“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartish kiritish haqida”gi QL-902-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish haqida”) (2117-IV-son)
11.05.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-902-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartish kiritish haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 11-may,
2117-IV-son
