9-modda. Pochta aloqasi xizmatlari
Pochta aloqasi toʻgʻrisida (O‘RQ-777-son) · Sana: 09.06.2022 · Amalda
Pochta aloqasi xizmatlari pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan pochta, kuryerlik xizmatlari hamda boshqa turdagi pochta xizmatlari tarzida shartnoma asosida koʻrsatiladi.
Pochta xizmatlari jumlasiga pochta joʻnatmalarini joʻnatish, shu jumladan tezlashtirilgan pochta rejimida joʻnatish kiradi.
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan quyidagi turdagi pochta xizmatlari ham koʻrsatilishi mumkin:
pochta joʻnatmalarini qoʻshimcha joʻnatish va qaytarish;
yozma xat-xabarlar va posilkalarni oʻrash;
pochta joʻnatmalariga ilova qilinadigan manzil blanklarini, joylanma roʻyxatlarni, pul mablagʻlari pochta oʻtkazmalarining blankalarini va boshqa blankalarni toʻldirish;
manzillarni va yozma xabarlarni yozish;
pochta aloqasi xizmatlarini uyda koʻrsatish;
telegraf xabarlarni va boshqa xabarlarni amalga oshirish;
pochta toʻlovi davlat belgilarini va filateliya mahsulotlarini realizatsiya qilish;
pochta aloqasi sohasidagi boshqa xizmatlar.
Roʻyxatga olinadigan pochta joʻnatmalarini pochta aloqasi operatori yoki provayderi tomonidan pochta kuryeri orqali joʻnatish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmat kuryerlik xizmatidir.
