Jizzax viloyatida qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlarni kengaytirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-278-son)
15.06.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Jizzax viloyatida mavjud yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, ichki imkoniyatlarni keng jalb etgan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, aholi bandligini taʼminlash, ularning daromadlari va turmush darajasini yanada yaxshilash hamda qulay agrobiznes muhitini yaratish maqsadida:
1. Belgilansinki:
a) Jizzax viloyatida 2022 — 2026-yillarda 60 000 gektardan ortiq yer maydonlari oʻzlashtiriladi va qayta foydalanishga kiritilib, ushbu maydonlarga sabzavot, poliz, moyli, dukkakli, ozuqa va dorivor ekinlar joylashtiriladi hamda bogʻ va uzumzorlar tashkil etiladi;
b) yangi oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarida:
kooperatsiya usulida (urugʻ va koʻchatlarni yetkazish, agronom biriktirish, tayyor mahsulotni xarid qilish, saqlash va eksport qilish tizimini yaratish orqali) mahsulot yetishtirish yoʻlga qoʻyiladi;
suv resurslaridan samarali foydalanish, mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va eksport hajmini oshirish uchun qishloq xoʻjaligi ekinlari yaxlit maydonlarga plantatsiya usulida joylashtiriladi;
v) yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qayta foydalanishga kiritish mazkur yerlarda yer osti suvlarining holati boʻyicha Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining tegishli xulosasi asosida amalga oshiriladi.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Soliq kodeksining 428-moddasiga asosan, qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yangi oʻzlashtirilayotgan yerlar vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ularni oʻzlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular oʻzlashtirilgan vaqtdan eʼtiboran besh yil mobaynida yer soligʻi solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga kiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5742-son Farmoniga muvofiq qonunchilikda belgilangan imtiyozli davr yakunlanganidan soʻng, yangidan foydalanishga kiritilgan yer uchastkasiga nisbatan 10 yil davomida ushbu yer uchastkasi foydalanishga kiritilgunga qadar belgilangan soliq stavkalari qoʻllaniladi.
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
mazkur qaror doirasida oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan yerlarda kooperatsiya shartlari asosida meva-sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli, moyli hamda boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini, dorivor oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha tavsiyalarni bersin, urugʻ va koʻchatlarni yetkazish, tayyor mahsulotni xarid qilish, saqlash va eksport qilishga koʻmaklashsin;
mazkur yerlarda faoliyat yuritadigan mahsulot yetishtiruvchilarga malakali agronom jalb qilishga koʻmaklashsin, shuningdek, ular uchun bogʻ va tokzorlarni barpo etish, sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli, moyli va boshqa ekinlar, dorivor oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha seminar-treninglar oʻtkazsin.
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi hamda Jizzax viloyati hokimligining takliflari inobatga olinib, quyidagilar:
Jizzax viloyatida qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlarni kengaytirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
Jizzax viloyati tumanlarida 2022 — 2026-yillarda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarining koʻrsatkichlari 2 — 2.5-ilovalarga muvofiq;
Jizzax viloyati tumanlarida 2022 — 2026-yillarda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarida yangi mevali bogʻlar barpo etish koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
Jizzax viloyati tumanlarida 2022 — 2026-yillarda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlariga mevali bogʻlarni turlari boʻyicha joylashtirish koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;
Jizzax viloyati tumanlarida 2022 — 2026-yillarda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarida yangi uzumzorlar barpo etish koʻrsatkichlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev) bilan birgalikda ikki hafta muddatda Jizzax viloyati tumanlarida 2022 — 2026-yillarda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish hamda ushbu maydonlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilishning prognoz koʻrsatkichlarini tasdiqlasin.
6. Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev) Jizzax viloyati tumanlarida 2022 — 2026-yillarda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan zaxira yer fondi toifasidagi yer uchastkalari ochiq elektron tanlovga oyma-oy grafik asosida qoʻyib borilishini taʼminlasin.
7. Belgilansinki, Jizzax viloyati tumanlarida 2022 — 2026-yillarda yangi oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari uchun xarajatlarning bir qismi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-fevraldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida qoplanadi.
8. Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda viloyatning lalmi maydonlari qonunchilikda belgilangan talablar boʻyicha yer osti suvlari zaxirasi hisobidan oʻzlashtirilishi ustidan doimiy monitoring olib borsin.
9. Jizzax viloyati hokimligi (E.Saliyev):
a) Qishloq xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda:
mazkur qarorga 2 — 5-ilovalardagi prognoz koʻrsatkichlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini tahlil qilib borsin va muvofiqlashtirsin;
yaroqsiz deb topilgan, iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli bogʻ va tokzorlar oʻrnida intensiv bogʻ va tokzorlar barpo qilish yoki eksportbop mahsulotlar yetishtirish choralarini koʻrsin;
b) “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda Jizzax viloyatida 60 000 gektar oʻzlashtirilayotgan va qayta foydalanishga kiritilayotgan yerlarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish uchun talab qilinadigan elektr energiyasi quvvatlarini aniqlab, loyiha tashabbuskorlari tomonidan elektr taʼminoti obyektlarini va tarmoqlarini qurish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar moliyalashtirilgandan soʻng belgilangan tartibda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirsin.
10. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda:
mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini;
ommaviy axborot vositalari orqali Jizzax viloyatida meva-sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli, moyli hamda boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini, dorivor oʻsimliklarni yetishtirish, ularni saqlash, qayta ishlash va eksport qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning yoritib borilishini taʼminlasin.
11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi va Kadastr agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Jizzax viloyati hokimi E.A. Saliyev, Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari O.Sh. Ashurmatov, qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi direktori X.M. Karimov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 15-iyun,
PQ-278-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-278-son qaroriga 1-ILOVA
Jizzax viloyatida qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlarni kengaytirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish boʻyicha amalga oshiriladigan
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Masʼullar 1. Jizzax viloyati tumanlarida 2022 — 2026-yillarda 60,3 ming gektar (shundan, 6,1 ming gektar foydalanishga kiritiladigan va 54,2 ming gektar oʻzlashtiriladigan yer maydonlari) yer maydonlarini quyidagi bosqichlarda foydalanishga kiritish: 2022-yilda 21,9 ming gektar; 2023-yilda 10,6 ming gektar; 2024-yilda 10,5 ming gektar; 2025-yilda 10,1 ming gektar; 2026-yilda 7,1 ming gektar. Viloyatda quyidagi irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari amalga oshiriladi: 95 km uzunlikdagi ariqlarni tozalash va qazish (258 mln soʻmlik); 147 km uzunlikdagi zovurlarni tozalash va qazish (7,4 mlrd soʻmlik), 45 km uzunlikdagi ariqlarni betonlash (37,3 mlrd soʻmlik); 4 dona gidrotexnika inshootini qurish va rekonstruksiya qilish (175 mln soʻmlik); 9 dona gidrotexnika inshootini taʼmirlash va tiklash (23 mln soʻmlik); 12 dona yangi suv nasosi qurish (14,8 mlrd soʻmlik); 430 km uzunlikda elektr tarmoqlarini tortish (11,6 mlrd soʻmlik); suv yetib bormaydigan hududlarga 742 dona tik quduqlarni qurish (154,2 mlrd soʻmlik). 2022 — 2026-yillarda Jizzax viloyati hokimligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar 2. Viloyat boʻyicha 5 yilda jami 5,2 ming gektar yerlarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish. Jumladan: Arnasoy tumanida 210 gektar; Baxmal tumanida 1 086 gektar; Gʻallaorol tumanida 889 gektar; Sh. Rashidov tumanida 517 gektar; Zomin tumanida 692 gektar; Zarbdor tumanida 357 gektar; Zafarobod tumanida 439 gektar; Mirzachoʻl tumanida 143 gektar; Forish tumanida 421 gektar; Yangiobod tumanida 449 gektar. 1. Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish uchun talab etiladigan 130 mlrd soʻm mablagʻlar manbaini aniqlash. 2. Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etuvchi tadbirkorlarni topish, roʻyxatga olishni tashkil etish. 3. Tadbirkorlarning biznes-rejalari bilan tanishish, bank kredit mablagʻlarini olishda amaliy yordam berish. 2022 — 2026-yillarda Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, tegishli vazirlik va idoralar 3. Viloyat tumanlarida 2022 — 2026-yillarda 7 281 gektarda yangi bogʻlar barpo etish. Jumladan, 2797 gektar olma, 158 gektar bodom, 362 gektar pista, 114 gektar nok, 1879 gektar yongʻoq, 44 gektar behi, 288 gektar oʻrik, 353 gektar olcha, 899 gektar olxoʻri, 263 gektar gilos, 101 gektar shaftoli, 23 gektar anor bogʻlarini barpo etish. 1. Tumanlarda yangi bogʻlarni barpo etuvchi talabgorlarni aniqlash. 2. Yangi bogʻlar barpo etish uchun talab etiladigan mablagʻlarni hisob-kitob qilish va manbalarini aniqlash. 3. Talabgorlarga bank kredit mablagʻlarini olish hamda subsidiyalar ajratilishida amaliy yordam berish. 4. Sifati kafolatlangan, serhosil va eksportbop meva koʻchatlarini topish, olish va ekish borasida kerakli ilmiy maslahat xizmatini yoʻlga qoʻyish. 2022 — 2026-yillarda Jizzax viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi 4. Viloyat tumanlarida 2022 — 2026-yillarda tashkil etiladigan 7 271 gektar yangi uzumzorlarni barpo etish. Jumladan, 2545 gektar xoʻraki uzum navlarini, 2545 gektar kishmishbop uzum navlarini va 2908 gektar sanoatbop uzumzorlarni tashkil etish. 2022-yilda 2407 gektar, 2023-yilda 1364 gektar, 2024-yilda 1450 gektar, 2025-yilda 1167 gektar, 2026-yilda 883 gektar yangi uzumzorlarni tashkil etish. Bunda: 1. Yangi uzumzorlarni tashkil etuvchi tashabbuskorlarni aniqlash, ularning biznes-rejalari bilan tanishish, bank kredit mablagʻlarini olishda amaliy yordam berish. 2. Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etuvchi tadbirkorlarni topish, roʻyxatga olishni tashkil etish. 3. Yangi ish oʻrinlarini yaratish. 2022 — 2026-yillarda Jizzax viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar 5. Viloyat tumanlarida 2022 — 2026-yillarda 60,3 ming gektar foydalanishga kiritilgan yer maydonlari hisobiga 659,7 ming tonna qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqishni tashkil etish. 1. Viloyat tumanlarida foydalanishga kiritilgan yer maydonlari hisobiga 4345 ming tonna sabzavot, 142,6 ming tonna poliz, 75 ming tonna dukkakli don, 43,6 ming tonna moyli, 301,2 ming tonna mevali va 93,9 ming tonna uzum mahsulotlari ishlab chiqarish tashkil etiladi. 2. Ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 109,5 ming tonnasi eksportga, 167,9 ming tonnasi qayta ishlashga, 55 ming tonnasi zaxiraga, 11,4 ming tonnasi urugʻlikka, 152,4 ming tonnasi Toshkent shahridagi va boshqa yarmarkalarga, 163,4 ming tonnasi ichki isteʼmolga yoʻnaltiriladi. 2022 — 2026-yillarda Jizzax viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-278-son qaroriga 2-ILOVA
Jizzax viloyati tumanlarida 2022 — 2026-yillarda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarining
kOʻRSATKICHLARI
T/r Tumanlar nomi Kontur soni Yer maydoni, (ga) Shundan: Jami talab etiladigan mablagʻlar, (mln soʻm) Shundan: Amalga oshiriladigan tadbirlar Foydalanishga kiritiladigan yer maydoni, (ga) Oʻzlashtiriladigan yer maydoni, (ga) oʻz mablagʻi bank krediti Ariqlarni tozalash va qazish Zovurlarni tozalash va qazish Ariqlarni betonlash kilometr talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) kilometr talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) kilometr talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) 1. Arnasoy 47 2 754 2 754 0 21 590,5 14 493,5 7 097,0 15 47 42 1 277 22 13 170 2. Baxmal 82 5 000 0 5 000 61 371,7 0,0 61 371,7 0 0 0 0 0 0 3. Gʻallaorol 166 10 000 0 10 000 48 792,8 0,0 48 792,8 0 0 0 0 0 0 4. Sh. Rashidov 194 11 633 0 11 633 48 926,2 0,0 48 926,2 0 0 0 0 0 0 5. Zomin 168 10 065 0 10 065 42 964,8 0,0 42 964,8 0 0 0 0 0 0 6. Zarbdor 26 1 732 716 1 016 28 619,1 15 860,2 12 758,9 19 50 60 4 960 10 10 850 7. Zafarobod 22 1 563 1 003 560 22 949,6 10 234,6 12 715,0 23 61 21 574 9 9 600 8. Mirzachoʻl 24 1 422 1 191 231 4 494,3 720,1 3 774,2 38 101 23 619 0 0 9. Forish 164 9 780 94 9 686 33 459,2 0,0 33 459,2 0 0 0 0 0 0 10. Yangiobod 107 6 403 384 6 019 42 743,3 3 700,0 39 043,3 0 0 0 0 5 3 700 Jami: 1 000 60 352 6 142 54 211 355 911,4 45 008,4 310 903,0 95 258 147 7 430 45 37 320
Izoh: Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
T/r Tumanlar nomi Amalga oshiriladigan tadbirlar Gidrotexnika inshootini qurish va rekonstruksiya qilish Gidrotexnika inshootini taʼmirlash va tiklash Yangi nasos qurish Elektr tarmogʻini tortish Tik quduq qurish (suv yetib bormaydigan hududlarga) Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish dona talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) dona talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) soni talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) kilometr talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) soni talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) gektar talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) 1. Arnasoy 1 45 1 2 6 1 800 0 0 210 5 250 2. Baxmal 0 0 0 0 1 11 500 192 5 187 85 17 540 1 086 27 145 3. Gʻallaorol 0 0 0 0 0 0 38 1 023 124 25 540 889 22 230 4. Sh. Rashidov 0 0 0 0 0 0 2 58 172 35 940 517 12 928 5. Zomin 0 0 0 0 0 0 4 108 123 25 548 692 17 309 6. Zarbdor 2 90 4 11 0 0 8 207 17 3 520 357 8 931 7. Zafarobod 1 40 0 0 5 1 495 0 0 1 200 439 10 980 8. Mirzachoʻl 0 0 4 10 0 0 0 0 1 200 143 3 564 9. Forish 0 0 0 0 0 0 3 87 110 22 860 421 10 513 10. Yangiobod 0 0 0 0 0 0 183 4 930 109 22 900 449 11 213 Jami: 4 175 9 23 12 14 795 430 11 599 742 154 248 5 203 130 063
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-278-son qaroriga 2.1-ILOVA
Jizzax viloyati tumanlarida 2022-yilda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarining
KOʻRSATKICHLARI
T/r Tumanlar nomi Kontur soni Yer maydoni, (ga) Shundan: Jami talab etiladigan mablagʻlar, (mln soʻm) Shundan: Amalga oshiriladigan tadbirlar Foydalanishga kiritiladigan yer maydoni, (ga) Oʻzlashtiriladigan yer maydoni, (ga) oʻz mablagʻi bank krediti Ariqlarni tozalash va qazish Zovurlarni tozalash va qazish Ariqlarni betonlash kilometr talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) kilometr talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) kilometr talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) 1. Arnasoy 0 0,0 0,0 0,0 2. Baxmal 44 2 658 2 658 6 553,0 0,0 6 553,0 3. Gʻallaorol 106 6 368 6 368 11 290,0 0,0 11 290,0 4. Sh. Rashidov 24 1 442 1 442 3 179,0 0,0 3 179,0 5. Zomin 62 3 716 3 716 3 683,0 0,0 3 683,0 6. Zarbdor 4 379 163 216 5 275,3 3 980,0 1 295,3 25 3 980 7. Zafarobod 1 284 254 30 5 675,0 4 500,0 1 175,0 2,8 4 500 8. Mirzachoʻl 1 65 65 900,0 0,0 900,0 9. Forish 84 5 030 5 030 3 909,4 0,0 3 909,4 10. Yangiobod 34 2 019 2 019 4 325,0 0,0 4 325,0 Jami: 360 21 961 482 21 479 44 789,7 8 480,0 36 309,7 0 0 25 3 980 3 4 500
T/r Tumanlar nomi Amalga oshiriladigan tadbirlar Gidrotexnika inshootini qurish va rekonstruksiya qilish Gidrotexnika inshootini taʼmirlash va tiklash Yangi nasos qurish Elektr tarmogʻini tortish Tik quduq qurish (suv yetib bormaydigan hududlarga) Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish dona talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) dona talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) soni talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) kilometr talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) soni talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) gektar talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) 1. Arnasoy 0 0 0 2. Baxmal 39 1 053 18 3 600 76 1 900 3. Gʻallaorol 20 540 44 8 800 78 1 950 4. Sh. Rashidov 2 54 10 2 000 45 1 125 5. Zomin 4 108 5 1 000 103 2 575 6. Zarbdor 1 20 1 200 43 1 075 7. Zafarobod 0 1 200 39 975 8. Mirzachoʻl 0 1 200 28 700 9. Forish 2,2 59 16 3 200 26 650 10. Yangiobod 25 675 14 2 800 34 850 Jami: 0 0 0 0 0 0 93 2 510 110 22 000 472 11 800
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-278-son qaroriga 2.2-ILOVA
Jizzax viloyati tumanlarida 2023-yilda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarining
KOʻRSATKICHLARI
T/r Tumanlar nomi Kontur soni Yer maydoni, (ga) Shundan: Jami talab etiladigan mablagʻlar, (mln soʻm) Shundan: Amalga oshiriladigan tadbirlar Foydalanishga kiritiladigan yer maydoni, (ga) Oʻzlashtiriladigan yer maydoni, (ga) oʻz mablagʻi bank krediti Ariqlarni tozalash va qazish Zovurlarni tozalash va qazish Ariqlarni betonlash kilometr talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) kilometr talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) kilometr talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) 1. Arnasoy 18 1 054 1 054 0 4 890,0 2 365,0 2 525,0 0 20 645 3 1 720 2. Baxmal 13 800 800 10 153,0 0,0 10 153,0 0 0 0 3. Gʻallaorol 15 910 910 9 409,0 0,0 9 409,0 0 0 0 4. Sh. Rashidov 42 2 548 2 548 9 450,0 0,0 9 450,0 0 0 0 5. Zomin 36 2 150 2 150 15 200,0 0,0 15 200,0 0 0 0 6. Zarbdor 6 353 153 200 10 462,3 7 590,0 2 872,3 8 20 10 250 6 7 320 7. Zafarobod 6 383 250 133 2 052,5 1 717,5 335,0 7 18 8 200 2 1 500 8. Mirzachoʻl 5 280 220 60 404,5 402,5 2,0 11 28 15 375 0 9. Forish 22 1 314 94 1 220 6 710,8 0,0 6 710,8 0 10. Yangiobod 15 870 271 599 6 264,0 1 200,0 5 064,0 0 0 2 1 200 Jami: 178 10 662 2 042 8 620 74 996,1 13 275 61 721 26 65 53 1 470 12 11 740
T/r Tumanlar nomi Amalga oshiriladigan tadbirlar Gidrotexnika inshootini qurish va rekonstruksiya qilish Gidrotexnika inshootini taʼmirlash va tiklash Yangi nasos qurish Elektr tarmogʻini tortish Tik quduq qurish (suv yetib bormaydigan hududlarga) Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish dona talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) dona talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) soni talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) kilometr talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) soni talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) gektar talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) 1. Arnasoy 0 2 650 0 0 75 1 875 2. Baxmal 39 1 053 23 4 600 180 4 500 3. Gʻallaorol 0 5 122 23 4 600 188 4 688 4. Sh. Rashidov 0 0 0 36 7 200 90 2 250 5. Zomin 0 0 0 61 12 200 120 3 000 6. Zarbdor 1 2 0 1 20 3 600 90 2 250 7. Zafarobod 1 335 0 0 0 0 0 8. Mirzachoʻl 1 2 0 0 0 0 0 9. Forish 0 0,4 11 26 5 200 60 1 500 10. Yangiobod 0 57 1 539 12 2 400 45 1 125 Jami: 0 0 2 4 3 985 102 2 745 184 36 800 848 21 188
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-278-son qaroriga 2.3-ILOVA
Jizzax viloyati tumanlarida 2024-yilda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarining
KOʻRSATKICHLARI
T/r Tumanlar nomi Kontur soni Yer maydoni, (ga) Shundan: Jami talab etiladigan mablagʻlar, (mln soʻm) Shundan: Amalga oshiriladigan tadbirlar Foydalanishga kiritiladigan yer maydoni, (ga) Oʻzlashtiriladigan yer maydoni, (ga) oʻz mablagʻi bank krediti Ariqlarni tozalash va qazish Zovurlarni tozalash va qazish Ariqlarni betonlash kilometr talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) kilometr talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) kilometr talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) 1. Arnasoy 11 650 650 0 4 608,0 4 108,0 500,0 0 11 308 5 3 800 2. Baxmal 10 600 600 22 514,0 0,0 22 514,0 0 0 0 3. Gʻallaorol 15 900 900 8 576,5 0,0 8 576,5 0 0 0 4. Sh. Rashidov 51 3 057 3 057 15 372,8 0,0 15 372,8 0 0 0 5. Zomin 30 1 814 1 814 8 740,0 0,0 8 740,0 0 0 0 6. Zarbdor 6 375 135 240 3 558,1 2 137,8 1 420,3 3 8 10 280 2 1 850 7. Zafarobod 6 339 180 159 6 519,8 1 544,8 4 975,0 8 21 8 224 1 1 300 8. Mirzachoʻl 6 334 271 63 153,8 103,8 50,0 13 34 3 70 0 9. Forish 22 1 290 1 290 8 716,6 0,0 8 716,6 0 10. Yangiobod 19 1 158 1 158 11 639,8 1 200,0 10 439,8 0 0 2 1 200 Jami: 176 10 517 1 236 9 281 90 399,3 9 094 81 305 24 62 32 882 10 8 150
T/r Tumanlar nomi Amalga oshiriladigan tadbirlar Gidrotexnika inshootini qurish va rekonstruksiya qilish Gidrotexnika inshootini taʼmirlash va tiklash Yangi nasos qurish Elektr tarmogʻini tortish Tik quduq qurish (suv yetib bormaydigan hududlarga) Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish dona talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) dona talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) soni talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) kilometr talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) soni talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) gektar talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) 1. Arnasoy 0 2 500 0 0 0 2. Baxmal 1 11 500 35 932 17 3 400 267 6 683 3. Gʻallaorol 0 5 122 20 4 000 178 4 455 4. Sh. Rashidov 0 0,2 4 49 9 800 223 5 569 5. Zomin 0 0 0 14 2 800 238 5 940 6. Zarbdor 0 1 20 7 1 400 0 0 7. Zafarobod 1 40 2 480 0 0 0 0 178 4 455 8. Mirzachoʻl 0 0 0 0 0 2 50 9. Forish 0 0,2 4 25 5 000 149 3 713 10. Yangiobod 0 56 1 499 28 5 600 134 3 341 Jami: 1 40 0 0 5 12 480 96 2 580 160 32 000 1 368 34 205
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-278-son qaroriga 2.4-ILOVA
Jizzax viloyati tumanlarida 2025-yilda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarining
KOʻRSATKICHLARI
T/r Tumanlar nomi Kontur soni Yer maydoni, (ga) Shundan: Jami talab etiladigan mablagʻlar, (mln soʻm) Shundan: Amalga oshiriladigan tadbirlar Foydalanishga kiritiladigan yer maydoni, (ga) Oʻzlashtiriladigan yer maydoni, (ga) oʻz mablagʻi bank krediti Ariqlarni tozalash va qazish Zovurlarni tozalash va qazish Ariqlarni betonlash kilometr talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) kilometr talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) kilometr talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) 1. Arnasoy 11 640 640 0 5 419,0 5 024,0 395,0 0 6 174 12 4 850 2. Baxmal 8 500 500 13 452,5 0,0 13 452,5 0 0 0 3. Gʻallaorol 15 915 915 10 497,0 0,0 10 497,0 0 0 0 4. Sh. Rashidov 45 2 675 2 675 15 644,4 0,0 15 644,4 0 0 0 5. Zomin 27 1 619 1 619 6 380,0 0,0 6 380,0 0 0 0 6. Zarbdor 6 360 150 210 6 687,8 2 056,2 4 631,6 6 16 12 360 2 1 680 7. Zafarobod 5 320 181 139 5 922,1 2 404,6 3 517,5 5 15 3 90 2 2 300 8. Mirzachoʻl 6 375 320 55 2 900,5 108,3 2 792,2 9 24 3 84 0 9. Forish 23 1 356 1 356 8 035,6 0,0 8 035,6 0 10. Yangiobod 22 1 338 113 1 225 12 410,9 1 300,0 11 110,9 0 0 2 1 300 Jami: 168 10 098 1 403 8 695 87 349,7 10 893,1 76 456,6 20 55 24 708 18 10 130
T/r Tumanlar nomi Amalga oshiriladigan tadbirlar Gidrotexnika inshootini qurish va rekonstruksiya qilish Gidrotexnika inshootini taʼmirlash va tiklash Yangi nasos qurish Elektr tarmogʻini tortish Tik quduq qurish (suv yetib bormaydigan hududlarga) Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish dona talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) dona talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) soni talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) kilometr talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) soni talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) gektar talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) 1. Arnasoy 1 45 0 1 350 0 0 0 2. Baxmal 30 810 14 3 080 383 9 563 3. Gʻallaorol 0 6 162 18 3 960 255 6 375 4. Sh. Rashidov 0 0 0 53 11 660 159 3 984 5. Zomin 0 0 0 29 6 380 0 0 6. Zarbdor 1 40 1 3 0 3 81 6 1 320 128 3 188 7. Zafarobod 1 330 0 0 0 0 128 3 188 8. Mirzachoʻl 1 3 0 0 0 0 112 2 789 9. Forish 0 0,3 8 22 4 840 128 3 188 10. Yangiobod 0 20 527 30 6 600 159 3 984 Jami: 2 85 2 6 2 680 59 1 588 172 37 840 1 450 36 258
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-278-son qaroriga 2.5-ILOVA
Jizzax viloyati tumanlarida 2026-yilda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarining
KOʻRSATKICHLARI
T/r Tumanlar nomi Kontur soni Yer maydoni, (ga) Shundan: Jami talab etiladigan mablagʻlar, (mln soʻm) Shundan: Amalga oshiriladigan tadbirlar Foydalanishga kiritiladigan yer maydoni, (ga) Oʻzlashtiriladigan yer maydoni, (ga) oʻz mablagʻi bank krediti Ariqlarni tozalash va qazish Zovurlarni tozalash va qazish Ariqlarni betonlash kilometr talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) kilometr talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) kilometr talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) 1. Arnasoy 7 410 410 6 673,5 2 996,5 3 677,0 15 47 5 150 2 2 800 2. Baxmal 7 442 442 8 699,2 0,0 8 699,2 0 0 0 3. Gʻallaorol 15 907 907,0 9 020,3 0,0 9 020,3 0 0 0 4. Sh. Rashidov 32 1 911 1 911 5 280,0 0,0 5 280,0 0 0 0 5. Zomin 13 766 766 8 961,8 0,0 8 961,8 0 0 0 6. Zarbdor 4 265 115 150 2 635,8 96,2 2 539,6 2 6 3 90 7. Zafarobod 4 238 139 99 2 780,3 67,8 2 712,5 3 8 2 60 8. Mirzachoʻl 6 368 315 53 135,5 105,5 30,0 5 16 3 90 0 9. Forish 13 790 790 6 086,8 0,0 6 086,8 0 10. Yangiobod 17 1 018 1 018 8 103,7 0,0 8 103,7 0 0 Jami: 118 7 115 979 6 136 58 376,7 3 266,0 55 110,8 25 76 13 390 2 2 800
T/r Tumanlar nomi Amalga oshiriladigan tadbirlar Gidrotexnika inshootini qurish va rekonstruksiya qilish Gidrotexnika inshootini taʼmirlash va tiklash Yangi nasos qurish Elektr tarmogʻini tortish Tik quduq qurish (suv yetib bormaydigan hududlarga) Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish dona talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) dona talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) soni talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) kilometr talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) soni talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) gektar talab etiladigan mablagʻ, (mln soʻm) 1. Arnasoy 1 2 1 300 0 0 135 3 375 2. Baxmal 50 1 339 13 2 860 180 4 500 3. Gʻallaorol 0 3 78 19 4 180 191 4 763 4. Sh. Rashidov 0 0 0 24 5 280 0 0 5. Zomin 0 0 0 14 3 168 232 5 794 6. Zarbdor 1 50 2 6 0 2 65 0 0 97 2 419 7. Zafarobod 1 350 0 0 0 0 95 2 363 8. Mirzachoʻl 2 5 0 0 0 0 0 1 25 9. Forish 0 0,2 4 21 4 620 59 1 463 10. Yangiobod 0 26 691 25 5 500 77 1 913 Jami: 1 50 5 13 2 650 81 2 177 116 25 608 1 065 26 613
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-278-son qaroriga 3-ILOVA
Jizzax viloyati tumanlarida 2022 — 2026-yillarda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarida yangi mevali bogʻlar barpo etish
KOʻRSATKICHLARI
T/r Tumanlar nomi Yangi bogʻlar barpo etish rejasi, ga Shundan: Talab etiladigan mablagʻ, mln soʻm Shundan: Moliyalashtirish manbai, mln soʻm Ekish uchun talab etiladigan koʻchat soni, ming dona Yangi yaratiladigan ish oʻrni 2022-yil 2023-yil 2024-yil 2025-yil 2026-yil tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy etish koʻchat sotib olish boshqa xarajatlar oʻz mablagʻi, mln soʻm bank krediti, mln soʻm 1. Arnasoy 2. Baxmal 2 626 1 529 334 252 221 290 57 416 39 390 17 068 958 40 192 17 225 1 707 657 3. Gʻallaorol 2 618 956 460 406 367 429 57 250 39 277 17 018 956 40 075 17 175 1 702 655 4. Sh. Rashidov 142 12 48 82 3 102 2 128 922 52 2 171 931 92 35 5. Zomin 1 748 283 399 528 288 250 38 216 26 217 11 361 638 26 751 11 465 1 136 437 6. Zarbdor 47 20 10 7 5 4 1 029 705 306 17 720 309 31 12 7. Zafarobod 14 3 3 3 3 3 298 204 89 5 209 90 9 3 8. Mirzachoʻl 9. Forish 40 8 8 8 8 8 865 594 257 14 606 260 26 10 10. Yangiobod 47 20 10 7 5 4 1 029 705 306 17 720 309 31 12 Jami: 7 281 2 818 1 224 1 223 946 1 070 159 205 109 221 47 327 2 658 111 444 47 762 4 733 1 820
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-278-son qaroriga 4-ILOVA
Jizzax viloyati tumanlarida 2022 — 2026-yillarda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlariga yangi mevali bogʻlarni turlari boʻyicha joylashtirish
KOʻRSATKICHLARI
T/r Tumanlar nomi Yangi bogʻlar barpo etish rejasi, gektar Shundan, turlar boʻyicha: olma bodom pista nok yongʻoq behi oʻrik olcha olxoʻri gilos shaftoli anor 1. Arnasoy 2. Baxmal 2 621 1 877 21 25 69 3 16 321 257 32 3. Gʻallaorol 2 620 209 137 198 1 692 20 315 45 4 4. Sh. Rashidov 142 18 20 54 5 12 29 4 5. Zomin 1 753 601 119 45 93 36 227 32 298 182 97 23 6. Zarbdor 46 46 7. Zafarobod 13 13 8. Mirzachoʻl 9. Forish 40 40 10. Yangiobod 46 46 Jami: 7 281 2 797 158 362 114 1 879 44 288 353 899 263 101 23
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-278-son qaroriga 5-ILOVA
Jizzax viloyati tumanlarida 2022 — 2026-yillarda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarida yangi uzumzorlar barpo etish
KOʻRSATKICHLARI
T/r Tumanlar nomi Yangi uzumzorlar barpo etish rejasi (gektar) Shundan, yoʻnalishi boʻyicha: Yillar boʻyicha: Talab etiladi- gan mablagʻ, mln soʻm Shundan: Moliyalashtirish manbai, mln soʻm Ekiladi-gan koʻchatlar soni, ming dona Yangi yaratiladigan ish oʻrni soni Xoʻraki Kishmishbop Sanoatbop 2022-yil 2023-yil 2024-yil 2025-yil 2026-yil tomchilatib sugʻorishga koʻchatga boshqa xarajatlarga oʻz mablagʻidan bank kreditidan 1. Arnasoy 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 2. Baxmal 2 036 713 509 814 1 129 437 199 119 152 119 526 89 092 29 691 743 83 668 35 858 9 897 1 412 3. Gʻallaorol 2 909 1 018 727 1 164 984 449 494 504 478 58 414 34 912 22 440 1 062 40 889 17 524 7 480 1 128 4. Sh. Rashidov 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 5. Zomin 1 859 651 465 744 215 411 598 484 151 35 980 26 478 8 823 679 25 186 10 794 2 941 394 6. Zarbdor 71 25 18 28 25 16 12 10 8 1 165 854 285 26 815 350 95 6 7. Zafarobod 32 11 8 13 5 7 7 8 5 525 384 129 12 367 157 43 8 8. Mirzachoʻl 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 9. Forish 278 97 70 111 19 24 126 30 79 5 370 3 958 1 311 101 3 759 1 612 437 23 10. Yangiobod 86 30 22 34 30 20 14 12 10 1 399 1 026 342 31 979 420 114 8 Jami: 7 271 2 545 1 818 2 908 2 407 1 364 1 450 1 167 883 222 379 156 704 63 021 2 654 155 664 66 715 21 007 2 978
