“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-926-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqida (2257-IV-son)
24.06.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari A. Saidov, A. Xaitov, A. Qodirov, O. Tojiyev, Z. Ibragimova, U. Inoyatov, X. Gapporov, Dj. Shirinov, Sh. Nazarov, E. Salixov, I. Abdullayev, Sh. Polvanov, Q. Djurayev, I. Kudratov, B. Bekmurodov, V. Pak, A. Shadmanov, M. Xusanova, E. Kompolshik, D. Aripov, T. Karimov va Z. Xudayberdiyev tomonidan 2022-yil 21-iyunda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-926-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 24-iyun,
2257-IV-son
