“Oʻzagromashservis” uyushmasi MTPlarining 2005-yil gʻalla hosilini oʻrish boʻyicha koʻrsatgan xizmatlari haqini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (1479-son)
04.06.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 4-iyunda 1479-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
“Oʻzagromashservis” uyushmasi MTPlarining 2005-yil gʻalla hosilini oʻrish boʻyicha koʻrsatgan xizmat haqlarini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini tashkil etish maqsadida qaror qilamiz:
1. “Oʻzagromashservis” uyushmasi MTPlarining 2005-yil gʻalla hosilini oʻrish boʻyicha koʻrsatgan xizmatlari haqini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan kundan boshlab kuchga kiradi va 2005-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda amalda boʻladi.
Iqtisodiyot vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-may,
54-son
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-may,
49-son
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining 2005-yil 25-maydagi 54, 49-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
“Oʻzagromashservis” uyushmasi MTPlarining 2005-yil gʻalla hosilini oʻrish boʻyicha koʻrsatgan xizmatlari haqini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 16-maydagi “2005-yil boshoqli don ekinlari hosilini yigʻishtirib olishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-76-sonli qaroriga muvofiq “Oʻzagromashservis” uyushmasi MTPlarining 2005-yil gʻalla hosilini yetishtirish va oʻrib olish boʻyicha koʻrsatgan xizmat haqlarini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.
1. Adliya vazirligida 1999-yil 1-martda 657-son bilan roʻyxatdan oʻtgan “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan topshirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlari uchun yakuniy hisob-kitoblarda toʻlovlarni amalga oshirish tartibi”ga koʻra “Oʻzdonmahsulot” AK korxonalarining 22602-sonli akkreditiv hisob-raqamlaridan shirkat va fermer xoʻjaliklari tomonidan taqdim etilgan toʻlov hujjatlariga muvofiq yakuniy hisob-kitob qilish uchun mablagʻ yoʻnaltiriladi.
2. “Oʻzagromashservis” uyushmasining MTPlari 2005-yil gʻalla oʻrimi boshlangunga qadar gʻalla topshiruvchi shirkat va fermer xoʻjaliklari bilan tuzilgan shartnomalarga asosan:
oʻriladigan gʻalla maydonlarini;
gʻalla oʻrimi boʻyicha bajariladigan ishlar hajmlarini;
haqdorlik va qarzdorlikni hisobga olgan holda talab etiladigan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har bir shirkat va fermer xoʻjaligi qirqimida xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari boʻlinmalari tomonidan maʼlumotlarni jamlab AT “Gʻallabank”ning viloyat mintaqaviy filiallariga taqdim etadilar (1-ilova).
AT “Gʻallabank”ning viloyat mintaqaviy filiallari oʻz vaqtida Respublika Gʻallabanki orqali umumlashtirilgan maʼlumotlarni Moliya vazirligi huzuridagi “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasi”ga taqdim etadi.
3. “Oʻzagromashservis” uyushmasi MTPlari gʻalla oʻrimi boshlanishi bilan har bir shirkat va fermer xoʻjaligi maydonini oʻrishga tushishdan oldin, gʻalla oʻrimi boʻyicha shartnomaga asosan bajariladigan ish hajmini, haqdorlik, qarzdorlikni hisobga olgan holda dalolatnoma (2-ilova) asosida rasmiylashtiradi va oʻrim boʻyicha tegishli xizmat koʻrsatadi.
Tegishli dalolatnoma tuzilmasdan (oʻrim haqi oldindan 100% toʻlangan holatlardan tashqari) xizmat koʻrsatish, gʻalla oʻrish taqiqlanadi. Ushbu dalolatnoma gʻalla oʻrib berilgandan soʻng, xizmat koʻrsatuvchi bankka toʻlov talabnomalarini taqdim etish uchun asos hisoblanadi va MTP tomonidan 1 ish kuni muddatida oʻziga xizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim etilishi shart.
4. MTPlarga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari taqdim etilgan toʻlov talabnomalarini 3 kun muddat ichida shirkat va fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari boʻlimlariga (filiallariga) yetkazishni taʼminlaydi va masʼul hisoblanadi.
5. Tuman MTPlariga xizmat koʻrsatuvchi AT Paxtabank va boshqa tijorat banklari boʻlimlari (filiallari) har 5 kunda mavsum davomida MTPlar bajargan ishlar hajmi bilan ular tomonidan qoʻyilgan toʻlov talabnomalarining mutanosibligi nazorat qilib boriladi.
6. 2005-yil don oʻrimi mavsumida PK-10 kvitansiyalariga asosan shirkat (fermer) xoʻjaliklariga ajratilgan mablagʻ hisobidan tuman MTPlari tomonidan qoʻyilgan toʻlov talabnomalari toʻlanishini muvofiqlashtirish AT “Paxtabank”ning viloyat boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
7. Don yetishtiruvchi shirkat va fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari boʻlimlari (filiallari) MTPlar tomonidan haqiqatda taqdim etilgan toʻlov hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (har bir shirkat va fermer xoʻjaliklari qirqimida) AT “Paxtabank”ning viloyat boshqarmalariga taqdim etadilar.
AT “Paxtabank”ning viloyat boshqarmalari 1 kun muddatda shirkat va fermer xoʻjaliklarining hisob raqamlariga haqiqatda qoʻyilgan va ularga xizmat koʻrsatuvchi bank boʻlimlari (filiallari) tomonidan tasdiqlangan toʻlov talabnomalari toʻgʻrisidagi (har bir tuman shirkat va fermer xoʻjaliklari qirqimida) maʼlumotlarni umumlashtirgan holda, AT “Paxtabank”ning viloyat boshqarmalari bilan viloyat MTP birlashmalari tomonidan tasdiqlangan holda AT “Gʻallabank” viloyat mintaqaviy filiallariga taqdim etadi.
8. AT Gʻallabankning tegishli viloyat mintaqaviy filiallari har kuni “Oʻzagromashservis” uyushmasining viloyat MTPlar birlashmalariga, AT “Paxtabank”ning viloyat boshqarmasiga shirkat va fermer xoʻjaliklari tomonidan taqdim etilgan PK-10 kvitansiyalariga asosan shirkat, fermer xoʻjaliklariga topshirilgan gʻalla uchun haqiqatda toʻlanadigan mablagʻ toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tumanlar va shirkat, fermer xoʻjaliklari qirqimida taqdim etadi.
AT “Paxtabank”ning viloyat boshqarmasi ushbu maʼlumotlarni tuman MTPlariga xizmat koʻrsatuvchi oʻz boʻlimlariga va boshqa tijorat banklari boʻlimlariga (filiallariga) yetkazadi.
9. AT “Gʻallabank”ning viloyat mintaqaviy filiallari topshirilgan gʻalla uchun haqiqatda taqdim etilgan toʻlov hujjatlari (PK-10 va boshqalar) va AT Paxtabankning viloyat boshqarmalaridan olingan shirkat va fermer xoʻjaliklarining hisob raqamlariga MTPlar tomonidan qoʻyilgan toʻlov talabnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan kelib chiqib MTP xizmatlari boʻyicha toʻlovlar uchun mablagʻlarga talabni aniqlaydi.
Ushbu mablagʻlarga talabni aniqlashda mazkur Nizomning 2-bandiga muvofiq MTPlardan olingan oʻriladigan gʻalla maydonlaridan kelib chiqib koʻrsatiladigan mexanizatsiyalashgan ishlar hajmi toʻgʻrisidagi hisob-kitoblar asos hisoblanadi.
10. “Oʻzdonmahsulot” AK va AT “Gʻallabank” har kuni Moliya vazirligi huzuridagi Jamgʻarmaga 23218-sonli muvaqqat hisob raqami orqali MTPlar koʻrsatgan xizmat boʻyicha toʻlovlar uchun qishloq xoʻjalik korxonalariga yoʻnaltirilishi lozim boʻlgan mablagʻlar toʻgʻrisida buyurtma beradi.
11. Moliya vazirligi huzuridagi Jamgʻarma “Oʻzdonmahsulot” AK va AT “Gʻallabank”dan olingan buyurtmalarga muvofiq 23218-sonli hisob raqami orqali qishloq xoʻjalik korxonalariga bosqichma-bosqich yakuniy hisob-kitob boʻyicha MTPlar koʻrsatgan xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirishga mablagʻ ajratadi.
Oʻz navbatida, “Oʻzdonmahsulot” AK va AT “Gʻallabank” taqdim etilgan buyurtma va unda hisobga olingan PK-10 kvitansiyalariga asosan haqiqatda topshirilgan gʻalla uchun belgilangan tartibda shirkat va fermer xoʻjaliklarining 23218-sonli muvaqqat hisob raqamlariga mablagʻ oʻtkazib beradi.
12. 2005-yil gʻalla hosili yakuniy hisob-kitoblari uchun shirkat va fermer xoʻjaliklarining 23218-sonli muvaqqat hisob raqamlariga tushgan mablagʻlar toʻlov talabnomalari belgilangan tartibda akseptlangandan soʻng gʻalla hosilini yetishtirish va oʻrib olish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar haqini toʻlash uchun “Oʻzagromashservis” uyushmasi MTPlarining 23218-sonli muvaqqat hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
13. “Oʻzagromashservis” uyushmasi mashina traktor parklarining 23218-sonli muvaqqat hisob raqamlariga tushgan mablagʻlar Hukumat kafolati asosida qishloq xoʻjalik texnikalarini sotib olishga jalb etilgan chet el krediti toʻlovlari uchun toʻliq hajmda tuman MTPlaridan toʻgʻridan toʻgʻri “Taʼminotchi-Paxta” aksiyadorlik jamiyatiga va viloyat MTPlar birlashmalari orqali “Oʻzsanoatmashimpeks” DAKga yoʻnaltiriladi.
“Taʼminotchi-Paxta” aksiyadorlik jamiyatining 23218-sonli maxsus hisob raqamiga kelib tushgan mablagʻlarning:
75% — chet el krediti boʻyicha qarzlarni soʻndirishga;
25% — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kreditlarini soʻndirishga yoʻnaltiriladi.
“Oʻzsanoatmashimpeks” AKning 23218-sonli maxsus hisob raqamiga kelib tushgan mablagʻlar toʻliq hajmda chet el krediti boʻyicha qarzlarni soʻndirishga yoʻnaltiriladi.
14. Topshirilgan gʻalla uchun shirkat va fermer xoʻjaliklarining boshqa hisob raqamlariga mablagʻ yoʻnaltirish, “Oʻzagromashservis” uyushmasi MTPlari 2005-yil gʻalla hosilini yetishtirish va oʻrib olishda koʻrsatgan xizmatlari haqlari toʻlab berilishidan kelib chiqqan holda Jamgʻarma tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi.
15. Ushbu Nizomga rioya etilishi boʻyicha javobgarlik shaxsan MTP va xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari boʻlim rahbarlari hamda bosh hisobchilari zimmasiga yuklatiladi.
16. Ushbu Nizom talablarini buzilishida aybdor boʻlgan fermer va shirkat xoʻjaliklari, “Oʻzagromashservis” uyushmasi MTPlari va xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari boʻlim rahbarlari hamda masʼul xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi va Jinoyat kodekslariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Markaziy bank Boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Q. RAFIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 23-may
Jamgʻarma direktori S. ABDULLAYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 23-may
“Oʻzagromashservis” uyushmasi raisi D. SOLIHBOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 23-may
AT “Paxta bank” Boshqaruvi raisi A. BOYMURATOV
Toshkent sh.,
2005-yil 23-may
“Oʻzdonmahsulot” AK raisi E. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2005-yil 23-may
AT “Gʻallabank” Boshqaruvi raisi I. OʻRINBOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 23-may
1-ILOVA
Eslatma: Ushbu jadval 2005-yilning 10-mayiga masʼul shaxs orqali ikki nusxada va disketda topshirilishi shart.
2-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 23-24-son, 171-modda)
