Savdo sohasida monopoliyadan chiqarishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (561-son)
24.12.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo sohasida monopoliyadan chiqarishni chuqurlashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 19-dekabrdagi PF-1897-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. 5-ilovaga* muvofiq “Goʻsht-sut savdo” davlat savdo-ishlab chiqarish birlashmasi negizida “Goʻsht-sut savdo” davlat-aksiyadorlik birlashmasi, “Goʻsht-sut savdo” hududiy savdo-ishlab chiqarish korxonalari negizida esa “Goʻsht-sut savdo” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etilsin.
* 5-ilova berilmaydi.
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Goʻsht-sut savdo” davlat aksiyadorlik birlashmasining ustav jamgʻarmasi Toshkent shahrida joylashgan va “Goʻsht-sut savdo” davlat savdo-ishlab chiqarish birlashmasi tarkibiga kirgan toʻrtta sovutgichning mol-mulki qiymati hisobiga shakllanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Goʻsht-sut savdo” aksiyadorlik jamiyatlari mol-mulkining baholash qiymatini aniqlasin va aksiyalar paketini belgilangan tartibda 5-ilovaga muvofiq joylashtirsin. “Goʻsht-sut savdo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining davlatga tegishli aksiyalari paketlari “Goʻsht-sut savdo” davlat-aksiyadorlik birlashmasining trast boshqaruviga berilsin.
“Goʻsht-sut savdo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining davlatga tegishli aksiyalari paketlari “Goʻsht-sut savdo” davlat-aksiyadorlik birlashmasining trast boshqaruviga berilsin.
4. Belgilansinki:
tegishli hududlarda joylashgan ulgurji savdo bazalari, qoidaga koʻra, mustaqil hisoblanadi. Ularning hududiy savdo-ishlab chiqarish aksiyadorlik kompaniyalari tarkibiga kirishi ularning ixtiyoriyligi asosida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin. Mustaqil ulgurji bazalar va hududiy savdo-ishlab chiqarish aksiyadorlik kompaniyalari, shuningdek, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, boshqa savdo korxonalari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi;
Toshkent shahar Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti boshligʻi maqomiga koʻra hokimning oʻrinbosariga tenglashtiriladi va Toshkent shahar hokimining qarori bilan tayinlanadi.
5. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi va Toshkent shahar hokimligining “Toshshaharmevasabzavotsanoat” birlashmasini Toshkent shahar Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti ixtiyoriga berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
6. “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 1998-yil mobaynida firma doʻkonlarining keng tarmogʻini tashkil etsin va oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlar sotilishini taʼminlasin.
7. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-dekabrdagi 604-son qarori bilan nazarda tutilgan tovarlarning asosiy turlari savdo tarmogʻida mavjud boʻlishi uchun shaxsan javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol bozori kompleksi (Usmonov) Davlat mulki qoʻmitasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari ikki oy muddatda “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi va “Savdo” hududiy savdo-ishlab chiqarish aksiyadorlik kompaniyalari taʼsis yigʻilishlari oʻtkazilishini, rahbar organlari saylanishini va ustavlari tasdiqlanishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
jamoa korxonalari shaklida roʻyxatdan oʻtkazilgan ulgurji bazalarni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 31-martdagi PF—1740-son Farmonining 1-bandiga muvofiq aksiyalar paketlaridagi ulushlarni taqsimlagan holda, belgilangan tartibda ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirsin;
“Oʻzbeksavdo” davlat-aksiyadorlik birlashmasi tizimiga kirgan aksiyadorlik jamiyatlaridagi — ulgurji bazalardagi aksiyalar joylashtirilishining joriy holatini xatlash asosida 1998-yilning birinchi choragida ularning belgilangan tartibda qayta taqsimlanishini taʼminlasin, bunda birinchi navbatda mehnat jamoasi ulushini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 31-martdagi PF-1740-son Farmonining 1-bandiga muvofiqlashtirishni nazarda tutsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari oʻz vakolatlari doirasida, mulkchilik shakllaridan va qaysi idoraga boʻysunishidan qatʼi nazar, savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlari va korxonalari tomonidan savdo qoidalariga rioya etilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar.
12. “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi apparati Mustaqillik maydoni, 5-uydagi binoga joylashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston “Savdo” davlat-aksionerlik uyushmasi (“Oʻzbeksavdo”) faoliyatini tashkil etish masalalari haqida” 1992-yil 8-maydagi 227-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Savdo” hududiy savdo-ishlab chiqarish aksiyadorlik kompaniyalari ikki oy muddatda xoʻjalik yurituvchi subyektlar tashkiliy-huquqiy shakllarining Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari M. 3. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 24-dekabr,
561-son
