“1151-modda. Insonni undan aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini transplantatsiya uchun olishga rozilik berishga majburlash
“Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-780-son) · Sana: 23.06.2022 · Amalda
Insonni undan aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini transplantatsiya uchun olishga rozilik berishga majburlash, zoʻrlik ishlatib yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar ojiz ahvolda ekanligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan yoxud moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan aybdorga qaram boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
4) 133-modda:
nomi va birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
