Oʻzbekiston-Turkmaniston chegarasini kesib oʻtishda roʻyxatga olish yigʻimlarini toʻlash uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida (1478-son)
04.06.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 4-iyunda 1478-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
2004-yil 19-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston Hukumatlari tomonidan imzolangan “Chegara atrofidagi viloyatlar hududlarida joylashgan xoʻjalik obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi shaxslar tomonidan Oʻzbekiston-Turkmaniston chegarasini kesib oʻtilishi toʻgʻrisida”gi Bitimga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston-Turkmaniston chegarasini kesib oʻtishda roʻyxatga olish yigʻimlarini toʻlash uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 28-may,
1-05-son
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 28-may,
47-son
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2005-yil 28-may,
3/5-son
