“Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasining faoliyati masalalari toʻgʻrisida (566-son)
24.12.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
[Koʻchirma]
Qimmatbaho metallardan samarali foydalanish, jahon bozorida raqobatlashadigan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar yetkazib berishni koʻpaytirish hisobiga “Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasining eksport imkoniyatini oshirish, qimmatbaho metallar, toshlar va kristallarni qayta ishlash yuzasidan uning ilmiy-ishlab chiqarish imkoniyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. “Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklansin:
zargarlik buyumlari bozorini oʻrganish yuzasidan marketing tadqiqotlari oʻtkazish;
raqobatbardoshli zargarlik buyumlari va toshlar ishlab chiqarish, olmoslarga ishlov berish, kristallar yetishtirish;
zargarlik va oltin qazib olish sanoati uchun standart hamda etalon namunalar tayyorlash;
zargarlik sanoatida yagona ilmiy-texnika siyosatini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda kristallar sintezi va diagnostikasi texnologiyalarini rivojlantirish, asboblar va qurilmalar yaratish.
3. “Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi bir oy muddatda Birlashma ustavini ishlab chiqsin va uni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
5. Musodara qilingan va davlat foydasiga topshirilgan zargarlik buyumlaridan, qimmatbaho metallar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar parchalaridan samarali foydalanish maqsadida;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ekspertizadan oʻtgan zargarlik buyumlarining, qimmatbaho metallar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar parchalarining taʼmirlash yoki yangi zargarlik buyumlari tayyorlash uchun belgilangan tartibda “Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasiga topshirilishiga;
“Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasiga:
koʻrsatib oʻtilgan zargarlik buyumlarini, mablagʻlarni keyinchalik hukumatning tegishli qarorlarida nazarda tutilgan tartibda oʻtkazish sharti bilan, tashqi va ichki bozorlarda sotishga;
badiiy jihatdan yuksak boʻlgan noyob zargarlik buyumlarini taʼmirlash, tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki muzeyiga topshirishga ruxsat etilsin.
6. “Oʻzolmosoltin” uyushmasi:
Burchmulladagi “Olmos” zavodini, uning “Suzana”, “Binokor” shuʼba korxonalari bilan birga, 1997-yil 1-oktabrdagi holatiga koʻra “Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasiga balansdan balansga bersin;
ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga Uyushma faoliyatining asosiy yoʻnalishlariga, uning tuzilmasiga aniqlik va Ustavga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Monokristallar va zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etish toʻgʻrisida” 1991-yil 6-maydagi 120-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 24-dekabr,
566-son
