71-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qoʻriqlash faoliyati sohasidagi vakolatlari
Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-778-son) · Sana: 15.06.2022 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
qoʻriqlash faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan koʻrsatiladigan qoʻriqlash xizmatlari uchun tariflarni tasdiqlaydi;
qoʻriqlanishi lozim boʻlgan davlat obyektlari, oʻta muhim va toifalangan obyektlar, shuningdek savdo, xizmat koʻrsatish, koʻngilochar, qurilish obyektlarida va boshqa obyektlarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti tomonidan qoʻriqlash xizmatlarini koʻrsatish tartibini tasdiqlaydi hamda qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiradi;
qoʻriqlash vositalarining va tizimlarining qoʻllanilishi sohasida yagona texnik siyosat yuritilishini, ulardan foydalanilishi ustidan samarali nazoratni, shuningdek qoʻriqlash faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng miqyosda joriy etilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari hamda idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalari ishchilari va xizmatchilarining formali kiyim-boshi hamda farqlovchi belgilari namunalarini tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qoʻriqlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomalarning namunaviy shaklini tasdiqlaydi;
saf boʻlinmalari, idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari, idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlashning texnik vositalaridan foydalangan holda qoʻriqlash xizmatlarini, shuningdek qoʻriqlash-texnik xizmatlarni koʻrsatadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentiga qoʻriqlash uchun topshirilgan obyektlarni qoʻriqlashning muhandislik va texnik vositalari bilan jihozlash talablari, tartibi hamda shartlarini belgilaydi;
Oʻzbekiston Respublikasining oʻta muhim va toifalangan obyektlarida qoʻriqlash-texnik xizmatlar koʻrsatish boʻyicha ishlarni bajarish uchun ruxsatnomalar beradi;
qoʻriqlash-texnik xizmatlar koʻrsatish boʻyicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabardor qilish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
qoʻriqlanadigan obyektlar hududida jamoat tartibini saqlaydi, huquqbuzarliklarning oldini oladi va ularga chek qoʻyadi;
