31-modda. Ishlab chiqarish oqova suvlarini qabul qilish xususiyatlari
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida (O‘RQ-784-son) · Sana: 22.07.2022 · Amalda
Kommunal-ekologik normativ ishlab chiqarish oqova suvlarini oqizib yuboruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqiladi hamda ichimlik suvi taʼminoti tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi.
Belgilangan normadan yuqori darajada ifloslangan ishlab chiqarish oqova suvlarini oqizib yuboruvchi yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar oqova suvlarni lokal tozalash inshootlarida birlamchi tozalash ishlarini bajarishi kerak.
Yangi isteʼmolchilarni, shu jumladan mavjud isteʼmolchilarning yangitdan ishga tushiriladigan, tovarlarni ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) jarayonida belgilangan normadan yuqori darajada ifloslangan oqova suvlarni hosil qiluvchi obyektlarini oqova suvlar tarmoqlariga ulashga faqat oqova suvlarning belgilangan normaga qadar tozalanishini taʼminlaydigan lokal tozalash inshootlari mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
