“2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlari uchun ajratilgan mablagʻlarning oqilona sarflanishi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri B. Musayevning javobi haqida (2193-IV-son)
07.06.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlari uchun ajratilgan mablagʻlarning oqilona sarflanishi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri B. Musayev tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-iyun,
2193-IV-son
