Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-277-son)
10.06.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mamlakatda yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning salbiy oqibatlarini yumshatish, hududlarda choʻllanish va qurgʻoqchilikning oldini olish, bioxilmaxillikni asrab qolish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash, ushbu yoʻnalishdagi ilgʻor ilmiy ishlanmalar va innovatsiyalardan keng foydalanish asosida mintaqalarni barqaror rivojlantirishga erishish maqsadida:
1. Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish masalalari boʻyicha quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish;
yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish boʻyicha davlat dasturlari va istiqbolga moʻljallangan strategiyalarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishda ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
yagona elektron resurs (maʼlumotlar bazasi) doirasida vazirlik va idoralarning yerlar degradatsiyasi, choʻllanishi va qurgʻoqchilikning hozirgi holati va unga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini toʻplash, tahlil qilish, qayta ishlash va ulardan ochiq foydalanish imkoniyatini taʼminlash;
yagona milliy va xalqaro indikatorlar hamda mezonlarga muvofiq zamonaviy texnologiyalar (laboratoriya, dronlar, masofadan zondlash va boshqalar)ni qoʻllash yoʻli bilan yerlar degradatsiyasi va choʻllanishi, shu jumladan yerlarni tiklash, rekultivatsiya va melioratsiya tadbirlari, yaylovlardan almashlab foydalanish, ularni saqlash va fitomelioratsiyalash, qishloq xoʻjaligi ekinlarini almashlab ekish, oʻrmonlar va ihotazorlar barpo qilish jarayonlari monitoringini yuritish;
tuproq, agrokimyoviy, geobotanik tadqiqotlar, yerlarni xatlovdan oʻtkazish, aerokosmik tasvirga olish, topografik-geodezik, kartografik ishlarni oʻtkazish;
ilmiy-amaliy tadbirlarni muvofiqlashtirish, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
yerlar degradatsiyasi jarayonlarining oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha oʻquv kurs (trening)lar tashkil etish va oʻtkazish;
yerlar degradatsiyasi jarayonlarining oldini olish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;
tuproq shoʻrlanishi va ekologik holati (Soil Quality Index), geobotanik va agrokimyoviy xaritalar boʻyicha kartografik materiallar yaratish;
yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish ishlarini olib borishga masʼul korxona, muassasa, tashkilotlar rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslar uchun yerlar degradatsiyasining oldini olish va uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish.
2. Quyidagilar:
Yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish va ularning oldini olish hamda tuproqlarni muhofaza qilish boʻyicha harakatlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
Yerlar degradatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish va qayta ishlashning yagona tizimini yuritish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
2022 — 2025-yillarda yerlar degradatsiyasi jarayonlarini kamaytirish va oldini olishning prognoz koʻrsatkichlari 3.1 — 3.5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda har bir yoʻnalish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlar ijrosini taʼminlash yuzasidan alohida “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin va ijrosini taʼminlasin.
3. Belgilansinki, yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar tomonidan mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq barcha maʼlumotlar, shu jumladan choʻllanish, qurgʻoqchilik, iqlim oʻzgarishi holati hamda unga qarshi kurashish va moslashish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu yoʻnalishda yagona milliy elektron baza yaratish va uni doimiy yangilab borish uchun Qishloq xoʻjaligi vazirligiga davriy ravishda taqdim etib boriladi.
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi boshqaruv xodimlarining mavjud shtat birliklari doirasida vazirlik markaziy apparatida 12 ta shtat birligidan iborat Yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish masalalari boʻyicha departament va hududlarda 2 ta shtat birligidan iborat Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish boʻlimlari tashkil etilsin.
5. Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) deb qayta nomlangan holda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tasarrufiga oʻtkazilsin.
6. Belgilansinki:
Institut Toshkent viloyati, Toshkent tumani, “Zaxariq” MFY, Shifokorlar koʻchasi, 75-uy manziliga operativ boshqaruv huquqi bilan begʻaraz joylashtiriladi;
Institutning bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, uning xodimlari (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi;
Institutning Andijon, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida mintaqaviy boʻlinmalari tashkil etiladi;
Institutning amaldagi mavjud 8 ta shtat birligi teng ulushlarda Andijon, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi mintaqaviy boʻlinmalarga oʻtkaziladi;
mazkur bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan shtat birliklari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Institut mintaqaviy boʻlinmalarining bino-inshootlarini saqlash xarajatlari har yili respublika budjetidan Qishloq xoʻjaligi vazirligiga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari doirasida amalga oshiriladi;
Institut bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash (loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va taʼmirlash ishlarining dastlabki bosqichini moliyalashtirish) uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-son qaroriga asosan ajratilgan mablagʻning oʻzlashtirilmagan 2,1 mlrd soʻm qismi hamda 2022-yil 25-martdagi PQ-179-son qaroriga muvofiq 2022-yilda yerdan foydalanuvchilarga grant mablagʻlari taqdim etish uchun ajratilgan mablagʻlarning iqtisod qilingan qismi yoʻnaltiriladi.
7. Tabiiy resurslarni qayta ishlovchi yirik sanoat korxonalari (gaz, neft konlari, yer osti va ochiq konlar — “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va boshqalar) oʻz faoliyatini toʻliq tugatgan hududlarda yer degradatsiyasi jarayonlarining oldini olish va unga qarshi kurashish, salbiy oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.
Bunda:
yerlar degradatsiyasi jarayonlarining oldini olish va unga qarshi kurashish, salbiy oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari va ularning texnik-iqtisodiy asoslari kelishish uchun Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etiladi;
Qishloq xoʻjaligi vazirligi mazkur tadbirlar amalga oshirilishi ustidan monitoring yuritadi hamda natijasi boʻyicha hisobotlarni qabul qiladi.
8. Innovatsion rivojlanish vazirligi yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish, uning salbiy taʼsirini kamaytirish va oqibatlarini yumshatish hamda tuproqlarni muhofaza qilishga qaratilgan ilmiy loyihalarni shakllantirish orqali ilmiy ishlanmalarni moliyalashtirsin.
2022 — 2025-yillar davomida yerlar degradatsiyasi va unga qarshi kurashish boʻyicha oʻtkaziladigan ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy yoʻnalishlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarorini qabul qilsin.
Bunda:
Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlarini belgilash hamda tuzilmalarini tasdiqlash;
Institutning Andijon, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi mintaqaviy boʻlinmalarini bino va inshootlar bilan taʼminlash hamda ularni taʼmirlash va jihozlashning moliyaviy manbalarini belgilash;
Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlili markazi” davlat unitar korxonasi faoliyatini qayta koʻrib chiqish;
tuproq laboratoriyalarini tashkil etish hamda “Tuproq klinikasi” mobil laboratoriyalarini xarid qilish nazarda tutilsin.
10. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5006-son qaroriga 5-ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
12. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev va moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Sh.M. Gʻaniyev va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 10-iyun,
PQ-277-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi PQ-277-son qaroriga1-ILOVA
Yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish va ularning oldini olish hamda tuproqlarni muhofaza qilish boʻyicha
HARAKATLAR REJASI
T/r Tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Bajarish muddati Masʼul ijrochilar Tashkiliy-iqtisodiy va normativ-huquqiy tadbirlarni amalga oshirish sohasida 1. Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda natijalarni chop etish tartibini belgilash. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil dekabr Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Adliya vazirligi, (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar 2. Choʻllanish, iqlim oʻzgarishi, qumli va changli boʻronlarni kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirganlik uchun iqtisodiy ragʻbatlantirish mexanizmini ishlab chiqish. Bunda, jismoniy va yuridik shaxslar oʻzlari foydalanayotgan (ijaraga olgan) yer uchastkalarida ushbu tadbirlarni amalga oshirganligi uchun ularga soliq, kredit va boshqa imtiyozlar nazarda tutiladi. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023-yil iyul Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov), Gidrometeorologiya xizmati markazi (Sh. Xabibullayev), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N. Oblomuradov) 3. Yaylovlar degradatsiyasi va choʻllanishga qarshi kurash tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha uslubiy qoʻllanma tayyorlash. Uslubiy qoʻllanma 2023-yil avgust Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov) 4. Togʻli va togʻoldi hududlarda suv toʻplanadigan havzalarni barpo etish va oʻrmon bilan qoplangan mintaqalarni kengaytirish. Chora-tadbirlar rejasi 2023-yil sentabr Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N. Oblomuradov), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) 5. Sanoat korxonalaridan chiqadigan zararli tutunlar, changlar va zaharli qoldiqlarni tozalashning zamonaviy tizimlarini oʻrnatish hisobiga zararli chiqindilar chiqishini kamaytirish. Chora-tadbirlar rejasi 2023-yil oktabr Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N. Oblomuradov), sanoat korxonalari 6. Shamol tezligini pasaytirish va chang zarralarini tutib qolish uchun shaharlar atrofida oʻrmon chiziqlarini yaratish. Chora-tadbirlar rejasi 2023-yil avgust Gidrometeorologiya xizmati markazi (Sh. Xabibullayev), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N. Oblomuradov), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov) 7. Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi hududlarida tuproq degradatsiyasi jarayonlari surʼatlarini pasaytirish. Amaliy chora-tadbirlar Doimiy Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N. Oblomuradov), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov) 8. Tuproq axborot tizimlari maʼlumotlar bazasini hamda uning asosida tuproq eroziyasi boʻyicha elektron monitoring tizimini yaratish. Amaliy chora-tadbirlar 2023-yil noyabr Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N. Oblomuradov) 9. Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti va uning mintaqaviy boʻlinmalari tomonidan xoʻjalik shartnomalari asosida paxta-toʻqimachilik klasterlarining 1 mln gektar ekin maydonlarida “Tuproq klinikasi” xizmatlarini koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish. Amaliy chora-tadbirlar 2022 — 2024-yillar Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi (M. Rahmatov) 10. Yaylovlardan barqaror foydalanish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida yaylov degradatsiyasini baholash va degradatsiyaga uchragan yaylovlarni qayta tiklashning ekologik-fitotsenotik mezonlari va standartlarini ishlab chiqish. Chora-tadbirlar rejasi 2023-yil dekabr Ipakchilik va jun sanoati rivojlantirish qoʻmitasi (B. Sharipov), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N. Oblomuradov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) 11. Yaylovlardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, mahalliy navlarni yaratish, yaylov ekinlari urugʻchiligining ilmiy asoslarini va choʻlda intensiv ozuqa ishlab chiqarishning adaptiv tizimini ishlab chiqish. Chora-tadbirlar rejasi 2023-yil avgust Ipakchilik va jun sanoati rivojlantirish qoʻmitasi (B. Sharipov), Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti (N. Boboqulov) Xodimlar malakasini oshirish va xalqaro tajribalarni oʻrganish sohasida 12. Tuproq organik uglerodlarini hisoblash usullari va xaritalarini yaratish parametrlarini belgilash boʻyicha xalqaro tajribalarni oʻrganish. Amaliy chora-tadbirlar 2022 — 2025-yillar Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N. Oblomuradov) 13. Ilgʻor mamlakatlarning yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning oldini olish borasidagi tajribasini oʻrganish boʻyicha xalqaro oʻquv-tanishuv safarlarini tashkil etish. Amaliy chora-tadbirlar Har yili kamida bir marotaba Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N. Oblomuradov), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov) 14. Xalqaro tajribalar asosida degradatsiya va choʻllanishga uchragan yaylovlarni tiklash boʻyicha texnologiyalarni ishlab chiqish. Amaliy chora-tadbirlar 2023-yil dekabr Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N. Oblomuradov) 15. Qumli va changli boʻronlarning yuzaga kelish sharoitlarini onlayn monitoring qilish tizimini yaratish. Bunda, xalqaro va milliy ekspertlar orasida qumli va changli boʻronlarning oldini olish boʻyicha ilgʻor tajribalarni almashish va tegishli tadbirlarni amalga oshirishga imkon beradigan onlayn axborot platforma yaratish nazarda tutiladi. Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil dekabr Gidrometeorologiya xizmati markazi (Sh. Xabibullayev), manfaatdor vazirlik va idoralar Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat tashkilotlari kreditlari, grantlarini va texnik koʻmak mablagʻlarini jalb qilish sohasida 16. 22-aprel — “Xalqaro yer kuni” munosabati bilan “Markaziy Osiyoda yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro anjuman tashkil etish. Amaliy chora-tadbirlar 2023-yil aprel Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov) 17. Mamlakatda yer uchastkalarining degradatsiyaga uchraganligini baholash tadbirlarini oʻtkazish va ularning elektron xaritalarini yaratish. Amaliy chora-tadbirlar 2023-yil dekabr Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) 18. Degradatsiyaga uchragan yerlarning biologik xilma-xilligini oʻrganish va baholash. Amaliy chora-tadbirlar 2023 — 2025-yillar Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev) 19. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlarida ikkilamchi shoʻrlanishga uchragan tuproqlar meliorativ holatini tiklash boʻyicha pilot loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 — 2025-yillar Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) 20. Yerlar degradatsiyasi bilan kurashish va uning oldini olish boʻyicha nodavlat tashkilotlar uchun kichik grant dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. Chora-tadbirlar rejasi 2022 — 2024-yillar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) 21. Yerlar degradatsiyasini neytrallashtirish (LDN) vazifalarini belgilash va Oʻzbekistonda degradatsiyaga uchragan landshaftlarni tiklash. Amaliy chora-tadbirlar 2022 — 2025-yillar Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov) 22. Degradatsiyaga uchragan landshaftlarda oziq-ovqat tizimlari, landshaftlarni qayta tiklash va ulardan foydalanish (FOLUR). Amaliy chora-tadbirlar 2024 — 2028-yillar Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N. Oblomuradov) 23. Togʻ, togʻoldi va choʻl yaylovlarida “Water-box” suv yigʻish qurilmasini qoʻllagan holda bogʻlar barpo etish mumkin boʻlgan hududlar xaritasini yaratish va pilot uchastkalarida bogʻlar barpo etish. Amaliy chora-tadbirlar 2024 — 2028-yillar Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov) 24. Yerdan foydalanishning turli toifalarida tuproq organik uglerod (SOC) zaxiralarini mamlakat miqyosida baholash. Amaliy chora-tadbirlar 2023 — 2026-yillar Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.Xodjayev) 25. Orolboʻyi yaylovlar bioxilma-xilligini baholash va uning iqlim oʻzgarishiga taʼsirini oʻrganish. Amaliy chora-tadbirlar 2022 — 2024-yillar Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N. Oblomuradov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev) 26. Togʻ, togʻoldi va choʻl yaylovlarida organik (ekologik toza) oziq-ovqat ekinlarini yetishtirishning innovatsion usullarini joriy etish. Amaliy chora-tadbirlar 2022 — 2026-yillar Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) 27. Geoaxborot tizimlari asosida qishloq xoʻjaligi yerlarini monitoring qilishning takomillashgan mexanizmini ishlab chiqish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 — 2026-yillar Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) 28. Tuproq ekologik holati (Soil Quality Index)ni baholash tizimini ishlab chiqish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 — 2025-yillar Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi PQ-277-son qaroriga 2-ILOVA
Yerlar degradatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish va qayta ishlashning yagona tizimini yuritish sxemasi
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi Gidrometeorologiya xizmati markazi Fanlar akademiyasi Suv xoʻjaligi vazirligi Yirik sanoat korxonalari togʻ yonbagʻirlari, jarliklar va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish muhofaza etiladigan tabiiy hududlar degradatsiyasi; tuproqni ifloslantirish manbalari joylashgan hududlar monitoringi; qattiq maishiy chiqindilar toʻplanadigan hududlarda tuproqni ifloslantiruvchi manbalar monitoringi konlar joylashgan hududlar yerlari degradatsiyasiga oid maʼlumotlar; xomashyo chiqindixonalari joylashgan hududlar degradatsiyasiga oid maʼlumotlar qishloq xoʻjaligi ekinlari va yaylov oʻsimliklari holati; tuproq ifloslanishini tizimli kuzatish natijalari; iqlim oʻzgarishi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar; atrof tabiiy muhit ifloslanishi sohasida fundamental va amaliy ITI toʻgʻrisida hisobotlar; Oʻzgidrometning kuzatuv punktlarida tuproq chuqurliklari harorati, namligi va yer ustidan 2 metr balandlikdagi havo harorati, namligi va shamol tezligi; iqlim oʻzgarishiga oid maʼlumotlar yerlar degradatsiyasiga qarshi kurash hamda tuproqlar unumdorligini qayta tiklash, saqlash va oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ilmiy ishlar va loyihalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar melioratsiya tadbirlari; yer osti sizot suvlari sathi va mineralizatsiyasi; sugʻoriladigan yerlarning shoʻrlanish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar korxona hududidagi tuproqlar degradatsiyasi va ifloslanishiga oid maʼlumotlar ↓ Qishloq xoʻjaligi vazirligi ↓ ↑ ↓ ↑ “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti yer degradatsiyasi boʻyicha yagona elektron bazani yaratish; yer tuzish va geobotanik tadqiqotlar oʻtkazish; yerlarni xatlovdan oʻtkazish, aerokosmik tasvirga olish, topografik-geodezik, kartografik materiallarni ishlab chiqish; yerlar monitoringini yuritish, masofadan zondlash va dronlarni qoʻllash orqali geoaxborot tizimini yangilab borish; yer degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish. Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tuproq monitoringi; majmuaviy tuproq va agrokimyoviy tadqiqotlarni oʻtkazish; tuproq sifati (bonitirovkasi)ni baholash; tuproq shoʻrlanishi va ekologik holati (Soil Quality Index) xaritalarini, agrokimyoviy kartografiyalarni yaratish; tuproq degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi PQ-277-son qaroriga 3.1-ILOVA
2022 — 2025-yillarda tuproqlardagi gumus miqdorini oshirishning
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
T/r Hududlar Tuproqdagi gumus miqdori 1 foizgacha boʻlgan maydon, ming ga shundan, tuproqdagi gumus miqdori 1 foizgacha boʻlgan maydonlar kamayishi: 2022-yil 2023-yil 2024-yil 2025-yil 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 318,1 302,2 270,4 238,6 190,9 2. Andijon viloyati 105,4 100,1 89,6 79,1 63,2 3. Buxoro viloyati 207,7 197,3 176,5 155,8 124,6 4. Jizzax viloyati 204,8 194,6 174,1 153,6 122,9 5. Qashqadaryo viloyati 404,8 384,6 344,1 303,6 242,9 6. Navoiy viloyati 131,5 124,9 111,8 98,6 78,9 7. Namangan viloyati 73,8 70,1 62,7 55,4 44,3 8. Samarqand viloyati 117,6 111,7 100 88,2 70,6 9. Surxondaryo viloyati 233,2 221,5 198,2 174,9 139,9 10. Sirdaryo viloyati 203,2 193 172,7 152,4 121,9 11. Toshkent viloyati 154,2 146,5 131,1 115,7 92,5 12. Fargʻona viloyati 177,9 169 151,2 133,4 106,7 13. Xorazm viloyati 208,5 198,1 177,2 156,4 125,1 JAMI: 2 540,50 2 413,70 2 159,60 1 905,50 1524,3
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi PQ-277-son qaroriga 3.2-ILOVA
2022 — 2025-yillarda tuproq shoʻrlanishini kamaytirishning
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
T/r Hududlar mavjud shoʻrlangan maydon, ming ga shundan, shoʻrlangan maydoning kamayishi: 2022-yil 2023-yil 2024-yil 2025-yil 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 353,3 349,7 342,8 339,4 336 2. Andijon viloyati 6,7 6,6 6,5 6,4 6,3 3. Buxoro viloyati 231,1 228,8 224,2 222 219,8 4. Jizzax viloyati 225,8 223,6 219,1 216,9 214,7 5. Qashqadaryo viloyati 229 226,8 222,2 220 217,8 6. Navoiy viloyati 100,2 99,2 97,2 96,2 95,3 7. Namangan viloyati 24,2 24 23,5 23,3 23 8. Samarqand viloyati 6,3 6,2 6D 6 6 9. Surxondaryo viloyati 93,8 92,8 91 90,1 89,2 10. Sirdaryo viloyati 272,5 269,8 264,4 261,8 259,1 11. Toshkent viloyati 10 9,9 9,7 9,6 9,5 12. Fargʻona viloyati 91 90,1 88,3 87,4 86,6 13. Xorazm viloyati 258,4 255,8 250,7 248,2 245,7 JAMI: 1 902,30 1 883,30 1 845,70 1 827,30 1 809,0
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi PQ-277-son qaroriga 3.3-ILOVA
2022 — 2025-yillarda degradatsiyaga uchragan yaylovlarni kamaytirishning
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
T/rHududlarDegradatsiyaga uchragan yaylov maydoni,ming gashundan, degradatsiyaga uchragan yaylov maydonining kamayishi:2022-yil2023-yil2024-yil2025-yil1.QoraqalpogʻistonRespublikasi617,1549,7435,6269,6185,12.Andijon viloyati2,52,21,81,10,83.Buxoro viloyati304,4271,1214,913391,34.Jizzax viloyati86,176,760,837,625,85.Qashqadaryo viloyati167,4149,1118,273,150,26.Navoiy viloyati1 058,4942,8747,1462,5317,57.Namangan viloyati19,617,513,98,65,98.Samarqand viloyati94,884,566,941,428,49.Surxondaryo viloyati98,287,569,342,929,510.Sirdaryo viloyati2,42D1,710,711.Toshkent viloyati52,146,436,822,815,612.Fargʻona viloyati1,110,80,50,313.Xorazm viloyati1311,69,25,73,9JAMI:2 517,12 242,21 777,01 099,8755,1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi PQ-277-son qaroriga 3.4-ILOVA
2022 — 2025-yillarda qishloq xoʻjaligi yerlarida ihotazorlar barpo qilishning
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
T/r Hududlar Ihotazor barpo qilinadigan maydon, ming ga shundan: 2022-yil 2023-yil 2024-yil 2025-yil 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 2,4 0,5 0,5 0,5 0,9 2. Andijon viloyati 2,0 0,3 0,3 0,5 0,9 3. Buxoro viloyati 2,2 0,4 0,4 0,5 0,8 4. Jizzax viloyati 2,0 0,4 0,4 0,4 0,8 5. Qashqadaryo viloyati 2,1 0,4 0,4 0,5 0,9 6. Navoiy viloyati 2,0 0,4 0,4 0,4 0,7 7. Namangan viloyati 1,9 0,3 0,3 0,5 0,9 8. Samarqand viloyati 2,0 0,4 0,4 0,4 0,7 9. Surxondaryo viloyati 2,1 0,4 0,4 0,5 0,8 10. Sirdaryo viloyati 1,9 0,3 0,3 0,5 0,8 11. Toshkent viloyati 1,9 0,4 0,4 0,4 0,7 12. Fargʻona viloyati 2,0 0,4 0,4 0,4 0,8 13. Xorazm viloyati 1,9 0,4 0,4 0,4 0,7 JAMI: 26,2 5,0 5,2 5,8 10,2
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi PQ-277-son qaroriga 3.5-ILOVA
2022 — 2025-yillarda oʻrmon bilan qoplangan mintaqalarni kengaytirishning
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
T/r Hududlar Oʻrmon bilan qoplanadigan maydon, ming ga shundan: 2022-yil 2023-yil 2024-yil 2025-yil 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 567,9 50,1 100,2 191,4 226,2 2 Andijon viloyati 4,5 0,4 0,7 1,3 2,1 3. Buxoro viloyati 115,1 10,1 21,7 39,6 43,7 4. Jizzax viloyati 30,8 2,2 4,7 8,6 15,3 5. Qashqadaryo viloyati 40,7 3,4 7,2 13,7 16,4 6. Navoiy viloyati 98,2 9,2 18,9 30,5 39,6 7. Namangan viloyati 21,3 1,0 2,4 5,0 12,9 8. Samarqand viloyati 22,0 1,5 3,2 6,5 10,8 9. Surxondaryo viloyati 34,7 2,6 5,5 10,5 16,1 10. Sirdaryo viloyati 2,9 0,1 0,3 1,0 1,5 11. Toshkent viloyati 22,0 1,1 2,4 5,5 13,0 12. Fargʻona viloyati 4,5 0,2 0,5 1,2 2,6 13. Xorazm viloyati 16,8 1,3 2,7 4,9 7,9 JAMI: 981,4 83,2 170,4 319,7 408,1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi PQ-277-son qaroriga 4-ILOVA
2022 — 2025-yillar davomida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar milliy instituti hamda Oʻzbekiston davlat yer tuzish ilmiy-loyihalash instituti tomonidan yerlar degradatsiyasi va unga qarshi kurashish boʻyicha oʻtkaziladigan ilmiy-tadqiqot ishlarining
asosiy yoʻnalishlari
1. Degradatsiyaga uchragan qishloq xoʻjaligi yerlari tuproq sifatini yaxshilash va uning unumdorligini oshirishda tuproq muhitini meʼyorlashtirish va yangi texnologiyalarni qoʻllash.
2. Yaylovlardan oqilona va samarali foydalanish tizimini takomillashtirish hamda degradatsiya jarayonlarining oldini olish uchun yaylovlarni saqlash, tiklash va koʻpaytirish.
3. Orolboʻyi yaylovlarining bioxilma-xilligini baholash va iqlim oʻzgarishiga taʼsirini oʻrganish.
4. Degradatsiyaga uchragan togʻoldi zonalari tuproqlari va ularning oldini olishga doir agrotexnik tadbirlarni ishlab chiqish.
5. Resurs tejovchi texnologiyalarni qoʻllash orqali degradatsiya va choʻllanishga uchragan sugʻoriladigan intrazonal tuproqlar unumdorligini tiklash va saqlash.
6. Lalmikor hududlarda tuproq degradatsiyasi oldini olishning samarali agrotexnologiyalarini ishlab chiqish.
7. Orol dengizining qurigan hududida yetishtirilayotgan oʻsimliklar yashovchanligi va mahsuldorligini oshiradigan agrotexnologiyalarni ishlab chiqish.
8. Degradatsiyaga moyil tuproqlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishning zamonaviy agrotexnologiyalarini yaratish.
9. Degradatsiyaga uchragan yerlarda yangi turdagi oʻgʻitlardan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish.
10. Shamol va suv eroziyasi taʼsiriga uchragan yerlarni qayta tiklash va qishloq xoʻjaligida foydalanishga kiritish.
11. Masofadan zondlash va geoaxborot tizimlari texnologiyalari yordamida eroziyaga uchragan hududlarning zamonaviy monitoring tizimini yaratish.
12. Tuproqlar shoʻrlanishiga qarshi kurashishning integratsiyalashgan agrotexnologiyasini ishlab chiqish.
13. Masofadan zondlash va yaylov yerlari hisobini yuritish materiallari asosida raqamli yaylov klassifikatorini ishlab chiqish.
14. Lalmi va yaylov yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirishda 3D-oʻlchamli raqamli yer tuzish xaritasini yaratish.
15. Degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash maqsadida eroziyaga uchragan yerlarning haqiqiy maydonlarini aniqlash va maʼlumotlar bazasini shakllantirish.
16. Innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi ekinlarini almashlab ekishni joriy etish.
17. Degradatsiyaga uchragan yerlarda barpo etilgan daraxtzorlar hisobini yuritishning raqamli tizimini joriy etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi PQ-277-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5006-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 1-bandning “a” kichik bandida:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yerlar degradatsiyasini oldini olish va unga qarshi kurashish”;
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. 6-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qishloq xoʻjaligi maqsadida uchuvchisiz uchish apparatlarini (dronlar) ishlab chiqaruvchi korxonalardan tendersiz toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilish hamda bojxona boji toʻlamasdan respublika hududiga olib kirish, ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda dronlarni ishlab chiqarish va taʼmirlash boʻyicha filiallar ochish hamda servislar tashkil etish”.
