46-modda. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar uchun tariflarni tasdiqlash
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida (O‘RQ-784-son) · Sana: 22.07.2022 · Amalda
Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlarga, shu jumladan transportda ichimlik suvini yetkazib berishga oid tariflarni oʻzgartirishga doir takliflarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga ushbu Qonun 45-moddasining oltinchi qismida koʻrsatilgan tashkilotlarning xulosalarini ilova qilgan holda kiritadi.
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar uchun oʻzgartirilgan tariflarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesida, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
