2022-yilning 8-9-sentabr kunlari Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqqa aʼzo davlatlar parlamentlari ayol-rahbarlarining 14-sammitini oʻtkazish toʻgʻrisida (KQ-390-IV-son)
21.07.2022
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining Parlamentlararo ittifoq tadbirlaridagi ishtiroki (2021-yil 5 — 9-sentabr, Vena shahri) doirasida bildirilgan takliflarni amalga oshirish boʻyicha amaliy tadbirlar rejasi (“yoʻl xaritasi”)ga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Parlamentlararo ittifoqqa aʼzo davlatlar parlamentlari ayol-rahbarlari 14-sammitining (bundan buyon matnda Sammit deb yuritiladi) konsepsiyasi 1-ilovaga;
Sammitni oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita (bundan buyon matnda Tashkiliy qoʻmita deb yuritiladi) tarkibi 2-ilovaga;
Sammitni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga;
Sammit dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tashkiliy qoʻmita:
Sammitni yuqori saviyada oʻtkazishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlasin;
Sammit ishtirokchilarining kelib-ketishi, vizalari rasmiylashtirilishi, transport bilan taʼminlanishi va ularga tibbiy xizmatlar koʻrsatish masalalarini muvofiqlashtirib borsin;
Sammitni oʻtkazish bilan bogʻliq axborot-tahliliy va boshqa hujjatlarning oʻz vaqtida hamda sifatli tayyorlanishini taʼminlasin;
Sammit oʻtkaziladigan joylarning texnik va telekommunikatsiyalar bilan jihozlanishini, obodonlashtirish ishlari olib borilishini tashkil etish, shuningdek, Toshkent va Samarqand shaharlarida zarur mehmonxonalarning tayyor boʻlishi va band qilinishini taʼminlasin;
Sammit oʻtkaziladigan joylarda sanitariya-epidemiologik qoidalarga qatʼiy rioya etilishi choralarini koʻrsin;
dunyodagi sanitariya-epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, Sammitning ayrim ishtirokchilari uchun onlayn qatnashish imkoniyatini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi (M. Kadirxanova), Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi (R. Alimov) hamda Tashqi ishlar vazirligi (G. Fazilov) bilan birgalikda 23-iyulga qadar Sammitda ishtirok etish istagini bildirgan xalqaro parlamentlararo tashkilotlar vakillari, Parlamentlararo ittifoqqa aʼzo davlatlar va tashkilotda kuzatuvchi davlatlarning ayol-rahbarlari roʻyxatini Tashkiliy qoʻmitaga taqdim etsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Sammitning xorijiy ishtirokchilari uchun Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari tomonidan, shuningdek, zarur hollarda Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida va “Samarqand” xalqaro aeroportida Sammitning xorijiy ishtirokchilari uchun kirish vizalarini konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarni qoplash uchun hisob raqamiga yigʻimlar undirmasdan rasmiylashtirsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent va Samarqand shaharlarida tadbir oʻtkaziladigan joylarda Sammit ishtirokchilari xavfsizligini, shuningdek, Sammit ishtirokchilari uchun ajratilgan transport vositalarining harakatlanishi xavfsizligini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Sammitning ochilish marosimida, tanaffus va tushlik, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nomidan Sammit ishtirokchilari uchun tashkil etiladigan rasmiy kechki qabul marosimida konsert dasturi va boshqa taqdimotlarni tashkil etish choralarini koʻrsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda Samarqand viloyati hokimligi Sammit ishtirokchilarini barcha tarixiy-madaniy meros obyektlariga kirish chiptalari bilan bepul taʼminlasin, tashrif mobaynida foto va videolavhalarni suratga olish imkoniyatini yaratsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Sammit oʻtkaziladigan joyda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi ustidan davlat sanitariya nazoratini olib borsin;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda Sammit xorijiy ishtirokchilarining “COVID-19” boʻyicha bepul laboratoriya tekshiruvidan (PCR test) oʻtkazilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, “Uzbekistan airways”, “Uzbekistan airports” va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatlari tegishincha Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportini, Samarqand xalqaro aeroportini, Toshkent va Samarqand temir yoʻl vokzallarini hamda ulardagi VIP zallarni Sammit ishtirokchilarini kutib olish, kuzatish va ularga xizmat koʻrsatish uchun tayyorlash choralarini koʻrsin hamda VIP zallardan yigim va bojlar, shuningdek, zal xizmati uchun toʻlovlar undirilmay foydalanilishini taʼminlasin.
10. Samarqand viloyati hokimligi:
Sammit ishtirokchilarini Samarqand temir yoʻl vokzalida va Samarqand xalqaro aeroportida kutib olish va kuzatish, shuningdek, Samarqand shahri boʻylab sayohatni tashkil etish uchun zarur avtotransport vositalarini ajratsin;
Samarqand shahrida keng koʻlamda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish hamda Sammit oʻtkaziladigan binolar va hududlarni talab darajasida tayyorlash choralarini koʻrsin;
Sammit oʻtkaziladigan joyda hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼati koʻrgazmalarini tashkil etish, Sammitning xorijiy ishtirokchilari uchun Samarqand viloyati hokimligi nomidan esdalik sovgʻalarini berish choralarini koʻrsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2022-yilning 1-avgustiga qadar Sammitni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilishini koʻzda tutuvchi Sammitning xarajatlar smetasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Xalqaro press-klub va Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda:
Sammitning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmogʻi orqali keng yoritish;
Sammit ishtirokchilari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Parlamentlararo ittifoqqa aʼzo davlatlar va tashkilotda kuzatuvchi davlatlar parlamentlari aʼzolari, xalqaro tashkilotlar, vazirlik va idoralar vakillari hamda ekspert va olimlar bilan intervyular, maxsus reportajlar, brifing, press-klub koʻrsatuvlarini tashkil etish;
mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida xolis va toʻliq maʼlumotlarning keng jamoatchilikka tezkor yetkazilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
13. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
14. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2022-yil 21-iyul,
KQ-390-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 21-iyuldagi KQ-390-IV-sonli qaroriga 1-ILOVA
Parlamentlararo ittifoqqa aʼzo mamlakatlar parlamentlarining rahbar ayollari sammitini oʻtkazish
KONSEPSIYASI
(2022-yil 8-9-sentabrʼ, Toshkent shahri)
I. Kirish
1. COVID-19 pandemiyasi kutilmagan inqirozni keltirib chiqardi, Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishga putur yetkazdi va butun dunyoda kambagʻallik, tengsizlik va zaiflikni kuchaytirdi. 2022-yilda jahon iqtisodiyotining tiklanishi beqarorligicha qolmoqda, bunga turli xil harbiy mojarolar ham toʻsqinlik qilmoqda. Prognozlarga koʻra kelgusi yillarda koʻpchilik mamlakatlar katta budjet taqchilligiga duch keladi va parlamentlar bu muammolarni hal qilishga tayyor boʻlishi kerak.
2021-yilda parlament spikerlarining beshinchi Butunjahon konferensiyasida toʻplangan parlament rahbarlari ham jahon iqtisodiyotini tiklashga chaqirdi, bu mojarolarning asl sabablarini bartaraf etish va tinch, adolatli va inklyuziv jamiyat barpo etish boʻyicha saʼy-harakatlarni qaytadan boshlashga koʻmaklashadi.
Iqtisodiyotni tiklash samarali va uzoq muddatli boʻlishi uchun u barqaror rivojlanishning barcha jihatlarini, shu jumladan ekologik komponentni izchil aks ettirishi kerak. Shu bilan birga, uning aholining alohida guruhlariga, shu jumladan, xotin-qizlar, yoshlar va bolalar, nogironlar hamda jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga taʼsirini baholash zarur.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va barqarorligini oshirish iqtisodiyotni tiklash jarayonida bugun eʼtiborga olinishi kerak boʻlgan yana bir asosiy jihatdir. Raqamli iqtisodiyotni targʻib qilish raqamli texnologiyalardan foydalanishda innovatsiyalarni, shuningdek, raqamli tafovut, ommaviy kuzatuv, hiyla ishlatish va yolgʻon xabarlarni tarqatish, shu jumladan kamsitish, tazyiq oʻtkazish, nafrat qoʻzgʻatish va zoʻravonlik kabi xavflarni bartaraf etishni anglatadi. Xotin-qizlar ham raqamli tengsizlikdan jabr koʻrmoqda, ular raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniga ega boʻlganda ularning huquq va erkinliklari koʻpincha poymol qilinmoqda.
Barqarorlikni oshirish va farovonlikni taʼminlashga qaratilgan barcha ustuvor sohalarda kuchli va institutsional tuzilmalar zarur. Demokratiya va taraqqiyotning tamal toshi sifatida parlamentlar, agar ular inqirozlardan olingan saboqlarga tayangan va kelajakdagi xavflarni oldindan taxmin qilgan holda, barcha uchun barqarorlik va farovonlikni taʼminlashga qodir samarali institutlarga aylanishni xohlasa, kuchli, inklyuziv boʻlishi va gender jihatlarni hisobga olishi kerak.
Ayni paytda Oʻzbekistonda jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab oluvchi jadal islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakat parlamentining roli va nufuzini tizimli va izchil oshirib borish amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda milliy parlamentning islohotlarni amalga oshirish, eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy vazifalarni hal etishdagi vakolatlari va ishtiroki sezilarli darajada kengaydi.
Milliy parlament koʻplab xalqaro parlamentlararo tashkilotlar, jumladan, Parlamentlararo ittifoqning faol ishtirokchisiga aylandi.
Islohotlarni amalga oshirishda gender tenglikka erishish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, jamiyat va davlat hayotidagi rolini kuchaytirishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bu, oʻz navbatida, Oʻzbekiston xotin-qizlarni har qanday kamsitishlardan huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy himoya qilishni taʼminlaydigan barcha asosiy xalqaro hujjatlarga qoʻshilganida ham namoyon boʻlmoqda.
Oʻzbekistonning xotin-qizlarning kundalik hayotga qoʻshayotgan hissasini oshirish, erishilgan yutuqlarni qoʻllab-quvvatlash va taraqqiyotni taʼminlash borasidagi tajribasini inobatga olgan holda Parlamentlararo ittifoq 2022-yilda Oʻzbekistonda parlamentlar ayol rahbarlarining 14-sammitini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qildi, Sammit “Parlament yetakchiligi: barqarorlik va farovonlikni yanada samarali taʼminlashda xavf-xatarlarni baholash” mavzusiga bagʻishlandi.
Bu qaror Oʻzbekistonning parlamentarizmini rivojlantirish borasida erishgan yutuqlari, gender siyosatdagi salmoqli yutuqlar, shuningdek, jamiyatni demokratlashtirish yoʻlidagi tub islohotlar muvaffaqiyati jahon hamjamiyati tomonidan eʼtirof etilishidir.
Alohida taʼkidlab oʻtish joiz, jahon mamlakatlari parlamentlari barcha ayol rahbarlari ishtirokidagi bunday miqyosdagi tadbir Oʻzbekistonda va butun mintaqada ilk bor tashkil etilmoqda.
2. Sammitning asosiy maqsadi — COVID-19 pandemiyasi va u bilan bogʻliq boʻlgan inqirozlar taʼsirida barqarorlik va farovonlikni samarali taʼminlash uchun gender tenglikni taʼminlash hamda xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha parlamentlar uchun ustuvor yoʻnalishlar va harakatlarni belgilab olish.
3. Sammit ishi ikki sessiyadan (1 — pandemiyadan keyin global tiklanishiga toʻsqinlik qiluvchi xavflarni bartaraf etish; 2 — texnologiyalar bilan bogʻliq xavflarning oldini olish va texnologiya olamida inson huquqlari hamda gender tenglikni himoya qilish) va bitta maxsus segmentdan (barqarorlik va farovonlikka qaratilgan gender masalalariga yoʻnaltirilgan parlamentlar) iborat.
II. Sammit tashkilotchilari va ishtirokchilari
2.1. Parlamentlararo ittifoq va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sammitning asosiy tashkilotchilari hisoblanadi.
2.2. Parlamentlararo ittifoqqa aʼzo mamlakatlar parlamentlari palatalarining ayol rahbarlari (spikerlari), deputat ayollar, xalqaro parlamentlararo tashkilotlar vakillari ishtirok etish uchun taklif etiladi.
2.3. Sammitni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va oʻz vaqtida bajarish Tashkiliy qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi.
III. Sammitda muhokama qilinadigan asosiy masalalar
Sammit doirasida quyidagi asosiy masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan:
adolat, integratsiya va atrof muhit muhofazasiga asoslangan barqaror rivojlanish nuqtai nazaridan iqtisodiyotni tiklash;
xotin-qizlarning ehtiyojmandligini, shu jumladan reproduktiv salomatlik sohasidagi ehtiyojmandligini kamaytirish uchun zarur chora-tadbirlar;
COVID-19 pandemiyasidan keyin iqtisodiyotni tiklash boʻyicha ilgʻor tajriba;
COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan raqamli iqtisodiyot va mehnat sohasida texnologik innovatsiyalarni targʻib qilish;
xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini Internetda targʻib qilish va himoya qilishda parlamentlarning harakatlari.
IV. Kutilayotgan natijalar
Sammit:
COVID-19 pandemiyasining iqtisodiy oqibatlariga doir masalalar yuzasidan rahbar ayollar oʻrtasida fikr almashishga;
raqamli makonda inson huquqlari himoyasini va gender tenglikni taʼminlash uchun tartibga solish usullari va taktikasini ishlab chiqish yoki qayta koʻrib chiqishga;
parlamentlarning genderga masalalarga javob berishga, xavf-xatarlarni oldindan bilishga va tinchlik, barqarorlik hamda farovonlikni samaraliroq taʼminlashga tayyorligi va bunga qodirligi yakunlarini sarhisobga qilishga koʻmaklashadi.
Sammit yakunlari boʻyicha Toshkent deklaratsiyasini qabul qilish nazarda tutilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 21-iyuldagi KQ-390-IV-sonli qaroriga 2-ILOVA
2022-yilning 8-9-sentabr kunlari Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqqa aʼzo davlatlar parlamentlari ayol-rahbarlarining 14-sammitini oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita
TARKIBI
1. B. Sayfullayev — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi, Tashkiliy qoʻmita raisi 2. Z. Mahkamova — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi, Tashkiliy qoʻmita hamraisi 3. M. Kadirxanova — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi 4. R. Alimov — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi 5. D. Fayziyeva — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi (kelishuv asosida) 6. G. Marufova — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator 7. N. Doʻsmatov — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyati mudiri 8. G. Fazilov — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari 9. A. Toshkulov — Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vaziri 10. O. Nazarbekov — Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri 11. S. Xolxoʻjayev — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari 12. O. Pekos — Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari 13. A. Inoyatov — Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari 14. E. Muxitdinov — Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari 15. A. Voitov — Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari 16. O. Parpiboyeva — Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raising birinchi oʻrinbosari 17. G. Rahimova — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari 18. B. Abdullayev — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari 19. B. Ibrohimov — Oʻzbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirining oʻrinbosari 20. A. Moʻminov — Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining oʻrinbosari 21. Sh. Turdiqulova — Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari 22. M. Tillabayev — Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi raisining birinchi oʻrinbosari 23. D. Vahobov — Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi 24. G. Rashidova — Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisining oʻrinbosari 25. J. Ortiqxoʻjayev — Toshkent shahar hokimi 26. E. Turdimov — Samarqand viloyati hokimi 27. A. Xodjayev — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori 28. A. Xadjayev — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi 29. A. Koʻchimov — Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori 30. J. Usmonov — Xalqaro press-klub rahbari 31. Sh. Qudratxoʻja — Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi bosh direktori 32. S. Suyarov — “Dunyo” axborot agentligi direktori 33. M. Mirxamidov — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Xalqaro aloqalar boʻlimi mudiri v.b., Tashkiliy qoʻmita masʼul kotibi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 21-iyuldagi KQ-390-IV-sonli qaroriga 3-ILOVA
2022-yilning 8-9-sentabr kunlari Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqqa aʼzo davlatlar parlamentlari ayol-rahbarlarining 14-sammitini oʻtkazish boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR REJASI
T/r Chora-tadbirlar Bajarish muddati Masʼul ijrochilar 1. Tashkiliy ishlar 1. Xalqaro sammitning xarajatlar smetasi loyihasini tayyorlash. 22-iyul Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis Senati, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi Samarqand viloyati hokimligi 2. Xalqaro sammitni oʻtkazish doirasidagi tashkiliy masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini tayyorlash. 25-iyul Oliy Majlis Senati, Vazirlar Mahkamasi (kelishuv asosida) Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Samarqand viloyati hokimligi 3. Xalqaro sammit oʻtkaziladigan joyda shtab tashkil etish va shtabni internet, telefon, kompyuter, skaner, printer, proyektor, ekran va boshqalar bilan taʼminlash. 1-avgust Toshkent shahar hokimligi, Oliy Majlis Senati, Tashqi ishlar vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 4. Xalqaro sammit tadbirlarini oʻtkazish joylarini tayyorlash (obodonlashtirish, elektr taʼminoti tizimini toʻliq tekshirish, lift, yongin xavfsizligi, yorugʻlik, havoni tozalash va suv taʼminoti, hududlarni va ichki binolarni). 15 — 20-avgust Toshkent shahar hokimligi, Samarqand viloyati hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar 5. Xalqaro sammit doirasidagi barcha tashrif obyektlari va yoʻnalishlarini bezatish (qutlov transparantlar, LED-ekranlar, tashqi yoritish va bannerlar) konsepsiyasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 15-avgust Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Samarqand viloyati hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Transport vazirligi, Qurilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi 6. Tadbir oʻtkaziladigan obyektlarda belgilangan tartibda yuqori tezlikdagi uzluksiz internet va toʻgʻridan toʻgʻri xalqaro telefon aloqasi bilan taʼminlash. Tadbir doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahar hokimligi 7. Xalqaro sammit doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan zalni texnik jihatdan tashkil etish (LED ekran, mikrofonlar, taqdimotlar, sinxron tarjima qilish uskunalari va h.k.) 20-avgust Toshkent shahar hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy Majlis Senati, Senat binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi 8. Xalqaro sammitda videokonferensaloqa orqali ishtirok etadiganlar uchun “zoom” havolasini yaratish. Tadbir kuni “zoom” aloqasining sifatli ishlashini taʼminlash. 20-avgust Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahar hokimligi 9. Tadbir ishtirokchilarini kutib olish uchun bannerlar va tarqatma materiallar (sumka, bloknot, ruchka, beyjik va boshqa anjomlar) dizaynini ishlab chiqish va tasdiqlash. 20-iyul Toshkent shahar hokimligi, Oliy Majlis Senati, Senat binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi 10. Sammit uchun banner tayyorlash va joylashtirilishini tashkil etish. Xalqaro sammit nomi va logotipi tushirilgan sumka, bloknot, ruchka, beyjik va boshqa anjomlarni tayyorlash. Tadbir oʻtkaziladigan kuni ularning tarqatilishini taʼminlash. 25-avgust Toshkent shahar hokimligi, Oliy Majlis Senati, Senat binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi 11. Xalqaro sammit uchun furshetka va yozuvlarni tayyorlash. 25-avgust Oliy Majlis Senati, Toshkent shahar hokimligi, Senat binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi 12. Xalqaro sammit doirasida bunyod etilayotgan obyektlarda imkoniyati cheklangan shaxslarga shart-sharoit yaratish. 25-avgust Toshkent shahar hokimligi 13. Xalqaro sammit kuni (oʻzbek, rus va ingliz tillarida) sinxron tarjima qilinishini tashkil etish. Tadbir doirasida Oliy Majlis Senati, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi 14. Xalqaro sammit ishtirokchilari uchun kofe-breyk va tushlik tashkil etish (200 kishiga moʻljallangan 2 mahal kofe-breyk va tushlik). Xalqaro forum ishtirokchilari uchun Hukumat nomidan rasmiy qabul (kechki ovqat) tashkil etish. Tadbir doirasida Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Oliy Majlis Senati, Senat binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi 15. Ishtirokchilar uchun esdalik hamda suvenir sovgʻalarini tayyorlash. 10-avgust Toshkent shahar hokimligi, Oliy Majlis Senati, Senat binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi 16. Xorijiy ishtirokchilarning Oʻzbekistonga tashrifi mobaynida tarjimon-volonterlar va gid-tarjimonlarni yetarli miqdorda jalb qilish (Sammit ishi davomida, yashash joylarida, I. Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti, Samarqand/Buxoro aeroportlari va temir yoʻl vokzallari, ziyorat qilish joylarida) 20-avgust Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Samarqand/Buxoro viloyatlari hokimliklari 17. Sammitning xorijiy ishtirokchilariga, shu jumladan OAV vakillariga vazirlik va idoralarning rahbarlari va masʼul xodimlarini oldindan ishlab chiqilgan takliflar asosida biriktirish va ularning maʼlumotlarini tegishli vazirlik, tashkilot va idoralarga yuborish (ish va mobil telefon raqami, elektron pochta manzili, biriktirilgan avtotransport va haydovchining mobil telefon raqami) 20-avgust Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Markaziy Osiyo xalqaro instituti, Toshkent shahar hokimligi II. Xorijiy delegatsiyalarning ishtirokini tashkil etish 18. Xalqaro sammitning xorijiy ishtirokchilari roʻyxatini shakllantirish va tegishli taklifnomalar yuborish. 20-iyul Oliy Majlis Senati, Tashqi ishlar vazirligi 19. Xalqaro sammit mahalliy ishtirokchilari roʻyxatini shakllantirish va tegishli taklifnomalar yuborish. 20-iyul Oliy Majlis Senati 20. Xalqaro forumda ishtirok etadigan Oʻzbekistondagi xalqaro tashkilotlar hamda diplomatik korpus vakillari roʻyxati loyihasini shakllantirish va tegishli taklifnomalar yuborish. 20-iyul Oliy Majlis Senati, Tashqi ishlar vazirligi 21. Xalqaro forum mehmonlari va ishtirokchilarining yakuniy roʻyxatini umumlashtirish hamda zalda joylashish sxemasini tuzish. 5-avgust Oliy Majlis Senati, Tashqi ishlar vazirligi 22. Delegatsiya rahbarlariga hamrohlik qilish uchun Hukumat vakillarini biriktirish boʻyicha takliflar taqdim etish. 5-avgust Oliy Majlis Senati, Vazirlar Mahkamasi (kelishuv asosida) 23. Viza talabnomalariga binoan Sammitning xorijiy ishtirokchilari uch�n konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti va Samarqand xalqaro aeroportida kirish vizalarining oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlash. 7 — 10-sentabr Tashqi ishlar vazirligi, Oliy Majlis Senati 24. Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda va Samarqand xalqaro aeroportida xorijiy delegatsiya aʼzolarini munosib kutib olish: “Toshkent-1”, “Toshkent-3” terminallari, “VIP” va “CIP” zallarini tadbir ishtirokchilariga xizmat koʻrsatish uchun tayyorlash; uchish polosalari, turish joylari, traplar, tutash hudud infratuzilmasi va ushbu joylarni obodonlashtirish; flagshtoklar, bayroqlar, poyandozlarni tayyorlash; yuqori darajadagi mehmonlarga guldasta beradigan qizlarni aniqlash va ularga yoʻl-yoʻriq koʻrsatish. 7 — 10-sentabr Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Samarqand viloyati hokimligi, Oliy Majlis Senati 25. Xalqaro sammitni oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasida yigʻilish oʻtkazish. 20-avgust Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis Senati 26. Tadbir mobaynida delegatsiyalarni avtotransport vositalari bilan taʼminlash hamda aeroportlarda kutib olishdan boshlab kuzatgunga qadar delegatsiyalar dasturlariga binoan ajratiladigan barcha avtotransport kortejlarini aniq taqsimotini taʼminlash. 10-avgust Vazirlar Mahkamasi, Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Samarqand viloyati hokimligi, Oliy Majlis Senati 27. Ishlab chiqilgan dasturga muvofiq Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi masʼullari hamrohligida transport xizmatlarini koʻrsatish. Tadbir doirasida Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Samarqand viloyati hokimligi 28. Tegishli mehmonxona majmualarini tayyorlash va chet ellik ishtirokchilarni joylashtirish, yon-atrofni obodonlashtirish va xona zaxirasining tayyorligini tekshirish. 15-avgust Toshkent shahar hokimligi, Samarqand viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi 29. Shaharlararo avia va temir yoʻl yoʻnalishlari boʻyicha reyslar sonini oshirish va xalqaro Forum ishtirokchilari uchun “Toshkent-Samarqand” va “Samarqand-Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha Afrosiyob tezyurar poyezdi chiptalarini band qilish. 15-avgust Transport vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Oliy Majlis Senati 30. Mehmonlarning Toshkent va Samarqand shaharlari aeroportlarida va chegara nazorat-oʻtkazish punktlarida bojxona va chegara nazoratidan toʻsiqlarsiz oʻtishlarini taʼminlash. Tadbir doirasida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Uzbekistan airports” AJ, Tashqi ishlar vazirligi 31. Mahalliy temir yoʻl vokzallarida mehmonlarni kutib olish va kuzatishni taʼminlash. 10-11-sentabr Oliy Majlis Senati, Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi III. Tadbirga oid hujjatlarni tayyorlash 32. Xalqaro sammit dasturi, konsepsiyasi va logotipi loyihasini tayyorlash. 20-iyul Oliy Majlis Senati, Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi 33. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Sammit ishtirokchilariga yoʻllaydigan murojaati (maʼruzasi) loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. 20-avgust Oliy Majlis Senati, Tashqi ishlar vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi 34. Xalqaro sammit takliflari loyihasini ishlab chiqish. 25-avgust Oliy Majlis Senati, Tashqi ishlar vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti 35. Xalqaro sammitda bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflarni, shuningdek tadbir yakuni yuzasidan hisobot tayyorlash. 10-sentabr Oliy Majlis Senati, Strategik va mi�taqalararo tadqiqotlar instituti, Tashqi ishlar vazirligi, Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi IV. Tadbirning OAVda yoritilishini tashkil qilish 36. Xalqaro sammitni yoritish boʻyicha media-reja ishlab chiqish. 30-iyul Oliy Majlis Senati, MTRK, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Dunyo” axborot agentligi 37. Xalqaro sammitni yoritish boʻyicha mahalliy hamda akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy OAV vakillari roʻyxatini shakllantirish. OAV vakillariga taklifnomalar yuborish. 30-iyul Oliy Majlis Senati, MTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Dunyo” axborot agentligi 38. Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun kompyuterlar, Wi-Fi va boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlangan matbuot markazini tashkil etish. 15-avgust Toshkent shahar hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 39. Xalqaro sammit oʻtkazilishi haqida eʼlon tayyorlash va uni Parlamentlararo ittifoqqa aʼzo davlatlaridagi elchixonalar va OAV orqali tarqatish. 30-iyul Oliy Majlis Senati, MTRQ Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Dunyo” axborot agentligi 40. Xalqaro sammit oʻtkazilishi toʻgʻrisida kamida 3 ta videorolik hamda “anons” tayyorlash va OAV, jumladan Internet saytlari orqali tarqatilishini tashkil etish. 30-iyul Oliy Majlis Senati, MTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Dunyo” axborot agentligi 41. “Dunyo” axborot agentligi veb-saytida, shuningdek chet el ommaviy axborot vositalari uchun eʼlonlar tayyorlash va uni eʼlon qilish, Forum toʻgʻrisidagi axborot materiallarini manfaatdor chet davlatlar orasida tarqatish. 20-avgust Tashqi ishlar vazirligi, “Dunyo” axborot agentligi, Oliy Majlis Senati, MTRQ Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi 42. Poyezd va samolyotlarda kamida bir marotaba Xalqaro sammit haqidagi rolik uzatilishini yoʻlga qoʻyish. 5 — 7-sentabr Transport vazirligi, Oliy Majlis Senati 43. Markaziy va hududiy telekanallarda Xalqaro sammit toʻgʻrisida maxsus koʻrsatuvlar tashkil qilish. 7 — 10-sentabr MTRK,Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi,Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oliy Majlis Senati 44. Xalqaro sammitdan oldin, sammit kuni va sammitdan keyin mahalliy va xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy ekspertlar ishtirokida OAV uchun intervyular tashkil etish. Tadbir doirasida Oliy Majlis Senati, MTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Dunyo” axborot agentligi 45. Xalqaro sammit yakunlari boʻyicha matbuot anjumanini tashkil etish. Tadbirdan keyin Oliy Majlis Senati, MTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Dunyo” axborot agentligi V. Madaniy-ijtimoiy tadbirlarni tashkil etish 46. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan rasmiy qabul marosimining dastlabki ssenariyini ishlab chiqish. 25-iyul Madaniyat vazirligi,Oliy Majlis Senati, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar 47. Tadbirlar ishtirokchilari roʻyxatini tuzish va konsert dasturi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan ziyofatga taklifnomalar dizaynini tayyorlash. 25-iyul Oliy Majlis Senati, Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar 48. Xalqaro sammit ishtirokchilari uchun tarixiy obidalar boʻylab sayohatni tashkil etish dasturi loyihasini tayyorlash. 25-iyul Samarqand viloyati hokimligi, Toshkent shahar hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Oliy Majlis Senati 49. Sammit ishtirokchilarini barcha tarixiy-madaniy meros obyektlariga kirish chiptalari bilan bepul taʼminlash, tashrif mobaynida foto va videolavhalarni suratga olish imkoniyatini yaratish. Sammit dasturiga muvofiq Turizm va madaniy meros vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita VI. Ishtirokchilarning mamlakatdagi xavfsizligini taʼminlash 50. Delegatsiyalar harakati xavfsizligini taʼminlash, tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish uchun ajratilgan transport vositalarining texnik holatini nazorat qilish, delegatsiyalar tashrif buyuradigan hamda tunash joylarida jamoat tartibini saqlash, guruh boʻlib harakatlanishlarida xavfsizlikni taʼminlash. Tadbir doirasida Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi 51. Sanitariya-epidemiologiya nazoratini kuchaytirish va tadbir davomida tibbiy yordam koʻrsatish, aeroportlarda, chet ellik ishtirokchilarning yashash joylarida tez t?bbiy yordam va tibbiyot xodimlari navbatchiligini taʼminlash. Sammit doirasidagi tashrif obyektlarida sanitariya-gigiyena qoidalari va normalari asosida dezinfeksiya qilish ishlarining amalga oshirilishini taʼminlash. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda Forum xorijiy ishtirokchilarining “COVID-19” boʻyicha bepul laboratoriya tekshiruvidan (PCR test) oʻtkazilishini taʼminlash. Tadbir doirasida Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizm�ti, Transport vazirligi, “Uzbekistan Airports” AJ 52. Sammit doirasida oziq-ovqat zaxirasini shakllantirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va sifat nazorati tizimini joriy etish yuzasidan zaruriy kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 10-avgust Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar hokimligi 53. Xorijiy ishtirokchi davlatlarning xavfsizlik nuqtai nazaridan sanitariya-epidemiologik talablarini oʻrgangan holda Toshkent va Samarqand shaharlarida mazkur talablarga toʻliq rioya etilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. 10-avgust Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Samarqand viloyati hokimligi, Tashqi ishlar vazirligi 54 Sammitga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish davrida profilaktika nuqtai nazaridan shahar hududida joylashgan aholi yashash xonadonlari, davlat tasarrufidagi obyektlar, shuningdek, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha obyektlar, oʻta muhim va toifalangan obyektlar, yongʻin-portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlar, mehmonxonalar, tarixiy obidalar, restoran, oshxonalar va boshqa obyektlarning favqulodda vaziyatlar va yongʻin xavfsizligi holatini oʻrganib chiqish. 25-avgustga qadar Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qoʻldoshev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Samarqand viloyati hokimligi (E. Burdimov), Transport vazirligi (I. Mahkamov) Sammitning asosiy tadbirlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan inshoot hududidagi koʻp qavatli binolarda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar, yongʻin oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish va insonlarni evakuatsiya qilishda foydalanish uchun shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash maqsadida statsionar, koʻchib yuruvchi va mobil kompressor (stansiya)lar bilan taʼminlash choralarini koʻrish. 10-avgust
Izoh: Zarur hollarda Oliy Majlis Senati mazkur chora-tadbirlar rejasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 21-iyuldagi KQ-390-IV-sonli qaroriga 4-ILOVA
“Parlament yetakchiligi: barqarorlik va farovonlikni yanada samarali taʼminlashda xavf-xatarlarni baholash” mavzusida Parlamentlararo ittifoqqa aʼzo mamlakatlar parlamentlari ayol spikerlari 14-sammitining dasturi
(Toshkent, Oʻzbekiston, 2022-yil 8-9-sentabrʼ)
BIRINChI KUN 7-sentabr, chorshanba 09.00-18.00 — delegatlarni roʻyxatga olish. IKKINChI KUN 8-sentabr, payshanba 09.00-09.30 — spiker ayollar 14-sammitining ochilish marosimi Tanzila Narbayeva — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Duarte Pacheko — Parlamentlararo ittifoq raisi 09.30-09.45 — asosiy nutq Amina Muxammad — BMT Bosh kotibining birinchi oʻrinbosari 09.45-10.00 — guruh boʻlib rasmga tushish 10.00-10.30 — kofe-breyk 10.30-13.00 — Birinchi sessiya: “Pandemiyadan keyin global tiklanishiga toʻsqinlik qiladigan xavflarni bartaraf etish” Ushbu sessiya jahon mamlakatlari parlamentlari ayol rahbarlari uchun adolat, integratsiya va atrof muhitni muhofaza qilishga asoslangan barqaror rivojlanish nuqtai nazaridan iqtisodiyotni tiklashga eʼtibor qaratish uchun platformaga aylanadi. Taklif etilgan spikerlar kirish soʻzi. Takliflar: Gay Rayder — Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bosh direktori; Mishel Jan — Xalqaro frankofoniya Tashkilotining (XFT) sobiq bosh kotibi va Kanada bosh gubernatori; Inger Andersen — BMT Bosh kotibi oʻrinbosari va BMTning Atrof muhit boʻyicha dastur YuNEP) ijrochi direktori Muhokama uchun asosiy masalalar: COVID-19 pandemiyasidan olingan qaysi sabohlardan iqtisodiy barqarorlikni oshirish uchun foydalanish mumkin? Tengsizlik va zaiflikni kamaytiradigan ijtimoiy va hamjihatlik iqtisodiyotiga qanday erishish mumkin? Xotin-qizlarning, jumladan, reproduktiv salomatlik sohasidagi zaifligini kamaytirish va ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish uchun qanday choralar koʻrish kerak? Iqtisodiy tiklanish iqlim oʻzgarishi komponentini oʻz ichiga olishini qanday taʼminlash mumkin? Tegishli mamlakatlarda iqtisodiyotni tiklash boʻyicha qanday ilgʻor usullarni jahon parlamentlaridagi ayol rahbarlar eng yaxshi amaliyotga misol qilib keltirishi mumkin? 13.00-14.30 — tushlik 14.30-16.30 — Ikkinchi sessiya: “Texnologiyalar bilan bogʻliq xavflarning oldini olish va texnologiyalar olamida inson huquqlari hamda gender tenglikni himoya qilish” Yangi texnologiyalar odamlar hayotining koʻplab sohalarida, ularning ishida va ijtimoiy oʻzaro munosabatlarida imkonsiz narsalarni amalga oshirish imkonini berdi. Xususan, masofaviy taʼlim olish, “bir marta bosish bilan” bir zumda maʼlumot almashish va dunyoning turli burchaklaridan kelgan odamlarni bogʻlash mumkin boʻldi. Bu tadqiqotning rivojlanishi va innovatsiyalarning gullab-yashnashi uchun turtki boʻldi. Taklif etilgan spikerlarning kirish soʻzlari. Takliflar: Mishel Bachelet — BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari (yaqinda lavozimini tark etadi) yoki Nada Al-Nashif — Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissar oʻrinbosari; Rim Alsalem — BMTning xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlik, uning sabablari va oqibatlari boʻyicha maxsus maʼruzachisi; ijtimoiy tarmoq kompaniyasi vakili (facebook) Muhokama uchun asosiy savollar: COVID-19 pandemiyasi raqamli iqtisodiyot va mehnat sohasida texnologik innovatsiyalar surʼatini qanday tezlashtirdi? Milliy va xalqaro darajalarda raqamli tafovutni bartaraf etish boʻyicha qanday tashabbuslar amalga oshirilmoqda? Qanday qilib parlamentlar xotin-qizlar huquq va erkinliklarini Internetda yaxshiroq targʻib qilishi va himoya qilishi mumkin? 19.00 — Jahon mamlakatlari parlamentlari ayol rahbarlari sharafiga tantanali qabul marosimi UChINChI KUN 9-sentabr, juma 09.00-12.00 — “Barqarorlik va farovonlikni taʼminlashga qaratilgan gender masalalariga yoʻnaltirilgan parlamentlar” mavzusida maxsus segment: Parlamentlararo ittifoqning gender jihatlarni hisobga oladigan parlamentlar uchun Harakatlar rejasining 10 yilligini nishonlash uchun Sammit xavflarni oldindan koʻrish va tinchlik, barqarorlik hamda farovonlikni yanada samarali taʼminlashda parlamentlarning gender masalalariga javob berishga tayyorligi va qobiliyatini baholash imkonini beradi. Maxsus segment munozaralar formatidagi toʻrtta asosiy yoʻnalish boʻyicha muhokamani oʻz ichiga oladi. Taklif etilgan spikerlarning kirish soʻzlari. Taklif: Martin Chungong — Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi va Gender tenglik xalqaro himoyachilari kengashi raisi. Quyidagi takliflarga qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan spiker ayollar oʻrtasida Doha munozara formati: 1. Faqat gender masalalarga yoʻnaltirilgan parlament rivojlanish va tinchlik oʻrnatish maqsadida gender masalalariga doir diplomatiyani, hamkorlikni boshqara oladi. 10.30-11.00 — kofe-breyk 11.00-12.00 — 2. Gender masalalarga yoʻnaltirilgan parlamentsiz gender masalalariga doir qonunlarni qabul qilib boʻlmaydi. 3. Gender masalalariga yoʻnaltirilgan parlament parlament va jamiyatda odamlarga gender belgi boʻyicha yanglish munosabat, xotin-qizlarga shilqimlik qilish va ularga nisbatan zoʻravonlikning oldini olishi, tuzatishi va buning uchun jazolashi mumkin. 4. Ayol spikerlar parlament ochiq boʻlishini taʼminlashi va xotin-qizlar imkoniyatini kengaytirishi mumkin. 12.00-12.30 — Parlamentlarning rahbar ayollari uchun davra suhbati (yopiq majlis) Davra suhbati doirasidagi majlis parlamentlarning ayol rahbarlariga Sammitning xulosalari va asosiy tavsiyalarini kelishib olish uchun platforma taklif qilishga qaratilgan. Muhokama yakunlari boʻyicha ayol spikerlar Toshkent deklaratsiyasini qabul qiladi. 12.30-14.00 — Tushlik 14.00-15.00 — Yakunlovchi sessiya Sammit ishtirokchilarga Toshkent deklaratsiyasi taqdimoti bilan yakunlanadi. Oʻzbekiston parlamentining yuqori martabali vakili Parlamentlararo ittifoqning yuqori martabali vakili TOʻRTINChI KUN 10-sentabr, shanba Oʻzbekiston Oliy Majlisi (yuqori palatasi) barcha yetakchi ayollar va delegatlarni Samarqand shahriga bir kunlik ekskursiyaga taklif etadi.
