9-modda. Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar
Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-778-son) · Sana: 15.06.2022 · Amalda
Quyidagilar qoʻriqlash faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega:
davlat organlarining qoʻriqlash boʻlinmalari;
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari;
idoraviy qorovullik boʻlinmalari.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻriqlash faoliyatini chet davlatlarning jismoniy shaxslari va tashkilotlari, shu jumladan xususiy tashkilotlari tomonidan amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qisqa muddatli tashrif bilan kelgan oliy darajali mehmonlar xavfsizligini taʼminlash hollari mustasno.
