Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida (PQ-91-son)
02.06.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Axborot va kompyuter texnologiyalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish, axborot-kommunikatsiya hamda innovatsiya texnologiyalarini taʼlim jarayoniga tatbiq etishni yanada kengaytirish maqsadida:
1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash boʻyicha bosh oliy oʻquv muassasasi etib belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Samarqand, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hokimliklarining 2005-2006 oʻquv yilidan boshlab Nukus, Qarshi, Samarqand, Fargʻona va Urganch shaharlarida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mintaqaviy filiallarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
3. Oʻzbekiston Milliy universitetida, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida, Toshkent islom universitetida taʼlimning “informatika va axborot texnologiyalari” yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar tayyorlash saqlab qolinsin.
2005/2006 oʻquv yilidan boshlab boshqa barcha oliy taʼlim muassasalarida taʼlimning “informatika va axborot texnologiyalari” yoʻnalishi boʻyicha talabalar qabul qilish toʻxtatilsin va ushbu yoʻnalish boʻyicha taʼlim olayotgan 2-4 kurslarning talabalari taʼlimni davom ettirish uchun 1-ilovaga muvofiq Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga va uning mintaqaviy filiallariga belgilangan tartibda oʻtkazilsin.
5. Quyidagilar:
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mintaqaviy filiallarining namunaviy tuzilmalari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiallarini ochish, ularni joylashtirish va moddiy-texnik jihozlash bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish uchun 6-ilovaga* muvofiq tarkibda maxsus hukumat komissiyasi tuzilsin.
* 6-ilova berilmaydi
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi:
ikki hafta muddatda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mintaqaviy filiallari toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining amaldagi Ustaviga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Davlat test markazi bilan birgalikda 2005/2006 oʻquv yilida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mintaqaviy filiallariga talabalar qabul qilish boʻyicha test sinovlari oʻtkazish borasida zarur chora-tadbirlar koʻrsin.
8. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bir oy muddatda taʼlimning “informatika va axborot texnologiyalari (sohalar boʻyicha)” yoʻnalishida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda filiallarni rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti uchun 2005-yilga tasdiqlangan budjet mablagʻlari miqdoriga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin hamda Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida va yangi tashkil etiladigan mintaqaviy filiallarda taʼlimni tashkil etish uchun zarur budjet mablagʻlari ajratilishini taʼminlasin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda beriladigan bino va inshootlarni 2005/2006 oʻquv yili boshlanishiga qadar kapital taʼmirlash, shuningdek zarur oʻquv laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va kutubxona fondi bilan jihozlash amalga oshirilishini nazarda tutgan holda mablagʻlar ajratishni koʻzda tutsin.
10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 2-iyun,
PQ-91-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi PQ-91-son qaroriga 1-ILOVA
Taʼlimning 5521900-“informatika va axborot texnologiyalari (sohalar boʻyicha)” yoʻnalishida taʼlim olayotgan talabalarni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning mintaqaviy filiallariga oʻtkazadigan respublika oliy taʼlim muassasalari roʻyxati
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi PQ-91-son qaroriga 4-ILOVA
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand va Fargʻona filiallarining namunaviy tuzilmasi
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
