SHNQ 3.05.05-22 “Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlar” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (92-son)
20.05.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining
Buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 27-iyunda hisobga olindi, hisob raqami 91-son]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1998-yil 30-noyabrdagi 78-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 3.05.05-98 “Texnologik jihozlar va texnologik quvuroʻtkazgichlar” qurilish meʼyor qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. SHNQ 3.05.05-22 “Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlar” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2022-yil 20-may,
92-son
Kelishildi:
Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari A. INOYATOV
2022-yil 5-mart
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sh. XIDOYATOV
2022-yil 28-fevral
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2022-yil 20-maydagi 92-son buyrugʻiga ILOVA
“Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlar” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (keyingi oʻrinlarda-SHNQ) 0.001 MPa dan 100 MPa gacha boʻlgan absolyut bosimda boshlangʻich, oraliq va yakuniy mahsulotlarni olish, qayta ishlash hamda tashish uchun moʻljallangan texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlarni, shuningdek issiqlik tashuvchi va texnologik jihozlarning ishlashi uchun zarur boʻlgan moylovchi hamda boshqa moddalarni ularga uzatish uchun moʻljallangan texnologik quvur oʻtkazgichlarni montaj qilish boʻyicha ishlarni bajarishda va bajarilgan ishlarni qabul qilishda qoʻllaniladi.
1-bob. Normativ hujjatlarga havolalar
1. Ushbu SHNQda quyidagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
SHNK 1.01.01 — Qurilish sohasidagi normativ hujjatlar tizimi;
QMQ 2.01.01 — Loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik maʼlumotlar;
SHNK 2.03.05 — Poʻlat konstruksiyalar. Loyihalash meʼyorlari;
QMQ 2.04.07 — Issiqlik tarmoqlari;
QMQ 2.04.10 — Texnologik poʻlat quvurlarni Rsh 10 MPa gacha loyihalash boʻyicha yoʻriqnoma;
QMQ 2.09.03 — Sanoat korxonalarining inshootlari;
SHNK 2.09.02 — Sanoat binolari;
QMQ 2.01.07 — Yuklar va taʼsirlar;
GOST 12.1.005-88 — Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimining plastmassa quvurlardan tayyorlangan tarmoqlarini loyihalash va montaj qilish boʻyicha yoʻriqnoma. (rasmiy manba: Mejgosudarstvenniy standart. Trubi napornie iz polietilena);
GOST 12.1.007-76 — Davlatlararo standart. Zararli moddalar (rasmiy manba: Mejgosudarstvenniy standart. Vrednie veshestva);
GOST 12.1.044-84 — Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Yonish va portlash-yonish xavfiga ega boʻlgan moddalar va materiallar (rasmiy manba: Sistema standartov bezopasnosti truda. Pojaro-vzrivoopasnost veshestv i materialov);
GOST 18599-2001 — Davlatlararo standart. Polietilendan tayyorlangan naporli quvurlar (rasmiy manba:Mejgosudarstvenniy standart. Trubi napornie iz polietilena);
KMK 3.01.01 — Qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish;
KMK 3.01.03 — Geodezik ishlar;
KMK 3.01.04 — Qurilishi tugatilgan obyektlarni foydalanishga qabul qilish. Asosiy holatlar;
KMK 3.05.06 — Elektrotexnika qurilmalari;
KMK 3.05.07 — Avtomatlashtirish tizimlari.
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Ushbu SHNQ da quyidagi atama va taʼriflardan foydalanilgan:
plastmassa — asosini sintetik yoki tabiiy yuqori molekulyar birikmalar tashkil etadigan material;
quvur oʻtkazgich — gazsimon va suyuq moddalarni hamda eritma koʻrinishidagi qattiq yoqilgʻi, shuningdek boshqa qattiq moddalarni quvur koʻndalang kesimlaridagi bosimlar farqi taʼsiri ostida tashishga moʻljallangan muhandislik inshooti;
ochish-yopish armaturasi — texnologik quvur oʻtkazgich ichidagi ishchi muhit oqimini toʻliq yopish va (yoki) rostlashga moʻljallangan element;
ishchi bosim — muhitning gidravlik bosimini hisobga olmagan holda tizimning normal ishlash rejimida yuzaga keladigan eng katta ortiqcha bosim;
flanslar — quvurlarni mahkam va germetik qilib birlashtirish, quvurlarni bir-biriga, mashinalarga, apparatlarga va sigʻimlarga biriktirish uchun xizmat qiluvchi element;
mufta — shlang va quvurlarning ikkita qismi (yoki boʻlagi)ni birlashtirish uchun moʻljallangan hamda u bajaradigan vazifasiga koʻra birikmaning mustahkamligini, germetikligini taʼminlaydigan va korroziyadan himoya qiladigan element;
xomut — qattiq va egiluvchan texnologik quvur oʻtkazgichlar, shlanglar va kabellarning birikkan joylarini mahkamlash va germetiklash uchun moʻljallangan element;
tirsak — texnologik quvur oʻtkazgichdagi suyuqlik va gaz oqimi yoʻnalishini oʻzgartirish uchun moʻljallangan choʻyan, poʻlat va plastmassadan tayyorlanadigan element;
kompensator — turli omillarning texnologik quvur oʻtkazgichlar tizimlarining ishlashiga koʻrsatadigan taʼsirini kompensatsiyalash yoki muvozanatlash uchun moʻljallangan element;
kronshteyn — vertikal tekislikdan chiqib turuvchi yoki gorizontal yoʻnalishda siljuvchi qismlarni mahkamlash uchun xizmat qiluvchi tayanch element.
3-bob. Umumiy qoidalar
3. Mazkur SHNQ talablariga texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlarni montaj qilishda, individual va kompleks sinovlardan oʻtkazishda hamda ishga tushirishda rioya etilishi lozim.
4. Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlarni montaj qilish ishlari yongʻin xavfsizligi boʻyicha amaldagi davlat standartlari va SHNQ 1.01.01 talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlarni montaj qilish boʻyicha ishlar tasdiqlangan loyiha-smeta hamda ishchi hujjatlar, shuningdek ishlarni bajarish loyihalari (keyingi oʻrinlarda-IBL), shuningdek ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan texnologik jihozlarni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq olib borilishi lozim.
6. Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlarni montaj qilish qurilishning tugunli usuli hamda montaj qilishning komplekt blok usuli asosida amalga oshirilishi kerak.
7. Texnologik jihozlarni montaj qiluvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan ishlarni tashkil etish va bajarish boʻyicha hujjatlarda quyidagilar:
texnologik bloklar hamda kommunikatsiya bloklarini ularni tashkil etuvchi qismlarga agregatlash bilan qoʻllash;
obyektni texnologik tugunlarga boʻlish;
texnologik va kommunikatsiya bloklarini burish metodi bilan montaj qilishda ularni montaj joylariga yigʻilgan holatda uzatish;
ogʻir va yirik gabaritli texnologik jihozlarni koʻchirish hamda katta yuk koʻtaruvchanlikka ega boʻlgan kranlar uchun doimiy yoki vaqtinchalik yoʻllar;
geodezik belgilash ishlarining bajarilish aniqligini hisoblash uchun yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan chegaralar va texnologik jihozlarni montaj qilish uchun ichki geodezik ajratish asosini yaratish boʻyicha maʼlumotlar nazarda tutilishi lozim.
8. Bosh pudratchi qurilishni tashkil etish loyihasini, bino va inshootlarning konstruktiv yechimlarini, shuningdek texnologik komponovkalarini koʻrib chiqish hamda ular toʻgʻrisida xulosa chiqarishga montaj qiluvchi tashkilotni jalb qilishi lozim (qurilishni tashkil etish loyihasida komplekt blok va tugunli metodlar bilan ishlarni bajarishning imkoniyatlari hamda asosiy shartlari keltirilgan boʻlishi kerak).
9. Montaj qiluvchi tashkilotlar bosh pudratchidan (yoki u bilan kelishgan holda bevosita buyurtmachidan) zarur boʻlgan ishchi hujjatlarni hamda tashkiliy-texnologik hujjat va texnologik jihozlar montaji boʻyicha ularni tayyorlovchi korxona tomonidan beriladigan texnik hujjatni qabul qilib olishi lozim.
Tayyorlovchi korxona tomonidan texnologik jihoz va texnologik quvur oʻtkazgichlarga beriladigan texnik hujjat tarkibiga quyidagilar:
texnologik jihoz va uning butlovchi qismlariga beriladigan texnik pasporti;
texnologik jihoz montaji va uni ishga tushirish boʻyicha yoʻriqnomalar;
texnologik jihozni saqlash talablari, raskonservatsiya metodlari, oʻrnatish oʻlchamlariga bogʻlagan holda bloklarni oʻrnatish va montaj qilishga qoʻyiladigan talablar;
texnologik jihozni toʻgʻrilash bazalarining belgilari va ularga nisbatan yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan chegara (cheklanish)lar, jihozlarni bazalarga toʻgʻrilash va oʻrnatish boʻyicha yechimlar hamda oʻlchashlarni bajarishning tavsiya etilgan metodlari;
texnologik jihoz va texnologik quvur oʻtkazgichlarning yigʻiladigan birliklariga beriladigan komplekt va oʻrash (qadoqlash) hujjatlari;
ishchi chizmalar, shu jumladan gabaritsiz texnologik jihoz (texnologik jihoz bloklari, kommunikatsiyalar) va shu texnologik jihozni tashkil etuvchi qismlarni toʻliq yigʻishga (texnologik jihoz qismlarga ajratib tashilganda) beriladigan montaj chizmasi;
texnologik jihoz va uning bloklarini stropovkalash sxemalari, maxsus asboblar hamda texnologik jihozlarni montaj qilish, sinash va ekspluatatsiya qilish uchun yuk iluvchi yigʻiladigan-yechiladigan moslamalar roʻyxati;
texnologik jihozlarni montaj qilish uchun moʻljallangan boltlarning montaj-yigʻish markirovkalari boʻyicha sxemalar;
texnologik metall konstruksiyalar va texnologik jihoz bilan birgalikda komplektga qoʻyilmagan nostandart texnologik jihozni tayyorlash, sinash va qabul qilishga bagʻishlangan texnik shartlar;
payvandlash ishlari uchun tuzilgan yoʻriqnomalar;
moylash, sovutish, gidravlika, avtomatika, boshqarish va boshqa tizimlarning sxemalari; texnologik quvur oʻtkazgichlarga, shu jumladan maxsus vazifalarni bajaruvchi texnologik quvur oʻtkazgichlarga beriladigan ishchi chizmalar, texnik pasportlar va sertifikatlar;
ishga tushirish va individual sinash ishlarini bajarish dasturlari va metodlari;
oldindan yigʻish va sinash boʻyicha dalolatnomalar kiritilishi lozim.
10. Texnologik jihozlarni va texnologik quvur oʻtkazgichlarni hamda montaj uchun zarur boʻlgan kopmlektlanuvchi buyumlar hamda materiallarni yetkazish montaj qiluvchi tashkilot bilan tuzilgan jadval boʻyicha amalga oshirilishi lozim (unda birinchi navbatda montaj qiluvchi tashkilotlar tomonidan tayyorlanishi kerak boʻlgan bloklar spetsifikatsiyasiga kiritilgan mashinalar, apparatlar, oʻzaklar, konstruksiyalar, buyumlar va materiallarni yetkazib berish koʻzda tutilgan boʻlishi lozim).
11. Montaj qiluvchi tashkilot tomonidan montaj ishlari tugallanganidan soʻng, yaʼni individual sinovlar oʻtkazilib, texnologik jihozlar kompleks sinashga qabul qilinganidan keyin buyurtmachi ushbu SHNQ ning 1-ilovasiga muvofiq texnologik jihozlarni kompleksli sinovlardan oʻtkazadi.
12. Har bir qurilish obyektida texnologik jihoz va texnologik quvur oʻtkazgichlarni montaj qilish jarayonida SHNQ 3.01.01 ga muvofiq qurilish ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha umumiy va maxsus jurnallar yuritilishi, shuningdek ishning turi va mazmuni boʻyicha mazkur SHNQning 2-ilovasiga mos boʻlgan ishlab chiqarish hujjatlarini rasmiylashtirilishi lozim.
4-bob. Montaj ishlarini bajarishga tayyorgarlik koʻrish
1-§. Umumiy talablar
13. Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlar montajidan oldin qurilishni tashkil etish boʻyicha QMQ 3.01.01 va ushbu SHNQ ga muvofiq tayyorgarlik ishlari bajarilishi kerak.
14. Umumiy tashkiliy-texnik tayyorgarlik koʻrishda buyurtmachi tomonidan quyidagilar aniqlanishi lozim:
buyurtmachining obyektni texnologik jihozlar va materiallar bilan komplektlashtirish shartlari (bu shartlar texnologik liniya, texnologik tugun va texnologik blokka texnologik jihozlar komplektlarining yetkazilib berilishini koʻzda tutadi);
montaj ketma-ketligini hamda montaj ishlari bilan birgalikda bajariladigan maxsus qurilish va ishga tushirish ishlarining bajarilishini hisobga olgan holda texnologik jihozlar, buyumlar va materiallarni yetkazib berish grafiklari;
montaj qilinishi lozim boʻlgan texnologik jihozlarning yetkazib berilishiga qoʻyiladigan montaj-texnologik talablarni aniqlovchi GOST 24444 talablari va texnik shartlarni hisobga olgan holda texnologik jihozlarning zavodda tayyorlanganlik darajasi;
tayyorlovchi korxonalarning montaj qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxati;
montaj qilish joyiga yirik gabaritli va ogʻir texnologik jihozlarni transportirovka qilish shartlari.
15. Montaj jarayoniga qadar montaj ishlarini bajarishga tayyorgarlik koʻrishda quyidagilar:
texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlarni montaj qilish boʻyicha IBL tasdiqlangan;
texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlar hamda konstruksiyalarni yiriklashtirilib yigʻish, texnologik va kommunikatsion bloklarni yigʻish uchun maydonchalarni tayyorlash boʻyicha ishlar bajarilgan;
yuk koʻtaruvchi va transport vositalari, texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlarni montaj qilish hamda individual sinash uchun qurilmalar (IBL da koʻzda tutilgan inventar ishlab chiqarish va sanitariya-maishiy bino va inshootlar tayyorlangan; texnologik va kommunikatsion bloklarni yigʻish, texnologik quvur oʻtkazgichlar va metall konstruksiyalarni yasash uchun ishlab chiqarish bazasi tayyor holatga keltirilgan boʻladi);
mehnat muhofazasi, yongʻin xavfsizligi va atrof-muhit muhofazasi boʻyicha chora-tadbirlar koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
16. Montaj ishlarini bajarish uchun koʻriladigan tayyorgarlik ishlari oldindan tuzilgan grafikka asosan amalga oshirilishi va tayyorgarlik koʻrish jarayoni quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
buyurtmachi tomonidan texnologik jihozlar, buyumlar va materiallar montajga berilishini;
montaj qiluvchi tashkilot tomonidan bosh pudratchidan texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlarni montaj qilish uchun ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda poydevorlar qabul qilinib olinishini;
texnologik quvur oʻtkazgichlar va konstruksiyalarni tayyorlashni;
texnologik va kommunikatsion bloklarni yigʻishni hamda texnologik jihozlarni yiriklashtirib yigʻishni;
texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlarning ish zonasiga yetkazilishini.
2-§. Texnologik jihozlar, buyumlar va materiallarni montajga uzatish
17. Buyurtmachi (bosh pudratchi) texnologik jihozlar, buyumlar va materiallarni montaj qiluvchi tashkilotga berishdan oldin quyidagilarni montaj tashkilotiga taqdim etishi kerak:
GOST 24444 ga muvofiq texnologik jihoz va oʻzakka beriladigan ilova hujjatlari;
10 MRa (100 kgs/sm2) dan yuqori boʻlgan Py ga ega boʻlgan texnologik quvur oʻtkazgichlarning yigʻma birliklariga beriladigan texnologik quvur oʻtkazgichlar, tayanchlar, ilgaklarning yigʻma chizmalari va ularning sifatini tasdiqlovchi hujjatlar;
yetkazuvchi tomonidan materiallarga beriladigan sertifikatlar.
Texnologik jihozlar, buyumlar va materiallarning markalari, oʻlchamlari va boshqa xarakteristikalarining ishchi hujjatlarga mos kelishi ilova hujjatlari boʻyicha tekshirilgan boʻlishi lozim.
18. Texnologik jihozlar, buyumlar va materiallar ishchi hujjatlarga muvofiq blokka va texnologik tugunga komplektlashtirilgan holda montaj qilish uchun berilishi kerak.
10 MPa (100 kgs/sm2) dan yuqori Py ga ega boʻlgan texnologik quvur oʻtkazgichlar yigʻma birliklarga jamlangan holda montajga beriladi (uzatiladi).
19. Texnologik jihozlar montajga uzatilayotganda ular koʻzdan kechiriladi. Ularning komplektligi (yigʻma birliklarga va qismlarga ajratmasdan) va ilova qilingan hujjatlarning ishchi chizmalarga, amaldagi standartlarga, texnik shartlarga va montaj-texnologik talablarni aniqlovchi boshqa texnik hujjatlarning talablariga mosligi hamda tayyorlovchi korxona tomonidan berilgan kafolat xatining amal qilish muddati tekshiriladi.
20. Texnik shartlarda koʻrsatilgan kafolat muddati tugagan texnologik jihozlar, buyumlar va materiallar bir yildan soʻng koʻrikdan oʻtkazilgandan keyin hamda ulardagi nuqsonlar tuzatilgach, shuningdek sinovlar va ekspluatatsion hujjatlarda koʻzda tutilgan boshqa ishlar bajarilgandan keyin montajga qabul qilinishi mumkin. Olib borilgan ishlarning natijalari ushbu SHNQ ning 7-bandiga muvofiq texnologik jihozlarning texnik pasportiga va ilova qilinadigan boshqa texnik hujjatlarga kiritilgan boʻlishi lozim.
21. Montajga qabul qilingan texnologik jihozlar, buyumlar va materiallar tayyorlovchi korxona tomonidan ilova qilingan texnik hujjatlar va IBL talablariga muvofiq saqlanishi lozim.
Texnologik jihozlarni saqlashda ularni koʻzdan kechirish qulayligi taʼminlangan, ularning ichki boʻshliqlariga nam va chang tushishi va texnologik jihozlarning mexanik shikastlanishining oldini oluvchi sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak.
3-§. Binolar, inshootlar va poydevorlarni montaj ishlarini bajarish uchun qabul qilish
22. Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlarni montaj qilish uchun topshiriladigan binolar hamda inshootlarda IBLda koʻzda tutilgan, shu jumladan ushbu SHNQ ning 15-bandida koʻrsatilgan qurilish ishlari toʻliq yakunlangan, yer osti kommunikatsiyalari yotqizilgan, gruntni loyihaviy belgigacha qayta toʻkish va qayta toʻkilgan gruntni zichlash ishlari bajarilgan, pol qoplamalari ostidagi tekislovchi qatlamlar va kanallar qurilgan, kran osti yoʻllari hamda monorelslar tayyorlangan va qabul qilingan, texnologik quvur oʻtkazgichlarni oʻtkazish uchun teshiklar ochilgan va ular tagiga tayanchlarni oʻrnatish uchun mahkamlovchi detallar oʻrnatilgan, shuningdek poydevorlar va boshqa konstruksiyalar qolip (opalubka)lardan ajratilgan hamda ular qurilish chiqindilaridan tozalangan, oraliqlar toʻsilgan, lotok va lyuklar esa yopilgan boʻlishi kerak.
Texnologik quvur oʻtkazgichlarning montajiga tuzilgan texnik shartlarda tozalik, harorat rejim va boshqalarga qoʻyiladigan maxsus talablar koʻzda tutilishi hamda texnologik quvur oʻtkazgichlar oʻrnatiladigan binolarni montajga topshirishda ushbu talablar bajarilgan boʻlishi lozim.
23. Texnologik quvur oʻtkazgichlarni montaj qilish uchun topshiriladigan binolar, inshootlar, poydevorlar usti va boshqa konstruksiyalarda montaj qilinadigan elementlarning loyihaviy holatini aniqlovchi oʻqlar hamda balandlik belgilari zaruriy aniqlikda, shuningdek geodezik ishlarga bagʻishlangan QMQ 3.01.03 da oʻrnatilgan tartibda chizilgan (qoʻyilgan) boʻlishi lozim.
Poydevorlar ustiga texnologik jihozlarni oʻrnatish uchun ushbu poydevorlarning bajarilish aniqligiga yuqori talablar qoʻyiladi, shuningdek ancha uzun boʻlgan texnologik jihozlarni oʻrnatish uchun oʻqlar va baland sath belgilari mahkamlashga moʻljallangan metall plastinalarga chizilgan (qoʻyilgan) boʻlishi lozim.
Texnologik jihozni oʻrnatish uchun poydevorning balandlik boʻyicha sath belgilari shu texnologik jihoz tayanish tekisligining ishchi chizmalarda koʻrsatilgan sath belgilaridan 50-60 mm ga past boʻlishi lozim boʻlsa, texnologik jihozning chiqib turuvchi elementlari tayanadigan joylarda esa balandlik boʻyicha sath belgilari shu elementlarning sath belgilaridan 50-60 mm ga past boʻlishi kerak.
24. Montaj qilishga topshiriladigan poydevorlarda poydevor osti boltlari va mahkamlash detallari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Agar ularni oʻrnatish poydevorning ishchi chizmalarida nazarda tutilgan boʻlsa, poydevor osti boltlarini joylashtirish uchun chuqurchalar bajarilgan yoki teshiklar burgʻulangan boʻlishi lozim.
Agar ishchi chizmalarida poydevor massivi ichida qoldiriladigan poydevor boltlari uchun konduktorlar koʻzda tutilgan boʻlsa, u holda bu konduktorlarni oʻrnatish va ularga poydevor boltlarini mahkamlashni texnologik jihozlarni montaj qiluvchi tashkilot amalga oshiradi. Poydevorlarda teshiklarni burgʻulashni, shu teshiklarga poydevor boltlarini yelimlab va sementli qorishmalar bilan mahkamlab oʻrnatish bosh pudratchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Poydevorda hamda poydevordan chiqib turuvchi qismlarda qoldiriladigan poydevor boltlari korroziyadan himoyalangan boʻlishi lozim.
25. Binolar, inshootlar, qurilish konstruksiyalarini ularga texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlarni montaj qilish uchun topshirish-qabul qilish bilan bir vaqtning oʻzida shu texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlarni mahkamlashga moʻljallangan poydevor boltlari, payvandlash detallari va boshqalarning joylashish sxemalari ham topshirilishi va qabul qilinib olinishi lozim.
26. Montajga qabul qilishda bir vaqtning oʻzida texnologik tugunni hosil qiluvchi texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlar majmuasini oʻrnatish uchun zarur boʻlgan binolar, inshootlar hamda poydevorlar taqdim etilishi lozim.
4-§. Texnologik quvur oʻtkazgichlarning yigʻma birliklarini tayyorlash
27. Texnologik quvur oʻtkazgichlarning yigʻma birliklarini tayyorlash detallashtirilgan chizmalarga hamda GOST 16037ga muvofiq olib borilishi lozim. Qismlarga ajratilmaydigan birikmalar ushbu SHNQ ning 6-bobidagi talablarga muvofiq bajarilishi kerak.
28. Montajga beriladigan texnologik quvur oʻtkazgichlarning yigʻma birliklari detallashtirilgan chizmalarga muvofiq komplektlashtiriladi.
Payvandlanuvchi choklar payvandlangan va nazoratdan oʻtkazilgan hamda sirtlar gruntovka qilingan boʻlishi lozim (payvandlanadigan choklar bundan mustasno).
Quvurlarning teshiklari tiqinlar bilan berkitilgan boʻlishi kerak.
Texnologik quvur oʻtkazgich yigʻma birliklari chiziqli oʻlchamlarining ogʻish kattaligi har bir metrda ±3 mm dan oshmasligi lozim, lekin bu ogʻish kattaligi butun yigʻma birlik uzunligiga nisbatan ±10 mm dan katta boʻlmasligi kerak.
Burchak oʻlchamlari va oʻqlarning ogʻish kattaligi 1 m ga ±2,5 mm dan oshmasligi lozim boʻlsa, texnologik quvur oʻtkazgichning keyingi butun bir toʻgʻri qismida bu kattalik ±8 mm dan oshmasligi kerak.
5-§. Texnologik bloklar va kommunikatsiyalarning bloklarini yigʻish
29. Blok tarkibidagi texnologik quvur oʻtkazgichlarni yigʻish va payvandlashni mazkur SHNQ talablariga muvofiq olib borish lozim.
Priborlarni, nazorat va boshqarish vositalarini, elektrotexnika qurilmalarini hamda avtomatlashtirish tizimlarini blokka oʻrnatish elektrotexnika qurilmalarining montaji boʻyicha QMQ 3.05.06 va avtomatlashtirish tizimlarining montaji boʻyicha QMQ 3.05.07 talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
30. Yigʻish ishlari yakunlangandan keyin texnologik bloklarni sinovdan oʻtkazish, boʻyash va ulardagi teshiklarni esa tiqinlar bilan berkitish kerak.
Bloklarni yoki ularning yigʻma birliklarini sinovdan oʻtkazish ushbu SHNQ 7-bobining talablariga rioya qilgan holda olib boriladi. Kommunikatsiya bloklarining texnologik jihozlarga biriktirilmagan yigʻma birliklari loyiha holatga oʻrnatilgandan keyin sinovdan oʻtkaziladi.
31. Yigʻilgan bloklarni saqlashda ushbu SHNQning 21-bandi talablariga rioya qilinishi lozim.
32. Kommunikatsiya bloklaridagi texnologik quvur oʻtkazgichlar doimiy tayanchlarga oʻrnatilgan va mahkamlangan boʻlishi lozim.
5-bob. Montaj ishlarini olib borish
1-§. Umumiy talablar
33. Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlarni yuklash, tushirish, koʻchirish, koʻtarish, oʻrnatish va toʻgʻirlashda ularning butunligi taʼminlangan boʻlishi kerak. Maydon ichida ularni tashish, oʻrnatish va toʻgʻrilash IBLga muvofiq amalga oshiriladi.
34. Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlar, texnologik bloklar va kommunikatsiya bloklarini ilish uchun koʻzda tutilgan detallar (ilgaklar)ga yoki tayyorlovchi korxona tomonidan koʻrsatilgan joylardagi ilgaklarga ishonchli ilish zarur. Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlarni ilgaklardan boʻshatishni ular ishonchli mahkamlangandan keyin yoki turgʻun holatda oʻrnatilgandan soʻng bajarish lozim.
35. Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlarni, shuningdek montaj ishlari uchun moʻljallangan vositalarni koʻchirish, oʻrnatish vaqtida yuzaga keladigan va qurilish konstruksiyalariga tushadigan yuklar ishchi chizmalarda koʻrsatilgan yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan montaj yuklaridan (kattaligi, yoʻnalishi va qoʻyilish joyi boʻyicha) ortib ketmasligi lozim. Agar bunday yuklarning ortish ehtimoli aniqlansa, u holda bu loyihalash tashkilotlari va umumqurilish ishlarini bajaruvchi tashkilotlar bilan birgalikda hal etiladi.
36. Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichning ochish-yopish armaturasi ularni montaj qilish vaqtida qismlarga ajratilmaydi, davlat va tarmoq standartlari hamda texnik shartlarda koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno.
Tayyorlovchi korxonadan tamgʻalangan holatda keltirilgan texnologik jihozlarni ochishga mazkur SHNQ ning 16-bandida koʻrsatilgan hollardan tashqari hollarda yoʻl qoʻyilmaydi.
37. Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlarni loyihaviy holatga oʻrnatishdan oldin ularning tashqi sirti konservatsiya moylari va qoplamalaridan tozalanishi kerak (montaj va ekspluatatsiya jarayonida himoya qoplamlari bilan qoplangan holatda qoldiriladigan sirtlar bundan mustasno).
Texnologik jihozlarning himoya qoplamlarini tayyorlovchi korxona tomonidan berilgan hujjatlardagi koʻrsatmalarga muvofiq texnologik jihozlarni yechmasdan individual sinovdan oldin olib tashlanishi kerak.
38. Ifloslangan, deformatsiyalangan, himoya qatlamlari shikastlangan va yuzalari qayta ishlangan hamda boshqa nuqsonlarga ega boʻlgan texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlar ushbu shikastlangan joylar va nuqsonlar tuzatilgunga qadar montaj qilishga topshirilmaydi.
39. Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlarni montaj qilishda bajarilgan ishlar sifatini tekshirish boʻyicha operatsion nazorat amalga oshirilishi kerak. Aniqlangan nuqsonlar keyingi operatsiyalar boshlangunga qadar tuzatilgan boʻlishi lozim.
40. Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlarni ularning ekspluatatsiya qilish shartlarida koʻzda tutilgan tashqi havo temperaturalaridan yuqori yoki past temperaturalarda montaj qilishda ularning butun saqlanishini taʼminlovchi chora-tadbirlarga rioya qilish lozim.
2-§. Texnologik jihozlarni montaj qilish
41. Texnologik jihozni dalolatnoma asosida qabul qilingan va chang hamda moy dogʻlaridan tozalangan poydevor ustiga oʻrnatish lozim, bunda, agar montaj boʻyicha yoʻriqnomalar yoki ishchi hujjatlarda boshqa hollar koʻrsatilmagan boʻlsa, u holda beton mustahkamligi loyihada koʻrsatilgan mustahkamlikning 70 foizidan kam boʻlmasligi, shuningdek metalldan ishlangan fiksatsiyalovchi elementlar korroziya izlariga ega boʻlmasligi lozim.
Apparatlarni, gaz oqadigan quvurlarning karkaslari va stvollarini, boshqa ogʻir vaznli hamda yirik gabaritli texnologik jihozlarni kolonna tipidagi poydevorlar ustiga oʻrnatish ishlari betonning ishchi chizmalarda koʻrsatilgan mustahkamligiga erishganidan keyin bajarilishi lozim.
42. Texnologik jihozlarni tayyorlovchi korxona tomonidan berilgan hujjatlardagi koʻrsatmalarga va ishchi chizmalarga muvofiq, shuningdek oʻqlar, sath belgilarining maxsus mahkamlangan markalari va reperlariga nisbatan yoki toʻgʻrilanayotgan texnologik jihoz kinematik va texnologik jihatdan bogʻlangan va oldin oʻrnatilgan texnologik jihozga nisbatan (zarur boʻlgan aniqlikda) toʻgʻrilash lozim.
43. Texnologik jihozlar vaqtinchalik tayanch elementlarga oʻrnatilganda, ushbu elementlar deformatsiyalar yuzaga kelmasligini va texnologik jihozni doimiy mahkamlashga qadar uning ishonchli holatda turishini taʼminlashi lozim.
44. Texnologik jihozlarning tayanish yuzalari tayanch elementlarga, rostlovchi vintlar tayanch plastinalarga, doimiy tayanch elementlari (beton tagliklar, metall tagqoʻyilmalar) esa poydevor yuzasiga jips holatda tegib turishi lozim.
45. Montaj qilinadigan texnologik jihozni toʻgʻrilash uchun vaqtinchalik tayanch elementlardan foydalanilganda ushbu texnologik jihozning siljishini bartaraf etish maqsadida tekislovchi beton qatlamni quyishda gaykalarni oldindan tortish amalga oshirilishi lozim. Tayyorlovchi korxona tomonidan berilgan texnik hujjatlarga muvofiq gaykalarni yakuniy tortish tekislovchi qatlam materialining mustahkamligi loyihada koʻrsatilgan mustahkamlikning 70 foizini egallagandan keyin amalga oshiriladi.
Toʻgʻrilash uchun doimiy tayanchlardan foydalanilganda gaykalarning yakuniy tortilishini tekislovchi beton qatlami quyilgunga qadar bajarish lozim.
Poydevor ustidagi texnologik jihoz toʻgʻrilangandan va mahkamlangandan keyin uning oʻrnatilish holati tekshirilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi.
46. Quyilgan beton qatlamini ushlab turish beton ishlarini bajarish boʻyicha amaldagi SHNQ talablariga va IBLga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
3-§. Texnologik quvur oʻtkazgichlarni montaj qilish
47. Texnologik quvur oʻtkazgichlarni faqat tayanchlarga mahkamlangan texnologik jihozlarga birlashtirish (ulash) mumkin. Texnologik jihozlarni qiya boʻlmagan holatda va ularning gaykalarini qoʻshimcha tarzda tortmasdan texnologik quvur oʻtkazgichlar bilan birlashtirish lozim. Texnologik quvur oʻtkazgichlar texnologik jihoz bilan birlashtirilgandan keyin qoʻzgʻalmas tayanchlar yuk koʻtaruvchi tayanch konstruksiyalarga mahkamlanadi.
Texnologik quvur oʻtkazgichlarning yigʻma birliklarini (qismlarini) loyihaviy holatda oʻrnatishdan oldin flansli birikmalarning boltlaridagi gaykalar tortilgan va payvand choklari payvandlangan boʻlishi kerak.
48. Texnologik quvur oʻtkazgichlar ostidagi tayanchlarni va tayanch konstruksiyalarini oʻrnatishda ularning tarhdagi loyihaviy holatdan ogʻish kattaligi xonalar ichiga yotqiziladigan texnologik quvur oʻtkazgichlar uchun ± 5 mm dan va tashqi texnologik quvur oʻtkazgichlar uchun ±10 mm dan oshmasligi lozim boʻlsa, qiyalik boʻyicha esa ogʻish kattaligi esa +0,001 dan oshmasligi kerak (agar boshqa yoʻl qoʻyilishlar loyihada koʻrsatilmagan boʻlsa).
Texnologik quvur oʻtkazgichning loyihaviy qiyaligini taʼminlash uchun tayanchlar tagiga mahkamlash maqsadida qoldirilgan qismlarga yoki poʻlat konstruksiyalarga payvandlanadigan metall qistirmalarini (podkladkalarni) oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Tayanchlarning prujinalari va ilgaklari ishchi chizmalarda keltirilgan koʻrsatmalarga asosan tortilgan boʻlishi lozim.
49. Texnologik poʻlat quvur oʻtkazgichlarni estakadalar, kanallar yoki lotoklarga yotqizishda har bir temperaturaviy blokda texnologik quvur oʻtkazgichlarni yakuniy mahkamlashni qoʻzgʻalmas tayanchlardan boshlab amalga oshirish kerak.
50. Texnologik quvur oʻtkazgichlarning devorlar va orayopmalar orqali oʻtgan joylarida gilza ichiga olingan texnologik quvur oʻtkazgich uchastkalari tutushgan choklarga ega boʻlmasligi lozim. Texnologik quvur oʻtkazgichlarni gilzalar ichiga oʻrnatgunga qadar ushbu texnologik quvur oʻtkazgichlar izolyatsiyalangan va boʻyalgan boʻlishi kerak. Texnologik quvur oʻtkazgich va gilzalar orasidagi tirqishga yonmaydigan materialni tiqib zichlashtirish lozim.
51. Shishadan ishlangan texnologik quvur oʻtkazgichlarni, plastmassa bilan gummirovkalangan va futirovkalangan texnologik quvur oʻtkazgichlarni montaj qilishda ularni qizdirish yoʻli bilan egishga, yigʻilgan texnologik quvur oʻtkazgichlarga shtutser va “bobishka” larni ulashga yoʻl qoʻyilmaydi. Texnologik quvur oʻtkazgichlarning oʻz uzunligi boʻylab loyihaviy oʻlchamlardan ogʻishi flansli birikmalar ichiga oʻrnatiladigan halqalar bilan kompensatsiyalanishi lozim.
52. Plastmassa va shishadan ishlangan texnologik quvur oʻtkazgichlarni montaj qilish boshlangunga qadar ular yotqizilgan zonada payvandlash va issiqlik izolyatsiyasi ishlari toʻliq yakunlangan boʻlishi kerak.
53. Shishadan ishlangan texnologik quvur oʻtkazgichlarni texnologik jihozlar, shuningdek metall va plastmassali texnologik quvur oʻtkazgichlardan keyin montaj qilish lozim.
Shisha quvurlarni metall halqa (skoba)lar bilan mahkamlashda shu halqa (skoba) va shisha quvur orasiga elastik materialdan yasalgan qistirma (prokladka)ni oʻrnatish lozim.
54. Shisha quvurlardan ishlangan texnologik quvur oʻtkazgichlarni zarur boʻlgan hollarda oʻz oqimi bilan transportirovka qilinadigan mahsulotlardan inert gazni yoki havoni 0,1 MPa (1 kgs/sm2) dan katta boʻlmagan bosim ostida purkash bilan boʻshatish lozim.
Shisha quvurlardan ishlangan texnologik quvur oʻtkazgichlar ichiga bugʻni purkashga yoʻl qoʻyilmaydi.
55. Shisha quvurlardan ishlangan texnologik quvur oʻtkazgichlarni montaj qilishda jipslovchi elastik qistirma (prokladka)larga ega boʻlgan flansli yoki muftali yechiladigan (texnologik quvur oʻtkazgichlarni yuvish zarur boʻlganda foydalaniladigan muhitga kimyoviy jihatdan chidamli boʻlgan) ulagichlarni qoʻllash lozim.
6-bob. Texnologik quvur oʻtkazgichlarning payvandlanadigan va boshqa yechilmaydigan birikmalari
1-§. Umumiy talablar
56. Texnologik poʻlat quvur oʻtkazgichlarning sinov choklari mazkur SHNQning 3-ilovasiga muvofiq tashqi koʻrikdan, GOST 6996 boʻyicha mexanik sinovlardan oʻtkazilishi, shuningdek mazkur SHNQ ning 58, 60 va 64-bandlari talablariga muvofiq nazorat qilishning yaxlitlikni buzmaydigan usullari bilan tekshirilishi kerak.
Sinov choklarini payvandlashda:
tashqi koʻrik boʻyicha chokning qoniqarsiz sifati aniqlanganda ushbu chok yaroqsiz deb topiladi va bu chok nazorat qilishning boshqa usullari bilan tekshirilmaydi;
nazorat qilishning yaxlitlikni buzmaydigan usullari bilan tekshirishda yaroqsiz chokka yoʻl qoʻyilganda yana ikkita sinov choki payvandlanadi, agar bunda hech boʻlmaganda choklardan bittasi yaxlitlikni buzmaydigan usullari bilan nazorat qilinib, yaroqsiz deb topilsa, u holda payvandlangan sinov choklari yaroqsiz deb hisoblaniladi;
mexanik sinovlarda shu choklar yoki payvandchi tomonidan yangidan payvandlangan choklardan olingan namunalarning soni ikki martaga orttiriladi va ular qaytadan sinovdan oʻtkaziladi, agar qaytadan oʻtkazilgan mexanik sinovlarda namunalardan hattoki bittasi yaroqsiz deb topilsa, u holda qolgan namunalar ham yaroqsiz deb hisoblanadi.
Rangli metallardan tayyorlangan texnologik quvur oʻtkazgichlarni payvandlashga, shuningdek xuddi shunday texnologik plastmassa quvur oʻtkazgichlarni payvandlashga va yelimlashga atrof-muhit havosining harorati 50S dan past boʻlmaganda yoʻl qoʻyiladi.
57. Texnologik poʻlat quvur oʻtkazgichlarni montaj qilishdan oldin quvurlarning payvandlangan birikmalari (choklari) va detallari toʻliq sovutilgunga qadar saqlanishi, yelimlab ulangan birikmalarga ega boʻlgan texnologik plastmassa quvur oʻtkazgichlar esa 2 soatdan kam boʻlmagan vaqt davomida saqlanishi lozim.
2-§. Texnologik poʻlat quvur oʻtkazgichlar birikmalarining sifatini nazorat qilish
58. Texnologik poʻlat quvur oʻtkazgichlardagi payvandlangan choklarning sifatini tekshirish:
tizimli operatsion nazorat;
sinov choklaridan qirqib olingan namunalarni mexanik sinovlardan oʻtkazish;
buzmasdan nazorat qilish usullaridan biri bilan ichki nuqsonlarni aniqlash asosida choklar yaxlitligini tekshirish;
mazkur SHNQ ning 7-bobiga muvofiq gidravlik yoki pnevmatik sinovlardan oʻtkazish bilan olib borilishi kerak.
Payvand choklarining sifatini nazorat qilish usullari GOST 3242 da keltirilgan.
V toifali texnologik quvur oʻtkazgichlarning payvand choklari sifatini tekshirish operatsion nazoratni amalga oshirish bilan chegaralanadi.
Loyihada koʻzda tutilgan hollarda zanglamaydigan poʻlat turlaridan bajarilgan payvand choklari (birikmalar)ni GOST 6032 ga muvofiq kristallararo korroziyaga nisbatan moyillikka sinovlardan oʻtkazish lozim.
59. Operatsion nazoratda payvandlanadigan materialning holatini, quvurlar uchlarining va texnologik quvur oʻtkazgichlar detallarining payvandga tayyorlanganligini hamda yigʻish operatsiyalarining aniq bajarilganligini payvandlash rejimini tekshirish koʻzda tutiladi.
60. Texnologik poʻlat quvur oʻtkazgichlarning payvand choklarini radiografik yoki ultra tovushli metod bilan nazorat qilishni tashqi koʻrikdan oʻtkazishda va oʻlchashlarda aniqlangan nuqsonlar tuzatilgandan keyin olib borish lozim boʻlsa, 10 MPa (100 kgs/sm2) dan yuqori Ru ega boʻlgan texnologik quvur oʻtkazgichlarning payvand choklarini esa ularda aniqlangan nuqsonlar tuzatilgandan keyin magnit kukunli yoki rangli tasvir metodi bilan nazorat qilish kerak.
Payvand choklari yoriqlarga, kuygan joylarga, erigan qotishmalar (kraterlar)ga, dagʻal tangasimon dogʻlarga va 0,5 mm dan chuqur boʻlgan kesilgan joylarga ega boʻlmasligi lozim. (Ru kattaligi 10 MPa (100 kgs/sm2) dan yuqori boʻlgan texnologik quvur oʻtkazgichlarda kesilgan joylar umuman boʻlmasligi lozim).
61. Har bir payvandchi tomonidan payvandlangan choklarni (lekin choklar soni bittadan kam boʻlmasligi kerak) buzmasdan tekshirish metodi bilan nazorat qilish ishlarining hajmi va choklarning umumiy soniga nisbatan foizlarda texnologik quvur oʻtkazgichlar uchun quyidagilarni tashkil etishi lozim:
Ru kattalik 10 MPa (100 kgs/sm2) dan yuqori boʻlganda — 100;
I toifa uchun — 20;
II toifa uchun — 10;
III toifa uchun — 2;
IV toifa uchun — 1.
Nazorat qilishning buzmasdan tekshirish metodlari sifatida aniq sharoitlarni inobatga olgan holda ultra tovushli, elektrorengenografik va foto qogʻozlar qoʻllaniladigan rengenografik metodlarni qoʻllash maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.
Chokning butun aylanma oʻlchami nazoratdan oʻtkazilishi shart.
I — IV toifali texnologik quvur oʻtkazgichlar uchun tashqi koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha eng yomon deb topilgan choklar nazorat qilinishi shart.
Devorlarining qalinligi 16 mm va undan katta boʻlgan barcha guruhdagi poʻlatlardan tayyorlangan quvurlardan tashkil topgan va Ru kattaligi 10 MPa (100 kgs/sm2)dan yuqori boʻlgan texnologik quvur oʻtkazgichlarning payvandlab biriktirilgan joylaridagi chok chuqurligini tekshirish boʻyicha nazoratni radiografik metod bilan olib borish lozim boʻlsa, S, XG, XM guruhlardagi poʻlatlardan tayyorlangan quvurlardan tashkil topgan texnologik quvur oʻtkazgichlarning tayyor holatdagi payvand choklarining yakuniy nazoratini esa asosan ultra tovushli defektoskopiya metodi bilan bajarish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ru 10 kattaligi MPa (100 kgs/sm2) dan yuqori boʻlgan texnologik quvur oʻtkazgichlarning tayyor payvand choklarini radiografik yoki ultra tovushli nazoratini oʻtkazishdan oldin bu choklarni magnit kukunli yoki rangli tasvirga olish metodlari bilan nazoratdan oʻtkazish lozim.
Bunda chok yuzasi va shu chok qirrasidan 20 mm kenglikka ega boʻlgan zona nazoratdan oʻtkazilishi kerak.
62. Texnologik poʻlat quvur oʻtkazgichlardagi payvandlangan choklarning sifatini radiografik nazorat natijalari boʻyicha baholashni mazkur SHNQning 4-ilovasiga muvofiq balli tizim boʻyicha olib borish lozim.
Agarda texnologik quvur oʻtkazgichlar uchun ballar yigʻindisi quyidagilarga teng yoki ulardan ortiq boʻlsa, u holda payvand choklari yaroqsiz deb hisoblanishi lozim:
Ru kattalik 10 MPa (100 kgs/sm2) dan yuqori boʻlganda 2;
I toifa 3;
II -''- 3;
III -''- 5;
IV -''- 6.
Yuqorida koʻrsatilgan ballar yoki ulardan yuqori ballar bilan baholangan payvand choklari tuzatilishi lozim. Bu choklar tuzatilgandan keyin xatolikka yoʻl qoʻygan payvandchi tomonidan bajarilgan choklar soni dastlabki sondan ikki martaga oshirilgan holda qoʻshimcha nazoratdan oʻtkaziladi.
4 va 5 ballar yigʻindisi bilan mos ravishda baholangan III va IV toifali texnologik quvur oʻtkazgichlarning payvand choklari tuzatilmaydi, lekin ushbu payvandchi tomonidan bajarilgan choklar soni ikki barobarga oshirilgan sonda qoʻshimcha nazoratdan oʻtkaziladi.
63. Radiografik nazoratning sezgirligi Ru kattaligi 10 MPa (100 kgs/sm2) dan yuqori boʻlgan texnologik quvur oʻtkazgichlar uchun (GOST 7512 boʻyicha), I va II toifalardagi texnologik quvur oʻtkazgichlar uchun 2 sinfga, III va IV toifalardagi quvur oʻtkazgichlar uchun 3 sinfga mos kelishi lozim.
64. Ru kattaligi 10 MPa (100 kgs/sm2) dan yuqori boʻlgan texnologik quvur oʻtkazgichlarning payvand choklari quyidagilar kuzatilmasa ultra tovushli nazorat natijalari boʻyicha sifatli deb tan olinadi:
uzun yassi va hajmiy nuqsonlar;
uzun boʻlmagan hajmiy nuqsonlar (quvur devorining qalinligi 20 mm gacha va 20 mm boʻlganda 2 mm2 ekvivalent yuzaga mos keladigan amplitudaga ega boʻlgan qaytgan signal bilan aniqlangan nuqsonlar va quvur devorining qalinligi 20 mm dan yuqori boʻlganda 3 mm2 gacha va undan yuqori ekvivalent yuzaga mos keladigan amplitudaga ega boʻlgan qaytgan signal bilan aniqlangan nuqsonlar);
uzun boʻlmagan hajmiy nuqsonlar (quvur devorining qalinligi 20 mm gacha va 20 mm boʻlganda 2 mm2 ekvivalent yuzaga mos keladigan amplitudaga ega boʻlgan qaytgan signal bilan aniqlangan nuqsonlar va quvur devorining qalinligi 20 mm dan yuqori boʻlganda 3 mm2 gacha va undan yuqori ekvivalent yuzaga mos keladigan amplitudaga ega boʻlgan qaytgan signal bilan aniqlangan va chokning har bir 100 mm da uchtadan ortiq boʻlgan nuqsonlar).
I — IV toifalardagi texnologik poʻlat quvurlarning payvandlangan choklari tarmoq standartlarida belgilangan talablarni qanoatlantirishi lozim. Hattoki bitta chok tekshirilganda ultra tovush bilan nazorat qilishning qoniqarsiz natijalari olinganda ushbu payvandchi tomonidan bajarilgan choklar soni ikki marta oshirilgan holda nazoratdan oʻtkaziladi. Qaytadan oʻtkazilgan nazoratning natijalari qoniqarsiz deb topilganda, 100 foiz choklar nazoratdan oʻtkaziladi.
65. Agar chokning nuqsonli uchastkasi yoʻqotilgandan keyin “viborka” oʻlchamlari quyidagi jadvalda koʻrsatilgan qiymatlardan oshmasa, u holda texnologik poʻlat quvur oʻtkazgichlardagi payvand choklarining uchastkalari “viborka” va izchil payvandlash yoʻli bilan (barcha choklarni qayta payvandlamasdan) toʻgʻrilanishi lozim.
Quvur devorining nominal qalinligiga yoki chokning hisobiy kesimiga nisbatan “viborka” chuqurligi, foizda Payvand birikmasining nominal tashqi perimetriga nisbatan jami uzunlik, foiz Py kattaligi 10 MPa (100 kgs/sm2) dan yuqori boʻlgan texnologik quvur oʻtkazgichlar uchun 15 gacha meʼyorlanmaydi 15 dan yuqori va 30 gacha 35 gacha 30 dan yuqori va 50 gacha 20 gacha 50 dan yuqori 15 gacha I — IV toifalardagi texnologik quvur oʻtkazgichlar uchun 25 gacha meʼyorlanmaydi 25 dan yuqori va 50 gacha 50 gacha 50 dan yuqori 25 gacha
Nuqsonli uchastkasini toʻgʻrilash uchun yuqoridagi jadval boʻyicha yoʻl qoʻyiladigan oʻlcham bilan “viborka” oʻtkazish talab etiladigan payvand choki toʻliq olib tashlanishi lozim. Uning oʻrniga esa “katushka” payvandlanishi kerak.
Tashqi koʻrikdan oʻtkazishda va oʻlchash ishlarida, ultra tovushli, magnit kukunli yoki rangli tasvirga olish metodi bilan nazorat qilishda aniqlangan barcha nuqsonli uchastkalar tuzatilishi lozim.
Radiografik nazorat natijalari boʻyicha yaroqsiz deb topilgan choklarda ushbu SHNQning 62-bandi va 4-ilovasiga muvofiq aniqlanib, eng katta ball bilan baholangan chok uchastkasi tuzatilishi lozim.
Agar chok bir xil ballar yigʻindisi boʻyicha yaroqsiz deb topilgan hollarda, ushbu chok uchastkalarini payvandlamasdan tuzatish lozim boʻladi.
Chokning aynan bitta joyini bir martadan koʻp boʻlmagan holda tuzatishga yoʻl qoʻyiladi. Nuqsonlarni zarba berish bilan (chekankalab) tuzatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Choklarning tuzatilishi lozim boʻlgan barcha uchastkalari buzmasdan nazorat qilish metodlari bilan tekshirilgan boʻlishi kerak.
Choklarning tuzatilganligi va qayta nazoratdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur SHNQning 2-ilovasiga muvofiq ishlab chiqarish hujjatlariga kiritilgan boʻlishi kerak.
66. Py kattaligi 10 MPa (100 kgs/sm2)dan yuqori texnologik poʻlat quvur oʻtkazgichlarning payvandlangan choklari metalli qattiqlikka nisbatan sinovdan oʻtkazilishi kerak, shuningdek XM va XF guruhlardagi poʻlat turlaridan tayyorlangan va issiqlik bilan ishlov berilgan hamda Py kattaligi 10 MPa (100kgs/sm2) gacha boʻlgan texnologik quvur oʻtkazgichlar payvandlangan choklarining metalli ham qattiqlikka nisbatan sinovdan oʻtkazilishi lozim.
Payvand choklarining qattiqligini oʻlchash natijalari boʻyicha ushbu choklar quyidagi shartlar bajarilganda sifatli deb hisoblanadi:
eritilib quyilgan metall qattiqligining asosiy metall qattiqligi quyi qiymatidan 25 NV dan ortiq boʻlmagan qiymatga pasayishi;
eritilib quyilgan metall qattiqligining asosiy metall qattiqligi yuqori qiymatidan 25 NV dan ortiq boʻlmagan qiymatga ortishi;
asosiy metall qattiqligi va termik taʼsir zonasidagi metall qattiqligi orasidagi farqning 50 NV dan ortiq boʻlmagan qiymatga oshishi.
Qattiqlik farqi yoʻl qoʻyiladigan qiymatdan oshib ketganda chokka qaytadan termik ishlov beriladi, agar qayta termik ishlov berilgandan keyin qattiqlik farqi yoʻl qoʻyiladigan qiymatdan yuqori boʻlsa, u holda oxirgi nazorat tekshiruvidan keyin oʻtgan vaqt davomida ushbu payvandchi tomonidan payvandlangan bir xil tipdagi birikmalardagi chok metalli va asosiy metall stiloskopiyadan oʻtkaziladi. Agar eritib quyilgan metallning kimyoviy tarkibi qaralayotgan chokdagi asosiy metallning kimyoviy tarkibiga mos kelmasa, u holda ushbu chok yaroqsiz deb hisoblanadi.
3-§. Rangli metall va qotishmalardan ishlangan texnologik quvur oʻtkazgichlar choklari sifatining nazorati
67. Payvandlangan va kavsharlangan choklar sifati nazoratini ularni tashqi koʻrikdan oʻtkazish, shuningdek texnologik quvur oʻtkazgichlarni ushbu SHNQning 7-bobidagi koʻrsatmalarga muvofiq gidravlik yoki pnevmatik sinash yoʻli bilan bajarish lozim.
68. Kavsharlangan choklar oʻzining tashqi koʻrinishi boʻyicha asosiy metallga bir maromda oʻtish bilan silliq yuzaga ega boʻlishi kerak. Erigan metall oqmalariga, metallning qatlamlanishiga hamda kovaklar hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
69. Kavsharlangan choklarning nuqsonlarga ega boʻlgan joylarini qayta sinovdan oʻtkazgan holda kavsharlash bilan tuzatishga yoʻl qoʻyiladi (lekin ular ikki martadan ortiq sinovdan oʻtkazilmaydi).
4-§. Texnologik plastmassa quvur oʻtkazgichlar choklari sifatining nazorati
70. Texnologik plastmassa quvur oʻtkazgichlar choklari sifatining nazorati kirish, operatsion va qabul qilish nazorati (tashqi kuzatuv va oʻlchashlar, payvandlangan choklar sifatini tezkor tekshirish hamda ularning mexanik sinovlari)ni oʻz ichiga olishi lozim.
71. Payvandlangan va yelimlangan choklarni kirish nazoratidan oʻtkazishda materiallar hamda buyumlar sifatining amaldagi standartlar talablariga mos kelishi tekshirilishi kerak.
72. Payvandlangan choklarning operatsion nazorati quvurlarning payvandlashga tayyorlanganlik sifatini, quvurlar oxirgi qismlari sirtining sifatini, qizdirish asbobi ishchi yuzasining tozaligini va payvandlash rejimini tekshirishni koʻzda tutishi lozim.
Yelimlangan choklarning operatsion nazorati yelimlanuvchi sirtlarning yelimlashga tayyorlanganlik sifatini tekshirishni, quvurlarni yigʻishda tirqishlar kattaligining saqlanishiga va yelimlashning texnologik rejimlariga rioya etilishni koʻzda tutishi lozim.
73. Barcha payvandlangan va yelimlangan choklar tashqi koʻrikdan oʻtkazilishi va oʻlchanishi lozim. Ularning tashqi koʻrinishi quyidagilarga:
tutashtirib kontkaktli payvandlash natijasida hosil qilingan aylanma chok simmetrik va bir tekis taqsimlangan kenglikka ega boʻlishi;
payvandlangan aylanma chok keskin oʻzgaruvchan chiziqsiz, yoriqlarsiz, gaz pufakchalarisiz va boshqa qoʻshimchalarsiz silliq sirtga ega boʻlishi;
ichiga kiritib payvandlashda aylanma chok rastrubning koʻndalang tomoni boʻylab bir tekis taqsimlangan boʻlishi;
polivinilxloriddan ishlangan quvurlarni gaz yordamida prutokli payvandlashda prutoklar orasida boʻshliqlar, buyumlar materialida va payvandlanuvchi prutoklarda ortiqcha kuygan joylar boʻlmasligi, shuningdek payvandlangan chokda oʻz kengligi va balandligi boʻyicha notekis taqsimlangan kuchlar boʻlmasligi, uning sirti qavariq holatga ega boʻlishi, asosiy materialga bir tekis birikkan boʻlishi;
quvurlarni yelimlashda ular orasidagi tirqish yelimli plyonka bilan toʻldirilishi lozim.
74. Uchma-uch tutashtirib payvandlashda choklarda nuqsonlar aniqlangan hollarda quvurlarni shu uchastkalari qirqib tashlanadi va 200 mm dan kam boʻlmagan uzunlikda “katushka” payvandlanadi. Prutokli payvandlashda nuqsonlarga ega boʻlgan uchastkalar qirqib tashlanmasdan tuzatilishi mumkin.
75. II va III toifalardagi texnologik quvur oʻtkazgichlarning payvand choklari choʻzilish va siljishga nisbatan mexanik sinovlardan oʻtkaziladi (texnologik quvur oʻtkazgichlarning toifalari mazkur SHNQ ning 5-ilovasidagi jadvalga asosan aniqlanadi).
Bitta obyektda bajarilgan barcha choklarning 0,5 foizi nazoratdan oʻtkazilsa, bir payvandchi tomonidan bajarilgan choklarning bir foizidan kam boʻlmagan qismi nazoratdan oʻtkazilishi kerak. Nazorat uchun tanlanadigan namunalar toʻgʻri chiziqli va payvand choklari qirqilgan qismning markazida joylashgan boʻlishi kerak.
Namunalarni payvandlash hamda ularni choʻzilish va siljishga nisbatan sinash orasidagi vaqt 24 soatdan kam boʻlmasligi kerak.
Choʻzilish va siljishga sinashda bitta chokda boʻlsa ham qoniqarsiz natijalar olinganda, ularning soni ikki barobar oshirilgan holda qayta tekshiruvdan oʻtkaziladi. Qayta tekshiruv natijalari qoniqarsiz chiqsa, barcha choklar yaroqsiz deb hisoblanadi va qirqib tashlanadi.
7-bob. Montaj qilingan texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlarni individual sinovlardan oʻtkazish
76. Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlarni individual sinolardan oʻtkazish boshlangunga qadar surtish, sovitish, yongʻinga qarshi muhofaza, elektr uskunalari, himoyaviy yerga ulanish, avtomatlashtirish tizimlarining montaji yakunlangan va ishga tushirish ishlari bajarilgan boʻlishi lozim.
77. Qurilish obyektida yigʻilgan idishlar, apparatlar mustahkamlikka va germetiklikka nisbatan sinovlardan oʻtkazilishi kerak.
Tayyorlovchi korxonada toʻliq yigʻilgan va sinovlardan oʻtkazilib, qurilish maydoniga keltirilgan idishlar, apparatlar mustahkamlikka va germetiklikka nisbatan qoʻshimcha individual sinovlardan oʻtkazilmaydi.
Sinovlar turi (mustahkamlikka, germetiklikka nisbatan sinash), sinov usullari (gidravlik, pnevmatik va boshqalar), sinash bosimining kattaligi, sinovlarning davomiyligi va sinovlar natijalarining baholanganligi ilova hujjatlarida yoki ishchi hujjatlarda koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
78. Mashinalar, mexanizmlar va agregatlarni tayyorlovchi korxonaning texnik shartlarida koʻzda tutilgan talablarga rioya qilinganlikni tekshirgan holda boʻsh yurishda sinovlardan oʻtkazish kerak.
Montaj jarayonida yigʻilgan mashinalar, mexanizmlar va agregatlar, shuningdek yigʻilgan va tamgʻalangan holda montajga keltirilgan mashinalar, mexanizmlar va agregatlar sinovlar oʻtkazishdan oldin qismlarga ajratilmaydi.
79. Texnologik quvur oʻtkazgichlar mustahkamlikka va germetiklikka nisbatan sinalishi shart.
Sinovlar turi (mustahkamlikka, germetiklikka nisbatan sinash), sinov usullari (gidravlik, pnevmatik va boshqalar), sinovlarning davomiyligini va sinovlar natijalarini baholash ballarini ishchi hujjatlarga muvofiq qabul qilish lozim.
Mustahkamlikka nisbatan sinash bosimining kattaligini ishchi hujjatlarda qoʻshimcha koʻrsatmalar boʻlmagan holda quyidagi jadvalga muvofiq qabul qilish kerak.
Texnologik quvur oʻtkazgich materiali Bosim, MPa (kg/sm2) Ishchi bosim, R Sinash bosimi 1 2 3 Poʻlat; plastmassa, emal va boshqa materiallar bilan qoplangan poʻlat 0,5 (5) gacha 1,5R, lekin 0,2(2) dan kam boʻlmasligi lozim 0,5 (5) dan yuqori 1,25R, lekin 0,8(8) dan kam boʻlmasligi lozim Plastmassalar, shisha va boshqa materiallar Mazkur qoidalar qoʻllaniladigan sohalarda 1,25R, lekin 0,2(2) dan kam boʻlmasligi lozim Rangli metalllar va qotishmalar Mazkur qoidalar qoʻllaniladigan sohalarda 1,25R, lekin 0,1(1) dan kam boʻlmasligi lozim
Devorlarining harorati 400ºC dan ortiq boʻlgan texnologik poʻlat quvur oʻtkazgichlar uchun sinov bosimini 1,5R ga teng qilib qabul qilish kerak (lekin bu bosim 0,2 MPa (2 kg/sm2) dan kam boʻlmasligi lozim).
Germetiklikka nisbatan sinash bosimining qiymati ishchi bosimga mos kelishi lozim.
80. Sinovlar oʻtkazilayotganda texnologik quvur oʻtkazgichlarni uchastkalarga ajratishni (zarur boʻlganda), mustahkamlik va germetiklikka nisbatan sinovlarni birgalikda qoʻshib olib borishni va nuqsonlarni aniqlash usuli (sovunli eritma bilan surtish, tomchi qidirgichlarni qoʻllash va boshqalar)ni sinovlarni amalga oshiruvchi tashkilot qabul qiladi (agar ishchi hujjatlarda tegishli koʻrsatmalar boʻlmasa). Bunda xavfsizlik texnikasi va yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilish lozim.
81. Gidravlik sinovlarni oʻtkazayotganda texnologik poʻlat quvur oʻtkazgichlarni ogʻirligi 1,5 kg dan ortiq boʻlmagan, rangli metalldan tayyorlangan texnologik quvur oʻtkazgichlarni esa ogʻirligi 0,8 kg dan ortiq boʻlmagan bolgʻa bilan urib koʻrishga yoʻl qoʻyiladi.
Pnevmatik sinovlarda texnologik quvur oʻtkazgichlarni urib koʻrishga yoʻl qoʻyilmaydi.
82. 15ºC dan yuqori haroratda tayyorlangan texnologik plastmassa quvur oʻtkazgichlarning mustahkamlikka va germetiklikka nisbatan sinovlarini ular payvandlangandan keyin yoki yelimlangandan keyin 24 soat oʻtgandan soʻng, 15ºC dan past haroratda bajarilgan choklar uchun esa bu sinovlarni 48 soatdan keyin oʻtkazish kerak.
83. Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlar sinalish jarayonida yigʻish ishlarini olib borishda yoʻl qoʻyilgan nuqsonlar aniqlangan hollarda nuqsonlar bartaraf etilgandan keyin qayta sinovlar oʻtkazilishi kerak.
Bosim ostidagi idishlar, apparatlar va texnologik quvur oʻtkazgichlar, mexanizm hamda mashinalarda esa ular ish holatidaligida nuqsonlarni bartaraf etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
84. Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlarning gidravlik sinovlarini manfiy haroratlarda oʻtkazish jarayonida suyuqlik muzlashining oldini olish uchun chora-tadbirlar qabul qilinishi lozim (suyuqlikni isitish, muzlash temperaturasini pasaytiruvchi qoʻshimchalarni kiritish).
85. Gidravlik sinovlar tugatilgandan soʻng texnologik quvur oʻtkazgichlar, idishlar va apparatlardagi suyuqliklar chiqarib tashlanishi, ochish-yopish armaturasi esa ochiq holatda qoldirilishi kerak.
86. Pnevmatik sinovlarni oʻtkazishda idish, apparat va texnologik quvur oʻtkazgichdagi bosimni quyida koʻrsatilgan bosqichlarda (pogʻonalarda) kuzatish bilan sekin-asta koʻtarib borish lozim:
0,2 MPa (2 kg/sm2) gacha ishchi bosimda ekspluatatsiya qilinayotgan idishlar, apparatlar va texnologik quvur oʻtkazgichlar uchun sinov bosimi 60 foizga yetganda;
0,2 MPa (2 kg/sm2) va undan yuqori ishchi bosimda ekspluatatsiya qilinayotgan idishlar, apparatlar va texnologik quvur oʻtkazgichlar uchun sinov bosimi 30 va 60 foizga yetganda.
Texnik koʻrik (kuzatuv) vaqtida bosimni koʻtarish toʻxtatiladi.
Yakuniy texnik koʻrik (kuzatuv) ishchi bosimda va asosan germetiklikka nisbatan sinash bilan birga qoʻshib olib boriladi.
87. Mustahkamlikka nisbatan pnevmatik sinovlarni:
moʻrt materiallar (shisha, choʻyan, faolit va boshqalar)dan tayyorlangan idishlar, apparatlar va texnologik quvur oʻtkazgichlar uchun;
ishlab turgan sexlarda joylashgan idishlar, apparatlar va texnologik quvur oʻtkazgichlar uchun;
foydalanilayotgan texnologik quvur oʻtkazgichlar yonida joylashgan estakadalar, kanallar va lotoklarda joylashgan texnologik quvur oʻtkazgichlar uchun;
idishlar, apparatlar va texnologik quvur oʻtkazgichlarga kul rang choʻyandan tayyorlangan ochish-yopish armaturasi oʻrnatilgan boʻlsa ortiqcha bosimda (bosim 0,4 MPa ( 4 kg/sm2) dan yuqori boʻlganda) oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
88. Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlarni mustahkamlikka nisbatan gidravlik yoki pnevmatik sinash bosimi 5 daqiqa davomida tutib turilishi lozim, undan soʻng uni ishchi bosimgacha pasaytirish kerak.
Texnologik shisha quvur oʻtkazgichlarni sinashda sinov bosimi 20 daqiqa davomida tutib turiladi.
89. Ishchi hujjatlarda germetiklikka nisbatan sinovlarni oʻtkazish vaqti koʻrsatilmagan hollarda bu vaqt idishlarni, apparatlarni va texnologik quvur oʻtkazgichlarni koʻrikdan oʻtkazish davomiyligida aniqlanishi lozim, agar qismlarga ajraluvchi va ajralmaydigan birikmalarda tomchilar aniqlanmasa va sinovlarni oʻtkazish davrida haroratning oʻzgarishini hisobga olgan holda manometr boʻyicha bosimning pasayishi kuzatilmasa oʻtkazilgan sinovlar qoniqarli deb tan olinadi.
90. Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlarni tekshirish boʻyicha individual sinovlarning yakuniy bosqichi texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlarni kompleksli sinovlar uchun qabul qilish dalolatnomasini imzolash uchun asos boʻladi.
SHNQ 3.05.05-22 “Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlar” shaharsozlik normalari va qoidalariga 1-ILOVA
Ishga tushirish ishlarini olib borish
1. Ishga tushirish ishlariga texnologik jihozlarni individual sinovlarga tayyorlash va sinovlarni oʻtkazish hamda ularni kompleks sinovlardan oʻtkazish davrida bajariladigan ishlar majmuasi kiradi.
Bu yerda “jihoz” tushunchasi obyektning barcha texnologik tizimlarini, yaʼni texnologik jihozlar va loyihada koʻzda tutilgan mahsulotning birinchi partiyasi chiqarilishini taʼminlovchi barcha boshqa turdagi texnologik jihozlar hamda texnologik quvur oʻtkazgichlar, elektrotexnik, sanitariya-texnik va boshqa qurilmalar hamda avtomatizatsiya tizimlari kompleksini qamrab oladi.
2. Individual sinovlar davri ishchi hujjatlarda, amaldagi standartlarda va texnik shartlarda koʻzda tutilgan talablarning bajarilishini taʼminlovchi hamda kompleks sinovlardan oʻtkazish uchun snovdan oʻtkazuvchi ishchi komissiya tomonidan texnologik jihozlarning qabul qilinishiga tayyorlash maqsadida alohida mashinalar, mexanizmlar va agregatlarni sinash uchun individual sinovlarni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan montaj va ishga tushirish ishlarini oʻzi ichiga oladigan davr tushuniladi.
3. Individual sinovlar boshlangunga qadar elektrotexnika qurilmalari, boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari, sanitariya-texnika va boshqa jihozlar boʻyicha ishga tushirish ishlari amalga oshiriladi. Bunday ishlarning bajarilishi texnologik jihozning invidual sinovlardan oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Koʻrsatilgan qurilmalar, tizimlar va texnologik jihozlarning individual sinovlari montaj ishlarining tegishli turini bajarish boʻyicha amaldagi SHNQ talablariga muvofiq oʻtkaziladi.
4. Kompleksli sinovlar davrida texnologik jihozlarning loyihada koʻzda tutilgan texnologik jarayonda dastlab boʻsh holatdagi (xolostoy xoddagi) rejimda, keyinchalik kuch ostidagi rejimda va mahsulotning birinchi partiyasini obyektning loyihaviy quvvatini oʻzlashtirishning boshlangʻich davrida belgilangan hajmda chiqarilishini taʼminlovchi turgʻun loyihaviy texnologik rejimda birgalikda oʻzaro bogʻlangan holda olib boriladigan ishlarning bajarilishini taʼminlash, tekshirish va rostlash (regulirovka qilish) bajariladi.
Texnologik jihozlarni kompleksli sinovlardan oʻtkazish boshlangunga qadar avtomatlashtirilgan vositalar va avariyaga hamda yongʻinga qarshi boshqa himoya vositalari ishga tushirilgan boʻlishi kerak.
5. Ishga tushirish ishlarining hajmi va shartlari, shuningdek texnologik jihozlarni kompleksli sinash jarayonlarining davomiyligi, ekspluatatsion personalning zarur boʻlgan soni, yoqilgʻi-energetik resurslar va materiallar hamda xom ashyoning zaruriy miqdori qurilishi yakunlangan korxonalarni, obyektlarni, sexlarni va ishlab chiqarishlarni ekspluatatsiyaga qabul qilishning tasdiqlangan tarmoq qoidalariga muvofiq aniqlanadi.
6. Texnologik jihozlarni individual va kompleksli sinovlardan oʻtkazish hamda ishga tushirish ishlarini bajarish jarayonida aniqlangan nuqsonlar buyurtmachi (yoki tayyorlovchi korxona) tomonidan obyekt ekspluatatsiyaga qabul qilingunga qadar tuzatilishi kerak.
7. Texnologik jihozlarni kompleksli sinovlarga tayyorlash va ulardan oʻtkazish davrida bajariladigan va mazkur ilovaning 4-bandida koʻrsatilgan ishlar va tadbirlar buyurtmachi yoki uning topshirigʻi bilan ishga tushiruvchi tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan hamda bosh pudratchi va subpudratchi montaj tashkilotlari, zarurat boʻlganda texnologik jihozlarni tayyorlovchi korxonalarning shefpersonali bilan kelishilgan dastur va grafik asosida amalga oshiriladi.
8. Texnologik jihozlarning kompleksli sinovlari buyurtmachining ekspluatatsion xodimi tomonidan bosh pudratchi tashkilot, loyiha tashkilotlari va subpudratchi montaj tashkilotlarning muhandis-texnik xodimlari, zarur boʻlganda texnologik jihozlarni tayyorlovchi korxona xodimi ishtirokida amalga oshiriladi.
SHNQ 3.05.05-22 “Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlar” shaharsozlik normalari va qoidalariga 2-ILOVA
Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlarni montaj qilishda rasmiylashtiriladigan ishlab chiqarish hujjatlari
Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlarni montaj qilishda quyidagi jadvalda keltirilgan ishlab chiqarish hujjatlari tuzilgan va ular (quyidagi jadvalda 1 — 3 tartib raqamlari belgilangan hujjatlardan tashqari) snovdan oʻtkazuvchi ishchi komissiyaga topshirilgan boʻlishi kerak.
T.r Hujjat Hujjatning mazmuni Izoh 1 2 3 4 1. Ishchi hujjatlarni ishlarni bajarishga taqdim etish dalolatnomasi Qurilish uchun QMQ 1.03.01 ga va loyiha hujjatlari tizimidagi amaldagi standartlarga muvofiq hujjatlar jamlanmasi; montaj ishlarini olib borishga, jumladan ishlarni bajarishning komplekt-blokli va tugunli metodlarini amalga oshirishga yaroqliligi; ishlarni bajarishga ruxsatnomaning mavjudligi; hujjatlarni qabul qilinganlik sanasi. - 2. Texnologik jihozlar, buyumlar va materiallarni montajga berish toʻgʻrisida dalolatnoma Texnologik jihozlar, buyumlar va materiallarni montajga berish dalolatnomasi shakli boʻyicha - 3. Binolar, inshootlar, poydevorlarning montaj ishlarini olib borishga tayyorligi toʻgʻrisida dalolatnoma Qurilish ishlarini olib borishni tashkil etish boʻyicha QMQ 3.01.01ga muvofiq masʼuliyatli konstruksiyalarni qabul qilish uchun tuzilgan oraliq dalolatnomalarining shakli boʻyicha - 4. Idishlar va apparatlarni sinash dalolatnomasi - Sinalishi lozim boʻlgan har bir idish va apparatga tuziladi 5. Texnologik quvur oʻtkazgichlarni sinash dalolatnomasi - texnologik quvur oʻtkazgichning har bir tarmogʻiga (liniyasiga) tuziladi. 6. Mashina va mexanizmlarni sinash dalolatnomasi Ishchi chizmalar boʻyicha nomi va tartib raqami; sinovlarning tayyorlovchi korxona tomonidan beriladigan yoʻriqnomasiga muvofiq davomiyligi. Sinalishi lozim boʻlgan har bir mashinaga yoki mexanizmga tuziladi. 7. Yopiq ishlarni qayd etish dalolatnomasi (texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlarni montaj qilishda) Qurilishni olib borishni tashkil etish boʻyicha QMQ 3.01.01ga muvofiq yopiq ishlarni qayd etish dalolatnomasining shakli boʻyicha. - 8. Poydevorga oʻrnatilgan texnologik jihozlarni tekshirish dalolatnomasi Ishchi chizmalar boʻyicha nomi va tartib raqami; tekshirish natijalari va tayyorlovchi korxona yoʻriqnomasiga mosligi. Dalolatnomaga montaj vaqtida olib borilgan oʻlchashlarni koʻrsatgan holda formulyar ilova qilinadi. 9. Individual sinovlardan keyin texnologik jihozlarni qabul qilish dalolatnomasi QMQ 3.01.04 boʻyicha - 10. Payvandlash ishlarini qayd etish jurnali Mazmuni texnik hujjatlarda belgilanadi. Faqat I va II toifali texnologik quvur oʻtkazgichlar va Ru kattaligi 10 MPa (100 kgs/sm2) dan yuqori boʻlgan texnologik quvur oʻtkazgichlar uchun tuziladi. 11. Payvandchilar va termistchilar (metallga termik ishlov beruvchilar) roʻyxati - - 12. Nazorat choklarini hisobga olish va ular sifatini tekshirish natijalarini qayd etish jurnali - Faqat I va II toifali texnologik quvur oʻtkazgichlar va Ru kattaligi 10 MPa (100 kgs/sm2) dan yuqori boʻlgan texnologik quvur oʻtkazgichlar uchun tuziladi. 13. Termik ishlov berilganlikni qayd etish jurnali Mazmuni amaldagi standartlarida belgilanadi. -
SHNQ 3.05.05-22 “Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlar” shaharsozlik normalari va qoidalariga 3-ILOVA
Texnologik poʻlat quvur oʻtkazgichlarning payvandlangan namunalarini mexanik sinovlardan oʻtkazish
Sinov choklaridan tayyorlangan payvand namunalarining mexanik sinovlari quyidagi talablarga rioya etilgan holda oʻtkazilishi kerak:
statik choʻzilishda vaqtinchalik qarshilik payvandlanadigan quvur metallining vaqtinchalik qarshilik chegarasining quyi chegarasidan kam boʻlmasligi lozim;
sinovlarda statik egilishga bukilish burchaklari quyidagi jadvalda keltirilgan qiymatlardan kichik boʻlmasligi lozim;
Poʻlat turlari Egilish burchagi, quyidagi harorat dan kam boʻlmasligi lozim Quvur qalinligi quyidagicha boʻlganda (mm), elektr yoy bilan payvandlash Gaz yordamida payvandlash 20 dan kam 20 dan yuqori Uglerod miqdori 0,23 foizdan kam boʻlmagan uglerodli poʻlatlar 100 100 70 Kam legirlangan 80 60 50 Issiqqa chidamli kam legirlangan 50 40 30 Martensit-ferrit sinfiga tegishli poʻlatlar 50 50 - Austenli sinfiga tegishli boʻlgan poʻlatlar 100 100 -
quvurning uch devor qalinligiga teng boʻlgan holatda puchaygan namunasida yoriqlar boʻlmasligi lozim;
Ru kattaligi 10 MPa (100 kgs/sm2) dan yuqori hamda devor qalinligi 12 mm va undan yuqori boʻlgan I toifadagi texnologik quvur oʻtkazgichlarni payvand qilishda chok metallining zarbaga qarshi qayishqoqligi barcha poʻlat turlari uchun (austenit poʻlatlardan tashqari) 50 j/sm2 (5 kgs.m/sm2) dan kam boʻlmasligi lozim boʻlsa (musbat 20ºC haroratda), austenit poʻlatlar uchun bu kattalik 70 j/sm2 (7 kgs.m/sm2) dan kam boʻlmasligi lozim.
SHNQ 3.05.05-22 “Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlar” shaharsozlik normalari va qoidalariga 4-ILOVA
Radiografik nazorat natijalari boʻyicha texnologik poʻlat quvur oʻtkazgichlarda payvandlangan choklar sifatining jamlangan balini aniqlash
1. Payvand choklari sifatining jamlangan balli mazkur ilovaning 1 va 2-jadvallariga muvofiq choklar sifatini alohida baholashda olingan eng katta ballarni qoʻshish orqali aniqlanadi.
2. Texnologik quvur oʻtkazgichlarda payvandlangan choklarning sifatini chok oʻqi boʻyicha payvandlanmay qolgan joylarning uzunligi va kattaligi, chok negizida erishning ortiqligi va chokning botiqligiga, shuningdek eritilmagan joylar va yoriqlar mavjudligiga bogʻliq holda ballarda baholash quyidagi 1-jadvalda koʻrsatilgan.
1-jadval Baholash ballari Chok oʻqi boʻyicha payvandlanmay qolgan joylarning uzunligi va kattaligi, chok negizida erishning ortiqligi va chokning botiqligi, eritilmagan joylar va yoriqlar mavjudligi Quvur devorining nominal qalinligiga nisbatan balandligi (chuqurligi), foiz Quvur aylanasi boʻyicha ballar yigʻindisi 0 Payvandlanmaganlik mavjud emas - Chok negizining botqiligi 10 foizgacha, lekin 1,5 mm dan ortiq emas. 1/8 aylanma uzunligigacha Chok negizining ortiq payvandlanganligi 10 foizgacha, lekin 3mm dan ortiq emas 1/8 aylanma uzunligigacha 1 Chok oʻqi boʻyicha payvandlanmaganlik 10% gacha, 1/4 aylanma uzunligigacha lekin 2 mm dan ortiq emas yoki 5% gacha, lekin 1 mm dan ortiq emas 1/2 aylanma uzunligigacha 2 Chok oʻqi boʻyicha payvandlanmaganlik 20% gacha, lekin 3 mm dan ortiq emas 1/4 aylanma uzunligigacha yoki 10 foizgacha, lekin 2 mm dan ortiq emas 1/2 aylanma uzunligigacha yoki 5 foizgacha, lekin 1 mm dan ortiq emas Chegaralanmaydi 6 Yoriqlar Uzunligidan qatʼiy nazar Asosiy metall va chok orasidagi eritilmaganlik hamda chokning alohida valiklar orasidagi eritilmaganlik Uzunligidan qatʼiy nazar Chok oʻqi boʻyicha payvandlanmaganlik 20 foizortiq emas va 3 mm dan ortiq emas Uzunligidan qatʼiy nazar
Izoh. I — IV toifali texnologik quvur oʻtkazgichlar uchun chok negizning botiqligi va payvandlanishning ortiqligi qiymatlari meʼyorlanmaydi.
3. Radiografik nazoratda aniqlangan aralashmalar (gʻovaklar)ning yoʻl qoʻyiladigan oʻlchamlari va ularning ballar bilan baholanishi quyidagi 2-jadvalda koʻrsatilgan. Payvand choklari uchastkalarida aralashmalar (gʻovaklar) boʻlmaganda bu uchastkalar 1 ball bilan baholanadi.
2-jadval Baholash ballari Devorlar qalinligi, mm Aralashmalar (gʻovaklar) Gʻovaklarning toʻplanish uzunligi, mm 100 m uzunlikdagi chokning istalgan uchastkasidagi aralashma (gʻovak)larning jamlangan uzunligi Eni (diametri) mm Uzunligi, mm 1 3 gacha 3 dan yuqori 5 gacha " 5 " 8 " 8 " 11 " 11 " 14 " 14 " 20 " 20 " 26 "26 " 34 34 dan yuqori 0,5 0,6 0,8 1,0 1,2 1,5 2,0 2,5 3,0 1,0 1,2 1,5 2,0 2,5 3,0 4,0 5,0 6,0 2,0 2,5 3,0 4,0 5,0 6,0 8,0 10,0 10,0 3,0 4,0 5,0 6,0 8,0 10,0 12,0 15,0 20,0 2 3 gacha 3 dan yuqori 5 gacha " 5 " 8 " 8 " 11 " 11 " 14 " 14 " 2 " 20 " 26 " 26 " 34 " 34 " 45 45 dan yuqori 0,6 0,8 1,0 1,2 1,5 2,0 2,5 2,5 3,0 3,5 2.0 2,5 3,0 3,5 5.0 6,0 8,0 8,0 10,0 12,0 3,0 4,0 5,0 6,0 8,0 10,0 12,0 12,0 15,0 15,0 6,0 8,0 10,0 12,0 15.0 20,0 25,0 30,0 30,0 40,0 3 3 gacha 3 dan yuqori 5 gacha " 5 " 8 " 8 " 11 " 11 " 14 " 14 " 20 " 20 " 26 " 26 " 34 " 34 " 45 45 dan yuqori 0,8 1,0 1,2 1,5 2,0 2,5 3,0 3,5 4,0 4,5 3,0 4,0 5,0 6,0 8,0 10,0 12,0 12,0 15,0 15,0 5,0 6,0 7,0 9,0 12,0 15,0 20,0 20,0 25,0 30,0 8,0 10,0 12,0 15,0 20,0 25,0 30,0 35,0 40,0 45,0 6 Qalinligidan qatʼiy nazar Aralashmalar (gʻovaklar), gʻovaklarning toʻplanganligi, ularning oʻlchamlari yoki jamlangan uzunligi mazkur jadvalning 3 balli uchun oʻrnatilgan qiymatlarda oshadi
Izohlar:
1. Radiografik suratlarni tahlil qilganda 0,2 mm va undan kam uzunlikdagi aralashmalar (gʻovaklar) hisobga olinmaydi (agar ular toʻplangan holatda boʻlmasa va nuqsonlar toʻrini hosil qilmasa);
2. Mazkur ilovaning 2-jadvalida koʻrsatilgandan qisqa uzunlikdagi ayrim aralashmalar (gʻovaklar)ning soni 100 m uzunlikdagi radiogrammaning istalgan uchastkasida 1 ball uchun 10 donadan, 2 ball uchun 12 donadan, 3 ball uchun 15 donadan oshmasligi kerak (bunda ularning jamlangan uzunligi ushbu jadvalda koʻrsatilgandan ortiq boʻlmasligi lozim;
3. Uzunligi 100 m dan qisqa boʻlgan payvand choklari uchun ushbu jadvalda keltirilgan meʼyorlar aralashmalar (gʻovaklar)ning jamlangan uzunligi boʻyicha, shuningdek ayrim aralashmalar (gʻovaklar) soni boʻyicha proporsional ravishda kamaytirilgan boʻlishi kerak;
4. Aralashmalar (gʻovaklar) toʻplanganligi aniqlangan Ru kattaligi 10 MPa (100 kgs/sm2) dan yuqori boʻlgan texnologik quvur oʻtkazgichlar payvand choklari uchastkalarining bahosi 1 ballga oshirilgan boʻlishi lozim;
5. Aralashmalar (gʻovaklar) zanjiri aniqlangan barcha toifadagi texnologik quvur oʻtkazgichlar payvand choklari uchastkalarining bahosi bir balga oshirilgan boʻlishi kerak.
6. Suratlar tahlil qilinayotganda GOST 19232 boʻyicha nuqsonlar turi va GOST 23055 boʻyicha ularning oʻlchamlari aniqlanadi.
7. Payvand chokining Mazkur ilovaning 1-jadvali boʻyicha aniqlangan ballini, payvand choki uchastkasining mazkur ilovaning 2-jadvali boʻyicha aniqlangan eng katta balini, shuningdek payvand choki sifatining jamlangan ballini xulosada yoki radiografik nazoratni qayd etish jurnalida (masalan 1/2 — 3 yoki 6/6 — 12 koʻrinishda) koʻrsatish lozim.
SHNQ 3.05.05-22 “Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlar” shaharsozlik normalari va qoidalariga 5-ILOVA
Texnologik quvur oʻtkazgichlarni tasniflash
Texnologik quvur oʻtkazgichlar quyida keltirilgan 1-jadval koʻrsatgichlariga muvofiq turli belgilar boʻyicha tasniflanadi.
Texnologik quvur oʻtkazgichlar tasnifi
1-jadval Tasniflash belgilari Guruh nomi Tasniflash mezoni Joylashish oʻrni Sex ichkarisida Sex yoki qurilma doirasidagi texnologik jihozlarning ayrim turlari orasidagi Sexlararo Qurilmalar va sexlar obyektlar orasidagi Yotqizilish usuli Yer ustida Estakadalarda, ustunlarda, bino devorlari boʻyicha va shu kabilar Yer yuzasida Bevosita yer yuzasida, novlarda, ochiq xandaqlarda, past tayanchlarda, qistirmalarda yoki tagliklarda Yer ostida Oʻtish va oʻtilmas sunʼiy ariqlarda, yer osti yoʻlkalarida, ariqsiz Ichki bosim Siqilgan havoli Mutloq bosim 0,1 MPa dan kam Bosimsiz yoki oʻzi oqar Muhit bosimiga yaqin bosim Past bosimli Bosim 0,1 dan 10 MPa gacha Yuqori bosimli Bosim 10 MPa dan yuqori Transportirovka qilinadigan modda harorati Kriogen Harorat — 153ºS dan past Sovuq Harorat atrof-muhit haroratidan past, biroq — 153ºC dan past emas Meʼyoriy Harorat atrof-muhit haroratiga teng Iliq Harorat atrof-muhit haroratidan yuqori, biroq 45ºC dan ortiq emas Issiq Harorat atrof-muhit haroratidan va 45ºC dan yuqori Transportirovka qilinadigan moddaning agressivligi Noagressiv Yemirilish sezilarsiz Yengil agressiv (kam agressiv) Yemirilish tezligi 0,1 mm/yilgacha Oʻrtacha agressiv Yemirilish tezligi 0,1 dan yuqori 0,5 mm/yil gacha Agressiv Yemirilish tezlgi 0,5 mm/yil dan yuqori Transportirovka qilinadigan modda Bugʻ oʻtkazgichlar Suv bugʻi Suv quvuri Sovuq va issiq suv Neft oʻtkazgichlar Neft va neft mahsulotlari Gaz oʻtkazgichlar Yonuvchan, zaharli va suyultirilgan gazlar Kislorod oʻtkazgichlar Kislorod va uning boshqa gazlar bilan aralashmasi Atsetilen oʻtkazgichlar Atsetilen Ammiak va boshqa oʻtkazgichlar Ammiak va boshqa moddalar Ashyo Poʻlatli Past uglerodsimon va yuqori legirlangan poʻlat Ichki va tashqi qoplamli poʻlat Rezina, plastmassa, shishaplastiklar, sirlangan, bimetall va shu kabilar bilan qoplangan uglerodsimon va past legirlangan poʻlatdan Rangli metallardan ishlangan Mis, alyumin, qoʻrgʻoshin, titan va boshqa metallar hamda ularning qotishmalari Nometall materiallardan ishlangan Shisha, sopol, plastmassa, quyma tosh va shu kabilar Birlashtrish usullar Yechilmaydigan Payvandlab, kavsharlab, yelimlab birlashtriluvchi Yechiluvchan Rezbal, flansli, uchi kengaytirilgan quvurli yoki valsovkali birikmalar
Ayrim guruhlar doirasida texnologik quvur oʻtkazgichlarning maxsus tasniflari qoʻllaniladi.
1400 mm gacha shartli oʻtishga ega boʻlgan, Ru kattaligi 10 MPa gacha boʻlgan bosimli va 70 dan 450ºC gacha haroratli noagressiv hamda yengil agressiv moddalarni transportirovka qiluvchi past bosimli texnologik poʻlat quvur oʻtkazgichlar quyidagi 2-jadvalga muvofiq 3 ta guruhga va 5 ta toifaga boʻlinadi.
Yuqoridagi 2-jadvalda keltirilgan tasniflar atsetilen, kislorod tashuvchi texnologik quvur oʻtkazgichlar, qozonxona, elektr stansiyalaridagi texnologik quvur oʻtkazgichlar, alohida vazifalarni bajaruvchi (atom qurilmalari, koʻchma agregatlar, siqilgan havoni transportirovka qiluvchi qurilmalardagi) texnologik quvur oʻtkazgichlar, shuningdek dinamik kuchlar taʼsiri va vakuum ostida ishlaydigan hamda ichki va tashqi tomonidan korroziyaga qarshi himoya qilish boʻyicha maxsus chora-tadbirlarni talab etuvchi texnologik quvur oʻtkazgichlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
2-jadval
Past bosimli texnologik poʻlat materialli quvur oʻtkazgichlar tasnifi
Guruh Transportirovka qilinadigan modda Texnologik quvur oʻtkazgichlar toifasi I II III IV V Rishchi MPa tishchi, ºC Rishchi, MPa tishchi, ºC Rishchi, MPa tishchi, ºC Rishchi, MPa tishchi, ºC Rishchi, MPa tishchi, ºC A Zararli: Qatʼiy nazar - - - - - - - - - a) xavflilik sinfi 1 va 2 b) xavflilik sinfi 3 1,6 dan yuqori 300 dan yuqori 1,6 gacha 300 gacha - - - - - - Portlash va yongʻin xavfiga ega boʻlgan moddalar: a) portlash xavfiga ega boʻlgan moddalar; 2,5 dan yuqori 300 dan yuqori 2,5 gacha 300 gacha - - - - - - b) yonuvchan gazlar, jumladan suyultirilgan B b) yengil alangalanuvchi suyuqliklar 2,5 dan yuqori 300 dan yuqori 1,6 dan yuqori 2,5 gacha 120 dan yuqori 300 gacha 1,6gacha 120gacha - - - - v) yonuvchan suyuqliklar; yonuvchan moddalar 6,3 dan yuqori 350 dan yuqori 2,5 dan yuqori 6,3 gacha 250 dan yuqori 350 gacha 1,6 dan yuqori 2,5 gacha 120 dan yuqori 250 gacha 1,6 gacha 120 gacha - - V Qiyin yonuvchi moddalar; Yonmaydigan moddalar - - 6,3 dan yuqori 350 dan yuqori 450 gacha 2,5 dan yuqori 6,3 gacha 250 dan yuqori 350 gacha 1,6 dan yuqori 2,5 gacha 120 dan yuqori 250 gacha 1,6 gacha 120 gacha
Izohlar:
1. Texnologik quvur oʻtkazgichlar guruhi va toifasini uni yanada masʼuliyatliroq guruh yoki toifaga tegishli boʻlgan oʻlchamlar boʻyicha belgilash lozim;
2. Zararli moddalarning xavflilik sinfini GOST 12.1.005 va GOST 12.1.007, portlash hamda yongʻin xavfliligini GOST 12.1.004 boʻyicha aniqlash lozim;
3. Xavflilik sinfi 4 boʻlgan zararli moddalarni portlash va yongʻin xavfliligi boʻyicha B guruhga; yonmaydiganlarini V guruhiga kiritish lozim.
Transportirovka qilinuvchi moddalarning miqdorlarini quyidagicha qabul qilish lozim:
ishchi bosim — bosim manbasini (nasos, kompressor va shu kabilar) takomillashtiruvchi eng katta ortiqcha bosimga teng;
ishchi haroratni — texnologik tartib bilan tashiladigan moddaning eng yuqori haroratiga teng;
shartli bosim — GOST 356 boʻyicha texnologik quvur oʻtkazgich materiali, ishchi bosimi va haroratiga bogʻliq boʻlgan bosim.
Bugʻ va issiq suv texnologik quvur oʻtkazgichlarining toifalarga boʻlinishi quyidagi 3-jadvalda keltirilgan.
Bugʻ va issiq suv texnologik quvur oʻtkazgichlarining tasnifi
3-jadval Tashiladigan modda Rr, MPa tp, S Texnologik quvur oʻtkazgich toifasi Qizdirilgan bugʻ chegaralanmagan 580 dan yuqori 1a 540 dan yuqori 580 gacha 1b 450 dan yuqori 540 gacha 1v 3,82 dan yuqori 450 gacha 1g 3,82 gacha 350 dan yuqori 450 gacha 2a 2,16 dan yuqori 3,82 gacha 350 gacha 2b 2,16 gacha 250 dan yuqori 350 gacha 3a 1,57 dan yuqori 2,16 gacha 250 gacha 3b Qizdirilgan va toʻyingan bugʻ 0,07 dan yuqori 1,57 gacha 115 dan yuqori 250 gacha 4a Issiq suv, toʻyingan bugʻ 7,85 dan yuqori 115 dan yuqori 1d 3,82 dan yuqori 7,85 gacha 2v 1,75 dan yuqori 3,82 gacha 3v Issiq suv 1,57 gacha 115 dan yuqori 4b
Bugʻning ishchi bosimi 0,07 MPa gacha va issiq suv harorati 115ºC gacha, shuningdek tashqi diametri 51 mm dan kam boʻlgan I toifali texnologik quvur oʻtkazgichlarga va tashqi diametri 76 mm dan kam boʻlgan barcha boshqa toifali quvur oʻtkazgichlarga ushbu qoida taalluqli emas.
Texnologik nometall materialli quvur oʻtkazgichlarning tasnifi
4-jadval Guruhi Tashiladigan moddalar Texnologik quvur oʻtkazgichlarning toifalari A Quvur materiali kimyoviy jihatdan chidamli boʻlgan zararli moddalar: a) xavfliligi yuqori, jumladan oltingugurt va tuz eritmasi, oʻyuvchan ishqorlarning suvdagi eritmasi; II b) oʻrtacha xavfli II B Quvurlar materiali kimyoviy jihatdan chidamboʻlgan yengil alangalanuvchi suyuqliklar (YEAS), yonuvchan gazlar (YOG), yonuvchan moddalar (YOM), yonuvchan suyuqliklar (YOS). III V Quvurlar materiali kimyoviy jihatdan chidamli boʻlgan qiyin yonuvchan va yonmaydigan moddalar IV - V
