33-modda. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi loyihalar
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida (O‘RQ-784-son) · Sana: 22.07.2022 · Amalda
Moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan aholiga ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni kengaytirish hamda takomillashtirish yuzasidan loyiha takliflari maxsus vakolatli davlat organi tomonidan shakllantiriladi va tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlari muhokamasiga kiritiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesidagi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlaridagi muhokama yakunlari boʻyicha maʼqullangan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi loyihalar tegishli dasturlar asosida amalga oshiriladi.
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi loyihalarda majburiy tartibda:
ichimlik va oqova suv quvurlarini uy xoʻjaliklarigacha oʻtkazish va suvni hisobga olish asboblarini oʻrnatish nazarda tutiladi;
ichimlik suvi taʼminoti obyektlarining atrof muhitga, shuningdek qoʻshni hududlardagi mavjud va rejalashtirilayotgan ichimlik suvi taʼminoti obyektlariga taʼsiri hisobga olinadi.
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha bitta obyektni qurish va rekonstruksiya qilishni turli manbalardan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda moliyalashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalar mustasno.
