“251-modda. Referendum oʻtkazuvchi komissiyalar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-779-son) · Sana: 16.06.2022 · Amalda
Referendum oʻtkazuvchi komissiyalar referendumni oʻtkazish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning ushbu Qonun talablari buzilganligi yoki referendumni tashkil etishning boshqa masalalari xususida oʻziga kelib tushgan murojaatlarini oʻz vakolatlari doirasida koʻrib chiqishi, ushbu murojaatlar boʻyicha tekshiruvlar oʻtkazishi va uch kunlik muddatda ularga yozma javoblar berishi, referendumga kamida olti kun qolganida yoki ovoz berish kuni kelib tushgan murojaatlarni esa darhol koʻrib chiqib, javob qaytarishi shart, bundan referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno.
Murojaatlar qaydlov daftarida roʻyxatga olinishi lozim.
Referendum oʻtkazuvchi komissiyaning raisi murojaatni koʻrib chiqish va unga doir qaror qabul qilish uchun tegishli komissiyani ushbu Qonunda belgilangan muddatlarda chaqiradi va uning majlisini oʻtkazadi. Majlisga manfaatdor shaxslar taklif etilishi mumkin.
Qoʻyilgan masalalarni hal etish oʻz vakolatiga kirmaydigan referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasiga kelib tushgan murojaat uch kunlik muddatda tegishli organlarga murojaat yuborgan shaxs bu haqda xabardor qilingan holda yuboriladi.
Murojaatni koʻrib chiqqan referendum oʻtkazuvchi komissiyalar aʼzolari uni koʻrib chiqish natijalari va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida murojaat yuborgan shaxsni xabardor qilishi shart”;
12) quyidagi mazmundagi 261-modda bilan toʻldirilsin:
