Debyut-2022” respublika koʻrik-festivalini oʻtkazish. 1. Koʻrik-festival nizomini ishlab chiqish. 2022-yil avgust Madaniyat vazirligiga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi 2. Koʻrik-festivalni oʻtkazish, gʻoliblarni taqdirlash va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2022-yil sentabr 37. Yoshlar oʻrtasida velomarafon tashkil qilish. 1. Velomarafon oʻtkazish rejasini ishlab chiqish. 2. Velomarafon oʻtkaziladigan joylarni tayyorlash. 3. Velomarafonni yuqori saviyada tashkil etish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2022-yil avgust-sentabr Tashkilotlar mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi 38. Yoshlarni keng jalb etgan holda “Vatan — muqaddas, uni himoya qilish — sharafli burch!” shiori ostida harbiy qismlarda ekskursiyalar tashkil etish. 1. Tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha reja-grafiklarni ishlab chiqish. 2. Reja-grafik asosida tadbirlarni tashkil etish. 2022-yil avgust-sentabr Tashkilotlar mablagʻlari Mudofaa vazirligi, DXX Chegara qoʻshinlari, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi 39. Mustaqillik tengdoshi boʻlgan isteʼdodli va intiluvchan yoshlar ishtirokida “Yangi Oʻzbekiston va men” mavzusida ijtimoiy roliklar tayyorlash va ularni ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targʻib etish. 1. Ishtirokchi yoshlarni saralab olish va ijtimoiy roliklar tayyorlash. 2. Saralab olingan ijtimoiy roliklarni Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish. 2022-yil avgust-sentabr Tashkilotlar mablagʻlari Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi 40. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yilligi munosabati bilan mahallalardagi yoshlar oʻrtasida “Besh bosqichli olimpiada” sport musobaqalarini oʻtkazish. 1. Olimpiada bellashuvlarini oʻtkazish boʻyicha hujjatlar loyihasini ishlab chiqish. 2. Bellashuvlar reja-grafigini tasdiqlash. 3. Reja-grafikka asosan bellashuvlarni oʻtkazish. 2022-yil sentabr — dekabr Davlat budjeti mablagʻlari Sportni rivojlantirish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar 41. Hududlardagi yirik tadbirkorlik subyektlari rahbarlari ishtirokida “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etish. 1. Ochiq muloqotlar oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish. 2. Jadval asosida ochiq muloqotlarni oʻtkazish. 2022-yil avgust-sentabr Tashkilotlar mablagʻlari Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar
