39-modda. Ichimlik suvini transportda yetkazib berish tartibi
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida (O‘RQ-784-son) · Sana: 22.07.2022 · Amalda
Ichimlik suvi jismoniy va yuridik shaxslarga ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari yoki mazkur sohada faoliyatni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan transportda yetkazib berilishi mumkin.
Ichimlik suvi quyidagi hollarda transportda yetkazib beriladi:
ichimlik suvi taʼminoti tashkilotining tarmoqlari mavjud boʻlmagan hududlarga;
ichimlik suvi quvurlaridagi va ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlarining boshqa inshootlaridagi avariyalar chogʻida;
ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlarida taʼmirlash-tiklash ishlari amalga oshirilayotganda;
favqulodda vaziyatlarda;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Ichimlik suvini transportda yetkazib berish sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, davlat standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
