1332-modda. Insonning transplantatsiya qilinadigan aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish
“Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-780-son) · Sana: 23.06.2022 · Amalda
Insonning transplantatsiya qilinadigan aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
6) 135-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “k” bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“k) inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini olish maqsadida sodir etilgan boʻlsa”;
7) 137-modda uchinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi mazmundagi “v” band bilan toʻldirilsin:
“v) inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini olish maqsadida sodir etilgan boʻlsa”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda, № 12, 689-modda; 2021-yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 973-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 216-modda, № 4, 337-modda) 345-moddasining beshinchi qismidagi “117-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 118, 119-moddalarida, 121-moddasi ikkinchi qismida, 124-moddasida, 127-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1271-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 129-moddasi ikkinchi qismida, 131-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 133-moddasi ikkinchi qismida, 134, 135-moddalarida” degan soʻzlar “1151-moddasida, 117-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 118, 119-moddalarida, 121-moddasi ikkinchi q�smida, 124-moddasida, 127-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1271-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 129-moddasi ikkinchi qismida, 131-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 133-moddasi ikkinchi qismida, 1331, 1332, 134, 135-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
