Davlat xizmatlari yagona reyestriga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (3181-3-son)
27.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 27-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3181-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2022-yil 17-martdagi PF-89-son “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-282-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berishga doir davlat xizmati koʻrsatish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 177-son “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi va 2022-yil 20-apreldagi 200-son “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 31-iyuldagi 6 va 136-son qarori (roʻyxat raqami 3181, 2019-yil 13-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 19/19/3181/3738-son) bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlari yagona reyestriga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 27-iyul,
4-son
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 27-iyul,
230-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 27-iyuldagi 4-son va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022-yil 27-iyuldagi 230-mh-son qaroriga ILOVA
Davlat xizmatlari yagona reyestriga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 002-bob quyidagi mazmundagi 73-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
2. 004-bobning 10-pozitsiyasi “Davlat xizmati koʻrsatish shakli (anʼanaviy va elektron)” ustuni “Anʼanaviy” degan soʻzdan keyin “va elektron shaklda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. 005-bobning 11-pozitsiyasi “Davlat xizmati koʻrsatish shakli (anʼanaviy va elektron)” ustuni “Anʼanaviy” degan soʻzdan keyin “va elektron shaklda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. 008-bobda:
366-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 366. 00846 Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jismoniy shaxs Anʼanaviy va elektron shaklda Pullik Sertifikat ”;
41-pozitsiyaning “Davlat xizmati koʻrsatish shakli (anʼanaviy va elektron)” ustuni “Anʼanaviy” degan soʻzdan keyin “va elektron shaklda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5. 009-bob quyidagi mazmundagi 583-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 583. 00915 Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning malaka imtihonini oʻtkazish va malaka sertifikatini berish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari Jismoniy shaxs Anʼanaviy va elektron shaklda Pullik Sertifikat ”.
6. 012-bobda:
78-pozitsiya chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 913-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
7. Quyidagi mazmundagi 0122-bob bilan toʻldirilsin:
“ 0122 Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi 9111. 01230 Keksa�ar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimlari Jismoniy shaxs Elektron Bepul Yoʻllanma ”.
8. Quyidagi mazmundagi 0131-bob bilan toʻldirilsin:
9. 014-bobda:
130-pozitsiya chiqarib tashlansin;
137-pozitsiyaning “Davlat xizmati koʻrsatish shakli (anʼanaviy va elektron)” ustuni “Anʼanaviy” degan soʻzdan keyin “va elektron shaklda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
10. 017-bobning 162-pozitsiyasi “Davlat xizmati koʻrsatish shakli (anʼanaviy va elektron)” ustuni “Anʼanaviy” degan soʻzdan keyin “va elektron shaklda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
11. 018-bobning 168-pozitsiyasi “Davlat xizmati koʻrsatish shakli (anʼanaviy va elektron)” ustunidagi “Elektron shaklda” degan soʻzlar “Anʼanaviy va elektron shaklda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 026-bob quyidagi mazmundagi 2731-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 2731. 02617 Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Jismoniy shaxs Anʼanaviy Pullik Attestat ”.
13. 028-bob quyidagi mazmundagi 3091 va 3092-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
14. 031-bobda:
332-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 332. 0314 Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari, tuman (shahar) qurilish boʻlimlari Jismoniy va yuridik shaxslar Elektron Pullik Xulosa ”;
335 va 336-pozitsiyalar quydagi taxrirda bayon etilsin:
337-pozitsiya chiqarib tashlansin;
3371-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 3371. 03191 Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasiga yoki tuman (shahar) qurilish boʻlimlari Jismoniy va yuridik shaxslar Elektron Pullik Ruxsatnoma ”;
338-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 338. 03110 Koʻchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari Jismoniy va yuridik shaxslar Elektron Pullik Maʼlumotnoma ”.
15. 036-bobda:
quyidagi mazmundagi 3651-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
quyidagi mazmundagi 3706-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
16. 040-bob quyidagi mazmundagi 4061-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
17. 044-bob quyidagi mazmundagi 4282-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 4282. 04412 Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari berish Samarqand veterinariya meditsinasi instituti huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi Jismoniy shaxs Anʼanaviy va elektron shaklda Pullik Sertifikat ”.
18. 048-bobda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (davlat xizmatlari markazlari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish sohasida)”;
quyidagi mazmundagi 4711 va 4712-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
500-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 500. 04831 Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining arxiv hujjatlaridan maʼlumotnoma berish Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish arxivlari Jismoniy shaxs Anʼanaviy va elektron shaklda Pullik Maʼlumotnoma ”.
19. 049-bobda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi”;
501-pozitsiyaning “Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organning nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi”.
20. 051-bobda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (intellektual mulk sohasida)”;
535-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 535. 0513 Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar yoki maʼlumotlar bazalariga rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma olish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti Jismoniy va yuridik shaxslar Anʼanaviy va elektron shaklda Pullik Guvohnoma ”;
536 — 542-pozitsiyalarning “Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organning nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti”.
21. Quyidagi mazmundagi 0581-bob bilan toʻldirilsin:
22. 067-bob quyidagi mazmundagi 623-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
