Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida “Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish dasturi” va OPEK xalqaro hamkorlik jamgʻarmasi ishtirokida “Oʻzbekistonning oʻtish davridagi rivojlanish siyosatini jadallashtirish” loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, davlat tashqi qarzlariga xizmat koʻrsatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (374-son)
08.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari taqchilligini qoplash hamda Oʻzbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga oʻtish boʻyicha soʻnggi yillarda olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2022-yil 19-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi va Fransiya taraqqiyot agentligi (keyingi oʻrinlarda — FTA) oʻrtasida “Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish dasturi” loyihasini amalga oshirish doirasida budjetni qoʻllab-quvvatlash uchun 6 yillik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatda qaytarish sharti bilan 100,0 million yevro (1-transh) va 50,0 million yevro (2-transh) jami 150,0 million yevro miqdoridagi qarz bitimi imzolanganligi;
2022-yil 19-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi va OPEK xalqaro hamkorlik jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — OPEK jamgʻarmasi) oʻrtasida “Oʻzbekistonning oʻtish davridagi rivojlanish siyosatini jadallashtirish” loyihasini amalga oshirish doirasida budjetni qoʻllab-quvvatlash uchun 5 yillik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatda qaytarish sharti bilan 100,0 million AQSh dollari miqdoridagi qarz bitimi imzolanganligi;
FTA va OPEK jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan qarz Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring olib borish, FTA hamda OPEK jamgʻarmasi tomonidan ajratiladigan qarzdan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
FTA va OPEK jamgʻarmasi tomonidan ajratiladigan qarzlarni qaytarish, foiz, baholash va majburiyat uchun toʻlovlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida “Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish dasturi” loyihasini amalga oshirish doirasida Fransiya taraqqiyot agentligi tomonidan ajratiladigan qarzni qaytarish, foiz, baholash va majburiyat uchun toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali 1-ilovaga muvofiq;
OPEK xalqaro hamkorlik jamgʻarmasi ishtirokida “Oʻzbekistonning oʻtish davridagi rivojlanish siyosatini jadallashtirish” loyihasini amalga oshirish doirasida OPEK xalqaro hamkorlik jamgʻarmasi tomonidan ajratiladigan qarzni qaytarish, foiz va majburiyat boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi FTA va OPEK jamgʻarmasi tomonidan jalb qilingan qarzlar uchun Markaziy bankda har bir qarz shartnomasi boʻyicha alohida hisobvaraq ochilishini va jalb qilingan qarzlar Moliya vazirligi Gʻaznachiligining chet el valyutasidagi yagona gʻazna hisobvaragʻiga koʻchirilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan FTA va OPEK jamgʻarmasi oʻrtasida imzolangan qarz bitimlari boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosalar bersin.
6. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 17-iyundagi 305-son qaroriga muvofiq “Janubiy (Mirzachoʻl) kanalni zamonaviylashtirish — II bosqich” loyihasini amalga oshirish doirasida Fransiya Hukumati nomidan va uning topshirigʻi boʻyicha ish koʻruvchi Nateksis (Natexis) banki tomonidan 2,3 million yevro;
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-avgustdagi 353-son qaroriga muvofiq kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida Polsha Hukumati tomonidan 15,0 million AQSh dollari;
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-avgustdagi 348-son qaroriga muvofiq “Kichik va mikro moliyalashtirishni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish doirasida Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 20,0 million AQSh dollari;
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-martdagi 79-son qaroriga muvofiq “Surxondaryo viloyatining suv taʼminoti va sanitariyasi” loyihasini amalga oshirish doirasida Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 19,4 million MQOH;
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-sentabrdagi 258-son qaroriga muvofiq “Maktab taʼlimini rivojlantirish. 2-bosqich” loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan 18,9 million MQOH;
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 14-iyuldagi 152-son qaroriga muvofiq “Kichik va mikromoliyalashtirishni rivojlantirish. 2-faza” loyihasini amalga oshirish doirasida Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 50,0 million AQSh dollari;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-yanvardagi PQ-2282-son qaroriga muvofiq “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish doirasida Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 100,0 million AQSh dollari miqdorida qarzlar ajratilganligi hamda ularga xizmat koʻrsatish muddatlari yakunlanmaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
7. Mazkur qarorning 6-bandida koʻrsatilgan davlat tashqi qarzlariga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida Davlat tashqi qarzi hisobidan amalga oshirilgan loyihalar boʻyicha davlat tashqi qarzlariga xizmat koʻrsatish va toʻlovlarni amalga oshirishning yigʻma jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mazkur qarorga 3-ilovada koʻrsatilgan loyihalar doirasida imzolangan qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-iyul,
374-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 374-son qaroriga 1-ILOVA
Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida “Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish dasturi” loyihasini amalga oshirish doirasida Fransiya taraqqiyot agentligi tomonidan ajratiladigan qarzni qaytarish, foiz, baholash va majburiyat uchun toʻlovlarni amalga oshirishning
PROGNOZ JADVALI
Qarz summasi 150 million yevro Qarz muddati 20 yil Imtiyozli davr 6 yil Foiz stavkasi 6 oylik Euribor + 0,90 % Majburiyat uchun toʻlov 0,50 % (oʻzlashtirilmagan qarz miqdoridan) Baholash uchun toʻlov 0,50 % (umumiy qarz miqdoridan) ming yevro Toʻlov davri Toʻlov miqdori Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy mablagʻ**** asosiy qarz foizlar* baholash uchun toʻlov** majburiyatlar uchun vositachilik haqi*** 28.02.2022 0,00 0,00 20.06.2022 0,00 750,00 750,00 31.08.2022 494,00 98,63 592,63 28.02.2023 1 862,79 1 862,79 31.08.2023 1 893,67 1 893,67 28.02.2024 1 862,79 1 862,79 31.08.2024 1 903,95 1 903,95 28.02.2025 1 862,79 1 862,79 31.08.2025 1 893,67 1 893,67 28.02.2026 1 862,79 1 862,79 31.08.2026 1 893,67 1 893,67 28.02.2027 1 862,79 1 862,79 31.08.2027 1 893,67 1 893,67 28.02.2028 5 358,00 1 862,79 7 220,79 31.08.2028 5 358,00 1 835,94 7 193,94 28.02.2029 5 358,00 1 729,71 7 087,71 31.08.2029 5 358,00 1 690,74 7 048,74 28.02.2030 5 358,00 1 596,64 6 954,64 31.08.2030 5 358,00 1 555,45 6 913,45 28.02.2031 5 358,00 1 463,55 6 821,55 31.08.2031 5 358,00 1 420,17 6 778,17 28.02.2032 5 358,00 1 330,48 6 688,48 31.08.2032 5 358,00 1 291,87 6 649,87 28.02.2033 5 358,00 1 197,40 6 555,40 31.08.2033 5 358,00 1 149,60 6 507,60 28.02.2034 5 358,00 1 064,32 6 422,32 31.08.2034 5 358,00 1 014,32 6 372,32 28.02.2035 5 358,00 931,24 6 289,24 31.08.2035 5 358,00 879,04 6 237,04 28.02.2036 5 358,00 798,16 6 156,16 31.08.2036 5 358,00 747,79 6 105,79 28.02.2037 5 358,00 665,09 6 023,09 31.08.2037 5 358,00 608,47 5 966,47 28.02.2038 5 358,00 532,01 5 890,01 31.08.2038 5 358,00 473,19 5 831,19 28.02.2039 5 358,00 398,93 5 756,93 31.08.2039 5 358,00 337,90 5 695,90 28.02.2040 5 358,00 265,85 5 623,85 31.08.2040 5 358,00 203,72 5 561,72 28.02.2041 5 358,00 132,78 5 490,78 31.08.2041 5 334,00 67,33 5 401,33 Jami 150 000,00 46 531,18 750,00 98,63 197 379,80
*Qarz boʻyicha foizlarni hisoblab chiqishda qatʼiy foiz stavkasi belgilangan boʻlib qarz bitimi imzolanishi va mablagʻ oʻzlashtirilishi kutilayotgan sanalardan kelib chiqib, 2,47 % ga teng deb hisoblangan.
**Baholash uchun toʻlov birinchi mablagʻ oʻzlashtirilgunga qadar toʻlanadi.
***Majburiyat uchun toʻlov qarz bitimi imzolangandan soʻng 60 kundan keyin hisoblanadi.
****Toʻlov summalari qarzlarning amalda oʻzlashtirilishidan kelib chiqib aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 374-son qaroriga 2-ILOVA
OPEK xalqaro hamkorlik jamgʻarmasi ishtirokida “Oʻzbekistonning oʻtish davridagi rivojlanish siyosatini jadallashtirish” loyihasini amalga oshirish doirasida OPEK xalqaro hamkorlik jamgʻarmasi tomonidan ajratiladigan qarzni qaytarish, foiz va majburiyat uchun toʻlovlarni amalga oshirishning
PROGNOZ JADVALI
Qarz summasi 100 million AQSh dollari Qarz muddati 20 yil Imtiyozli davr 5 yil Foiz stavkasi 6 oylik SOFR + 2,30 % Majburiyat uchun toʻlov 0,25 % (oʻzlashtirilmagan qarz miqdoridan) Boshlangʻich bir martalik toʻlov 0,25 % (umumiy qarz miqdoridan) ming AQSh dollari Toʻlov davri Toʻlov miqdori Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy mablagʻ**** asosiy qarz foizlar* boshlangʻich bir martalik toʻlov** majburiyatlar uchun vositachilik haqi*** 15.04.2022 0,00 0,00 20.06.2022 0,00 250,00 0,00 15.10.2022 770,25 770,25 15.04.2023 1 198,17 1 198,17 15.10.2023 1 204,75 1 204,75 15.04.2024 1 204,75 1 204,75 15.10.2024 1 204,75 1 204,75 15.04.2025 1 198,17 1 198,17 15.10.2025 1 204,75 1 204,75 15.04.2026 1 198,17 1 198,17 15.10.2026 1 204,75 1 204,75 15.04.2027 3 330,00 1 198,17 4 528,17 15.10.2027 3 330,00 1 164,63 4 494,63 15.04.2028 3 330,00 1 124,51 4 454,51 15.10.2028 3 330,00 1 084,39 4 414,39 15.04.2029 3 330,00 1 038,57 4 368,57 15.10.2029 3 330,00 1 004,15 4 334,15 15.04.2030 3 330,00 958,77 4 288,77 15.10.2030 3 330,00 923,92 4 253,92 15.04.2031 3 330,00 878,97 4 208,97 15.10.2031 3 330,00 843,68 4 173,68 15.04.2032 3 330,00 803,56 4 133,56 15.10.2032 3 330,00 763,45 4 093,45 15.04.2033 3 330,00 719,38 4 049,38 15.10.2033 3 330,00 683,21 4 013,21 15.04.2034 3 330,00 639,58 3 969,58 15.10.2034 3 330,00 602,97 3 932,97 15.04.2035 3 330,00 559,78 3 889,78 15.10.2035 3 330,00 522,74 3 852,74 15.04.2036 3 330,00 482,62 3 812,62 15.10.2036 3 330,00 442,50 3 772,50 15.04.2037 3 330,00 400,18 3 730,18 15.10.2037 3 330,00 362,26 3 692,26 15.04.2038 3 330,00 320,39 3 650,39 15.10.2038 3 330,00 282,03 3 612,03 15.04.2039 3 330,00 240,59 3 570,59 15.10.2039 3 330,00 201,79 3 531,79 15.04.2040 3 330,00 161,67 3 491,67 15.10.2040 3 330,00 121,55 3 451,55 15.04.2041 3 330,00 80,99 3 410,99 15.10.2041 3 430,00 41,32 3 471,32 Jami 100 000,00 29 040,93 250,00 0,00 129 040,93
*Qarz boʻyicha foizlarni hisoblab chiqishda 6 oylik SOFR koʻrsatkichi 0,07% foizni tashkil etganligini hisobga olgan holda qarz boʻyicha yillik foiz stavkasi 2,37 foizga teng deb hisoblandi.
**Boshlangʻich bir martalik toʻlov qarz hisobidan toʻlanadi.
***Majburiyat uchun toʻlov qarz bitimi imzolangandan soʻng 60 kundan keyin hisoblanadi.
****Toʻlov summalari qarzlarning amalda oʻzlashtirilishidan kelib chiqib aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 374-son qaroriga 3-ILOVA
Davlat tashqi qarzi hisobidan amalga oshirilgan loyihalar boʻyicha davlat tashqi qarzlariga xizmat koʻrsatish va toʻlovlarni amalga oshirishning
YIGʻMA JADVALI
T/r Kreditor nomi Loyiha nomi Qarz bitimi sanasi va raqami Qarz summasi Toʻlov (xizmat koʻrsatish) manbai Soʻnggi toʻlov muddati Qarz qoldigʻi (foiz toʻlovi bilan)* Toʻlov valyutasi 1. Fransiya Respublikasi (Nateksis) Janubiy (Mirzachoʻl) kanalni zamonaviylashtirish — II bosqich 1998-yil 9-aprel, 989-0V1-son, 2,3 mln Respublika budjeti 2036-yil 31-dekabr 1,6 mln Yevro 2. Polsha Hukumati Kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish 2003-yil 10-iyul 15,0 mln Respublika budjeti 2024-yil 15-iyun 1,3 mln AQSh dollari 3. Osiyo taraqqiyot banki Kichik va mikro moliyalashtirishni rivojlantirish 2003-yil 25-sentabr, OTB-1963-son 20,0 mln Respublika budjeti va loyiha ishtirokchilari hisobidan** 2022-yil 1-oktabr 1,2 mln AQSh dollari 4. Osiyo taraqqiyot banki Surxondaryo viloyatining suv taʼminoti va sanitariyasi 2009-yil 20-aprel, OTB-2466-son 19,4 mln Respublika budjeti va loyiha ishtirokchilari hisobidan*** 2040-yil 15-oktabr 17,0 mln MQOH 5. Xalqaro taraqqiyot uyushmasi Maktab taʼlimini rivojlantirish. 2-bosqich 2009-yil 15-oktabr, XTU-4598-son 18,9 mln Respublika budjeti 2044 yil 15-may 16,8 mln MQOH 6. Osiyo taraqqiyot banki Kichik va mikromoliyalashtirishni rivojlantirish. 2-faza 2010-yil 1-may, OTB-2634-son 50,0 mln Loyiha ishtirokchilari hisobidan 2030-yil 15-fevral 41,5 mln AQSh dollari 7. Osiyo taraqqiyot banki Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish 2015-yil 21-avgust, OTB-3271-son 100,0 mln Respublika budjeti va oʻz mablagʻlari** 2033-yil 15-mart 82,2 mln AQSh dollari
*Foiz toʻlovlari suzuvchi foiz stavkalarining va ayirboshlash kurslarining oʻzgarishiga mutanosib ravishda aniqlashtiriladi.
**Davlat tashqi qarzini toʻlab berish jarayonida yuzaga keladigan valyuta kursining oʻzgarishi bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
***Davlat tashqi qarzini toʻlab berish jarayonidagi Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti va loyiha ishtirokchisining ulushi Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyatining suv taʼminoti va sanitariyasi” loyihasi boʻyicha Osiyo taraqqiyot banki qarz mablagʻlariga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatilishini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 3-noyabrdagi 306-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan.
