“Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida taʼlim jarayoniga tajribali amaliyotchilar, shuningdek oliy taʼlim muassasalarining yetakchi oʻqituvchilari va professorlarini jalb etishni ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (1849-1-son)
25.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 25-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1849-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2829-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining 2008-yil 23-iyuldagi 223-1, 04/PQ-34-B, 57, 83-son “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida taʼlim jarayoniga tajribali amaliyotchilar, shuningdek oliy taʼlim muassasalarining yetakchi oʻqituvchilari va professorlarini jalb etishni ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1849, 2008-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 35-36-son, 354-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. TOShKULOV
Toshkent sh.,
2022-yil 11-iyul,
16-2022-son
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-iyul,
53-son
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-iyul,
27-son
Kelishildi:
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi direktori A. BEKMURODOV
2022-yil 5-iyul
