Tijorat banklari va kredit uyushmalari tomonidan budjetga soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (1480-son)
16.06.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANK BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 16-iyunda 1480-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq qaror qilamiz:
1. Ilova* qilinayotgan Tijorat banklari va kredit uyushmalari tomonidan budjetga soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2 Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1999-yil 18-fevraldagi 17-son, Davlat Soliq qoʻmitasining 1999-yil 16-fevraldagi 99-21-son va Markaziy bankning 1998-yil 22-dekabrdagi 98-V-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan soliqlarni toʻlash tartibi (1999-yil 18-mart, roʻyxat raqami 677);
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999-yil 18-martda 677-son bilan roʻyxatga olingan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1999-yil 18-fevraldagi 17-son, Davlat Soliq qoʻmitasining 1999-yil 16-fevraldagi 99-21-son va Markaziy bankning 1998-yil 22-dekabrdagi 98-V-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan soliqlarni toʻlash tartibiga 1-son oʻzgartirish va qoʻshimchalar (1999-yil 21-oktabr, roʻyxat raqami 677-1,);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2001-yil 17-iyuldagi 63-son, Davlat Soliq qoʻmitasining 2001-57-son va Markaziy bankining 98-V-2-son “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan soliqlarni toʻlash tartibiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (2001-yil 26-iyul, roʻyxat raqami 677-2 — Meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-yil, 14-son).
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAXIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-aprel,
42-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-aprel,
2005-36-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-aprel,
261-V-son
