Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida (2045-4-son)
13.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 13-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2045-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 29-sentabrdagi 184-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2045, 2009-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 47-son, 513-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasi 2.5.7-pozitsiyasidagi “Nogironlarni” degan soʻz “Nogironligi boʻlgan shaxslarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2022-yil 30-iyun,
09/YuB-26-son
