“Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-893-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 473-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”) (2189-IV-son)
07.06.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 473-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-893-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-iyun,
2189-IV-son
